Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə43/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

-predmetlarni o‘rganishi;

-individual predmetli o‘yinlar, jamoa syujetli-rollii o‘yinlar;

-individual va guruhiy ijod;

-musobaqa o‘yinlari;

-muloqot o‘yinlari;

-uy mehnati.

Bog‘cha yoshidagi bolalai nutqni bir muncha to‘la o‘zlashtirganlari

va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin

bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo'lish

ehtiyoji tug'iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga

intila boshlaydilar. Ular endi bog‘chadagi o'rtoqlari va qo‘niqo‘

shnil;u:ning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o‘ynashga harakat

qiladilar. Hamma narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog'cha

yoshidagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlajrdan yana biri,

uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har tomonlama bilib

olishga intilishidir. Bog'cha yoshidagi bolalar hayotida va ulaming psixik jihatidan

o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning

biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham

qiziqishni bilish jarayoni bilan bogliq to’lgan murakkab psixik hodisa

desa bo’ladi.

Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola

qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq

vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan sliug'ullanishdan zerikmaydi. Bu

esa o’z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlami

o’stirishga va mustahkainlashiga yordam beradi. 3-7 yoshli bolalaming

psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo’lgan musiqaning

ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga,

musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o’rganadilar.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin