Uyga vazifa
Shaxsni shakllanishida ta’sir etuvchi omillar haqida yozib kelish.
Nazorat savollari:
1. Shaxsga ta’rif bering. Individ va shaxs o‘rtasida qanday
farq bor?
2. Individuallik nima?
3. Shaxsning tuzilishi nimadan iborat?
4. Ehtiyoj nima? Kishi ehtiyojining asosiy turlarini aytib
bering.
5. Shaxsning ko‘zlagan maqsadi va motivlari deganda nimani
tushunasiz?
6. Bevosita va bilvosita qiziqishlar o‘rtasida qanday farq
bor? Misollar keltiring.
15-Mavzu: Shaxs xususiyatlarini o’rganishda psixodiagnostika metodlarini qo’llash
Reja:
Shaxs xususiyatlarini o’rganish
Shaxs xususiyatlarini o’rganishda psixodiagnostika metodlarini qo’llash
Xulosa
Qo’llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: Venn diagrammasi, T-sxemasi, klaster.
«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan
tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha
tarmoqlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson
psi xologiyasi bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi
shaxs ning jamiyat bilan aloqasini chetlab o‘tolmagan. Abu Nasr
Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab sharq allo-
malari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlari-
ni ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlagan.
Har bir odam konkret shaxs sifatida odamlar qurshovi-
da yashaydi, ma’lum guruh yoki jamoa qurshovida bo‘ladi.
Guruh va jamoalar doim o‘zgarib turadi. Shaxs esa ana shu
o‘zgarishlarga moslashib shu guruhdagi murakkab munosabat-
larga kirishishi kerak. Shaxs ijtimoiy mavjudot bo‘lib odam-
lardan alohida yashay olmaydi.
Odam bolasi individ sifatida dunyoga keladi, o‘z hayotini
davom ettirish uchun tug‘ma, shartsiz reflekslarga, nerv siste-
masining tiplariga ega bo‘ladi. Keyinchalik shu reflekslar asosi-
da ma’lum munosabatlarga kirisha boshlaydi. Biz katta yosh-
dagi odamni ham, chaqaloqni ham, tilni va oddiy malakani
egallay olmaydigan telbani ham individ deymiz. Individ qa-
chonki jamiyatga foydasi tegadigan bo‘lib, odamlar bilan ongli
munosabatda bo‘lgandagina shaxs bo‘la oladi.
Shaxs ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidir. Odam bolasi
tug‘ilishidanoq ma’lum biologik belgilarga ega bo‘lib, u ijti-
moiy tajriba orttirish jarayonida shaxs bo‘lib shakllana bosh-
laydi. Shaxs ma’lum jamiyatning a’zosi bo‘lib, shu jamiyat
a’zolari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadigan konkret in-
sondir. Kel ib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo‘lgan, o‘z e’tiqodiga,
qarashlar iga, munosabatlariga, baholariga ega bo‘lgan subyekt
shaxs deb ataladi. Odam ijtimoiy jamiyatda, konkret odam-
lar bilan ijtimoiy munosabatlar jarayonida shaxs sifatida tarkib
topa boshlaydi. Har bir kishining shaxsi uning individualligi-
ni vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlar birikuvidan tarkib
topadi. Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa
odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birik-
masidir. Indivi duallik temperament va xarakter xususiyatlari-
da, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda bilish jarayon-
lariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvurlar)da,
qobiliyatlarda, faoliyat ning shaxsga xos uslubida va hokazolar-
da namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning
bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirgan inson shaxsi
o‘z individualligi jihatidan betakrordir.
«Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o‘xshash
bo‘lmagani singari, o‘z navbatida, shaxs va individual-
lik ham birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga o‘xshash
emasdir. Kishining katta sonlarni «ichida» juda tez qo‘sha
olish va ko‘paytirishi kabi qobiliyati, epchilligi va qat’iyatliligi,
o‘ychanligi va tirnoqlarini tishlash odati, bo‘lar-bo‘lmasga ku-
laverishi va boshqa xislatlari uning individualligi belgisi sifatida
namoyon bo‘ladi. Masalan: epchillik va qat’iylik o‘spirinning
individualligi belgilari bo‘lib, jumladan, u sportda tuman
birinchiligiga da’vogar komandaga qo‘shilmagunga qadar, uzoq
joylarga turistik sayohat paytida u tez oqar va muzdek daryo-
dan kechib o‘tishini ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga olma-
gunga qadar uning shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga
chiqmasdan keladi. Kishining individual xususiyatlari ularga
shaxs sifatida mazkur kishi subyekt hisoblangan shaxslararo
munosabatlar sistemasida zarurat tug‘ilguncha ma’lum vaqt-
ga qadar «soqov»ligicha qolib ketadi. Shunday qilib individu-
allik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo‘lib
hisoblanadi, xolos. Aynan shu sababli ham, pedagog uchun
ahamiyatli bo‘lgan bolalariga individual yondashishni amalga
oshirish vazifasini ajratib ko‘rsatish kerak.
Koss kubiklari
Bu metodika 1923-yilda S.S. Koss tomonidan taklif etilgan
bo‘lib fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik, qurish-yasash xu-
susiyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika D. Veks-
lerning (1939–1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti
sifatida kiritilgan.
Odatda bu metodni kattalarni tekshirishda qo‘llashadi, le-
kin bunday topshiriqlarni bolalar ham qiziqib o‘ynaydilar.
Bolalar berilgan namunaga ko‘ra kubiklardan shakllar yasash-
lari kerak. Tajriba o‘tkazish uchun bir xil bo‘yalgan plastmassa
yoki yog‘och kubiklar kerak bo‘ladi. Kubiklarning kattaligi 3x3
sm, shakli va rangi har xil shakllar chizilgan 10 ta rasm zarur.
Sinaluvchi uchun ko‘rsatma: «Shunday shaklni to‘rtta kubik-
dan yasab ko‘r». Rasmning birinchi namunasi ko‘rsatiladi va
sinaluvchi taklif etilgan shakllarni kubiklardan yasay boshlaydi.
Kubiklarni rasmning ustiga qo‘yib topshiriqni bajarish man
etiladi. Vaqt hisobga olinadi. Topshiriqni bajarishning aniq-
ligiga va bajarilish vaqtiga bog‘liq ravishda miqdoriy baho
qo‘yiladi. Bog‘cha yoshidagi va boshlang‘ich sinfdagi bolalar
topshiriqni bajarishganda ozroq yordam berish lozim.
Agar bola qiy nalsa, 1–2 shaklni yasab ko‘rsatish mumkin.
Bunda eksperimentator faqatgina yasab ko‘rsatmasdan, qurish
prinsipini ham tushuntiradi. Shaklni yasab bo‘lgach eksperi-
mentator kubiklarni buzib tashlaydi va sinaluvchiga musta-
qil kubiklarni yasashini aytadi. Tadqiqot qarorida ko‘rsatilgan
yordam va bajarilgan vaqti yo zib qo‘yiladi.
Link kubi
Bu metodika diqqat barqarorligini, ziyrakligini, hissiy reak-
siyani aniqlashga imkon beradi. Tajriba o‘tkazish uchun 3x3 sm
kattalikda bir xil 27 ta kichik kubchalar kerak. Kichik kubcha-
larning tomonlari 3 xil (qizil, yashil, sariq) ranglarga bo‘yalgan
bo‘ladi, ulardan tashqi tomonidan bir xil rangdagi katta kubik
yasash mumkin bo‘lsin.
Bolaga bir xil rangli kub ko‘rsatiladi (masalan, qizil), so‘ngra
buzib tashlab, xuddi shundayini yasash kerakligi aytiladi. Eks-
perimentator qo‘shimcha ravishda bolaga, agar u qizil tomoni-
ni ichkarida qoldirsa, unda qizil rang tashqari tomonda ye-
tishmasligi aytiladi. Topshiriqni bajarish vaqtida sinaluvchining
ziyrakligiga, tez bajarishiga, hissiyotiga ahamiyat be riladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tadqiq qilishda bu metodi-
kalardan tashqari yana Shult jadvali bo‘yicha sonlarni izlash,
xotirani o‘rganish, «Bavosita esda olib qolish metodikasi»
(A.N. Leont ev, 1928), qismlardan rasm hosil qilish (A.N. Bern-
shteyn, 1911), klassifikatsiyalash, ortiqchasini o‘chirish (rasmli
variant) kabilarni qo‘llash mumkin.
«Chalkashliklar» mеtodikasi
Bu metodika yordamida bolaning atrof-muhit to‘grisidagi
obrazli tasavvurini hamda olamdagi narsa va hodisalar
o‘rtasidagi mantiqiy tafakkur munosabatlarini bilishini va o‘z
fikrlarini to‘g‘ri ifodalay olishini o‘rganishga yordam bеradi.
Ko‘rsatma: «Bu rasmga diqqat bilan qarab, uni to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri chizilganini aniqla. Agarda xato topsang uni ko‘rsatib,
nima uchun xato ekanligini tushuntirib bеr. Aslida bu narsalar
qanday bo‘lishi kеrakligini aytib ber».
Vazifani bajarish uchun 3 daqiqa vaqt bеriladi.
«Nimaligini top!» metodikasi
Bolaga rasmning A qismi ko‘rsatilib (qolganlari qog‘oz bi-
lan berkitiladi) bu rasmda nima chizilganini topish so‘raladi.
Vazifani bajarishdan avval bolaga boshqa rasm yordamida na-
muna ko‘rsatiladi. Vazifani bajarishga o‘n sеkund vaqt bеriladi.
Agar bola ushbu vaqt davomida vazifani bajara olmasa
rasm ning B qismi ochib ko‘rsatiladi va hokazo. Rasmni aniq-
lashga sarflangan umumiy vaqt hisobga olinadi.
Natijalarni baholash:
10 ball – vazifani 10 sеkund davomida A variantida bajardi.
7–9 ball – vazifani 11–20 sеkund davomida B varianti
ko‘rsatilgandan so‘ng bajardi.
4–6 ball – vazifani 21–30 sеkund davomida D varianti
ko‘rsatilgandan so‘ng bajardi.
2–3 ball – vazifani 30–40 sеkund davomida E varianti
ko‘rsatilgandan so‘ng bajardi.
0–1– ball – A,B,D variantlar ko‘rsatilib 50 sеkunddan ko‘p
vaqt sarflab vazifani bajara olmadi.
Rivojlanish darajasi:
10 ball – juda yuqori;
8–9 ball – yuqori;
4–7 ball – o‘rta;
2–3 ball – past;
0–1 ball – juda past.
Nazorat savollari:
1. Psixodiagnostika fani nimani o‘rganadi?
2. Psixodiagnostikaning vazifalari va xususiyatlari nimadan
iborat?
3. Diagnoz qo‘yish bosqich turlarining nomlarini ayting va
ular haqida tushuncha bering?
4. Psixodiagnostik tadqiqotlar qanday maqsadlarda qo‘l-
laniladi?
5.Sensomotor haqida tushunchalar bering?
Dostları ilə paylaş: |