Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə48/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Yosh davrlari bosqichlari yoshi

1 Chaqaloqlik davri 0–1 oygacha

2 Go‘daklik davri

1 oydan 1

yoshgacha

3 Ilk bolalik davri 1–3 yosh

4 Maktabgacha yosh davri 3–6, 7 yosh

5 Kichik maktab yoshi davri 6, 7–11 yosh

6 O‘smirlik davri 12–15

7 Ilk o‘spirinlik 15–18

8 Yoshlik davri 20–30

9 O‘rta yosh davri 30–50

10 Katta yosh davri 50–70

11 Keksalik davri yoki gerantopsixologiya 70–90

12 Uzoq umr ko‘ruvchilar 90 dan yuqori
Bolaning go‘daklik (chaqaloqlik) davri jismoniy jihatdan

juda tez rivojlanish davridir. Odatda odamning yoshi tug‘ilgan

kunidan boshlab hisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyoga

kelishi, rivojlanishi tug‘ilmasdan ilgarigi, ya’ni ona qornidagi

davridan boshlanadi. Bola onaning qornidaligi davrida,

ya’ni to‘qqiz oy mobaynida juda tez va juda murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi. Bolaning tug‘ilgandan keying normal taraqqiyoti uning ona qornidagi taraqqiyoti bilan

uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun bolaning tug‘ilgunga qadar

bo‘lgan taraqqiyotiga ham diqqat-e’tibor bilan qarash lozim,

chunki tug‘ilgunga qadar ham bolaga tashqi muhit ta’sir qiladi.

Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqali

bo‘ladi. Homiladorlik davrining har jihatdan normal o‘tishi

bolaning ona qornidagi normal taraqqiyotini va har jihatdan

yetuk tug‘ilishini ta’minlaydi.Bolaning tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha bo‘lgan davri

nisbatan kam harakat va «nutqsiz» taraqqiyot davridir.

Bu davrda bolaning o‘sishi va taraqqiyoti oila doirasida yuzaga keladi. Ammo shunday bo‘lsa ham bu davr har jihatdan juda ildam rivojlanish

davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilangina ovqatlanadi, u hali gapira

olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Bu davrda bola ojiz bo‘lib, kattalarning doimiy va to‘g‘ri parvarish qilishlariga muhtoj bo‘ladi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin