N. A. Tashpulatova stomatologik



Yüklə 8,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix22.10.2019
ölçüsü8,96 Mb.
#29404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
stomatologik kasalliklar


Sovuq usulda sterillash. Bu usul bilan kesuvchi asboblar va sto-
matologik oyna sterillanadi. Buning uchun ularni 96% spirtga 2 soatga 
solib qo‘yiladi. So‘vuq sterillash uchun 1% xloramin, 6% pe 
riks 
vodorod, 3% formalin, 1% xlorgeksin va boshqa eritma lardan foyda-
laniladi.
FOYDALANILGAN STOMATOLOGIK  
ASBOBLARGA ISHLOV BERISH
Foydalanilgan stomatologik asboblarga ishlov berish uchun yuvuv-
chi eritma solingan idish, dezinfeksiyalovchi eritma solingan 2ta idish, 
cho‘tkalar, distillangan suv solingan idish, qon borligini aniqlash sina-
malarini o‘tkazish uchin reaktivlar va yuvuvchi vositalar kerak bo‘ladi.
Stomatologik asbob-uskunalar avtoklavlash usulida quyida 
gicha 
ste rillanadi:
1. Foydalanilgan asboblar cho‘tka bilan dezinfeksiyalovchi eritmali 
idishga solib yuviladi;
2. Qondan tozalangan asboblar dezinfeksiyalovchi eritmali ikkinchi 
idishga solinadi;
3. 5 daqiqa davomida suvda yuviladi;
4. Yuvilgan asboblarni 45–50°C li yuvuvchi eritmali idishga 15–20 
daqiqaga botirib qo‘yiladi;
5. So‘ng 3 daqiqa davomida oqar suvda yuviladi;
6. Distillangan suvda chayiladi;
7. Quruq issiqlik shkafida 85–90° C temperaturada quritiladi;
8. Sinamalar o‘tkaziladi;
9. Quritilgan asboblar bikslarga joylanadi;
10. Biksning yon teshiklari ochib qo‘yiladi;

28
11. Bikslar avtoklavga joylanadi;
12. Avtoklav qopqog‘i zich qilib yopiladi, bug‘ chiqarib yubori-
ladigan jo‘mrakni ochiq qoldirib, boshqa jo‘mraklar berkitiladi va 
qozon qizdiriladi;
13. Avtoklav kamerasiga bug‘ kirganida bug‘ o‘tkazadigan jo‘mra-
gidan havo chiqadi. Havoni bug‘ bilan shu tariqa haydab chiqarish 
2,0 kg/sm bosim ostida, 132°C haroratida, 20 daqiqa davomida olib 
boriladi.
STERIL STOLNI TAYYORLASH
Steril stolni tayyorlash uchun stomatologik xonaning hamshirasi 
qo‘llarini yuvib steril rezinali qo‘lqop kiyadi. Qo‘lqopdagi talk yuq-
larini ketkazish uchun 96 gradusli spirt bilan artadi. Honada steril 
oqliklar solingan biksni ochib asboblar turadigan maxsus stolga steril 
kleyonka, ustidan ikkiga buklangan steril choyshab yozadi. Choyshab-
ning ichki tomoniga stomatologik asbob-uskunalarni va bog‘lov mate-
riallarni terib chiqadi. Choyshabning ustki qismi joylangan asbob-
uskunalar ustiga yopib qo‘yiladi.
Hozirgi vaqtda stomatologik xonalarda steril stol vazifasini bajara-
digan maxsus apparatdan foydalanilmoqda.
Tayanch iboralar:
Infeksiya – kasallik tug‘diruvchi mikroorganizimlarning odam 
orga nizimiga kirishi natijasida organizm bilan ular o‘rtasida vujudga 
keladigan patologik jarayon;
Aseptika – xirurgik infeksiyaga qarshi kurash usuli bo‘lib, unung 
asosi jarohatga infeksiya tushishining oldini olishdir;
Antiseptika  – jarohatdagi yoki organizmdagi mikroblarni yo‘qo-
tishga qaratilgan chora tadbirlar kompleksidir;
Sterillash – mikroblar va ularning sporalarini yo‘qotish usullari;
OITV – ortirilgan immunitet tanqisligi retrovirusi;
OITS  – ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi – virus qo‘zg‘a-
tadigan fojiali yuqumli kasallik;
Avtoklav – bosim va bug‘ bilan sterillash usulini amalga oshiruv-
chi maxsus sterillash apparati;

29
Steril stol – sterillangan stomatologik asbob-uskunalar va bog‘lov 
materiallarini steril holda saqlanishini ta’minlash uchun hamshira 
tomonidan tayyorlanadigan stol.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Infeksiya deganda nimani tushunasiz?
2. Aseptika deb nimaga aytiladi?
3. Aseptika qanday tadbirlarni o‘z ichiga oladi?
4. Sterillash deb nimaga aytiladi?
5. Sterillashning qanday turlari bor?
6. Sterillash qanday ahamiyatga ega?
7. Antiseptika deganda nimani tushunasiz?
8. Antiseptikaning qanday turlari mavjud?
9. Aseptika qoidalariga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
10. OITV qanday virus?
11. OITS qanday kasallik?
12. OITS kasalligining qo‘zg‘atuvchisi qanday nomlanadi?
13. OITSni yuqtirmaslik uchun nima qilish kerak?
14. Qaysi asbob-uskunalar qaynatib sterillanadi?
15. Sterillashning avtoklavlash usuli qanday amalga oshiriladi?
16. Quriq issiqlik bilan sterillash jarayonini bilasizmi?
17. Sovuq usulda sterillash uchun qanday kimyoviy eritmalardan foydalaniladi?
18. Foydalanilgan stomatologik asboblarga avtoklavlash usulida qanday ishlov 
beriladi?
19. Steril stolni kim tayyorlaydi?
20. Steril stolni qanday tayyorlanadi?

30
IV BOB 
STOMATOLOGIK BEMORNI TEKSHIRISH 
USULLARI
Tekshirish usullarining maqsadi bemor kasalligining aniq tashxi-
sini qo‘yish. Tekshirish usullari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: so‘rov, 
ko‘rik, yordamchi tekshirish usullari, laboratoriya tekshirish usullari.
So‘rov. So‘rov tekshirishning birinchi bosqichi hisoblanadi. So‘rov 
vaqtida quyidagilarni aniqlash lozim: bemorning shikoyatini, hozirda 
va avvalda kechirgan kasalliklarini, ish faoliyati tarzini va og‘riq xa-
rakterini. So‘rov bemor shikoyatlarini aniqlashdan boshlanadi, ya’ni 
og‘riq qachon paydo bo‘lganligi, qanday ta’sirlardan zo‘rayishi yoki 
susa yishi va og‘riqning davomliligi aniqlanadi. Og‘riqning xarakteri 
tashxisni aniqlashda va solishtirma tashxis o‘tkazishda asosiy mezon 
hisoblanadi. Tish-jag‘ tizimidagi kasalliklar organizmdagi ko‘pgina 
somatik kasalliklar bilan bog‘langan holda kechishi mumkin. Shuning 
uchun so‘rov vaqtida avvalda va hozirda kechayotgan kasalliklarni 
aniqlash zarur bo‘ladi. Shuningdek shu kasalliklardan qanday davo lan-
ganligi ham ahamiyatli. Bemorning ish faoliyati tarzini aniqlash ham 
muhim o‘rin tutadi. Sababi ayrim zararli ta’sirlari bor bo‘lgan kor-
xonalarda xizmat qiladigan xizmatchilarda stomato logik kasalliklarni 
rivojlanishi kuzatiladi. Masalan, kislotalar bilan ishlay digan korxona 
xiz matchilarida tish qattiq to‘qimalarining nokariyesli nuqsonlari kuza-
tiladi. So‘rov vaqtida bemorning tovushiga ham e’tibor berish lozim. 
So‘rov dastlabki tashxisni aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Ko‘rik. Ko‘rik obyektiv tekshiruvning birinchi bosqichi bo‘lib, 
u yaxshi yoritilgan sharoitda amalga oshirilishi lozim. Ko‘rik tashqi 
ko‘rikka va og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigiga bo‘linadi.
Tashqi ko‘rikda bemor yuz terisining rangi, yuz simetriyasi aniq-
lanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigida tishlar, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi 
ko‘zdan kechiriladi. Yuzning assimmetriyasi yuz-jag‘ sohasining yal-
lig‘ lanish kasalliklarida, o‘sma kasalliklarida, jarohatlarda, endokrin va 

31
buy rak kasalliklarida kuzatiladi. Yuz terisi ning rangiga ahamiyat beri-
ladi. Masalan: yuz terisi anemiyada va buyrak kasalliklarida oqaradi; 
jigar va ichak kasalliklarida sarg‘ayadi. Tashqi ko‘rik o‘tkaza yotganda 
limfa tugunlari holati ham muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun jag‘ 
osti, iyak osti va bo‘yin limfa tugunlari holati tekshiriladi. Bunda 
limfa tugunlarining hajmiga, harakatchangligiga, og‘riqliligiga va 
yondosh to‘qimalar bilan tutashganligiga e’tibor beriladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigi, avval tish qatori jipslashtirilgan holatda 
boshlanadi. Bunda lablar konturi, rangi, lab burchaklarida patologik 
o‘zgarishlar bor-yo‘qligi ko‘zdan kechiriladi. Lablarni ko‘rikdan o‘tka-
zilgandan so‘ng og‘iz dahlizi tekshiriladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq par-
dasining rangiga, milk so‘rg‘ichining shakliga, patologik milk cho‘n-
tagi bor-yo‘qligi, milk usti va milk osti qattiq karashlar bor-yo‘qli-
giga e’tibor beriladi. Odatda lunj, og‘iz bo‘shlig‘i tubi, milklar, qattiq 
tanglay nam, och pushti rangda bo‘lishi kerak. Patologik jarayonlar 
nati jasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: 
rangi o‘zgaradi, shishlar hosil bo‘ladi, patologik milk cho‘ntaklari 
paydo bo‘ladi va hokazo.
Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigini o‘tkazayotganda hamma tishlarni ko‘rik-
dan o‘tkazish zarur. Bunda kariyes kovagi borligi, uning o‘lchami, joy-
lash gan yuzasi, avval davolanganligi, rangi, qimirlash darajasi aniq-
lanadi.
Tishlar ko‘rigi stomatologik oyna va zond yordamida amalga oshi-
riladi. Bunda ularning soni, rangi, tish qatorida joylashganligi va tish 
protezlari bor yo‘qligi aniqlanadi. Tishlarni ko‘rikdan o‘tkazish ma’lum 
tartibda amalga oshirilishi kerak. Ko‘rikni, avval o‘ng yuqori jag‘ning 
oxirgi molyar (katta oziq tish)lardan boshlab chap oxirgi molyarda 
tuga tiladi. So‘ng pastki chap oxirgi molyarlardan boshlab, o‘ng pastki 
oxir gi molyarlarda tugatiladi. Har bir tishning barcha yuzasi ko‘rikdan 
o‘tka ziladi. Har bir tishni ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng aniqlangan 
ho latni tibbiy varaqada belgilangan shartli belgilar yordamida ifoda-
lanadi.
Zondlash. Zondlash to‘g‘ri yoki bukilgan zond yordamida amalga 
oshiriladi. Zondlash yordamida kariyes kovagining bor-yo‘qligi, ka-
riyes kovagining chuqurligi, yumshagan dentin borligi, tish bo‘shlig‘i 

32
ochiq ligi, ildiz kanalining boshlanish joyi, og‘riqli nuqtalar borligi 
aniq la nadi. Maxsus belgili parodontologik zond yordamida milk cho‘n-
tagi ning chuqurligi o‘lchanadi.
Perkussiya (tukillatib korish). Perkussiya tekshiruv usuli perio-
dont to‘qimasining holatini aniqlashga yordam beradi va u stomato-
logik oynaning dastasi yordamida amalga oshiriladi. Perkus siya ikki 
xil usulda aniqlanadi: gorizontal va vertikal. Gorizontal perkussiya 
yordamida marginal periodont to‘qimasi holati aniqlansa, vertikal per-
kussiyada ildiz uchi periodonti holati aniqlanadi. Perkussiyani yengil, 
bir tekisda, avval sog‘lom tishdan boshlash lozim.
Vertikal perkussiyada tishlarning kesish yoki chaynash yuzalarida 
tukillatiladi. Gorizontal perkussiyada tishning yon yuzasidan tukil-
latiladi. Perkussiyani doimo solishtirma tartibda o‘tkazish zarur. Bu-
ning uchun tekshirilayotgan tish yonidagi va boshqa kvadratda joy-
lash gan tish guruhi perkussiya qilinadi. Sog‘lom tishda perkussiya 
og‘riqsiz o‘tadi.
Palpatsiya (paypaslab ko‘rish). Palpatsiya tekshirish usuli yorda-
mida infiltrat, o‘smalar, tishlarning qimirlash darajasi, limfa tugun-
larining holati aniqlaniladi. Palpatsiya yuza yoki chuqur bo‘lishi 
ham da tashqi va og‘iz bo‘shlig‘ida o‘tkazilishi mumkin. Palpatsiyani 
mayinlik bilan, og‘riq reaksiyasini hosil qilmasdan olib borish kerak. 
Buning uchun, avval palpatsiyani bemorning sog‘lom tish tomonidan 
bosh lab asta-sekinlik bilan kasallangan tomonga o‘tish lozim. Pal-
patsiyani, avval yuza, so‘ng chuqur amalga oshiriladi. Palpatsiya bar-
moq 
lar yordamida bajariladi. Tishning qimirlash darajasini pinset 
yorda mida aniqlanadi. Tishning quyidagi qimirlash darajalari belgi-
langan:
I-daraja tishni vestibulyar va oral tomonga qimirlashi;
II-daraja tishni vestibulyar, oral va yon tishlar tomoniga qimirlashi;
III-daraja tishni o‘z o‘qi atrofida qimirlashi.
YORDAMCHI TEKSHIRISH USULLARI
Yordamchi tekshirish usullari maxsus apparatlar va moddalar yor-
damida amalga oshiriladi va tashxisni aniq o‘rnatilishini ta’minlaydi.

33
Rentgenologik usul. Stomatologiyada ushbu usul keng qo‘llaniladi. 
Rentgenografiyaning tashqi, og‘iz ichi, panaram, ortopantomografiya, 
tomografiya usullari mavjud. Rentgenologik usul yordamida yashi rin 
kariyes bo‘shliqlari (qoplama ostidagi, aproksimal yuza lar dagi), ildizlar 
holati (ildiz uchining so‘rilishi, shakllanishi, yallig‘ lani shi), ildizlar 
yo‘nalishi va ildiz kanallarining holati (o‘tuvchanligi, plombalanish 
darajasi), ildiz uchi to‘qimalarining holati (alveola o‘siq distruksiyasi), 
yumshoq to‘qimalardagi yot jinslar, o‘sma kasalliklari, tish-jag‘ sohasi 
jarohatlari aniqlanadi.
Ortopantomografiya. Ortopantomografiya usulida bitta plyonkada 
tasvir yoyilgan va kattalashtirilgan holatda aks ettiriladi. Bu esa tekshi-
rilayotgan sohani boshqa sohalar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi.
Tomografiya. Tomografiya to‘qima va organlarning ma’lum qatla-
mini rentgen tasvirini aks ettiradi. Rentgenografiyaning ushbu usuli 
tek shi rilayotgan to‘qimani qatlamma-qatlam o‘rganish, tekshirish im-
koniyatini beradi.
Elektroodontometriya. Elektroodontometriya usuli tish pulpasi 
va parodont to‘qimasining elektr tokiga qilgan javob reaksiyasiga 
asos langan. Bu tekshirish usuli maxsus apparatlar (EOM-REOM-3, 
UVN-1) yordamida amalga oshiriladi. Sog‘lom tishlar 2–6 mkA da, 
chuqur kariyes 20–40 mkA da, pulpaning faqat toj qismida yallig‘-
lanishi 60 mkA da og‘riqli reaksiya bilan javob beradi. EOD da 
og‘riqli reaksiya 100 mkA dan katta bo‘lsa, pulpaning toj va ildiz 
qism lari nobud bo‘lganligidan, hamda periodont to‘qimasida pato logik 
o‘zgarish bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi. Elektro odontometriya 
solishtirma tashxis o‘tkazish uchun tavsiya etiladi.
Termodiagnostika. Tishning termik ta’sirlardan ta’sirlanishi. Ta’-
sir lovchi sifatida issiq yoki sovuq suvdan foydalaniladi. Tekshi rishni 
o‘tkazishdan, avval, tishni izolyatsiya qilinadi, quriti ladi va shpris yor-
damida kariyes bo‘shlig‘iga issiq yoki sovuq suv yubo riladi.
Profilometriya. Profilometriya tekshirishning yangi usuli bo‘lib 
oddiy uzunligi 1 mikromertdan kam bo‘lmagan infraqizil lazerni qo‘l-
lashga asoslangan.
Tekshiriladigan tish lazer nurlari yordamida qizdiriladi va natijada 
tishning o‘zi infraqizil diapazonida nur tarqata boshlaydi. Bu nurlardan 

34
tibbiyot xodimi kompyuter yordamida tishning ichki strukturasini 
tahlil qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Stomaskapiya. Bu usul tishlarni ulrtrabinafsha lampa bilan tekshi-
rishga asoslangan. O‘zgarish bo‘lmagan emalda nur yutilmay di, nuq-
soni bo‘lgan emal sohasida esa nurning yutilishi kuzatiladi.
Vital bo‘yash usuli. Bu usul emalning butunligini aniqlashga asos-
langan. Vital bo‘yash usulini o‘tkazish uchun tekshirilayotgan tish ning 
yuzasi karashlardan tozalanadi, quritiladi va tish yuzasiga 3 daqiqaga 
metilen ko‘kning 2–3% suvli eritmasiga botirilgan tampon qo‘yiladi. 
Belgilangan vaqt o‘tganidan so‘ng tampon olib tashlanadi, tish yuzasi 
suv bilan yuviladi va emalning bo‘yalish darajasi aniqla nadi. Emalning 
demineralizatsiya bo‘lgan qismi och ko‘kdan to‘q zangori ranggacha 
bo‘yaladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik indeksini aniqlash. Og‘iz bo‘shlig‘i 
gi giyenik indeksini aniqlash kasallikni kelib chiqishi va kechishida 
muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Hozirgi kunda og‘iz bo‘shlig‘i gigiye-
nik indeksini aniqlashning ko‘pgina usullari mavjud. Fedorov-Vold kin 
usulini o‘tkazish uchun 6 ta kesish tishlarning vestibulyar yuzasiga 
yo‘did kaliy eritmasi surtiladi. Tishlarni bo‘yalish daraja siga qarab 5 
balli shkala asosida baholanadi. Yani:
•  tishning butun yuzasi bo‘yalsa – 5 ball;
•  3/4 qismi bo‘yalsa – 4 ball;
•  1/2 qismi bo‘yalsa – 3 ball;
•  1/4qismi bo‘yalsa – 2 ball;
•  Bo‘yalmasa – 1 ball.
•  Indeksni quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi.
TKI =
6 ta tishning 
ko‘rsatkichlari
6
3 va undan ortiq ball bo‘lsa og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holati qoni-
qarsiz, 0 ball bo‘lsa qoniqarli hisoblanadi (10-rasm).
Laboratoriyada tekshirish usullari. Bemorlarga aniq tash xis o‘r-
na tishda laboratoriya tekshirishlarini o‘tkazish kerak bo‘lib qoladi. 

35
Labo ratoriyada tekshirish usullariga sitologiya, bakterio logik, biopsiya, 
immu no biologik tekshirish usuli, bioximik usul, qonning klinik analiz-
lari va boshqalar kiradi.
Sitologiya. Sitologiya usuli hujayra elementlarini o‘rganishga asos-
langan. Stomatologiyada sitologik tekshirish usuli uchun qirindi, punk-
siya mahsulotlaridan foydalaniladi. Sitologiya usuli yordamida o‘sma 
kasalliklari, tuberkulyoz yazvalari, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi ka-
sal liklarini aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Biopsiya. Patologik o‘zgargan to‘qimalarni sitologik tekshirish dan 
o‘tkazish. Skalpel va maxsus asboblar yordamida patologik o‘zgargan 
qismdan 5–6 mm to‘qima kesib olinadi va gistologik tuzilishni mikro-
skop ostida tekshiriladi.
Immunobiologik tekshirish usuli. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda-
sining ba’zi kasalliklari tashxisini aniqlash uchun imuno biologik tek-
shirish usulidan foydalaniladi. Masalan zaxm, brutsellyoz kasalliklari-
ni aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Bakteriologik tekshirish usuli. Bu usul kasallikni keltirib chiqar-
gan mikrob va zamburug‘lar turini aniqlash hamda ularni sezuvchan-
lik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Sezuvchanligi yuqori 
bo‘l gan dori vositalaridan foydalanish kasallikni tez davolanishiga za-
min bo‘ladi.
Bioximiya usuli. Bu usulda qon va peshobning tarkibida qand bor-
ligi aniqlanadi. Ko‘pincha bu usul og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi kasal-
liklari tez-tez qaytalaydigan bemorlarda, qandli diabet kasalligi bor 
yo‘qligini aniqlashda yordam beradi.
10-rasm. Lugol eritmasida bo‘yalgan tish karashi.

36
STOMATOLOGIK BEMORNING  
KASALLIK VARAQASI
Stomatologik bemorning kasallik varaqasini qayd qilish formasi 
№  043/Y.  Kasallik  varaqasi  –  bemorning  pasport  tafsilotlarini,  tek­
shi rish usullari, tekshirish natijalarini, aniqlangan tashhisni va davo-
lash usullarini qayd qiluvchi hujjat. Kasallik varaqasining pasport 
qismini registraturadagi tibbiyot xodimi to‘ldiradi. Bunda bemorning 
familiyasi ismi otasining ismi, yoshi, jinsi, manzili, kasbi aniqlanadi 
va yoziladi. Tashxis qatorida bemorda obyektiv va subyektiv tekshi-
rishlar o‘tkazi lishi natijasida aniqlangan tashhis yoziladi, bemorda 
aniq langan shi koyatlar qayd qilinadi. Boshidan kechirgan va yo‘ldosh 
kasalliklar qatorini to‘ldirish uchin bemor bilan suhbat o‘tkazilib, 
avvalda kechir gan kasalliklari aniq yozilishi muhim ahamiyatga ega. 
Kasallikni rivojlanishi bemorning birinchi qatnovida aniqlanadi va 
kasallik qanday boshlanganligi, uning belgilari yoziladi. Obyektiv 
tek shirishlar va tashqi ko‘rinishida o‘tkazilgan tekshirish usullari va 
ularning natijalari haqida ma’lumotlar beriladi. Tishlar ko‘rigi max-
sus tish formulasi sxemasida belgilanadi. Sxemadagi vertikal chiziq 
o‘ng va chap tomon tishlarni, gorizantal chiziq yuqori va pastki tish-
larni anglatadi. Tish formulasi sxemasida doimiy tishlar arab raqam-
lar bilan sut tishlar rim raqamlar bilan belgilanadi. Tish holatini bel-
gilash uchun quyidagi ma’lum harfli belgilaridan foydalaniladi: 
O – yo‘q tish, R – ildiz, C – karieys, P – pulpit, Pt – periodontit, П – 
plomba, A – paradantoz, I, II, III – qimirlash darajalari, K – qopla-
ma. Tish formulasini to‘ldirilgandan so‘ng bemorning tish lo vi, og‘iz 
bo‘sh lig‘i shilliq pardasi, alveola o‘sig‘i va tanglay holatlari ifodala-
nadi. Agar rentgenologik tekshirish o‘tkazilgan bo‘lsa uning tahlili 
yoritib beriladi. Davolash bobida aniqlangan kasallikni davolash 
uchun tuzilgan davo rejasi aniq yozilashi shart. Ayrim hollarda 
bemor larni davolashni bir shifokor boshlab keyingi bosqichni boshqa 
shifokor davom ettirishiga to‘g‘ri keladi. Shinday hollarda davo rejasi 
tuzilganligi yaxshi samara beradi. Kasallik varaqasining kundalik 
qato rida bemorning umumiy holati va o‘tkazilgan davo muolajasi 
aniq yozilishi kerak. Kundalik yozilayotganda albatta sana qo‘yiladi. 

37
Kasallik varaqasini tahlil qilib, aniqlangan tashhis to‘g‘riligi, davo 
muo lajalari qanday olib borilganligi va ularning natijalarini aniqlash 
mum kin. Bemorning kasallik varaqasi ilmiy va yuridik hujjat bo‘lib, 
regist raturada 5 yil moboynida saqlanadi so‘ng arxivga topshiriladi.
Tayanch iboralar:
So‘rov – tekshirishning birinchi bosqichi bo‘libbemor shikoyatla-
rini aniqlashdan boshlanadi;
Ko‘rik    obyektiv tekshirishning birinchi bosqichi bo‘lib, tashqi 
ko‘rikka va og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigiga bo‘linadi;
Zondlash  zond yordamida amalga oshiriladigan tekshirish  usuli;
Perkussiya  tishni stomatologik oyna dastasi yordamida tukil latib 
korib, periodont to‘qimasining holatini aniqlaydigan tekshirish usuli;
Palpatsiya  paypaslab ko‘rish;
Rentgenologik usul   rentgen nurlari yordamida olib borila digan 
tekshirish usuli;
Ortopantomografiya  bitta rentgan plyonkada tasvir yoyilgan va 
kattalashtirilgan holatda aks ettiriladigan tekshirish usuli;
Tomografiya – to‘qima va organlarning ma’lum qismini qatlam ma 
qatlam rentgan tasvirini aks ettiruvchi usul;
Elektroodontometriya    tish pulpasi va parodont to‘qimasining 
elektr tokiga qilgan javob reaksiyasiga asoslangan tekshirish usuli;
Termodiagnostika – tishning termik ta’sirlardan ta’sirlanishini 
aniq lashga asoslangan tekshirish usuli;
Profilometriya   uzunligi 1 mikromertdan kam bo‘lmagan infra-
qizil lazerni qo‘llashga asoslangan tekshirish usuli;
Stomaskapiya  – tishlarni ulrtrabinafsha lampa bilan tekshi rishga 
asoslangan usul;
Vital bo‘yash usuli  metilen ko‘kning 2–3% suvli eritmasi yorda-
mida emalning butunligini aniqlashga asoslangan tekshirish usuli;
Gigiyenik indeksini aniqlash – tishlarni yumshoq karashlar bilan 
qoplanish darajasiga asoslanib gigienik holatini aniqlash;
Sitologiya – hujayra elementlarini o‘rganishga asoslangan tekshi-
rish usuli;
Biopsiya – patologik o‘zgargan to‘qimalarni sitologik tekshi rishdan 
o‘tkazish;

38
Bakteriologik tekshirish usuli   kasallikni keltirib chiqargan 
mik rob va zamburug‘lar turini hamda ularning sezuvchanlik darajasini 
aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tekshirish usuli.
Kasallik varaqasi – bemorning pasport tafsilotlarini, tekshirish 
usullari, tekshirish natijalarini, aniqlangan tashhisni va davolash usul-
larini qayd qiluvchi hujjat.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Tekshirishning qanday usullarini bilasiz?
2. So‘ro‘v qanday olib borilishi kerak?
3. Ko‘rikning qanday turlari bor?
4. Zondlash yordamida nima aniqlanadi?
5. Perkussiya necha hil bo‘ladi?
6. Palpatsiya yordamida qanday patologik jarayonlarni aniqlash mumkin?
7. Rentgenologik tekshirish usularidan qaysilarini bilasiz?
8. To‘qima va organlarning ma’lum qismini qatlamma qatlam rentgan tasvirini aks 
ettiruvchi usul qanday nomlanadi?
9. Tish pulpasi va parodont to‘qimasining elektr tokiga qilgan javob reaksiyasiga 
asoslangan tekshirish usuli qanday nomlanadi?
10. Termodiagnostika qanday amalga oshiriladi?
11. Vital bo‘yash usulini o‘tkazish uchun qanday eritmalardan foydalaniladi?
12. Qaysi kasalliklarda biopsiya tekshirish usuli o‘tkaziladi?
13. Tishlarni yumshoq karashlar bilan qoplanish darajasiga asoslanib, gigienik 
holatini aniqlash tekshirish usuli qanday nomlanadi?
14. Kasallik varaqasidan nimani aniqlash mumkin?

39
Yüklə 8,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin