Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə41/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Nazorat savollari:

  1. Psixologiya nimani o‘rganadi?

  2. Unga ta’rif bering. Psixika

nima?

3. Kundalik turmushdagi hodisalar va ilmiy psixologiya deganda

nimani tushunasiz?

4.Bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning roli qanday?


Uyga vazifa

Shaxs shakllanishida ta’sir etuvchi omillar haqida tushuncha yozing?


MTTda olib boriladigan ta’limiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligi haqida nimalarni bilasiz?

8-Mavzu: Bolada ”Men” obrazi va o’z-o’zini baholash

tizimimnig shakllanishi

Reja:

1.Bolada ”Men” obrazi va o’z-o’zini baholash tizimi

2.Shaxsning shakllanish faoliyati

3.Shaxsning shakllanish jarayoni


Biografiya (tarjimayi hol) metodi. Biografiya metodi ham

Psixologiyaning yordamchi metodlaridan hisoblanib, undan

kishilarning ayrim psixologik xususiyatlarini o‘rganishda foydalaniladi.

Ma’lumki, har bir odam o‘z biografiyasiga ega. Biografik

ma’lumotlarda odamning shaxsiy psixologik xususiyatlariga oid ayrim faktlar bayon etiladi. Masalan, kishilarning biografik ma’lumotlarida ularning dunyoqarashlari, ishonche’tiqodlari, g‘oyaviy yo‘nalishlari, burchlariga bo‘lgan munosabatlari,

maqsad va maslaklari ko‘rsatiladi. Ana shunday

ma’lumotlarga asoslanib u yoki bu odam haqida ma’lum xulosa

chiqarish mumkin. Biografiya metodi xususan bolalar

psixologiyasi va pedagogik psixologiyada keng qo‘llaniladi.

Bolalar psixikasining taraqqiyot yo‘lini biografik tarzda ilmiy

kuzatishga dastlab mashhur tabiatshunoslardan Charliz Darvin

asos solgan. U bola psixikasining taraqqiyotini kuzatishga oid

o‘zining kundalik xotira tipidagi asarini nashr ettirgan. Hozirgi

kunda bola taraqqiyotini biografik tarzda ochib beruvchi

ilmiy asarlar ko‘plab topiladi. Bunday asarlardan eng mashhuri

N.A. Menchinskayaning «Bola psixikasining taraqqiyoti»,

«Ona kundaligi» nomli ilmiy-biografik asarlaridir. Bunday ilmiy-

biografik asarlarning qimmatli tomoni shundaki, bunday

kundaliklar bola taraqqiyotining katta bir davrini (masalan,

1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni) qamrab oladi. Ma’lumki,

bolaning har bir yosh davrida unga nisbatan muayyan bir tarzda

munosabatda bo‘lish lozim bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazardan

bolaning qaysi yosh davrida unga nisbatan

qanday munosabatda bo‘lishni belgilashda biografiya

metodi tarbiyachilar va yosh ota-onalarga katta yordam berishi mumkin.

Bolalarning biografiyasiga oid ma’lumotlarni yaxshi bilgan

tarbiyachi ularga nisbatan individual munosabatda

bo‘lishni to‘g‘ri tashkil qila oladi. Bolalarning shaxsiy psixologik

xususiyatlarini biografik tarzda o‘rganishda yozuvchilarning

avtobiografik asarlari ham katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, yozuvchilar

nihoyatda mohir kuzatuvchi hisoblanadilar. Ular o‘zlarining asarlarida bolalar (hayvonlar) psixikasining turlicha namoyon bo‘lishini obrazli qilib ochib beradilar.

2. Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davrni

uch bosqichga ajratish mumkin:

birinchi davr - bu 3-4 yosh oraligHda bo‘lib, bola emotsional jihatdan

o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlimishi bilan bog‘liqdir;



ikkinchi davr - bu 4-5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini

boshqansh bilan bog‘liqdir.



uchinchi davr esa shiixsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining

shakllanishi bilan xarakterlanadi.

Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalai' borgan sari qat’iylasha

boradi. Axloqiy tushunchalar manbai sifatida, ulaming ta’lim-tarbiyasi

bilan shug'ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari hara bo‘lishi

miunkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish

jarayonida, shuningdek, kattalaming ayniqsa, onalaming maqtovi va

tanqidlari ta’sirida o‘tadi va mustahkamlana^. Bola doimo baho, ayniqsa

maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovlar bolaning

muvafFaqiyatga erishishga bo'lgan harakatlaiining rivojlanishida,

shuningdek, uning shaxsiy hayoti hamda uning kasb tanlashida ahamiyati

juda katitadir. Bog‘cha yoshidagi bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga

keladi. Bu shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot

motivlari - bu bolani tashvishga solayotgan ichki muanunolari bilan

bogUiq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan

bog‘liq bo‘lgan motivlfirdir. Bu motivlarga asta-sekinlik bilan bilim,

ko‘nikma va malakalami egallash bilan bog‘liq bo'lgan o'qish motivlari

qo‘shila

bolalanring tabiiy qiziquvchanligi o'mida paydo bo‘ladi. 0 ‘zini

namoyon qilish motivlari ham bu yoshda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu

motiv, asosan, bolalaming syujetli-rolli o‘yinlarida asosiy rolni

egallashga, boshqalar ustidan rahbarlik qilishga intilisbda, musobaqaga

kirishishga, nima bo‘lgaiiida ham yutishga harakat qilishlarida ko‘rinadi.

Mabtabgacha yosh davri bolalari uchxm kattalar beradigan baho juda

muhim. Bolalar birinchi navbatda ma’navdy axloq me’yor va qoidalarini,

o‘z maj buriyatlariga mimosabat, kun tartibiga rioya etish, hayvon va

narsalar bilan muom;ila qilish me’yorini egallaj^dilar. Bimday

me’yorlami egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib, ulami

yaxshi 0‘zlashtirishi uchun syujetli-rolli o‘yinlar yordam berishi

mumkin. Bog‘cha yoshining oxirlariga kelib, ko‘pchilik bolalarda aniq

bir axloqiy qarashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat

bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy sifatlar jxmiladan: kishilarga nisbatan

diqqat-e’tiborli, mehribon bo‘lish xususiyati ham shsikllanadi. Katta

yoshdagi bolalar ko‘p hollarda o‘z xatti-harakatlari sabablarini

tushuntirib bera oladilar. 3-3,5 yoshlar oralig‘ida bolalar o‘zlarining muvafifaqiyat va

muvafFaqiyatsizliklariga o‘z munosabatlarini bildiiadilar va bu

munosabat, asosan, ulaming o‘zlariga besradigan yuqori baholari asosida

shakllanadi. 4 yoshli bolalar esa o‘z imkoniyatlaririi real baholay

oladilar. Lekin, 4-5 yoshli bolalar hali shaxsiy xusu!>iyatlarini idrok

etishga va baholashga qodir emaslar, shimingdek o‘zlari haqida ma’limi

bir xuloisani bera olmaydilar. 0 ‘z-o‘zini anglash layoqati katta bog‘cha

yoshidan rivojlanib, avv^al u qanday bolganini va kelajakda qanday

bo'lishirii fikrlab ko‘rishga harakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan

«Men kichkina paytimda qand<^ bo4gan edim?», «Men katta

bo‘lganimda qanday ЬоЧатап?» singajri savoUarida ko‘rinadi. Kelajak

haqida fikr yuritib, bolalar kelgusida kuchli, jasur, aqlli va boshqa

qimmatli insoniy fazilatlarga ega bo‘lishga harakat qiladilar.

Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida bola xarakterining shakllanishi

davom etadi.U asosan, bolalaming kattalar xarakterini kuzatishlari

asosida tarkib topadi. Shu yillardari boshlab, bolada ahamiyatli

hisoblangan - iroda, n:iustaqillik va tsishabbuskorlik kabi ahamiyatli

shaxsiy xususiyatlar rivojlana bosHaycli. ICatta bog‘cha yosliida bola

atrofidagi odamlar bilan turli faoliyatlairda muloqot va munosabatlarga

kirishishga o‘rgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan

muloqotga kirisha olistiida, ish bo‘yicha va shaxsiy munosabatlarini

samarali o‘mata olishida foyda keltiradi. Bolaning attofidagi kishilar

bilan boigan munosabatlari, asosida turli xil motivlar yotadi. Bulaming

hammasi bolaning individualligini tashkil etib, uning boshqa bolalardan

nafaqat intellekti, balkl axloqiy motivatsion jihatdan farqlanadigan

shaxsga aylantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy

o’zgarishlari, ulaming o'z shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvafifaqiyat va

muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o‘zini-o‘zi anglashi kabi hislaming

yuzaga kelishi hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalai' shaxsining shaMlanishida ularning ota-onalari haqidagi fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir.

Bog'cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan, ulaniing turli-tuman

o‘yin faoliyatlarida o‘sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar

bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi,

ulaming xayoli ham xilma-xil bo'lmas edi. Bog‘cha yoshidagi

bolalarUng xayollari turli xil mashg‘ulotlarda ham o‘sadi. Masalan,

bog‘cha yoshidagi bolalar loydan turli narsalar yasashni, qumdan turli

narsalar qurib o‘ynashni va rasm solishni yaxshi ko‘radilar. Ana shunday

mashg‘ulotlar bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qilali.

Bog'cha yoshidagi bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qiluvchi

omillardan yana biri - ertaklardir. Bolalar hayvonlai’ haqida^ turli

ertaklarrii eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum

munosabatlari yuzaga keladi.

3. Shiixs shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni ilk bolalik

davrining oxiri va bog’cha yoshining boshidagi o ’ziga-o’zi baho

berishning genezisida (yuzaga kelishida) bolaning kattalar bilan bo’lgan

muloqoti hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Bola o’zining

imkoniyatlari haqida adekvat bilimga ega bo’lmaganligi tufayli

kattalarning unga bergan bahosini qabul qiladi. Boshqacha aytganda bola

o’zini kattalar orqali, ulaming bola haqidagi fikri orqali baholaydi. Bola

bu davrda o’ziga-o’zi baho berishda to’laligicha kattalarning fikriga

suyanadii. O’zi haqidagi mustaqil tasav\Tir elementlari esa biroz keyinroq

paydo bo’ladi.

Meixsus taqiqotlaming ko’rsatisliicha, (B. G. >Jechayev va b.)

ushbu slementlar dastlab shaxsiy sifatlar, ahloqiy fazilatlami

baholashda emas, balki predmetli va tashqi xususiyatlami baholashda

namoyon bo’ladi. Bu esa harakatlaming predmetdan to’liq ajralib

chiqmaganligini ko’rsatadi.

Bog’cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishida ancha sezilarli

bo’lgan o’zgarish o’zga kishining tastiqi xususiyatlarini baholashdan

shaxsiy xususiyatlarini baholashga o’tishida ifodalanadi.

Barcha yosh graxihlardagi bolalarda o’zlaridaa ko’ra o’zga

shaxslanai ob’ektivroq baholashlari kijzatiladi. Biroq bu yerda ham

ma’lum bir farqlar uchraydi. Jumladan, katta bog’cha yoshidagi bolalar

“Sizlarnjing orangizdagi eng yaxshi bola kim?” degan savolga odatda

“Men” deb javob bermaydilar. Ammo bu bolaning o’ziga-o’zi beradigan

bahosi pasayganini bildirmaydi. Bolalaming bimday javobni

bermasliklariga sabab shundaki, bu yoshda ular ko’pincha

maqtanchoqlik yaxshi emasligini biladilar. Agar o’zlarini ijobiy

tomondan baholamoqchi bo’Isalar, buni ko’pincha bilvosita amalga

oshiradilar. Masalan, “Sen yaxshi bolatnisan yoki yomon bolamisan?”

degan savolga bolalar (bog’chaning katia guruh bolalari) “Yaxshi” yoki

“Yomon” deb javob bemiaydilar, buning o’miga “Elilmadim... Men

kattalarga quloq solairian”, “Men ham 100 gacha sarashni bilaman”,

“Men doim navbatchilarga yordam beraman” deb a;>rtadilar.

Bog’cha yosh d;ivrida o’ziga o’zi baho berish emosional

harakterga ega bo’ladi. Bolaning boshqalarga beradigan bahosi ham

shmday xususiyatga ega bo’ladi. Bola uni o’rab ttirgan kattalardan

qaysi biriga ishonch his etsa, mehri tovlansa o’sha kishiga ijobiy baho

beradi. Katta bog’cha yoshidagi bolalar ulami o’rab turgan kattalaming

ichki oliimiga baho berishga harakat qiladilar. O’rta va kichik bog’cha

yoshidagi bolalardan farqh ravishda. kattalartiing ichki olamiga

anchagina chuqw va difFerensiallashgan baho beradilar.

Aniqlanishicha, bolaning guruhda egallagan mavqei uning o’ziga

o’zi beradigan bahosiga ta’sir etadi. Masalan, gmuhdagi mavqei

unchalik baland bo’lmsigan bolalarda o’ziga juda yuqori baho berish,

aksincha guruhdagi ma^'qei ancha yaxshi bo’lgan bolaJarda o’zini past

baholash tendensiyasi kuzatiladi. Bog’cha yoshining oxiri^ kelib,

bolaning atrofdagilaxga beradigan bahosi ancha chuqur, to’liq

detallashgan va kengaytirilgan tus ola boshlaydi.

Bu o’zgarishlar shu bilan tushuntiriladild, katta bog’cha yoshidagi

bolalarda odamlaming ichki olamiga qiziqish ortib boradi, ular baho

berishda muhim bo’lgan mezonlami o’zlashtirib boradilar, tafakloir va

nutqlari rivojlanib boradi.

Bog’cha yoshidagi bolaning o’ziga-o’zi beradigan bahosida unda

rivojlanib borayotgan g’urur va uyat tuyg’ulari ham sks etadi. O’zinio’zi

anglashining rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion sohalari

shakllanishi bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Mana shu sohalaming rivojlanib

borishi natijasida bola lliam o’zini, haiia o’zi egallab turgan vaziyatni

anglashj;a qodir bo’la 1x)shlaydi, yani imda o’zining ijtimoiy menini

anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga

o’tishida hamda uning maktabga psixologik tayyorligida muhim rol

o’ynaydi. Bog’cha yoshining oxiriga kelib, bolaning o’zgalarga va o’z

o’ziga beradigan bahosidagi mustaqillik, tanqidchanlik ancha o’sadi.

Bog’cha yoshidagi bolaning motivatsion sohasi aktiv rivojlanib boradi.

Kichik bog’cha yoshidiigi bolaning xulq-atvori ilk bolalik davrlarida

unchalik farq qihnaydi. Bu davrda ham bolalar asosan situativ

emotsiyiilari va xohish-istaklari ta’sirida harakat qiladilar, biror harakatni

bajara turib ular nima uchun shunday qilayotganliklarini to’liq

tushunmaydilar va tushuntira olmaydilar. Katta bog’cha yoshidagi

bolalaming xatti-harakatlari ancha aniqlangan tarzda lo’y beradi. Hat

xil motivlar bog’cha yoshining turli bosqichlaridagi bolalami aynan bir

harakatni amalga oshirishga undaydi. Masalan, 3 yoshli bola

o’yinchoqlarini yuvishdan maqsadi suv v o’ynash bo’lsa, 6 yosMi

bolaning; maqsadi o’yinchoqlami toza qilish, onasiga yoidam berishidan

iborat bo'ladi.

1. Nazorat savollari:

1. Psixologiya nimani o‘rganadi? Unga ta’rif bering. Psixika

nima?

2. Kundalik turmushdagi hodisalar va ilmiy psixologiya deganda



nimani tushunasiz?

3. Psixologiya tarixi qanday davrlarga bo‘linadi?

4. Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlarning rivojlanishi

haqida so‘zlab bering.

5. Birinchi eksperimental laboratoriya qayerda va kim tomonidan

tashkil etildi?

6. XIX va XX asrlarda psixologiya taraqqiyotida qanday yutuqlarga

erishildi?

Uyga vazifa

O’tilgan mavzularni mustahkamlash

Berilgan mavzu yuzasidan test tuzish


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin