Mazmunli-rolli o‘yinlar va ularning ahamiyati. Bolalar bog‘chada
asosan mazmunli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan
o‘yinlarni o‘ynaydilar. Ular o‘zlarining turli o‘yinlarida kattalarning
oilaviy hayot sharoitlariga doir hodisalarni, mehnat faoliyatlarini, bayramlarni, muhim sanalar kabi hodisalarni qayta tiklaydilar. Ko‘pincha bolalar aks ettirayotgan tashqi muhit hodisalari ular o‘yin faoliyatining mazmunini tashkil etadi. Bolalar
aks ettirayotgan muhit qanchalik keng va xilma-xil bo‘lsa,
bolalar o‘yinining mazmuni ham shunchalik keng va xilmaxil
bo‘ladi. Ana shuning uchun kichik bog‘cha yoshidagi bolalar
o‘yinlarining mazmuni nihoyatda tor bo‘ladi. Bolalar o‘sib
ulg‘aygan sari ular o‘yinining sujeti tobora boyib, xilma-xillashib
boradi. O‘yin turining ko‘payishi bilan birga o‘yinga sarf qilinadigan vaqt ham ortib boradi. Masalan, uch yoshli bolalar 10–15 daqiqa mobaynida o‘ynaydigan bo‘lsalar, 4–5
yoshli bolalar esa 40–50 daqiqa davomida o‘yin faoliyati bilan
shug‘ullanadilar. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarida o‘yin faoliyati
bir necha soat va hatto bir kundan ortiq vaqt mobaynida davom etishi mumkin.
5–6 yoshli bolalar oldiga qo‘yilgan masalani oldindan o‘ylab, uning rejasini tuzib oladilar. Bu ichki, ovozsiz nutq orqali amalga oshiriladi. Masalani og‘zaki yechadilar:
Masalan: «Daraxtga 7 ta qushcha qo‘nib turibdi. Ulardan ikkitasi
uchib ketdi, daraxtda nechta qushcha qoldi?» Demak, bola
tafakkurini o‘stirishda turli xil ta’limiy mashg‘ulotlarning roli
katta. Mashg‘ulotlar bola aqlini o‘stirishga, mustaqil fikrlashga
o‘rgatadi. Bolaning tafakkurini o‘stirish birinchi navbatda tushunchalar
hosil qilishdan boshlanadi. Mashg‘ulotlar yordamida elementar matematik tasavvurlarni
o‘stirish bolalarda taqqoslash qobiliyatini o‘stiradi: ularni xulosalar
chiqarishga va sodda masalalarni yechishga o‘rgatib boradi.
Kubiklar, doirachalar, kvadratlar va poloskalar yordamida
bolalarni narsalarni taqqoslashga, o‘xshatish va farq tomonlarini
ajrata olishga, ayrim narsalardan guruh tuzish va guruh orasidan bittasini ajratib olishga, narsalarni bir necha teng qismga, ya’ni 2 ga va 4 ga bo‘lishga o‘rgatish va ularni taqqoslashga o‘rgatib borish zarur. Tayyorlov guruhlariga borganda o‘n ichida tartib bilan sanashga va og‘zaki masalalar yechishga o‘rgatish bilan bola tafakkurini
o‘stirish mumkin. Bolalarning ekskursiya va sayllar
paytida kuzatuvchanligi ortadi, ular turli narsalarni taqqoslashga,
analiz-sintez qilishga o‘rganadi. Masalan: boqqa ekskursiyaga chiqqan bolalar bog‘ning bir chekkasida yer kovlayotgan toshbaqaning oyoqlarini belkurakka o‘xshatsa, ikkinchi
bola ekskavatorning kovushiga o‘xshatadi. Bunday taqqoslovchi
mulohazalar bolalar tafakkurini o‘stirishda aktiv ta’sir etadi.
Bolalar juda qiziquvchan bo‘ladilar. Ular hodisalarning
sababini bilishga, hamma narsaning siridan xabardor bo‘lishga
intiladi. Bu ularning bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan
qiziqishlaridir. K.D. Ushinskiy aytganidek: «Qiziqish bu to‘la
fikrlashdir». Bolalar tafakkurini o‘stirishda ana shu qiziqishlardan
ham foydalanish lozim, chunki qiziqish bolaning bilimlarini
chuqurlashtiradi. Demak, maktabgacha davrda yosh bolaning tafakkuri tez suratlar bilan o‘sib borar ekan, uni yanada taraqqiy ettirish va rivojlantirish hozirgi kunda bolalar
muassasalari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar irodaviy harakatlarining
Rivojida o‘zaro bog‘liq 3 ta tomonni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Bular:
1) harakatlar maqsadga yo‘nalganligining rivojlanishi;
2) harakatlar maqsadi va motivi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligining
o‘rnatilishi;
3) harakatlarni bajarishda nutqning boshqaruvchanlik rolining
o‘sishi.
Maktabgacha yosh davrida harakatlar maqsadga yo‘nalganligining
tarkib topishida vazifani bajarish jarayonidagi muvaffaqiyat
va muvaffaqiyatsizlik katta ahamiyat kasb etadi.
Ular qiyinchiliklarni yengib o‘tish va maqsadni ushlab turish
davomiyligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Maqsadga erishishdagi
omadsizlik bolani unchalik tashvishlantirmaydi. 4–5
yoshli bolalarda esa omadsizlik ularni quyushqondan chiqaradi;
ishni oxirigacha yetkazishga intiladilar. Katta bog‘cha yoshidagi
bolalar ham o‘zlarini shunday tutadilar. Hatto ularning
ba’zilari ishga boshqacha munosabatda bo‘la boshlaydilar, nima
bo‘lsa ham qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat qiladilar,
o‘z kuchlarini yana bir bor sinab ko‘rishlari uchun imkon
so‘raydilar, yengilishdan bosh tortadilar.
Dostları ilə paylaş: |