Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə40/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

3.Shaxs va faoliyat psixologiyasi

Har bir odam boshqalardan o‘zining ayrim shaxsiy barqaror

xususiyatlari, ma’lum darajadagi barqaror psixik sifatlari

bilan ajralib turadi. Ba’zi odamlarda qiziqishlar kuchli bo‘lsa,

boshqa bir odam ulkan qobiliyatlari (matematika yoki musiqaga)

bilan undan farq qiladi. Ba’zi bir odam qiziqqonroq

bo‘ladi, bunday odamni jo‘shqin temperamentli odam deyiladi,

boshqa odam haqida og‘ir, vazmin, yaxshi xarakterli odam

deb o‘ylaymiz va hokazo. Qobiliyatlar, temperament, xarakter odamning psixik xususiyatlaridir. Psixik jarayonlar, psixik holatlar va psixik xususiyatlar birbiri

bilan o‘zaro bog‘liq hodisalar bo‘lib, ularning barchasi birgalikda

psixika hisoblanadi. Psixologiya fani psixik jarayonlar,

holatlar va shaxs xususiyatlarini faqat tasvirlabgina qolmay

balki ularning yuzaga kelish sabablarini ham tushuntiradi.

Psixika nima? Olamning taraqqiyoti tarixida psixika va

ong bo‘lmagan davr ham bo‘lgan. Jonsiz tabiat va o‘simliklar dunyosi

hech qanday psixik hayotga ega bo‘lmagan, chunki ularda

sezish, fikrlash va his qilish qobiliyati yo‘q edi. Psixika

moddiy olam taraqqiyotining eng yuqori bosqichida – tirik mavjudoеlar, hayvonlar va odamlar paydo bo‘lgan bosqichida vujudga kelgan. Evolutsion taraqqiyot davomida psixikaning maxsus organlari – nerv sistemasi, keyinroq esa psixikaning

oliy bo‘limi – miya tarkib topgan. Yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan hayvonlar va odamda psixikaning taraqqiyoti bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining rivojlanishi

bilan uzviy bog‘langan. Psixik jarayonlar, holatlar va xususiyatlar

o‘zgarmas hodisalar emas, ular odamning hayoti va faoliyati davomida rivojlanadi hamda o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarishlar tabiat va jamiyatdagi barcha o‘zgarishlar singari muayyan qonunlarga bo‘ysunadi. Tashqi olam, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar odamga ta’sir ko‘rsatadi. Obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalar

odamning sezgi a’zolariga, nerv sistemasiga ta’sir etar ekan,

ular miyada aks ettiriladi. Psixik jarayonlar – sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol – mana shular aks ettirish shakllaridir. Odamning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarni aks ettirishi shu voqelikni bilishi demakdir. Tashqi muhitning miyaga

ta’siri orqali narsalarning shakli, rangi, hajmi kabilarni

bilib oladi. Voqelikni aks ettirish jarayoni natijasida odamning

sezgilari, uning intilishlari, ish-harakatlari, odam shaxsining

sifatlari, ehtiyoji, qiziqish va havaslari, qobiliyatlari va xarakteri

vujudga keladi, uning turmush tajribasi hosil bo‘ladi. Demak,

barcha psixik jarayonlar, barcha aks ettirish jarayonlari odam bilan tashqi olamning bir-biriga aktiv ta’siri tufayli yuzaga keladi. Odam psixikasini ijtimoiy hayot sharoitlari belgilaydi.

Odam amaliy faoliyatda, ya’ni o‘yin, ta’lim, mehnat jarayonida

aks ettirishning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirib boradi va shu yo‘sinda obyektiv haqiqatni bilishga erishadi. Odamning aks ettiruvchanlik faoliyati obyektiv va subyektiv

birlikdan iboratdir. Birinchidan, aks ettirish o‘z mazmuni jihatidan obyektiv, chunki

bu tashqi olam to‘g‘risida odamga to‘g‘ri tasavvur va bilimlar

beradi. Ikkinchidan, aks ettirish nerv-fiziologik jarayondan iborat

bo‘lib, odam faoliyatining xilma-xil ko‘rinishida ifodalanadi.

Aks ettirishning subyektiv tomoni shundan iboratki, konkret

odam o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxsni aks ettiradi.

Shaxsning aks ettirishi uning oldiga qo‘ygan maqsadi va

vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchidan odam atrofdagi voqelikni

bilib borar ekan narsa va hodisalarga nisbatan ma’lum munosabatini

ifodalaydi. Shuning uchun ham obyektiv olamdagi

narsalarni miyamizda aks etishi obyektiv olamning subyektiv

obrazi bo‘lib qoladi. Biz psixikaning falsafiy mohiyatidan tashqari uning aks

ettirish mexanizmlarini ham bilishimiz kerak bo‘ladi. Buning uchun psixikaning nerv-fiziologik asoslaridan xabardor bo‘lishimiz lozim. Rus fiziologi I.M. Sechenov o‘zining «Bosh miya reflekslari» (1863) nomli kitobida psixik hodisalar inson

organizmidagi boshqa hamma funksiyalar kabi tabiiy hodisa

ekanligini, biron-bir sababsiz yuzaga kelmasligini, nerv sistemasining

reflekslarini aks ettirish bosh miya faoliyatining natijasi ekanligini ko‘rsatib berdi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin