N. A. Tashpulatova stomatologik



Yüklə 8,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix22.10.2019
ölçüsü8,96 Mb.
#29404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
stomatologik kasalliklar


PARODONT
Parodont to‘qimalar kompleksi bo‘lib, quyidagi to‘qimalardan tash-
kil topgan: milk, alveola o‘sig‘i, suyak usti pardasi periodont to‘qi-
masi va ildiz sementi. Parodont to‘qimalari bir-biri bilan cham barchas 
bog‘liq bo‘lib, anatomik, funksional va genetik jihatdan bir butundir. 
Parodont to‘qimalarining nerv, limfa va qon tomirlari ham bir butundir.
Parodont quyidagi vazifalarni bajaradi.
1. Trofik.
2. Ushlab turuvchi.
3. Amortizatsiyalash.
4. Baryerlik.
5. Plastik.
6. Reflektor regulyatsiya.
Himoya funksiyasi parodontning butunligini ta’minlaydi. Bu esa 
butun organizmni noxush patologik faktorlar ta’siridan himoya qiladi. 
Parodont infeksiya, intoksikatsiya va ta’sir etuvchi bosimning ortishiga 
chidamli. Parodontning trofik funksiyasi asosiy funksiyalaridan biri 
hisoblanadi. Bu funksiya keng tarmoqlangan kapilyarlar tizimi va nerv 
retseptorlari bilan ta’minlanganligi uchun amalga oshadi. Parodontning 
plastiklik funksiyasi uning fiziologik va patologik ta’surotlar oqibatida 
yo‘qotgan to‘qimalarini doimiy ravishda tiklanishida namoyon bo‘ladi. 
Amortizatsiya funksiyasini amalga oshirishda periodontdagi kolagen 
va elastik tolalar muhim o‘rin tutadi. Ushbu tolalar ovqat luqmasini 
chaynash vaqtida hosil bo‘lgan bosim ta’siridan alveola o‘sig‘ini, perio-
dontdagi qon va nerv tolalarni jarohatlanishdan himoya qiladi.
TISHLARNING FARQLOVCHI BELGILARI
Tishning qaysi jag‘ va tomonga taalluqliligini uchta asosiy belgiga 
asoslangan holda aniqlanadi (7-rasm).
1. Tish toji burchagi belgisi.
2. Toj belgisi.
3. Tish ildizining nishablanish belgisi.
Tish toji burchagi belgisi. Aproksimal medial va kesuv yuza hosil 
qil gan burchak, distal va kesuv yuza hosil qilgan burchakka nisbatan 
kichik. Burchaklar belgisi yuqori markazi, yon kurak va kichik oziq 
tishlarda aniq namoyon bo‘ladi.

16
Toj belgisi. Tishlarning lab, lunj va medial yuzalari do‘mboqroq 
bo‘lib, distal tomonga qarab biroz pasayib boradi. Tishlarning toj bel-
gi si okklyuzion (chaynov yoki kesuv) yuzadan qaraganda aniq ko‘-
rinadi.
Ildiz belgisi. Ildizlar tishning vertikal o‘qiga nisbatan biroz yon-
distal tomonga nishablangan bo‘ladi. Ildizlar belgisiga qarab tishning 
o‘ng yoki chapligi aniqlanadi.
Tayanch iboralar:
Yuqori jag‘ – kalla skeletining yuz qismiga kiruvchi, juft suyak;
Gaymorov bo‘shlig‘i – yuqori jag‘ tanasining ichida joylashgan, 
burun bo‘shlig‘iga ochiladigan havo saqlovchi bo‘shliq;
Kontrforslar – zich suyak moddasidan tashkil topgan ustunlar;
Pastki jag‘   kalla skeletining yuz qismiga kiruvchi, yagona 
harakatlanadigan suyak;
Og‘iz bo‘shlig‘i   og‘iz dahlizi va asl og‘iz bo‘shlig‘idan tashkil 
topgan hazm kanalining boshlang‘ich bo‘limi;
Emal – tishning toj qismini qoplab turuvchi to‘qima;
Dentin – tishning asosiy tayanch to‘qimasi;
7-rasm. Tishlarni farqlovchi belgilar:
ae – burchak belgisi; bf – toj belgisi; dg – ildiz belgisi.

17
Sement – tish ildiz qismini qoplab turuvchi to‘qima;
Pulpa – tish bo‘shlig‘ini to‘ldirib turuvchi, biriktiruvchi to‘qima 
bo‘lib, qon tomirlar, limfa tomirlar va nerv tolalardan tashkil topgan;
Periodont – tish katagi devori bilan ildiz yuzasi oralig‘idagi bo‘sh-
liqda joylashgan biriktiruvchi to‘qima;
Parodont – milk, alveola o‘sig‘i, suyak usti pardasi, periodont va 
ildiz sementidan tashkil topgan to‘qimalar kompleksi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Yuqori jag‘ suyagi nechta qisimdan iborat?
2. Gaymorov bo‘shlig‘i qayerda joylashgan?
3. Pastki jag‘ nechta qisimdan iborat?
4. Pastki jag‘ kalla skeletiga qanday birikadi?
5. Og‘iz boshlig‘i yuqori qisimdan qanday chegaralanadi?
6. Og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq pardasi qanday tuzilishga ega?
7. Og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq pardasi qanday funksiyalarni bajaradi?
8. Inson hayotida tishlar hecha bor chiqadi?
9. Sut tishlar nechta?
10. Sut tishlar tibbiyot hujjatlarida qanday belgilanadi?
11. Sut tishlar qanday anatomik formulaga ega?
12. Doimiy tishlar nechta?
13. Doimiy tishlarning klinik formulasi qanday ifodalanadi?
14. Qanday tish guruhlarini bilasiz?
15. Har bitta tishda nechta yuza farqlanadi?
16. Tish qanday anatomik tuzilishga ega?
17. Tish qanday to‘qimalardan tashkil topgan?
18. Emal qayerda joylashadi va qanday vazifani bajaradi?
19. Dentin qanday kimyoviy tarkibga ega?
20. Sementning qalinligi qancha?
21. Pulpa nechta qisimdan iborat?
22. Pulpa qanday vazifani bajaradi?
23. Periodontal yoriq deganda nimani tushunasiz?
24. Periodont qanday vazifani bajaradi?
25. Parodont qanday vazifalarni bagaradi?

18
II BOB 
AHOLIGA STOMATOLOGIK YORDAM  
TASHKIL ETISH
Poliklinik stomatologik yordam turli davolash profilaktika muas-
salarida: viloyat, shahar, tuman stomatologik poliklinikalarda, xu susiy 
poliklinikalarda hamda tuman shifohonalari qoshidagi sto ma tologik 
xo 
na 
larda amalga oshiriladi. Stomatologik poliklinikada quyidagi 
bo‘ lim va xonalar bo‘lishi rejalashtirilgan: terapevtik, jar rohlik va 
orto pe dik stomatologiya bo‘limi tish protezlash labo ratoriyasi bilan. 
Terapevtik stomatologiya bo‘limida tish, paro dont va og‘iz bo‘shlig‘i 
shilliq pardasi kasalliklari davolanadi. Jar rohlik stomatologiya bo‘limi-
da tish va ildizlarni olish ope ratsiyasi amalga oshiriladi. Ortope diya 
bo‘limida tish va tish qatori nuqsonlari ortopedik protezlar yorda-
mida tiklanadi. Ortopediya bo‘limining tarkibiga tish texnikligi labo-
ratoriyasi va quyish sexi kiradi. Agar tumanda alohida bolalar stoma-
tologik poliklinikasi bo‘lmasa kattalar stomatologik poliklinikasi qo-
shida bolalar stomatologiya bo‘limi ortodontik xona bilan birgalikda 
tashkil etiladi.
STOMATOLOGIK XONALARNING  
JIHOZLANISHI
Terapevtik bo‘lim tish kasalliklarini davolash xonasi yaxshi tabiiy 
yorug‘lik bilan yoritilgan bo‘lib, agar bitta stomatologik ish joyi bo‘lsa 
14 m
2
 ga teng bo‘lishi kerak. Har bir qo‘shimcha ish joyi uchun 7 m
2

stomatologik uskunalar uchun 10 m

joy qo‘shilishi kerak. Xonaning 
balandligi 3,3 m dan kam bo‘lmasligi, stomatologik kreslolar bir qa-
tor ga o‘rnatilgan bo‘lishi, devorlari och rangli moyli bo‘yoq bilan 
bo‘yal gan, pollari linoleum bilan qoplangan bo‘lib, gigiyenik talablarga 
javob berishi kerak. Terapevt stomatologning xonasi quyidagi sani-
tariya me’yorlarga asoslanishi lozim: stomatologning xonasida ikkita 

19
qo‘l yuvgich bo‘lib, u issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan bo‘lishi 
kerak. Birinchi qo‘l yuvgichda qo‘l yuvilsa, ikkinchisida stomatologik 
asbob-anjomlarni yuviladi. Stomatologik xona markaziy isitgich tar-
mo g‘iga ulangan bo‘lib, xona harorati 20°C, namligi 50–60% bo‘li shi 
kerak. Stomatologik kreslolar tabiiy yorug‘likka qaratib o‘rnatilishi, 
derazalarning kengligi polning kengligiga bo‘lgan nisbati 1:4–1:5 atro-
fida bo‘lishi kerak. Buning uchun tabiiy yorug‘likdan tashqari sun’iy 
yorug‘likning bo‘lishini ham talab etadi. Hona luminessent lampalar 
bilan yoritilishi va uning yoritilish darajasi 500 lk ni tashkil etishi 
kerak. Terapevt stomatolog xonasida bemor uchun stomatologik kreslo, 
uni versal trubin bor mashina, tish qattiq karashlarini olish uchun appa-
rat, stomatologik to‘plam va endodontik asboblar bo‘lishi lozim. Shi-
fokor uchun ish joyi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: sto matologik mos-
lama, kreslo, dori-darmon va xomashyolar uchun stol, shifokor uchun 
o‘rindiq. Stomatologik xonada hamshira va kichik tibbiy xodim uchun 
ham ish joyi bo‘lishi shart. Bulardan tashqari xonada xomashyo va 
asbob-uskunalarni saqlaydigan shkaf, zaharli moddalarni saqlash 
uchun (A) shkaf, kuchli ta’sir etuvchi moddalarni saqlash uchun (B) 
shkaf lar bo‘lishi lozim.
Jarrohlik xonasida agar bitta kreslo o‘rnatilgan bo‘lsa uning may-
doni 23 m
2
 ni tashkil etgan bo‘lib, har bir qo‘shimcha kreslo uchun 7 
m
2
 qo‘shilishini talab etadi. Bu xonada tashxisni aniqlash, davolash va 
tish olish operatsiyasi amalga oshiriladi. Jarrohlik xonasida stomato-
logik kreslo, soya tushirmaydigan maxsus lampa, asboblar uchun stol, 
elektr bor mashina, tish va ildiz olish uchun asboblar bo‘lishi lozim. 
Tabiiy yorug‘likdan tashqari xonada sun’iy yorug‘lik ham bo‘lishi 
zarur. Sun’iy yorug‘lik 150 lk dan kam bo‘lmasligi, hamda xona lumi-
nissent, galogen yorug‘lik manbalaridan foydalanib yoritilishi maq-
sadga muvofiq.
Stomatologik xonada kvars lampasi o‘rnatilgan bo‘lishi va har 
kuni xonani lampa yordamida kvarslash zarur. Har bir stomatologik 
xonada steril (qaynatilgan) asbob va bog‘lov materiallari uchun stol 
bo‘lishi kerak. Steril oqliklar solingan stol va steril asboblar har kuni 
yangilanishi kerak.

20
STOMATOLOGIK MOSLAMALAR
Bemorga malakali stomatologik yordam ko‘rsatish uchun max sus 
sto matologik moslamalar zarur bo‘ladi. Asosiy stomatologik moslama-
larga quyidagilar kiradi: bemor uchun stomatologik kreslo, elektrli 
yoki trubinali bor mashina, stomatologik moslama, shifokor uchun 
o‘rin diq.
Bemor uchun stomatologik kresloda, bemor boshini davolovchi 
shifokorga qulay holatda tutib turishi uchun bosh qo‘ygich moslamasi 
bor. Stomatologik kreslo asosan ikki qismdan tashkil topgan. Stomato-
logik kreslolarning quyidagi rusmdagilaridan foydalaniladi: KZ-2, K3-
8, 9,10, KSUI-0,1,0,3,04, KSRD-1.
BOR MASHINALAR
Tishlarni davolash tish qattiq to‘qimalarini charxlash tadbirini 
amalga oshirish bilan olib boriladi. Tish qattiq to‘qimalarini charx-
lashni bor mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Bor mashinalar-
ning turi har-xil: BES 10, BK-1, BEPB-3, BPK-300, BEO-30-2 va 
boshqalari mavjud.
Stomatologiyaning rivojlanishi stomatologik moslamalarning ham 
murakkablashib, stomatologik yordamni yaxshilanishiga sabab bo‘l-
moqda. Stomatologik moslama o‘z ichiga avtomatik bosh qa ri la digan 
kres lo, yoritgich, kompressor va og‘iz bo‘shlig‘ida turli muo lajalarni 
amal ga oshirish uchun mo‘ljallangan moslama lardan tashkil topgan: 
tish to‘qimasini charxlash, tishni karash lardan tozalash, so‘lakni so‘-
rish, havo va suvni purkash, diomer mokogulyator, rentgeno diagnostika 
va boshqalar. Stomatologik mos lamalar USU-30, US-30, US30/3000, 
US 10, YUNIS, YUgodent, Xirodent, Kavo, Probodivar lardan foy-
dalaniladi.
STOMATOLOGIK ASBOBLAR
Stomatologik asboblar foydalanish sohasiga ko‘ra quyidagilarga 
bo‘linadi:
1. Terapevtik asboblar.

21
2. Jarrohlik asboblari.
3. Ortopedik asboblar
Terapevtik asboblar. Terapevtik asboblar 5 ta guruhga bo‘li nadi.
1-guruh. Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarni tekshirish uchun ishla-
tiladigan asboblar.
Bu guruhga to‘g‘ri va burchakli zond, stomatologik oyna, stoma-
tologik pinset asboblari kiradi (8-rasm).
Stomatologik oyna. Stomatologik oyna yordamida ko‘rish uchun 
noqulay bo‘lgan sohalar ko‘rigi o‘tkaziladi, qo‘shimcha yoritiladi, lab, 
lunj, tilni travmalardan himoya qilish maqsadida ushlab turiladi.
Stomatologik zond. Ikki qismdan ishchi qismi va dastasidan tash-
kil topgan. Stomatologik zondni ikki xil turi (to‘g‘ri va burchaklisi) 
mavjud. Zond yordamida kariyes kovagi borligi, uning chuqurligi, 
og‘riqli nuqtalari aniqlanadi. Mahsus belgili zond yordamida milk 
mavjud cho‘ntagining chuqurligi aniqlanadi.
Stomatologik pinset. Stomatologik pinsetning ishchi qismi o‘tmas 
burchak ostida bukilgan. Pinsetdan paxtali tamponlarni ushlab og‘iz 
8-rasm. Stomatologik to‘plam:
1 – stomatologik oyna; 2 – pinset; 3 – stomatologik zond;  
4 – ekskavator; 5 – shpatel.

22
bo‘shlig‘iga kiritishda, tishning qimirlash darajasini aniqlashda, endo-
dontik asboblarni olishda foydalaniladi.
2-guruh. Tishdagi kovakni tozalashda ishlatiladigan asboblar.
Borlar.  Bor aylanma harakat qiluvchi mustahkam asbob bo‘lib, 
tishning qattiq to‘qimalarini charxlashda foydalaniladi.
Borlar kariyes kovagiga ishlov berish bosqichiga qarab har xil 
shakl va o‘lchamga ega bo‘ladi. Borlarning ishchi qismi shakliga qarab 
sharsimon, silindrsimon, konussimon, g‘ildiraksimon, trubinali dasta 
tur lariga  bo‘linadi. Borlar to‘g‘ri va burchakli uchlar uchun ikki xil 
bo‘ ladi. Borlar ishchi qismining diametriga qarab raqamlar bilan belgi-
lanadi. Masa lan 1-raqamli borning diametri 0,85 mm. 13-raqamli bor-
niki esa 3,1 mm ga teng. To‘g‘ri uch uchun borning uzunligi 44 mm, 
burchakli dasta uchun esa 22 mm teng. Borlar zanglamaydigan po‘lat-
dan, qattiq qotishmali va ishchi qismi olmos bilan qoplangan borlardan 
foydalaniladi. Hozirgi kunda deyarli 90 % trubinali dasta borlardan 
foydalaniladi.
3-guruh. Tishdagi toshlarni tozalashda ishlatiladigan asboblar.
Ushbu guruhga ekskavator, ilgovich va boshqalar kiradi.
Ekskavator. Ekskavator dasta va ishchi qismdan iborat. Ishchi 
qism lari bukilgan bo‘lib har xil o‘lchamdagi qoshiqchalari bor. Ekska-
va tor yordamida kariyes bo‘shlig‘idan ovqat qoldiqlari, yumsha gan 
dentin, vaqtinchalik plomba chiqariladi, hamda yumshoq va qattiq tish 
karashlarini tozalashda foydalaniladi.
4-guruh. Tish kovaklarini plombalashda foydalaniladigan as-
boblar.
Ushbu guruhga shpatel, silliqlagich, shtopfer kiradi.
Shpatel. Shpatel dasta va uzun yassi kuraklardan iborat. Shpatel 
yordamida vaqtinchalik va doimiy plombalar qoriladi. Shpatelning me-
talli va plastmassali turlaridan foydalaniladi.
Silliqlagich. Silliqlagich ishchi qismining bir tomoni kurak simon 
bo‘lib ikkinchi tomoni plomba sathlarini tekislashga mos langan. Silliq-
lagich yordamida kerakli miqdorda plomba xom ashyosi tish kovagi ga 
kiritiladi va silliqlanadi. Silliqlagich turli o‘lchamda chiqa riladi. Silliq-
lagich bir tomonlama va ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. Silliqla-
gichni shtopfer bilan kombi natsiya qilingan turi ham mavjud.

23
Shtopfer. Shtopferning ishchi qismi, silindrsimon yoki noksimon 
shaklga ega bo‘lib plomba ashyosini zichlash uchun ishlatiladi.
5-guruh. Endodontik asboblar.
Yuqorida bayon etilgan asboblar yordamida kariyes kovagidagina 
muolajalar o‘tkazish mumkin. Pulpa va periodont kasalliklarini davo-
lashda tishning ildiz kanallarida muolaja o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bu-
ning uchun maxsus endodontik asboblarning bir necha turi ishlatiladi.
Endodontik asboblarga quyidagilar kiradi: pulpekstraktor, burov, 
rashpil, drilbor, razvyortka, kanal to‘ldirgich, shtopfer, kanal uzunligi-
ni ulovchi igna, ildiz ignasi, fayller, rimmerlar, fleksofayllar va bosh-
qalar (9-rasm).
Tayanch iboralar:
Terapevtik stomatologiya – tish, parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shil-
liq pardasi kasalliklari davolanadi;
Jarrohlik stomatologiya – yuz-jag‘ sohasida jarrohlik muolajalari-
ni o‘tkazish, tish va ildizlarni olish operatsiyalari amalga oshiriladi;
Ortopedik stomatologiya – tish va tish qatori nuqsonlarini sun’iy 
tish protezlar yordamida tiklashni ta’minlaydi;
Bor mashina – tishlarni davolash uchun tish qattiq to‘qimalarini 
charxlash tadbirini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan apparat;
9-rasm. Endodontik asboblar:
1 – chuqurlik o‘lchagich; 2 – pulpekstraktor; 3 – burov; 4 – rashpil; 5 – drilbor;  
6 – razvyortka; 7 – kanal to‘ldirgich; 8 – shtopfer.

24
Stomatologik oyna – dasta va oynadan tashkil topgan ishchi qi-
simdan iborat asbob;
Stomatologik zond – ishchi qismi bigizga o‘hshash asbob bo‘lib, 
kariyes kovagi borligini, uning chuqurligini, og‘riqli nuqtalari borligini 
aniqlashda foydalaniladi;
Stomatologik pinset – ishchi qismi o‘tmas burchak ostida bukilgan 
asbob bo‘lib paxtali tamponlarni ushlab og‘iz bo‘shlig‘iga kiritishda, 
tish ning qimirlash darajasini aniqlashda, endodontik asboblarni olishda 
foydalaniladi;
Shpatel – dasta va uzun yassi kuraklardan iborat bo‘lgan vaqtin-
chalik va doimiy plombalarni qorish uchun foydalaniladigan asbob;
Silliqlagich – ishchi qismining bir tomoni kuraksimon bo‘lib 
ikkinchi tomoni plomba sathlarini tekislashga moslangan asbob;
Shtopfer – ishchi qismi silindrsimon yoki noksimon shaklga ega 
bo‘lib plomba ashyosini zichlash uchun ishlatiladigan asbob;
Endodontik asboblar – pulpa va periodont kasalliklarini davolash-
da tishning ildiz kanallarida muolaja o‘tkazish uchun mo‘ljallangan 
asboblar.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Stomatologik poliklinika qanday tuzilishga ega?
2. Stomatologik poliklinikalarda qanday yordam turlari amalga oshiriladi?
3. Terapevtik stomatologiya bo‘limida qanday davo muolajalari o‘tkaziladi?
4. Jarrohlik stomatologiya bo‘limida qanday davo muolajalari o‘tkaziladi?
5. Ortopedik stomatologiya bo‘limida qanday davo muolajalari o‘tkaziladi?
6. Stomatologik hona qanday sanitar me’yoriy talablariga javob berishi kerak?
7. Stomatologik asboblar foydalanish sohasiga ko‘ra nechta guruhga bo‘linadi?
8. Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarni tekshirish uchun qanday asboblardan foydalanadi?
9. Borlar nima uchun ishlatiladi?
10. Tishdagi toshlarni tozalash uchun qaysi asboblar ishlatiladi?
11. Tish kovaklarini plombalashda qaysi asboblardan foydalaniladi?
12. Qanday asboblarni endodontik asboblar deyiladi?

25
III BOB 
ASEPTIKA VA ANTISEPTIKA
Ko‘pgina stomatologik muolajalarda yuz terisining, og‘iz bo‘shlig‘i 
shilliq pardasining, pulpa va parodont to‘qimalarining butunligi buzi-
lishi kuzatiladi. Shuning uchun infeksiyaning rivojlanishi va tarqa-
lishini oldini olish maqsadida aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy 
rioya qilish zarur.
Infeksiya – lotincha «infektio» so‘zidan olingan bo‘lib ifloslanish, 
yuqish degan ma’noni anglatadi. Infeksiya kasallik tug‘diruvchi mikro-
organizimlarning odam organizimiga kirishi natijasida organizm bilan 
ular o‘rtasida vujudga keladigan patologik jarayondir. Inson orga-
nizmini kasallik va uning asoratlaridan himoya qilish kerak.
Aseptika – xirurgik infeksiyaga qarshi kurash usuli bo‘lib, unung 
asosi jarohatga infeksiya tushishining oldini olish hisoblanadi. Asep-
tika quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
 
– asbob-uskunalarni va bog‘lov materiallarini sterillash;
 
– qo‘lga tibbiy ishlov berish;
 
– muolaja vaqtida maxsus usullarni qo‘llash;
 
– tibbiyot muassasalarida gigienik va tashkiliy ishlarni amalga 
oshirish.
Tibbiyot xodimi yuqorida belgilangan prinsiplarga va anti septikaga 
rioya qilishi kerak.
Sterillash deb, mikroblar va ularning sporalarini yo‘qotish usul-
lariga aytiladi. Sterillashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: kuy-
dirish, cho‘g‘lantirish, qaynatish, avtoklavlash, fizik va kimyoviy mod-
dalar yordamida.
Antiseptika  – jarohatdagi yoki organizmdagi mikroblarni yo‘qo-
tishga qaratilgan chora tadbirlar kompleksidir. Antiseptikaning mexa-
nik, fizikaviy, kimyoviy va biologik turlari mavjud. Mexanik usul da 
jarohatga birlamchi xirurgik tozalash beriladi. Ya’ni jarohat chetla-
rini, tubini kesish va uni o‘lgan to‘qimalardan va yot jinslardan toza-

26
lash hamda jarohatni antiseptik eritmalar bilan yuvishdan iborat. 
Fizikaviy usulning asosiy vazifasi jarohatga fizikaviy usul bilan ta’sir 
ko‘rsatishdir. Masalan, jarohatni quritish, issiqlik va yorug‘lik muo-
lajalarini o‘tkazish, jarohatga ultrabinafsha nurlarini ta’sir ettirish, 
kimyo viy usulda jarohatdagi mikroblar florasini har xil kimyoviy 
moddalar yordamida yo‘q qilishga qaratilgan.
Aseptika prinsiplariga amal qilmaslik bir bemorning infeksiya-
sini shifokorning o‘ziga va ikkinchi bemorga yuqishiga olib kela di. 
Nati jada virusli gepatit B va OITV – retrovirusini yuqtirish mum-
kin. OITS – ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi virus qo‘zg‘a-
ta di gan fojiali yuqumli kasallik. OITS qo‘zg‘atuvchisi OITV – retro-
virusi. Infeksiya manbayi bemorlar va virus tashib yuruv 
chilar. 
Virus larning asosiy yuqumli materiallari sperma va qon hisoblanadi. 
Virus parenteral yo‘l bilan ham yuqadi. Ya’ni kasallik qon va qon 
mahsulotlarini quyish, jarrohlik ope ratsiyalar, stomatologik muolajalar, 
infeksiya yuqqan igna va asbob-uskunalarni qo‘llash oqibatida yuqa-
di. OITV infeksiyasini profi laktika qilish uchun sog‘lom turmush 
tarzini targ‘ib qilish, qon va uning komponentlarini quyishda OITSni 
yuqtirmaslik, barcha davolash-profilaktika muassasalarida bir martalik 
tibbiy va laboratoriya asboblaridan foydalanish, barcha bemor bilan 
to‘q na shadigan asbob-uskunalar sterillanishi lozim. Stomatologik as-
bob lar avtoklavlash (bosim va bug‘ bilan) usulida sterillanishi kerak.
Stomatologiyada sterillashning asosan quyidagi usullari qo‘llanila-
di: qaynatish, bosim va bug‘ bilan, quriq issiqlik bilan va sovuq bilan.
Qaynatib sterillash. Bu usul bilan to‘liq metalldan tashkil topgan 
asboblar sterillanadi. Qaynatishda cho‘kma hosil bo‘lishini kamaytirish 
maqsadida sterilizatorga distillangan suv va natriy bikorbanatning 1% 
eritmasi solinadi.
Sterillashning avtoklavlash (bosim va bug‘ bilan sterillash) usu-
lini maxsus sterillash apparatida amalga oshiriladi. Avtoklavda steril-
lashni 120–130°C haroratda 1,1 va 2,0 kg/sm

ostida olib boriladi. Av-
to klavda jarrohlik asboblari, choyshablar, korroziyaga chidamli me tall 
qotishmalaridan tayyorlangan apparat qismlari, shisha idishlar, rezina li 
mahsulotlar (qo‘lqop, drenaj) sterillanadi.

27
Quriq issiqlik bilan sterillash. Bu usulni qo‘llash uchun quriq 
issiqlik beradigan maxsus apparatdan foydalaniladi. Quruq issiqlik 
bilan jarrohlik asboblari, kesuvchi asboblar sterillanadi. Sterillash 40 
daqiqa mobaynida olib boriladi. Belgilangan vaqtning 25 daqiqasida 
metall asboblar qizisa 15 daqiqasida zararsizlanadi. Jarrohlik asboblari, 
shisha idishlar 180°C 1 soat mobaynida, agar 160°C harorat bo‘lsa 2 
soat mobaynida sterillanadi.
Yüklə 8,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin