Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə49/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Nazorat savollari:

1. Taraqqiyot va uning mohiyati haqida gapirib bering.

2. Bolaning psixik taraqqiyotini vujudga keltiruvchi qarama-

qarshiliklar nimalardan iborat?

3. Psixik taraqqiyot qonuniyatlari nimalardan iborat?
Uyga vazifa

FSMU- texnalogiyasidan foydalangan holda amaliy ish bajarish.



12-Maktabgacha yoshda shaxsning shakllanishi

(3-5yosh)
Reja:

1.Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari:

2.Maktabgacha yoshda shaxsning shakllanishi (3-5yosh)

3.Xulosa

Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlarining

uzayishi tufayli gavdasidagi umumiy mutanosiblik o‘zgaradi. Maktabgacha yosh davrida bolaning oyoqlari nisbatan ko‘proq o‘sadi. Biroq shunday bo‘lsa ham 6–7 yoshgacha

bo‘lgan bolaning suyaklari hali yaxshi qotmagan, ya’ni tog‘aysimon holatda bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning pay va muskullari hali baquvvat emasligiga qaramay juda harakatchan bo‘ladilar. Bola 7 yoshga yetgach, umurtqa suyagining bo‘yin qismida oldinga tomon, ko‘krak qismida esa orqaga tomon ma’lum

darajada egilish yuz beradi. Keyinchalik bolaning umurtqa

suyagi mana shu shaklda saqlanib qoladi. Bola qaddi-bastining

to‘g‘ri bo‘lishida umurtqa suyagining ana shunday holda

saqlanib qolishi juda katta ahamiyatga ega. Bog‘cha yoshidagi

bolaning bosh suyagi ham tez o‘sadi. Bola uch yoshga to‘lgandan so‘ng bosh miya suyagining orqa va tepa tomonlari tez o‘sadi. Maktabgacha yoshda bolaning ichki organlarida ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Masalan, bolaning yuragi

hajm jihatidan chaqaloq bolaning yuragiga nisbatan 4–5 barobar kattalashgan, biroq uning muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi. Mana shuning

uchun bog‘cha yoshidagi bolaning yuragi bir qisqarishda organizm uchun yetarli qon siqib chiqara olmaydi. Bola yuragining katta odamlar yuragiga qaraganda nisbatan

tezroq urishining sababi ham mana shundadir. Chunonchi, agar 1 yoshdagi bolaning yuragi bir marta qisqarishda 10,2 kub/sm qon siqib chiqarsa, 7 yoshli bolaning yuragi bir

marta qisqarishda 23 kub/sm dan qon siqib chiqaradi. Katta yoshdagi odamning yuragi esa bir marta qisqarishda 60 kub/ sm dan ortiqroq qon siqib chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi davrda yurakning nisbatan tezroq ishlashi tufayli bolaning

qon bosimi katta kishilarga nisbatan biroz kuchliroq bo‘ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nafas olish a’zolarining ishida

ham anchagina o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu yoshdagi bolalar

o‘pkasining normal ishlashi va rivojlanishiga ko‘krak qafasining

o‘sishi ko‘p jihatdan ta’sir etadi. Chunki, o‘pkaning faoliyati

asosan ko‘krak qafasining shakli va elastikligiga (harakatchanligiga)

bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning ko‘krak qafaslari nafas

olish uchun qulay emas. Bolalarda diafragmaning bir qadar tik

joylashganligi ko‘krak qafasining vertikal uzunligini qisqartirib

qo‘ygan. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolalarda

ko‘krak qafasining doirasi ham kattalarnikiga qaraganda

juda tor bo‘ladi. Shu sababli bolalarning nafas olishlari kata odamlarning nafas olishlariga

nisbatan nozikiroq bo‘ladi. Bolalar o‘pkasining hajmi yetarli darajada kattalashmaguncha

chuqur nafas ololmaydilar. Natijada bolalar chuqur nafas olishning o‘rniga tez nafas olish bilan qoniqadilar. Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida boshqa organlari kabi ko‘krak

qafasining o‘sishi ham biroz sekinlashadi. Lekin ko‘krak qafasi

doirasining kengayishi bu davrda ancha tez davom etaveradi.

Bola ko‘krak qafasining doirasi yiliga 1–2 sm dan kengayib

borib, 13–14 yoshga yetganda o‘z shakli va hajmi jihatidan katta

odamlarning ko‘krak qafasiga yaqinlashadi. Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrida nafas olishining miqdori deyarli o‘zgarmaydi. Lekin bu davrda bola

haddan tashqari harakatchan bo‘lgani uchun uning organizmi juda ko‘p miqdorda kislorod talab qiladi. Shuning uchun bola mumkin qadar ko‘proq ochiq havoda bo‘lishi kerak.

Ana shu yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki,

maktabgacha yoshiga kelib organizmining ishchanlik qobiliyati

ancha oshadi. Shuning uchun bog‘chada va oilada ta’lim-tarbiya

ishlari hamda bola faoliyati rejimini tuzishda bolaning

jismoniy taraqqiyoti xususiyatlarini doimo hisobga olish zarurdir.



Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining o‘sishi

Maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishida

Ularning nerv sistemalarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar juda

katta rol o‘ynaydi. Bolalar nerv sistemalarining eng kuchli taraqqiy

etadigan davri 1 yoshgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi.

Yangi tug‘ilgan bola bosh miyasining o‘rtacha og‘irligi 380–400

g keladi. Bola bog‘cha yoshiga yetguncha uning miyasi g‘oyat tez

rivojlanib, deyarli uch baravar ko‘payadi. Demak, bog‘cha yoshiga

yetgan bolalar miyasining og‘irligi 1100–1200 g ga yetadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining bundan keyingi takomillashishi davomida bosh miya po‘sti qismidagi markazlarni bir-biri bilan tutashtiruvchi nerv tolalari ham miyelin qobig‘i bilan qoplana boshlaydi. Bosh miyadagi nerv tolalarining

miyelin qobig‘i bilan qoplanishi aks ettirish jarayoni, ya’ni

psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga

ega. Nerv tolalari miyelinizatsiyalashganda, birinchidan,

qo‘zg‘alishlarning nerv tolalaridan tez o‘tishi ta’minlansa, ikkinchidan,

qo‘zg‘alishning faqat tegishli markazgagina borishini ta’minlaydi. Buning natijasida organizmga tashqi muhitdan ta’sir etib turuvchi turli qo‘zg‘atuvchilar ta’siri tufayli yuzaga keladigan shartli reflekslar (muvaqqat bog‘lanishlar) nisbatan tez hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, har bir qo‘zg‘alishning tegishli markazigagina aniq borishi bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘z harakatlarini epchillik bilan idora qila olishlarini ta’minlaydi.

Muvaqqat nerv bog‘lanishlari tez hosil bo‘ladigan bo‘ladi.

Rus fiziologlari N.I. Krasnogorskiy va A.G. Ivanov-

Smolenskiylar tomonidan ko‘plab o‘tkazilgan tajribalarning

ko‘rsatishicha, MTM yoshidagi bolalarning nerv sistemalari

o‘z faoliyati jihatidan hali qat’iy bir izga tushmagan, o‘zgarib turadigan bo‘ladi. Markaziy nerv sistemasi faoliyatining o‘zgaruvchanligi xususan ilk yoshda ravshan ko‘rinadi.

Masalan, bu yoshdagi bolalarda qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanish

jarayonidan ustunlik qiladi. Mana shuning uchun ham bu yoshda bolalar juda serharakat va o‘ta hayajonlanuvchan bo‘ladilar. MTM yoshidagi bolalarda qo‘zg‘alish jarayonining

nisbatan ustun bo‘lishi tufayli muvaqqat bog‘lanishlar kattalarga qaraganda sekinlik bilan maydonga keladi. Shu sababli ularda muvaqqat bog‘lanishlarni yuzaga keltirish

takror-takror ta’sir etishni talab qiladi. Biroq, shunga qaramay,

hosil etilgan muvaqqat bog‘lanishlar juda yengillik bilan

tormozlanib (o‘chib) qoladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar oliy nerv faoliyati tashqi muhitdan bolaga ta’sir qilayotgan biron qo‘zg‘atuvchining ta’siri bilan yuzaga keladigan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari ilk yoshdagi bolalarniki kabi keng

irradiatsiyalash (atrofga keng yoyilish) xususiyatini saqlab

qolgandir. Natijada miya po‘stining ma’lum markazida yuz

bergan qo‘zg‘alish yoki tormozlanish hodisasi miya po‘stida

joylashgan boshqa markazlarga ham keng tarqalib ketadi. Bu

bog‘cha yoshidagi bolalarning ayrim psixik jarayonlarida o‘z

ifodasini topadi. Shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z

diqqatlarini biron narsaga uzoq muddat davomida qarata olmaydilar.

Nerv sistemasining taraqqiyoti bog‘cha yoshidagi hamma

bolalarda bir xil temp bilan davom etmaydi. Bu murakkab taraqqiyot

bolalarning individual xususiyatlariga va xususan,

yashash sharoitlariga, ya’ni oilada hamda bog‘chada qanday

tarbiyalanishiga bog‘liqdir. Bolaning tarbiyasi qanchalik to‘g‘ri

yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, uning nerv sistemasi shunchalik normal

taraqqiy etadi. Bola nerv sistemasining taraqqiy etishida uning

atrofidagi har turli narsa va hodisalar bilan bevosita mustaqil

munosabatda bo‘lishi ham nihoyatda katta rol o‘ynaydi.

Chunki bunda, ya’ni bolaning mustaqil harakatlarida uning

nerv sistemasi aktiv faoliyatda bo‘ladi va tez rivojlanadi. Mana

shu holatni nazarda tutib, tarbiyachilar bolalarning

mustaqil faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil etishga alohida e’tibor berib borishlari

lozim. Bola bog‘cha yoshiga yetgach uning psixik taraqqiyotida jiddiy

o‘zgarishlar yuzaga keladi. Chunki, xuddi ana shu davrdan

boshlab bolaning mustaqil faoliyati anchagina kengayib boradi.

Bog‘cha yoshidagi bola mustaqil faoliyatda

bo‘la olishi uchun zarur bo‘lgan ikkita qudratli kuchga ega. Birinchidan,

ma’lum darajada o‘ziga bo‘ysundirilgan harakat apparatiga, ikkinchidan

esa, atrofidagi katta odamlar va o‘z tengdoshlari bilan

bir qadar erkin munosabatda bo‘la oladigan nutqqa ega.

Mana shuning uchun bu yoshdagi bolalarning xulq-atvorlari,

xatti-harakatlari, qiziqish va ehtiyojlari ilk yoshdagi bolalarnikidan

keskin farq qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, ilk yoshdagi

bolalar bilan maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga

ham turlicha munosabatda bo‘lishni taqozo qiladi.

Maktabgacha yoshdagi davrda bolaning barcha psixik jarayonlari

jadal rivojlana borib, uning tashqi muhit bilan bo‘lgan

munosabatlarida anchagina o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi.

Bir tomondan, bola kattalarning doimiy yordamlaridan ancha

ozod bo‘lib, ulardan bir qadar uzoqlashadi, ikkinchi tomondan,

kattalar bilan bo‘lgan munosabatlari murakkab, ko‘p tomonlama

xarakter kasb eta boshlaydi. Shu narsa xarakterliki,

kichik bog‘cha yoshidagi (3–5 yoshli) bola doimiy yordam va g‘amxo‘rlik talab qiladigan obyektdan sekin-astalik bilan oila hamda bolalar guruhining faol a’zosiga aylana boshlaydi. Demak, bola bu davrdan boshlab, muhtojlikdan qutilib, o‘zi ham

boshqalarga ma’lum darajada yordam bera oladigan, o‘zining

burchi, vazifalari, qiziqishlari hamda xilma-xil ehtiyojlariga

ega bo‘lgan shaxsga, jamoa a’zosiga aylana boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlarida ularda paydo bo‘ladigan xilma-xil ehtiyoj va qiziqishlar juda katta ahamiyatga ega. Chunki, ehtiyoj va qiziqishlar

bolalarni u yoki bu harakatga undovchi, ularni ishga soluvchi

stimul (omil) hisoblanadi. Bog‘chagacha tarbiya ishidagi bolalar

organik ehtiyojlardan tashqari ijtimoiy va intellektual

ehtiyojlarning dastlabki kurtaklari yuzaga kela boshlaydi. Masalan,

bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar hali yaxshi gapira

olmasalar ham, haddan tashqari qiziquvchan bo‘ladilar. Ular

ko‘zlariga ko‘ringan har bir narsani qo‘llari bilan timirskilab ushlab ko‘rmagunlaricha tinib-tinchimaydilar. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi

bolalarda uchraydigan mana shunday qiziquvchanlik ularda intellektual ehtiyojlarning yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ijtimoiy intellektual va axloqiy ehtiyojlar yaqqol ko‘rina boshlaydi. Agar bog‘chagacha tarbiya

yoshidagi bola uzoq vaqt davomida yolg‘iz o‘zi biron o‘yinchoq

bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tira olsa, bog‘cha yoshidagi (xususan o‘rta

va katta guruh bolalari) bola bunday yolg‘iz o‘ynashga toqat qila

olmaydi. Ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari

bilan munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Ular tor oila doirasidagi munosabatlar bilan o‘z ehtiyojlarini qondira olmay, kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar.

Natijada bu yoshdagi bolalarning ijtimoiy munosabat va faoliyat

doiralari tobora kengayib boradi.

Bog‘cha yoshidagi bolalar tabiatlariga xos bo‘lgan kuchli

ehtiyojlardan yana biri har narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyojdir.

Bolaning faoliyat doirasi kengaygan sari atrofidagi narsalarni

bilishga qaratilgan ehtiyojlari ham orta boradi. Bunga sabab

bolada turmush tajribasining ozligidir. Har bir narsa bola uchun

yangilik bo‘lib tuyiladi va, binobarin, bola uni har tomonlama

bilib olishga intilaveradi. Shuning uchun ham ular juda ko‘p savollar

beradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlarida

bog‘cha muhiti juda katta rol o‘ynaydi. Bog‘chadagi tartib,

intizom va turli-tuman ta’limiy mashg‘ulotlar bolalarda yuksak

ijtimoiy, intellektual, axloqiy va gigiyenik ehtiyojlarning

garmonik ravishda yuzaga kelishi uchun sharoit tug‘diradi.

Psixologiya nuqtayi nazaridan qaraganda, odatlar o‘z mohiyati

jihatidan ehtiyojga yaqin narsalardir. Boshqacha qilib

aytganda, turlicha odatlar kundalik holatda takrorlana borishi

natijasida vujudimizga juda singib ketib, ehtiyojga aylanib

qoladi. Shuning uchun bolalarda ijobiy va foydali ehtiyojlarni

tarbiyalash deganda, ularda ijobiy foydali odatlarni hosil

qilinishini tushunamiz. Bog‘cha yoshidagi davrda hosil qilingan

mustahkam ijobiy odatlar kishining butun umri davomida

saqlanib qoladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlarida

qiziqishning ham roli g‘oyat kattadir. Qiziqish, xuddi ehtiyoj

kabi, bolani biron faoliyatga undovchi harakatga soluvchi

omillardan biridir. Bog‘cha yoshidagi bolalar hamma narsalarga

birdek qiziqavermaydilar. Ular ayrim narsalarga ko‘proq,

boshqa bir narsalarga kamroq qiziqadilar. Lekin bolalarning

qiziqishlari katta odamlardagi kabi bir narsaga nisbatan qat’iy

hamda mustahkam bo‘lmay, bir narsadan ikkinchi bir narsaga

tez-tez ko‘chib turadi, juda tarqoq va yuzaki bo‘ladi. Ular

narsa va hodisalarning mohiyati yoki natijalariga emas, balki

shu narsa va hodisalarning o‘zigagina qiziqadilar. Shu sababli

bog‘cha yoshidagi bolalarda asosan beqaror va bevosita qiziqishlar

ustun turadi. Tarbiyachi bog‘chada turli mashg‘ulotlar,

ekskursiyalar, suhbatlar o‘tkazishi, kitoblar o‘qib berish orqali

bolalarda markazlashgan barqaror qiziqishlarni yuzaga keltirishga harakat qilishi lozim.

Bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga

tirishadi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilanshug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, bolaning diqqati, irodasi kabi muhim psixik jarayonlarni rivojlantirish

hamda mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarda biror sohaga

nisbatan barvaqt yuzaga kelgan qiziqish kelajakda ularning

shu sohasini yaxshi egallashlari uchun qandaydir tayyorgarlik

rolini o‘ynaydi. Bog‘chada bolalarning birgalikda ta’lim-tarbiya

olishlari, birgalikda o‘ynashlari va birgalikda ovqatlanishlari

ularda birlashish tuyg‘usini yuzaga keltira boshlaydi.

Ko‘pchilik bo‘lib bir o‘yinni o‘ynash yoki biron vazifani bajarishda o‘z xatti-harakatlarini

Kelishib olish, rollarni taqsimlash va bir-birlariga yordam berish kabi jamoa hayotiga oid fazilatlarnamoyon bo‘la boshlaydi. Bolalar jamoasini mustahkamlashda

ularning jamoadagi endigina yuzaga kelayotgan o‘zaro

murakkab munosabatlari, ya’ni bir-biriga bo‘ysunish, bir-biriga

yon bosish kabi munosabatlar katta rol o‘ynaydi hamda bolalarning

psixik taraqqiyotiga yordam beradi. Bolalarning o‘z xatti-harakatlarini ma’lum vazifalarni bajarishga bo‘ysundira olishlari, tobora kuchayib borayotgan qiziqish va erishgan aqliy taraqqiyot darajalari ularni ma’lum ta’limiy dastur asosida tarbiyalash imkonini beradi. Bog‘chada to‘gri yo‘lga qo‘yilgan tarbiyaviy ishlar bolalarda mehnat faoliyatining

dastlabki belgilari hamda bilimga qiziqishini tarkib toptiradi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin