V BOB
STOMATOLOGIYADA OG‘RIQSIZLANTIRISH
Og‘riqsizlantirish deganda og‘riq sezgisini qoldirish maqsadida
qo‘l laniladigan tadbirlar yig‘indisi tushuniladi. Stomatologik xastalik-
larni muvaffaqiyatli davolash muolajaning qay darajada og‘riqsiz ba-
jarishga bog‘liq. Tishlarni davolashda va yuz – jag‘ sohasidagi jarroh-
lik muolajalarida og‘qisizlantirishning turli usullari qo‘llani ladi. Og‘-
riq sizlantirish ikkiga bo‘linadi: umumiy va mahalliy og‘riq sizlan tirish.
UMUMIY OG‘RIQSIZLANTIRISH
Umumiy og‘riqsizlantirish deganda sun’iy vositalarni qo‘llash yo‘li
bilan markaziy nerv sistemasini chuqur tormozlantirish tushuniladi.
Bunda bemorning es-hushi, sezuvchanligi yoqoladi, skelet muskullari
bo‘shashadi va reflekslari so‘nadi.
Umumiy og‘riqsizlantirish uchun ko‘rsatmalar:
– mahalliy og‘riqsizlantiruvchi moddalarga allergik reaksiyasi
bo‘lganda;
– mahalliy og‘riqsizlantirish o‘tkazishning imkoni bo‘lmasa yoki
samarasi bo‘lmasa;
– bemorning o‘ta emotsional holatda bo‘lishi;
– aqlan ojiz bemorlarda;
– muolaja maydoni katta bo‘lganda;
– muolaja vaqti davomli bo‘lganda;
– yurak – qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklarida;
– endokrin tizimi kasalliklarida;
– hozirgi vaqtda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalari bo‘lmasa ham be-
morning xohishiga binoan o‘tkazilishi mumkin.
Umumiy og‘riqsizlantirishda narkotik moddani kiritish yo‘liga ko‘-
ra ikki turi farqlanadi:
1. Ingalatsion.
2. Ingalatsiyasiz.
40
Ingalatsion usulda umumiy og‘riqsizlantirish (narkoz). Ingala-
tsion narkoz deb, narkotik modda nafas yo‘llari orqali yubo ri ladigan
umumiy og‘riqsizlantirish turiga aytiladi. Bu usulni o‘tka zish da turli
og‘riqsizlartiruvchi dori-moddalardan foydala niladi: azot oksidi, ftoro-
tan, trilen, siklopropan, pentran.
Ingalatsiyasiz usulda umumiy og‘riqsizlantirish (narkoz).
Ingalatsiyasiz narkozlarga vena ichi, to‘g‘ri ichak, teri osti turlari
kiradi. Vena ichiga narkoz o‘tkazish qulay. Sababi hech qanday mos-
lama va apparatlar kerak emas. Buning uchun quyidagi narkotik mod-
dalardan foydalaniladi: seduksen, propofol, ketamin. Vena ichiga nar-
koz ko‘pincha yuz-jag‘ sohasida jarrohlik muolajasi kam vaqtni talab
etsa amalga oshiriladi.
Stomatologiyada muolaja bajarishda qulaylik yaratish uchun ko‘pin-
cha umumiy og‘riqsizlantirishning aralash usuli qo‘llqniladi.
PREMEDIKATSIYA
Ko‘pincha bemorlarda stomatologik davo oldidan qo‘rquv, emo tsio-
nal xavotirlik paydo bo‘ladi. Bu holatni mahsus dori-dar monlar yor-
damida bartaraf etishni premedikatsiya deb ataladi. Preme dikatsiya
o‘tka zishga ko‘rsatma davo muolajasining turiga va bemorning hola-
tiga bog‘liq.
Premedikatsiyaga ko‘rsatmalar:
1. Qo‘rquv.
a) Qo‘rquv va bezovtalik oqibatida vegetativ o‘zgarishlar sodir
bo‘lishi, pulsning tezlashuvi (90 marta 1 daqiqada).
b) Yurak – qon tomir sistemasi, nafas organlari sistemasi kasallik-
larida
2. Avvalida hushidan ketish holatlari bo‘lgan bo‘lsa.
Kattalarda premedikatsiya uchun trankivilizator (tinchlantiruv chi
dori)lardan foydala niladi. Trankvilizatorlar ta’sirida bemorlar ning aqliy
va jismoniy meh nat faoliyati saqlanadi. Bundan tashqari trankivilizator
anestetiklar, analge tinlar ta’sirini oshiradi.
Trankivilizatorlarning bir marotabali dozalari qo‘llaniladi. Mepro-
tan – 0,2 gr, elenium – 0,1 gr, diazepam – 0,005 gr, seruksen – 0,005 gr.
41
Yuqorida qayd etilgan dori vositalarini stomatolog qabulida bo‘lishdan
30–60 min oldin qabul qilinadi. Boshqa guruh dori vosita laridan
valeriyana, karvolal nastoykalari qo‘llaniladi.
MAHALLIY OG‘RIQSIZLANTIRISH
Mahalliy og‘riqsizlantirish deb, bemorning es-hushini saqlagan
holda tananing biron-bir qismidagi og‘riq sezgisini yo‘qotishga qara-
tilgan davo chorasiga aytiladi. Mahalliy og‘riqsizlantirishning inyek-
sion va noinyeksion turlari farqlanadi. Inyeksion og‘riqsizlan tirishning
infil tratsion va o‘tkazuvchi turlari mavjud. Noinyeksion og‘riqsizlan-
tirish ning kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy turlari mavjud. Polikli-
nika sharoitida ko‘proq mahalliy og‘riqsizlantirish usulidan foyda-
laniladi.
Applikatsiyali og‘riqsizlantirish. Teriga ta’sir qilmaydi og‘iz
bo‘sh lig‘i shilliq pardasiga anestetik moddani surtish, sepish, doka
sochiqchasiga shimdirib qo‘yishdan iborat. Og‘riqsiz lantirish ning bu
usulidan igna kiradigan sohani og‘riqsizlan tirishda foyda laniladi.
Buning uchun 10% lidokain, 2% li pirolikain eritmalaridan foy-
da laniladi. Hozirda anestetinlarning aerozolli shakldagisidan foyda la-
nilmoqda. Aerozolli usuldan foydalanishning kamchiligi uning boshqa
sohalarga ham sachrash, me’yorini aniqlashning qiyinligi.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida og‘riqsizlantiruvchi moddani
surtish uchun, ushbu soha so‘lakdan ajratiladi, quritiladi va anistetik
shimdirilgan paxta sharchasi qo‘yiladi. Applikatsiya muddati 1 daqiqa,
og‘riqsizlanish muddati 10 daqiqa.
Inyeksion og‘riqsizlantirish turida anestetik eritmasi bevosita
to‘qima ichiga kiritiladi. Inyeksion og‘riqsizlantirish o‘z navbatida ikki
guruhga bo‘linadi: infiltratsion va o‘tkazuvchi.
Infiltratsion og‘riqsizlantirish
Infiltratsion og‘riqsizlantirish turida anestetik eritmasi bevosita
jarrohlik harakati maydonida to‘qima ichiga kiritiladi va pereferik nerv
retseptorlarining sezgirligini oshiradi. Infiltratsion usuldagi og‘riq siz-
lantirish yordamida yuz, og‘iz bo‘shlig‘ining yumshoq to‘qi ma larida,
42
yuqori jag‘ alveola sohasida, pastki jag‘ alveolalar o‘sig‘ining frontal
tishlar sohasida va qattiq tanglay sohasida o‘tka zi ladigan jarroh lik
may donini og‘riqsizlantirish mumkin. Aneste tiklarni perio dont yorig‘i
ichiga (intraligamentar) suyak pardasi ostiga (sub periostal), suyak
ichiga (intraostal) yuborish mumkin (11-rasm).
Infiltratsion og‘riqsizlantirish o‘tkazish texnikasi sodda. Ignani
ves ti bulyar yuzaga, o‘tuv burma sohasiga kiritiladi va anestetik mod-
da 2,3 ml yuboriladi. Alveola o‘siqlar sohasida og‘riqsizlantirish o‘tka-
zilganda, shpris gorizontal yo‘naltirilgan holda, igna uchi o‘tuvchi bur-
ma sohasidagi shilliq qavatga 40°–45° burchak ostida sanchiladi. Bun-
da igna uchining charxlangan tomoni suyakka qaragan bo‘lishi kerak.
Anestetikni tafsiya etiladi 15 sekund ichida 1 ml yuboriladi.
Infiltratsion og‘riqsizlantirish yuqori jag‘da yaxshi samara beradi.
Pulpitni davolashda pulpa ichiga og‘riqsizlantirish o‘tkazish mumkin.
Buning uchun tish bo‘shlig‘i ochiladi va juda kichik igna yordamida
anestetik tish bo‘shlig‘iga 0,2–0,3 ml yuboriladi.
O‘tkazuvchi og‘riqsizlantirish
Mahalliy og‘riqsizlantirishning o‘tkazuvchi turida jarrohlik maydo-
nini innervatsiya qiluvchi, sezuvchi nervni tanasi ni yoki biron bir
shoxini blokada qilinadi. O‘tkazuvchi og‘riqsizlantirish ning quyi dagi
A)
B)
11-rasm. Infiltratsion og‘riqsizlantirish:
A – suyak pardasi ostida og‘riqsizlantirish, B – suyak ichida og‘riqsizlantirish.
43
turlari mavjud: tuberal, infrorbital, palatinal, man dibulyar, torusal,
mental va engak nervini og‘riqsizlantirish.
O‘tkazuvchi og‘riqsizlantirishda anestetik eritma og‘riqsiz lan tirila-
yotgan nerv tolasini yoki uning shox tolalari atrofidagi to‘qima ichiga
yuboriladi va anistetik eritma nerv ichiga diffuziya yo‘li bilan kirib
borib, sezgi impulslarini pereferiyadan markaziy nerv sistemasi tomon
o‘tishini to‘xtatadi (12-rasm). Dorilarni bevosita va bilvosita yuborish
usullari mavjud.
Vazokon strukturalar anestetik eritma yuborilgan sohaga qon
kelishi ni kamaytiradi, og‘riqsizlanish darajasini oshiradi. Shu maq-
sad
da ko‘pincha adrenalindan yoki noradrenalindan foyda
laniladi.
Adrena linni 1:50000–1:200000, noradrenalin 1:25000–1:100000. Kat-
ta lar uchun adrenalinning umumiy miqdori 0,2 mg dan osh masligi,
nor ad re nalinning miqdori 0,34 mg. Ayrim bemorlarga ular qo‘llanil-
maydi.
MAHALLIY OG‘RIQSIZLANTIRISHDA
UCHRAYDIGAN XATO VA ASORATLAR
Asoratlar umumiy va mahalliy bo‘lishi mumkin. Umumiy asorat-
larga anafilaktik shok, hushdan ketish, anistetikdan zaharlanish kiradi.
Anafilaktik shok: Bu o‘ta xavfli asorat bo‘lib, ko‘pincha allergik
kasalliklarga moyil bemorlarda uchraydi. Uning turli xillari mavjud.
Anafilaktik shokning tipik, kordial, astmasimon, serebral, abdominal
12-rasm. Pastki jag‘da o‘tkazuvchi og‘riqsizlantirish turi.
44
turlari farqlanadi. Kechishi bo‘yicha o‘ta tez kechuvchi, og‘ir, o‘rtacha
og‘irlikdagi va yengil ko‘rinishlari farqlanadi. Kasallikning tipik ko‘ri-
nishida anesteziya o‘tkazilgandan biroz vaqt o‘tgach, bemor bezovtala-
nadi. Unda qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi, bosh, yuz va qo‘l terisida
qichi shish va igna sanchilganga o‘xshash sezgi paydo bo‘ladi. Bemor
ter laydi, boshida qattiq og‘riq, qulog‘ida shang‘illash paydo bo‘ladi.
Yuz terisi oldin qizaradi, keyin esa oqarib ketadi. Qo‘l oyoqlari torti-
shib qolishi va bemor hushidan ketishi mumkin. Ko‘z qorachiqlari ken-
gayib ketadi va yorug‘likni sezmaydi. To‘sh suyagi ortida kuchli og‘riq
paydo bo‘lib, u yurak og‘rig‘iga o‘tadi. Taxekardiya kuzatiladi. Qon
bosimi keskin tushib ketadi. Bemorni ko‘ngli aynab, qusishi mum-
kin. Ayrim bemorlarda qorin shishishi, o‘z-o‘zidan siydik ajralishi va
defekatsiya holatlari ro‘y berishi mumkin. Anafilaktik shokning bosh-
qa ko‘rinishlarida o‘sha tana a’zosining kasallanishiga xos bo‘lgan bel-
gilar bilan kechishi kuzatiladi. Kasallikning chaqmoqsimon va og‘ir
shakllrida sanalgan belgilar yuzaga chiqmasdanoq o‘lim bilan tugashi
mumkin. Birinchi yordam ko‘rsatish uchun yuqoridan nafas yo‘l lari-
ning yetarlicha o‘tkazuvchanligini ta’minlash lozim. Buning uchun
be morning boshi yon tomonga burib qo‘yiladi, tili tortib chiqa riladi,
pastki jag‘ oldinga siljitiladi. Og‘iz ichi qusiq massalaridan artib toza-
lanadi. Agar, nafas olish to‘xtab ulgurgan bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish-
ga kirishiladi. Yuborilgan anestetikni qonga so‘rilishini to‘xtatish maq-
sadida shu anestetik kiritilgan soha atrofida 5 ml fiziologik erit maga
aralashtirilgan 0,5 ml – 0,1% adrenalin gidroxlorid eritmasi yubori-
ladi. Agar buni qilishning iloji bo‘lmasa, 1 ml adrenalin eritma sini
anes tetik kiritilgan yo‘l bo‘ylab yuboriladi. Albatta anti gistamin pre-
paratlari yuboriladi (2–4 ml dimedrol eritmasi, 2–3 ml 2,5% suprastin
yoki pipolfen eritmalari). Vena yoki mushak ichiga 3–5 ml 3% pred-
nizolon, 0,5 ml 0,1% adrenalin gidroxlorid eritmalari yubori ladi. Agar
bronxaspazm belgilari bo‘lsa, 10 ml 2,4% eufillin yoki 2 ml 0,5%
izad rin eritmalarini yuborish zarur. Yurak faoliyatini qo‘l lab turish
uchun yurak glikozidlari va diuretiklar yuboriladi.
Anestetikdan zaharlanish. Buning sababi anestetik dozasini oshi-
rib yuborish va tomirga ignaning tushib qolishi oqibatida qonda mod-
45
da konsentratsiyasining oshib ketishi hisoblanadi. Zaharlanish ikki
davrga bo‘linadi:
1-davrda qo‘zg‘alish, ko‘ngil aynish, bosh aylanishi, quloq shan-
g‘illashi, qusish kuzatiladi. Yordam ko‘rsatish uchun bemorni yotqizib,
10% ammiak eritmasi hidlatiladi. Tomir ichiga 200–600 mg geksinal
yoki tiopental natriy sekin yuboriladi;
2-davrda bemorning holati sustlashadi, A/D pasayadi, taxikardiya,
terlash, hushdan ketish, nafas va yurak tomir faoliyatining to‘xtab qoli-
shi kuzatiladi. Yordam berish uchun yurak – qon tomir vositalari va
yurakni bilvosita massaj qilish tavsiya qilinadi. Profilaktika uchun
anes tetik yuborishdan 40–50 daqiqa oldin barbituradlar (fenobarbital
0,1 gr) yuborish kerak.
Hushdan ketish. Bu ko‘p uchraydigan asorat bo‘lib, bosh miyaning
o‘tkir gipoksiyasiga (kislorodning yetishmasligi) bog‘liq bo‘ladi. Bosh
aylanishi, quloq shang‘illashi, esnash bilan boshlanadi. Teri qoplama-
lari oqaradi, namlanadi, qorachiqlari kengayadi, puls kuchsiz bo‘lib
A/D pasayadi, nafas yuzaki, mushak tonusi yo‘qolib hushdan ketish
yuz beradi.
Yordam berish uchun bemorni yotqizib toza havo kelishini ta’min-
lanadi. Novshadil spirti hidlatiladi. Yuz, bo‘yin terisi sovuq suvga
nam langan sochiq bilan ishqalanadi. Kam hollarda nafas analeptiklari
va tomir vositalari (kordiamin, efedrin, izadrin) mushak ichiga yubo-
rilishi mumkin.
Mahalliy og‘riqsizlantirish o‘tkazish jarayonida va undan so‘ng aso-
ratlar sodir bo‘lishi mumkin.
I. Og‘riqsizlantirish vaqtidagi asoratlar:
1. Qon tomirlarning jarohatlanishi.
2. Yumshoq tanglay muskuli parezi.
3. Mimika muskullarning parezi.
4. Diplopiya.
5. Ignaning sinishi.
II. Og‘riqsizlantirishdan so‘nggi asoratlar.
1. Nervlarning jarohatlanishi (nevrit, parasteziya).
2. Pastki jag‘ning ineksiyadan so‘nggi kontrakturasi.
3. Ineksiyadan so‘nggi infiltrat.
46
4. Ineksiyadan so‘nggi abssess va flegmona.
Qon tomirlarning jarohatlanishi. Qon tomirlarning jarohat lanishi
gematoma hosil bo‘lishi bilan nomoyon bo‘ladi. Ko‘pincha o‘tkazuvchi
og‘riqsizlantirish amalga oshirilganda kuzatiladi. Bunda bemorga
sovuq kompres tavsiya etiladi.
Yumshoq tanglay muskuli parezi. Parez – muskulning vaqtincha-
lik qisqarish hususiyatining buzilishi. Yumshoq tanglay muskuli pare-
zida bemorda yo‘talish va qusish refleksi sodir bo‘lishi kuzatiladi.
Mimika muskullarning parezi. Og‘riqsizlantirish jarayonida yuz
nerv tolasini jarohatlab qo‘yish natijasida namoyon bo‘ladi. Bu holat
anestetik modda so‘rilishi bilan o‘tib ketadi.
Diplopiya – predmetni ikkita ko‘rish. Infraorbital og‘riqsizlanti-
rishda anestetikni ko‘z kosasiga kirishi oqibatida kelib chiqadi va bu
holat tezda o‘tib ketadi.
Og‘riqsizlantirish vaqtida ignaning sinishi. Inyeksion igna ning
sinishi shifokorning qo‘pol harakati, suyakka qattiq bosish oqibatida
yuz beradi. Agar igna ko‘rinmasa yoki pinset bilan chiqmasa, jarrohlik
aralashuvi kerak bo‘ladi.
Nervlarning jarohatlanishi. Nervlarning jarohatlanishi oqiba-
tida travmatik nevrit bo‘lishi va bunda bemor ushbu nerv inerva tsiya si
(nerv tolalari bilan ta’minlanishi) sohasida doimiy simillov chi og‘riqlar
bo‘lishidan shikoyat qiladi. Pares teziyada esa nerv iner vatsiyasi soha-
sida sezish hususiyati pasayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Pastki jag‘ning inyeksiyadan so‘nggi kontrakturasi. Pastki jag‘-
ning inyeksiyadan so‘nggi kontrakturasida pastki jag‘ harakati chega-
ra lanib qoladi va natijada bemor og‘zini to‘liq ocha olmaydi.
Inyeksiyadan so‘nggi infiltrat. Inyeksiyadan so‘nggi infiltrat igna
bilan to‘qimalarni jarohatlanishi va ko‘p miqdorda anestetik modda
yuborilishi oqibatida sodir bo‘ladi.
Inyeksiyadan so‘nggi abssess va flegmona. Ineksiyadan so‘ng gi
abssess va flegmona hosil bo‘lishi inyeksiya davrida infeksiya tushishi
natijasida ro‘y beradi.
Tayanch iboralar:
Og‘riqsizlantirish – og‘riq sezgisini qoldirish maqsadida qo‘lla-
niladigan tadbirlar yig‘indisi;
47
Umumiy og‘riqsizlantirish – sun’iy vositalarni qo‘llash yo‘li bilan
markaziy nerv sistemasini chuqur tormozlantirish;
Ingalyatsion usulda umumiy og‘riqsizlantirish – narkotik mod-
dani nafas yo‘llari orqali yuboriladigan turi;
Ingalyatsiyasiz usulda umumiy og‘riqsizlantirish – narkotik
mod dani vena ichi, to‘g‘ri ichak va teri ostiga yuborish turi;
Premedikatsiya – stomatologik davo oldidan qo‘rquv, emotsio nal
xavotirlikni mahsus dori-darmonlar yordamida bartaraf etish;
Mahalliy og‘riqsizlantirish – bemorning es-hushini saqlagan hol-
da tananing biron-bir qismidagi og‘riq sezgisini yo‘qotishga qaratil gan
davo chorasi;
Applikatsiyali og‘riqsizlantirish – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda-
siga anestetik moddani surtish, sepish, doka sochig‘iga shimdirib qo‘-
yish bilan og‘riqsizlantirish;
Inyeksion og‘riqsizlantirish – anestetik eritmasini shpris yorda-
mida bevosita to‘qima ichiga kiritilishi;
Infiltratsion og‘riqsizlantirish – anestetik eritmasi bevosita jar-
roh lik harakati maydonida, to‘qima ichiga kiritilishi va pereferik nerv
retseptorlarining sezgirligini oshirilishi;
O‘tkazuvchi og‘riqsizlantirish – jarrohlik maydonini inner vatsiya
qiluvchi, sezuvchi nervni tanasini yoki biron bir shoxini blokada qilish;
Anafilaktik shok – allergik kasalliklarga moyil bemorlarda uch-
raydigan o‘ta xavfli asorat;
Hushdan ketish – bosh miyaning o‘tkir gipoksiyasiga bog‘ liq bo‘l-
gan bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, esnash bilan boshlanib, teri
qop lamalari oqarishi, ko‘z qorachiqlari kengayishi, pulsi kuch siz bo‘lib
A/D pasayishi, nafas olish susayishi, mushak tonusi yo‘qolib hushdan
ketish.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Og‘riqsizlantirish deb nimaga aytiladi?
2. Og‘riqsizlantirish necha turga bo‘linadi?
3. Umumiy og‘riqsizlantirish deb nimaga aytiladi?
4. Umumiy og‘riqsizlantirishning qanday turlarini bilasiz?
5. Premedikatsiya nima uchun amalga oshiriladi?
48
6. Mahalliy og‘riqsizlantirish deganda nimani tushunasiz?
7. Mahalliy og‘riqsizlantirishning qanday turlarini bilasiz?
8. Applikatsiya usulida og‘riqsizlantirish qanday amalga oshiriladi?
9. Infiltratsion og‘riqsizlantirish deb nimaga aytiladi?
10. Infiltratsion og‘riqsizlantirish o‘tkazish uchun qanday ko‘rsatmalarni bilasiz?
11. O‘tkazuvchi og‘riqsizlantirish infiltratsion og‘riqsizlantirishdan nimasi bilan
farq qiladi?
12. O‘tkazuvchi og‘riqsizlantirishning qanday turlarini bilasiz?
13. Og‘riqsizlantirishdagi asoratlar nechta guruhga bo‘linadi?
14. Anafilaktik shok qanday klinik ko‘rinishga ega?
15. Anafilaktik shokda birinchi yordam qanday tartibda ko‘rsatiladi?
16. Hushdan ketish asorati nima uchun sodir bo‘ladi va qanday klinik ko‘rinishga
ega?
17. Og‘riqsizlantirish vaqtida qanday asoratlar sodir bo‘lishi mumkin?
18. Og‘riqsizlantirish o‘tkazilganidan so‘nggi qanday asoratlar sodir bo‘lishi
mumkin?
49
VI BOB
TISH QATTIQ TO‘QIMALARINING
NUQSONLARI
Tish qattiq to‘qimasi nuqsonlari kasalliklari nokariyesli va kariyesli
nuqsonlarga bo‘linadi.
TISH QATTIQ TO‘QIMALARINING NOKARIYESLI
NUQSONLARI
Tish qattiq to‘qimalarining nokariyesli nuqsonlari 80–82% aholida
uchraydi. Ushbu kasalliklarni kelib chiqish sabablari to‘liqligicha aniq
emas. Nokariyesli nuqsonlar kundan kunga ortib bormoqda. Kasal-
liklarni kelib chiqishida kasbiy zararlar, yo‘ldosh kasalliklar (oshqozon
ichak kasalliklari, revmatizm…), tish to‘qimalari minerallashuvining
buzilishlari asosiy o‘rin tutadi. Nokariyes kasalliklar paydo bo‘lish
muddatiga asoslanib ikki guruhga bo‘linadi:
I. Tishning rivojlanish davrida hosil bo‘lgan (murtak davrida)
nuqsonlar.
– Gipoplaziya;
– Giperplaziya
– Endemik flyuoroz;
– Tish rangining o‘zgarishi;
– Tish hajmi va shakli anamaliyasi;
– Irsiy o‘zgarishlar.
II. Tish chiqqanidan so‘ng hosil bo‘lgan nuqsonlar.
– Patologik yedirilish;
– Ponasimon nuqson;
– Tish eroziyasi;
– Tish qattiq to‘qimalarining nekrozi;
– Tish jarohati;
– Tish pigmentatsiyasi;
– Tish gipersteziyasi.
50
TISHNING RIVOJLANISH DAVRIDA HOSIL
BO‘LGAN NUQSONLARI
Gipoplaziya bu nuqsonli tish to‘qimalarining rivojlanmasligi nuq-
soni bilan xarakterlanadi. Tish murtak rivojlanish davrida metaboli tik
buzilishlar natijasida, emalda miqdor va sifat jihatdan buzilishlar bo‘-
ladi.
Gipoplaziya sut tish va doimiy tishlarda uchraydi. Gipoplaziya turli
klinik ko‘rinishga ega. Gipoplaziyaning sistemali, mahalliy va chegara-
langanligi farqlanadi.
Sistemali gipoplaziya. Sistemali gipoplaziyaning kelib chiqishi
tish ning rivojlanishi davrida, sodir bo‘lgan modda almashinuvining
bu zi lishi bilan bog‘liq, aynan minerallar almashinuvi muhim o‘rin tu-
ta di. Sut tishlarning gipoplaziyasi homilador onaning xastaligi, ovqat-
lan ish me’yorining buzilishi, kerak bo‘lgan oziq-ovqat mahsulot larini
iste’mol qilmaslik oqibatida kelib chiqadi. Xastalik bir guruhga kirgan
tishlarda borsimon ba’zan, sarg‘ish dog‘lar, nuqson paydo bo‘li shi bilan
kechadi. Nuqsonlar simmetrik bo‘lib nuqsonlar aksariyat hol
lar
da
vestibulyar yuzada joylashadi.
Mahalliy gipoplaziya. Mahalliy gipoplaziya faqat bir dona tishda
aniqlanadi. Periodont to‘qimasi yallig‘langan sut tishning ostidagi doi-
miy tish murtagi zararlanishi oqibatida hamda jarohat ta’sirida kelib
chi qadi. Xastalik yengil kechganda tish emal qavatining rangi o‘zgarib,
bo‘r simon, sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir tus oladi. Og‘ir shaklida tishning o‘l-
cham lari, shakli va strukturasida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Chegaralangan gipoplaziya. Bir guruh yonma-yon joylashgan
tish larda emal qavatining noma’lum sabablarga ko‘ra jarohatlanishi
oqi ba tida yupqalashib, ular relefining o‘zgarishi bu xastalik uchun
xarak terli hisoblanadi. Chegaralangan gipoplaziya yuz-jag‘ sohasidagi
jaro hat natijasida, surunkali kechadigan jag‘ suyagining yiringli yal-
lig‘ lanishi va radioaktiv nurlanish oqibatida kelib chiqishi mumkin.
Gipoplaziyaning yengil shakllarida tishlarning vestibulyar yuzasida
bo‘rsimon dog‘lar paydo bo‘ladi. Dog‘ning kattaligi, shakli, hajmi har
xil. Dog‘ yuzasi yaltiroq va silliq. Gipoplaziyaning og‘ir shakllarida
51
be morlar nuqtali, piyolasimon o‘yiqlar, ko‘ndalang egatlar paydo bo‘li-
shidan shikoyat qiladilar.
Solishtirma tashxis. Gipoplaziyani aniqlashda kariyes bilan solish-
tirma tashxis o‘tkaziladi. Gipoplaziyada dog‘lar simmetrik, vestibulyar
yuzada joylashgan, vital bo‘yash sinamasini o‘tkazganda bo‘yalmaydi,
kariyesda bo‘yaladi. Gipoplaziyani zondlaganda kariyesdan farqli
yuzasi silliq.
Davolash. Davolash klinik formasiga bog‘liq. Profilaktika maq sadi-
da remeneralizatsiya terapiyasi o‘tkaziladi. Og‘ir formalarida nuq son ni
bartaraf qilish maqsadida plombalanadi yoki protezlanadi.
Dostları ilə paylaş: |