N. A. Egamberdieva


 Tuzatilgan, o ‘zgartirilgan materiallami yana bir marta guruhlar



Yüklə 6,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/68
tarix20.11.2023
ölçüsü6,31 Mb.
#165799
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68
portal.guldu.uz-Arxeologiya

6. Tuzatilgan, o ‘zgartirilgan materiallami yana bir marta guruhlar
bo‘yicha almashtirish mumkin (guruhlar soninga qarab).
7. Oxirgi almashishdan so‘ng har bir guruh a’zosi o ‘zlari ilk bor
toMatgan materialni tanlab oladilar va unda belgilangan javoblar
taqqoslanadi va taxlil qilidilar.
8 . 0 ‘qituvchi tarqatma materialda berilgan to‘g ‘ri javobni o ‘qiydi va
talabalar ulami o ‘z javoblari bilan solishtirib boradilar.
9. Har bir talaba to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblar o ‘rtasidagi
farqni aniqlab, to‘plagan balini xisoblab, o ‘zini o ‘zi baholaydi.
10. Talabalaming baholari sin f jumaligi qayd qilinadi va mashg‘u-
lot to‘g‘risida o‘qituvchi o ‘z fikr va mulohazalarini bildiradi.
Ib tidoiydavr xususiyatlarini aniqlang 
(Charxpalak texnologiyasi)
№ Davr xususiyatlari
Paleolit
Mezolit N eolit
Eneolit
Bronza
1
Dehqonchilik
vujudga kelgan
2
0 ‘q -yoy ixtiro
qilingan
3
Muzlik davri
hukmron boMgan
4
Sun’iy olov ixtiro
qilingan
5
Sopol ixtiro
qilingan
6
Odamlar g ‘orlarda
yashagan
7
Chorvachilik
vujudga kelgan
8
Odamlar
ko‘chmanchi hayot
kechirishgan
9
Neandertal odam
yashagan
10 Ijtimoyi tengsizlik
vujudga kelgan
u
Mikrolit qurollar


ishlab chaqarilgan
12
Sug‘orma 
dehqonchilik 
vujudga kelgan
13
Bug‘ular ovlangan
14
Ilk shaharlar 
vujudga kelgan
15
Mis ixtiro qilingan
16
Makrolit qurollar 
ishlangan
17
Nukleuslar
ishlangan
18
Mustahkamlangan 
qishloqlar v/k
19
Patriarxat davri 
boshlangan
20
Qoya tosh suratlar 
ko‘p ishlangan
9-12 to‘g‘ri javob "qoniqarli" 
13-16 to‘g‘ri javob "yaxshi" 
17-20 to‘g‘ri javob "a’lo"


IV BOB. Q A D IM G I VA 0 ‘RTA ASRLAR DAVRI M ADANIYATI
l-§ . Qadimgi davr madaniyati
Qadimgi davrda ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotida tub o ‘zgarishlar 
sodir bo‘lgan. Bunda, birinchi navbatda ishlab chiqarish 
usuli va 
mulkchilik shakllari tubdan o ‘zgargan. Bu tem ir davri jam iyatining 
rivojlanishi asosida vujudga kelgan boMib, jam iyatda shaharlar, davlatlar 
va jahon im periyalari tarkib topgan. Aholi o'rtasida tabaqalanish 
kuchaygan. Zodagonlar, qohinlar, jangchilar, hunarmandlar, dehqonlar, 
chorvadorlar patriarxal oilaning kichik a’zolari - xizmatkorlar «qulllar» 
- jam iyatning asosini tashkil etgan. Lekin qulchilik hamma mamlakat va 
halqlarda ham bir xil taraqqiy etmagan. Ular Yunoniston va Rimda 
o‘zining eng rivojlangan-klassik shakliga ega boMgan. Bu mamla- 
katlarda ishlab chiqarish usulining asosini qullar mehnati tashkil etgan. 
Qullar xuddi jonli buyum tariqasida foydalanilgan. Ularning hech 
qanday huquqi boMmagan. Ular eng ogMr ishlarda betinim ishlashga 
majbur etilgan.
0 ‘rta O siyoda esa, ishlab chiqarishning asosini erkin dehqon 
jam oalari tashkil etgan. Qul nomi ostida yuritilgan xonadon xizmat- 
korlari m ehnatidan esa, faqat uy yumushlarini bajarishda foydalanilgan 
va ularga oilaning kichik a’zosi sifatida qaralgan. 0 ‘rta Osiyoda uy 
qulchiligining vujudga kelishini tabiiy iqtisodiy sharoit taqoza etgan. Bu 
asosan, su g ‘orm a dehqonchilik xo‘jaligi bilan bogMiq. To‘g ‘onlar, 
ariqlar, kanallarni qurish va tozalab turish kabi ishlami faqat jam oaning 
erkin, o‘z m ehnatidan manfaatdor aholigina bajara olgan. Bu ishlami 
bajarishda sustkashlik, loqaydlik, beparvolikka yoM qo‘yib boMmagan.
Arxaik davr taraqqiyoti miloddan aw alg i VI asrda dunyodagi 
birinchi 
i m p e r i y a g a
asos solgan Erondagi ahamoniylar sulolasi tarixida 
aks etgan. U lar o ‘zlariga qaram oMkalar to‘g ‘risida ko‘plab m a’lumotlar 
qoldirganlar. Ular jum lasiga Bexistun qoya toshlaridagi tasvirlar, Naqshi 
Rustam va Persepol saroyidagi tasvirlami keltirish mumkin. Ularga 
bo‘ysungan m am lakatlarda ahamoniylar madaniyatiga xos boMgan 
moddiy m adaniyat izlari topilgan. Shuningdek, imperiyada yagona pul 
tizim i(darik), yagona aloqa tizimi va diniy e’tiqod(zardushtiylik)


shakllantirilgan. Buyuk ipak yoMining dastlabki shahobchasi «Shoh 
yuli» xuddi shu davrda o ‘z faoliyatini boshlagan.
Ahamoniylar imperiyasi 200 yilcha hukmronlik qilgan. M il.aw .IV
asrda jahon sahnasida yunon-m akedonlam ing gegemonligi ko'rina 
boshlaydi. 
M il.aw .V II-IV asrlarda yuksak 
m adaniyat yaratgan 
yunonlar, m il.aw .IV asrda Makedoniyali 
A leksandr tomonidan 
bo'ysundiriladi va u boshka xalqlami, shu jum ladan, ahamoniylar 
imperiyasini ham o ‘ziga bo‘ysundirib, ikkinchi jah on imperiyasini 
tashkil etadi. Shu tariqa Aleksandr Makedonskiy tobe qilgan xalqlarda 
yunon madaniyati kirib kela boshlaydi.
M il.aw .IV asrdan boshlab yunon tangalari jahon savdosida etakchi 
o'rinni egallaydi. Qadimgi davrda tanga m il.aw . VII asr boshida Kichik 
Osiyodagi Lidiyada paydo boMgan va shu davrdan tanga pullar ishlab 
chiqish Yunoniston, Mesopotamiya, Eron, M isr va boshqa davlatlarga 
yoyilgan. Qadimgi davrda tanga pullar uch xil m etall-oltin, kumush va 
misdan ishlangan, ulardan kumush keng iste’m olda boMgan. Lidiy halqi 
yaratgan tangalar dumaloq yoki tuxumsimon shaklda boMib, ularga 
davlat tam g‘asi bosilgan. Yunonlarning pullarida esa, badiiy jihatdan 
tasvirlar mukammal 
bo'rttirib ishlangan. Ularga k o ‘proq mifologik 
suratlar ishlangan. Shuningdek, har bir mamlakatning o ‘z tangalari ham 
boMgan. Ularda ko‘pincha o‘z podshosining surati, uning nomi va ular 
e’tiqod qiladigan xudolar tasviri boMgan.
Qadimgi davrda dehqonchilikning rivojiga alohida e ’tibor bilan 
qaralgan. Erga asosan omoch va so‘qa bilan ishlov berilgan. Pantikapey 
tanga pullarida so‘qaning tasviri ham saqlanib qolgan. Uning tishi yotiq, 
shoti egri va qoM ushlaydigan dastasi tikka qo ‘yilgan. S o‘qa va omoch 
temirdan ishlangan.
Don dastlab yorg‘uchoqlarda yanchilgan, antik avtorlam ing maMu- 
motlariga ko‘ra, yorg'uchoqlarda cho‘rilar ishlagan. N eolit davridan to 
antik davrgacha yorg‘uchoqlar deyarli o'zgarm agan. M il.av.IV-IlI 
asrlarda qo‘l tegirm oni tarqalgan. U Italiyada ixtiro qilingan. QoM 
tegirmon ustm a-ust qo‘yilgan ikkita yumaloq yassi toshdan iborat 
boMib, bu toshlami aylantirib, un tortganlar. Uning pastki toshi qavariq, 
ustidagi botiq boMib, ikki tosh o'rtasiga don sekinlik bilan to‘kib 
turilgan. Kichikroq tegirmonlar qoM bilan aylantirilgan, kattalarini esa, 
cho‘ri yoki hayvonlar 
aylantirganlar. M il.aw . II asrga kelib, qoM 
tegirmonlari deyarli barcha mamlakatlarga tarqalgan. M il.aw . I asrda 
suv tegirmoni Rimda ixtiro qilingan, lekin u keng tarqalmagan.


U bizning davrim izgacha saqlanib qolmagan. Faqat antik davr muallif- 
lari asarlarida yozib qoldirilgan.
Q adim gi davrda sopol buyumlari ishlash texnikasi takomillashgan. 
Y unonistonda o ‘ziga xos idishlar ishlangan. A m fora (ko‘za) eng ko‘p 
ishlatadigan idish boMgan. Amforaning og‘zi tor, tagidan yuqoriga 
tomon kengaytirilib ishlangan, ikkita dastasi boMgan. Uning ichiga har 
xil narsalar solib tashiganlar. K o‘proq don, vino, yog1, suv, baliqlar 
solingan. K em alam ing katta kichikligi ularga siqqan am foralar soni 
bilan belgilangan. Don, vino va suv. saqlashda yana - pifos degan 
idishdan ham foydalanganlar. Bu katta sopol xum boMib, unga bemalol 
odam ham siqqan. K atta pifoslar erga ko‘milib, undan ombor sifatida 
foydalanganlar.
Y unonlar 
sopol 
idishlami 
kulolchilik 
charxida 
ishlaganlar. 
R o‘zg‘orda ishlatadigan idishlar yaxshi pishirilgan, ularning ranggi sariq 
va pushti rang boMgan. Sopol idishlarga turli badiiy bezaklar berilgan. 
Badiiy sopol buyum lar naqsh solishdan oldin va naqsh solingandan 
keyin ham ikki m arta pishirilgan.
M il.aw .V I 
asrda yunonlarda sopollarga q o ra lak bilan ishlov 
berish keng tarqalgan. Idishlarda mifologiyaga doir yoki hayotdan 
olingan turli xil m anzaralar tasvirlari ishlangan. M il.aw .V -IV asrlarda 
qizil s u ra tli v a z a la r keng tarqalgan. Bunda idish butunlay qora lak 
bilan bo‘yalib, suratlar va atrofdagi naqshlar sopolning tabiiy rangida 
qoldirilgan. M ifologik va realistik mavzular nihoyatda aniq va nafis 
chiziqlar bilan ishlangan. M il.aw .IV asrdan sopol buyumlarni bezashda 
oq, qizil, yashil va ko ‘k bo'yoqlar bilan ham ishlov berganlar. Badiiy 
sopol buyum lar ayniqsa, olimpiada g ‘oliblariga taqdim etilgan. U oddiy 
amforaga o ‘xshatib ishlangan, lekin qaysi sport turi g‘olibiga 
moMjallagan boMsa, shu sport turining tasviri tushirilgan. Jumladan, 
mushtlashish, yugurish, nayza otish o ‘yinlari va xk. Shuningdek, ularda 
m a’buda A fina tasviri ham tushirilgan.
Rim 
im periyasi 
davrida sopol buyumlariga 
bezak 
berishda 
o ‘zgarishlar kuzatiladi. Ular idishlarni qizil lak bilan qoplashgan. Naqsh 
va suratlar esa b o ‘rtm a tarzda aniq ishlangan. Ko‘pincha meva, gul va 
barglar tasviri berilgan.
Shisha buyum lari ishlab chiqarish ham qadimgi davrda rivojlangan. 
S hisha bronza davrida M isrda ixtiro qilingan. Misrning shisha 
munchoqlari bu davrda ham haridorgir boMib, u suv yoMi orqali Evropa, 
Rossiya, 0 ‘rta O siyo xudularigacha tarqalgan.


Yunonlar va rimliklarda kitoblar ko‘pincha o‘ram shaklida boMgan. 
Ular ikki xil materialga: papirus va pergamentga yozganlar. P ap iru s 
M isrdan keltirilgan. Papirus nil o'sim ligi boMib, uning poyasi qat-qat 
bo‘lib, qatlarga ajralgan. Uning qatlamlari dum alatib siiliqlangan. 
N atijada qog‘ozga o‘xshagan sarg‘ishroq pishiq narsa hosil boMgan. 
Yozish uchun ishlatadigan materiallarning ikkinchi xili uy hayvonlari 
terisidan ishlangan. Bu 
Kichik Osiyodagi Pergam shahrida kashf 
qilingan va uning nomidan perg am en t so‘zi kelib chiqqan. Keyinchalik 
Rimda o ‘ram shaklidagi kitoblar bilan birgalikda, hozirgi kitoblarga 
o ‘xshash kitoblar ham paydo boMa boshlagan.
Qadimgi davrda murakkab geometrik bezaklami ishlashda sirk u l 
ishlatilgan. U dastlab ikki daryo oraligMda kashf etilib, Yunoniston va 
Rimda keng ishlatilib, takomillashtirilgan. Italiyada esa, mashstablarini 
ko‘paytirish va kamaytirish uchun ishlatiladigan p ro p o rsio n a l sirk u lla r 
ham topilgan. Bu sirkullaming hammasi hozirgi zam on sirkullariga 
o ‘xshab ketadi.
Rim imperiyasi davrida baliqchilik, dehqonchilik, vinochilik, sohalari 
rivojlangan. Vino ishlab chiqarishda presslardan foydalanilgan. Rim 
avtorlaridan Vitruviy b u ram a va ricliagli p re ssla r haqida yozib 
qoldirgan. Ular bulardan tashqari o ‘roq m ashina va suv teg irm o n i ham 
ixtiro qilganlar, lekin ularning qiymati qul m ehnatidan qimmat 
tushganligini sababli, Rimdan tashqarida keng yoyilmagan. Mil. I asrda 
Italiyada deraza oynasi ixtiro qilinadi. U tezlik bilan o b -havo si yomon 
hududlarga tezlik bilan yoyiladi.
Qadimgi davr ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotida Eron, Yunoniston va 
Rim muhim o ‘rinni egallagan. Ularning madaniy sohada qoMga kiritgan 
yutuqlar iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishi natijasida boshqa 
xalqlarga ham yoyilgan va bu ularning madaniy rivojlaniishda muhim 
o ‘rinni egallagan.
Qadimgi davrda 0 ‘zbekiston hududida ijtimoiy, iqtisodiy va mada­
niy jihatdan katta o‘zgarishlarsodir boMdi.
0 ‘zbekiston tarixining qadim gi d av ri mil.avv. VI a s r d a n - mil. IV 
gacha davom qilgan. Bu davrda 0 ‘zbekistonning m oddiy madaniyati 
rivojiga ahamoniylar, yunon-makedonlar, kushonlar m adaniyati sezilarli 
ta ’sir ko'rsatgan.
0 ‘zbekistonning qadimgi davri ikki bosqichga boMib o ‘rganiladi:
1-bosqich miloddan oldingi V I-IV
asrlar boMib, u arxeologik 
adabiyotlarda arxaik d a v r deb beriladi.


2 -b o sq ic h miloddan oldingi IV asrdan mil. IV asrgacha davom 
qiladi v a a n t ik d a v r deb aytiladi.
Q adim gi davrda 0 ‘zbekistonda yirik qal’a-shaharlar vujudga kelgan. 
Ularning m arkaziy binolari - ark va ibodatxonalar hisoblanib, ular turli 
haykallar va 
devoriy suratlar bilan bezatilgan. Ark va shahriston 
m udofaa inshootlari bilan mustahkamlangan. Diniy e’tiqodlar bilan 
bog‘liq yangi tipdagi binolar - nauslar qurilgan. Qadimgi davrga kelib 
shaharlar nihoyatda tez o‘sgan.
Ilk shaharlar dehqonchilik vohalari markazlarida ibodatxonalar 
atrofida shakllangan. Shaharlar ishlab chiqarishning markazi boMgan. 
U erda hunarm andchilik, savdo, 
diniy e ’tiqod va boshqaruv bilan 
bogMiq boMgan binolar bunyod qilingan. Shu paytdan boshlab ilk 
shaharlarda davlatchilik elem entlari shakllana borgan.
S haharlar quyidagi tashqi xususiyatlariga ega boMishi kerak:
1. B aland binolar - ark, ibodatxonalar va aholining zich qurilgan 
uylari;
2. B urj, mustahkam darvoza, shinaklarga ega boMgan baland, qalin 
m udofaa devorlar;
3. Shaharda keng 
ko‘chalar va kanalizaciya sistemasi boMishi 
lozim.
M il.a w . VI asrda 0 ‘zbekiston hududida ilk davlat uyushmalari 
« K a tta X o ra z m » q a b ila la r konfederaciyasi va Q adim gi B aq triy a 
p od sholigi mavjud boMib, ular o ‘ziga xos madaniyatni shakllantirganlar. 
Ilk davlatlar keyinchalik Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan 
boMsalarda, madaniy rivojlanishda mahalliy elementlar saqlanib qolgan. 
Faqat sopol idishlarining ishlash uslublari, arxitektura elementlari, 
davlatni boshqarish tartiblari va pul birliklari kirib kelgan.
Bu davrning madaniy rivojlanishi yozma va arxeologik manbalar 
asosida 
o ‘rganilgan. 
Arxitektura, 
hunarmandchilik, 
dehqonchilik, 
zargarlik, tikuvchilik va kulolchilik kabi sohalar rivojlangan. Surxon- 
daryo, Qashqadaryo, Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon vodiylarida 
yirik hunarm andchilik 
markazlari vujudga kelgan. Arxeologlar shu 
hududlardan yirik qal’alarning izlarini topishgan. Shulardan biri qadimgi 
Sam arqand - Smarakansa ning qadimgi markazi A frosiyob yodgor- 
ligidir. A rxeologik tadqiqotlar natijasida Afrosiyobdan mil. a w . V I-IV
asrlarga oid qadimgi shahar izlari topilgan. Uning umumiy maydoni 219 
gektarni tashkil qilgan. Bu erdan sopol idishlar, temir va bronzadan 
ishlangan k o'p lab uy -ro ‘zg ‘or buyumlari va qurol yarogMar topilgan.


XX asrning 60-70 yillarida V.A.Shishkin va Y a.G ‘.G ‘ulom ovlar 
rahbarligida keng koMamli arxeologik tadqiqotlar olib borilib, 1966 yil­
da Afrosiyobni «arxeologik qo ‘riqxona» deb e’lon qildilar. A rxeologik 
tadqiqotlar natijasida shahaming yoshi, tarixiy topografiyasi, shahar 
tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari va saroy qoldiqlari 
ochildi. Tadqiqotlar natijasida 1970 yilda Samarqandning 2500 yillik 
yubileyi keng nishonlandi.
Mustaqillik yillarida arxeologik va ilmiy tadqiqot ishlarining 
samaradorligini oshirish maqsadida o 'zbek arxeolog olim lari professor 
M.Isomiddinov, A.Anorboev va tadqiqotchi A.Otaxo‘jaev lar fransiyalik 
arxeologlar Pol Bemar va Franc Grene bilan ham korlikda ishladilar. 
Natijada 
Afrosiyobning eng quyi madaniy qatlamlarini o ‘rganish 
jarayonida er sathidan 10-15 m. chuqurlikda miloddan avvalgi IX-VII 
asr o‘rtalariga oid ashyolar topildi; qoMda yasalgan rangli naqsh berilgan 
sopol idishlaming parchalari, 7 m etr qalinlikdagi guvaladan tiklangan 
mudofaa devori qoldiqlari va boshqalar. Topilgan ushbu nam unalar 
Fransiyada radiokarbon tadqiqot usulida o‘rganildi va ular m iloddan 
avvalgi VIII asr, ya’ni Samarqandning 2750 yoshga ega ekanligi 
isbotlandi.
Qadimgi Xorazm hududidan K o‘zaliqir, Qal’aliqir, O ybuyirqal’a va 
Dingilji qo ‘rg‘onlari topib o'rganilgan.
K o‘z a liq ir qal’asi mil.avv. VI-IV asrlarga oid yodgorlik b o ‘lib, u 
Amudaryoning chap sohilida qadimgi Xorazm hududida joylashgan. 
Yodgorlik 
1938 yilda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik 
ekspeditsiyasi tomonidan topilgan. Umumiy maydoni 25 
ga
dan ortiq. 
YoMaksimon, burj va shinaklari boMgan mustahkam m udofaa devori ga 
ega boMgan. Ko‘zaliqirda stansionar arxeologik tadqiqotlar 1953 yilda 
boshlanib, XX asrning 80-yillarigacha davom etgan.
Yodgorlikni dastlab tadqiq qilganda, yoMaksimon m udofaa devori­
ning janubiy ichki 
qismidan 
madaniy qatlam topilgan va uni 
arxeologlar, aholining yashash joylari deb taxmin qilganlar. Q al’aning 
markaziy qismi tekislik boMib, hech qanday madaniy izlar topilm agan. 
Shuning uchun S.P.Tolstov q al’ani «devorlari ichida odam yashay- 
digan qal’a» sifatida ta’riflagan. Lekin XX asrning 70-80 yillarda olib 
borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qal’aning sharqiy tom onida 
temirchilik ustaxonasi, markaziy qismidan 1 
ga
maydonni egallagan 
saroy qoldiqlari topilgan. Saroydan 20dan ortiq xonalar, qal’aning 
shimoliy 
qismidan o‘ziga xos 3 minorali bino topilgan. Shuningdek, 
bu erdan sopol buyumlar, diniy e’tiqod bilan bogMiq bino va buyum lar


ham topilgan. Arxeologlar uni qadimgi xorasmiylaming ilk shahri deb 
baholaydilar.

Yüklə 6,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin