Katta bog‘cha yoshida (5–7 yosh) shaxsning shakllanishi.
Maktabgacha yoshda o‘z-o‘zini anglash
Maktabgacha yoshda axloq motivlarining rivojlanish
yo‘llaridan biri bu ongning yuksalishidir. 5–7 yoshga kelib
bola o‘zidagi faoliyatga undovchi kuch va o‘z harakatlarining
oqibati haqida borgan sari aniqroq hisob bera boshlaydi.
Bu bolada o‘zini anglash xislati rivojlanayotganini bildiradi,
ya’ni u o‘zi kim ekanligi, qanday fazilatlarga ega ekanligi,
atrofdagilar unga qanday munosabatda ekanligi va bu munosabat
nima bilan izohlanishini tushunadi. Bu xislat o‘z yutuq
va omadsizliklarini, o‘z fazilatlari va imkoniyatlarini bola
qanday baholashida, yanada kuchli namoyon bo‘ladi.
O‘zligini anglash zamirida katta bog‘cha yoshining oxirlarida
sodir bo‘ladigan, boshqa odamlardan o‘zini ajratish yotadi.
Katta bog‘cha yoshiga kelib, bola o‘z fazilatlari haqida hech nima
bilmasada, o‘zining mavjudligini his qiladi. Katta bog‘cha
yoshidagi bolada hali o‘zi haqida asosli va to‘g‘ri fikr mavjud
emas. Bola kattalar tomonidan ma’qullanadigan ijobiy xislatlarni
ko‘r-ko‘rona o‘zlashtiradi. O‘zini tartibli deb hisoblaydigan
boladan, «Tartiblilik nima?» – deb so‘ralganda: «Men
qo‘rqmayman» deb javob beradi. Boshqa o‘zini tartibliligi haqida
gapirgan bolalar ham bu savolga: «Bilmayman», – deb javob
beradilar. O‘zini to‘g‘ri baholashga o‘rganish uchun, bola avval
boshqalarni, atrofdagi odamlarni baholashni o‘rganishi kerak.
Bu esa darhol amalga oshmaydi. Bu davrda bola tengdoshlarini
baholayotib, kattalarni ular haqida aytgan fikrini takrorlaydi.
O‘zini baholashda ham bu holat takrorlanadi: «Men yaxshi
bolaman, oyim shunday deydilar».Bolani boshqalarning harakatlari va fazilatlarini mustaqil baholashi, uning ularga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu
asosan hikoya personajlari harakatlarini baholashda ko‘proq bilinadi.
Ijobiy qahramonning har qanday harakati ijobiy baholanadi,
«salbiy» qahramon esa salbiy baholanadi. Lekin sekin-asta
personajlar harakati va fazilatlari bahosi ularga bo‘lgan umumiy
munosabatdan ajraladi, va vaziyatni bu harakat va fazilatlarga
ega bo‘lgan ma’noni anglash asosida quriladi. «Uycha» ertagini
eshitgach, bola savollarga quyidagicha javob beradi: «Ayiq
yaxshi ish qildimi?», «Yo‘q, yomon». «Nima uchun yomon?»,
«Chunki u uychani ezib tashladi». «Senga ayiq o‘zi yoqadimi?
», «Yoqadi». «Men ayiqchalarni yaxshi ko‘raman».
O‘zlashtirilgan axloq qoidalari bolaning boshqalarni baholashida
foydalanadigan me’yorlarga aylanib qoladi. Lekin bu
me’yorlarni o‘zida qo‘llashi ancha murakkab kechadi. Bolani
qamrab olgan, uni u yoki bu harakatni amalga oshirishga undovchi
kechinmalar, undan bajarayotgan harakatining
asl mazmunini yashiradi, ularni beg‘araz baholashiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bunday beg‘araz baho faqatgina o‘z harakatlari va imkoniyatlarini
boshqalar harakati, fazilati va imkoniyatlari bilan
taqqoslaganda amalga oshishi mumkin. O‘zini boshqalar bilan
taqqoslay olish bilan bola katta bog‘cha yoshiga kelib to‘g‘ri
baholash malakasiga ega bo‘ladi. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z afzalliklari va kamchiliklarini yaxshi biladilar hamda atrofdagilarning bunga munosabatini
inobatga oladilar. Bu bolada shaxsning rivojlanishida,
axloq motivlarini o‘zlashtirishida, ijobiy axloq namunalariga
ergashishida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga bola
atrofdagilarni u yoki bu harakatiga va fazilatiga bo‘lgan munosabatidan
biror maqsadda foydalanishga qodir bo‘ladi. Bolalar
bu yoshda, ko‘pincha qaysarlik axloq me’yorlarining buzilishi
ekanligini yaxshi biladilar va ularga yon beradigan kattalarga
ataylab qaysarlik qiladilar. Bola o‘z onasiga bolalik xislatlarini
ko‘rsatgan holda, bola rolini o‘ynashi mumkin. Bu onada
mehr uyg‘onishiga va ko‘ngli yumshashiga olib keladi va bola
shu tariqa turli xil xursandchiliklarga erishadi.
Bu yoshda bola ataylab o‘z foydasiga yolg‘on gapirishi, hasad
yomon xislat ekanligini bilib, atrofdagilardan yashirincha hasad
qilishi mumkin. Ammo maktabgacha yoshdagi bola o‘zining
ijobiy xislatlari va kamchiliklariga uzoq ahamiyat bermaydi.
Bolada tahlil qilish kerakli darajada rivojlangan bo‘lsada, u
ko‘proq o‘ziga emas, boshqa shaxslarga qaratilgan bo‘ladi.
Katta bog‘cha yoshiga kelib bola o‘z shaxsiyatining o‘tmishiga
qiziqa boshlaydi. «Men kichkinaligimda qanday edim, gapirib
bering?» kabi savollarni bera boshlaydi. O‘z o‘tmishiga tushu390
nish, ko‘ngilchanlik bilan munosabatda bo‘lish ko‘rina boshlaydi.
Shu bilan birga o‘z shaxsining kelajagi haqida ijobiy fikrlar
bildirilishini istaydi. «Men katta bo‘lganimda...». Bu davrda
kelajakka, hozirgi va o‘tgan zamonga bo‘lgan qiziqish borgan
sari oshib va chuqurlashib boradi. Endi u kattalarga o‘zi haqida
gapirib berishlarini so‘rabgina murojaat qilmaydi, balki o‘zi
ham o‘zi haqida eslaydi. O‘zining o‘tmishdagi ishlarini u xolis
muhokama qiladi, bu unga o‘zi haqida tanqidiy fikr bildirishiga
imkon beradi. Bola uchun uning o‘tmishi, hozirgi kuni
va kelajagi hayotda o‘z o‘rnini anglash vositasi sifatida namoyon
bo‘ladi va o‘zini o‘tmishdagi hayotida baholash va kelajakni
tasavvur qilish imkonini beradi. Bola hayotida istiqbol
rejalarining paydo bo‘lishi uning motivatsiya darajasining
oshishiga imkon beradi va bu o‘z navbatida uning shaxsining rivojlanishini
belgilaydi. U albatta yaxshi, mehribon va omadli
bo‘ladi. Agar u o‘g‘il bola bo‘lsa, kuchli, erkin, aqlli bola, agar
qiz bola bo‘lsa, chiroyli, dono qiz bo‘ladi. U shubhasiz doim
o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, o‘z onasini doim yaxshi
ko‘radi. U yer yuzida doim tinchlik bo‘lishi, hamma sog‘ va
baxtli bo‘lishi uchun hamma ishni qiladi. U kosmonavt, shifokor,
bog‘bon va hattoki sehrgar ham bo‘ladi. Shaxs xislatlari
to‘g‘ri rivojlanayotgan bola ezgu maqsadlarga boy bo‘ladi, bu
unga bugundan boshlab atrofdagilarga nisbatan yaxshi munosabatda
bo‘lishiga va o‘zini ijobiy baholashiga asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |