Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə46/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Faoliyat

– inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turlituman

ehtiyojlardan kelib chiqadigan

hamda tashqi olamni va

o‘z-o‘zini o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga

xos faollik shaklidir.

Odam ma’lum faoliyatda bo‘lar ekan, u har doim qat’iy bir

maqsad asosida harakat qiladi. Inson faoliyatining o‘ziga xosligi

uning har doim ma’lum maqsadga qaratilganligidir.

Faoliyat bilish va irodaga asoslanadi hamda bu jarayonlarsiz

yuzaga kela olmaydi. Bundan tashqari faoliyatni anglash

hamma vaqt maqsadni anglash bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqsad

bo‘lmagan yerda faoliyat ham bo‘lmaydi. Impulsiv harakatlar

shaxsning maqsadsiz individual

mayllari tufayli yuzaga keladi. Shu sababli impulsiv harakatlar ko‘pincha egoistik, ya’ni g‘ayri ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, haddan tashqari

g‘azablangan yoki nihoyatda kuchli ehtirosga uchragan odam

impulsiv harakat qiladi. Lekin bundan impulsive harakatlarda

ong mutlaqo ishtirok qilmaydi, degan ma’no kelib chiqmaydi.

Impulsiv harakatlarda ham ma’lum darajada ong ishtirok qiladi.

Bunda faqat shaxsiy motivlargina anglanadi.



Inson faoliyatining tuzilishi

Inson o‘zining xilma-xil faoliyatlari orqali tabiat va jamiyatdagi

turli-tuman narsalar va hodisalarni biladi, boshqa odamlar

bilan ijtimoiy munosabatga kirishib o‘zini shaxs sifatida

namoyon qiladi. Odamning faoliyati o‘zining tuzilishi jihatidan

ancha murakkabdir. Inson faoliyati hamma vaqt ayrim

ish-harakatlardan, aniqrog‘i ayrim harakat va amallardan

tarkib topadi. U yoki bu faoliyatning tarkibiga kiruvchi harakat

va amallar anglangan hamda ba’zan anglanmagan bo‘lishi

mumkin. Masalan, biron katta yoshli odam ma’lum faoliyatga

kirishishidan oldin, faoliyatdan kelib chiqadigan natijani,

ya’ni maqsadini to‘la anglaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar

har kuni ko‘p vaqtini asosan o‘yin faoliyatiga sarflaydi. Ular

o‘zlarini o‘yin faoliyatiga undovchi mayllarini kamdan kam

paytlarda anglaydilar. Kichik maktab yoshidagi bolalarni oladigan

bo‘lsak, ular o‘zlarining o‘qish faoliyatiga bo‘lgan motivlarini

deyarli anglab yetmaydilar. Intizomsiz o‘quvchilar ham

qanday maqsadlar asosida xatti-harakat qilayotganligini ongli ravishda tushunmaydi. Demak, ana shu misollardan ravshanki, faoliyat tarkibiga kiruvchi harakatlar va amallar asosan bolalarda anglanmagan bo‘lishi mumkin. Mehnat faoliyati bilan

shug‘ullanuvchi katta yoshli odamlarda faoliyat tarkibidagi

barcha harakat va amallar albatta anglangan bo‘ladi.

Shuni ham nazarda tutish lozimki, faoliyatni amalga oshirish

usullarining ko‘pchiligi ongning minimal ishtiroki bilan

bajariladi. Boshqacha qilib aytganda faoliyatni amalga oshirish

avtomatlashgan malakalarga aylangan bo‘ladi. Shuning uchun

bunday faoliyat turlarini odam ortiqcha o‘ylamasdan, avtomatik

ravishda amalga oshiradi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin