Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


Bolaning shaxs sifatida shakllanishi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə39/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

2.Bolaning shaxs sifatida shakllanishi

Inson shaxsining rivojlanishi to‘rt manbaga: irsiyat, ijtimoiy

muhit, ta’lim-tarbiya, shaxsiy faollikka bog‘liqdir. Har

bir odam o‘ziga xos ijtimoiy muhitda, ma’lum oilada, odamlar

orasida yashaydi. Tug‘ilgan kunidanoq atrofidagi odamlar

bilan ma’lum ijtimoiy munosabatlarda bo‘ladi. Uzoq davom

etadigan bu munosabatlarning hammasi shaxsning xulqatvoriga

ta’sir etadi. Yoshlik chog‘idanoq atrofidagi odamlarning

fazilatlarini (mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik va aksi)

o‘zlariga singdirib boradilar. Bu xususiyatlar keyinchalik

shaxsiy sifatlarga aylanib qoladi.

Inson shaxsining tarkib topishiga tashqi ijtimoiy muhitning

ta’siri haqida gap borar ekan, shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki,

ayrim g‘ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishiga

tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini

to‘la tasdiqlaydi. Bunda, ayrim tasodifiy hollarda odam

bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolishi hodisasi

nazarda tutiladi. Masalan, 1920-yilda Hindistonda, Kalkutta

shahrining g‘arbiy-janubiga joylashgan Midnapura shaharchasi

yaqinidagi o‘rmonzorda doktor Sing ona bo‘ri va uning

bolalari bilan birga chopib yurgan ikkita odam bolasini ko‘rib

qoladi. Odam bolalari xuddi bo‘ri bolalari kabi to‘rt oyoqlab

yugurib yurar edi. Doktor Sing bo‘ri uyasini topib, bolalarni

olib keladi. Ularning ikkisi ham qiz bolalar bo‘lib, bittasi yetti-

sakkiz yoshlar, ikkinchisi ikki-uch yoshlar chamasida edi.

U bolalarning biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom

beradi. Bu nodir hodisada shu narsa juda xarakterliki, bolalar

yoshlikdan boshlab bo‘rilar muhitida yashaganliklari tufayli

tashqi ko‘rinishlari odam qiyofasida bo‘lsa ham, butun fe’l76

atvorlari va xatti-harakatlari bo‘rilarga o‘xshab qolgan edi. Bu

hodisa odamning shaxs sifatida tarkib topishi uchun eng avvalo

insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo‘lishi shartligini to‘la

tasdiqlaydi. Oila va maktab tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya

jarayoni shaxsning shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi vaqtda oiladagi tarbiya ishlari ta’lim-tarbiya muassasalari

ishlari bilan birga davlat tomonidan belgilangan dastur

asosida berilmoqda. Uzoq muddat davomida bolaga beriladigan

ijtimoiy ta’lim- tarbiya bolaning butun psixik taraqqiyotiga,

unda shaxsiy psixologik xislatlarning tarkib topishiga ta’sir qilmay

qolmaydi. Ta’lim muassasalarida fanlararo uzviy ravishda

uzluksiz beriladigan ta’lim-tarbiya ishlari bolalarda ma’lum

bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qiladi. Ota-onalar va o‘qituvchilarning vazifasi bolalarni faollik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Bu faollik avvalo ularning jamiyat

manfaatlari yo‘lida qiladigan ongli mehnatida ko‘rinishi

lozim. Ta’lim-tarbiya natijasida bolalarning bilim, malakasi,

qiziqish va e’tiqodlari, dunyoqarashlari o‘rtasida ma’lum

umumiylik yuzaga keladi. Odamga tug‘ma ravishda beriladigan nasliy xususiyatlar

inson shaxsining tarkib topishiga yordamchi manba sifatida ta’sir etadi. Ular imkoniyatlar tarzida beriladi. Bu layoqatlar qulay sharoitdagina ro‘yobga chiqishi mumkin.

Bunday nasliy imkoniyatlarning amalga oshishi, ya’ni ro‘yobga

chiqishi uchun albatta ma’lum sharoit kerak. Agar tegishli qulay

sharoit bo‘lmasa, imkoniyat tarzidagi nasliy xususiyatlar sekin-asta so‘nib, oqibat natijada

yo‘q bo‘lib ketadi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin