ENDEMIK FLYUOROZ
Tish qattiq to‘qimalarida qayd etiladigan bunday xastalik organizm-
ga tashqi muhitdan ichimlik suvi orqali me’yordan ko‘proq ftor ele-
mentining (suvda erigan holda) kirishi oqibatida yuzaga keladi. Flyuo-
roz bu ftor elementi chaqirishi mumkin bo‘lgan gipoplaziyadir, desak
ham xato qilmaymiz. Kishi organizmining ftorga bo‘lgan bir sutkalik
talabi 3,5 mg atrofidadir. Bu talab asosan ichimlik suvi tar kibida
bo‘ladigan ftor orqali qondiriladi. Organizmning ana shunday talabini
qondirish uchun ichimlik suvining 1 litrida 0,8–1,2 mg ftor bo‘lishi
kifoyadir. Ichimlik suvi tarkibidagi ftor miqdori ko‘rsatil gandan oshib
ketgan hollarda flyuoroz xastaligi kuzatiladi. Flyuoroz xastaligi 5 xil
shaklda namoyon bo‘ladi.
Chiziqchali (shtrixli) shakli. Bunda tish emali sathida ko‘pincha
vertikal yo‘nalishdagi bo‘rsimon chiziqlar paydo bo‘ladi. Ayrim hol lar-
da bu chiziqlar faqat lupa oynasi orqali qaralganda aniqlanishi mum-
kin bo‘lgan darajada nozik bo‘lishi tabiiy. Emal qavatining bu xil
jaro hatlanishi ko‘pincha yuqori jag‘ markaziy va yon kurak tishlari
sathi dagina, ba’zan esa pastki kurak tishlarda namoyon bo‘ladi. Bu
xas talikda tish emal qavatining faqat dahliz (vestibulyar) sathigina
o‘zgarishga uchraydi.
Dog‘simon shakli. Tish emal qavati sathida katta-kichik, yaqqol
namoyon bo‘luvchi bo‘rsimon rangli dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘lar
yalpi bo‘lib, unda chiziqlar bo‘lmaydi va ular butun emal qavati sathi
52
bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. Ayniqsa bunday dog‘lar kurak tishlarining
kesuvchi qirralari atrofida ko‘plab hosil bo‘ladi. Emaldagi bu xil dog‘-
lar keskin sog‘lom to‘qimaga o‘tib ketadi. Dog‘li emal sathi silliq va
yaltiroqdir. Dog‘lar aksariyat hollarda oldingi kurak tishlarda uchra-
sada, boshqa tishlar ham ulardan xoli bo‘lmaydi (13-rasm).
Hol-hol bo‘rsimon nuqtali shakli. Flyuoroz xastaligining bu xil
shakli har xil klinik belgilar bilan kechadi. Odatda tish emal qavati
bo‘r rangida bo‘ladi. Ba’zan esa u yaltiroqligini saqlashi yoki tiniqligini
yo‘qotishi mumkin. Emal sathida jarohatli nuqta (chuqurcha)lar paydo
bo‘lishi xususiy hol hisoblanadi. Bunday chuqurchalar atrofi (devorlari)
notekis, qoramtir tusda bo‘lib, o‘lchamlari 1–1,5 mm diametrli, chu-
qurligi esa 0,1–0,3 mm bo‘ladi. Bu xil nuqtasimon chuqurchalar, ak-
sa
riyat hollarda tish emalining dahliz sathida joylashgan bo‘ladi.
Bun day sathlarda emalning jarohati natijasida ochilib qolgan dentin
to‘qi masining yuzasi och sarg‘ish rangdan tortib, qo‘ng‘ir-to‘q jigar-
ranggacha bo‘yalgandir.
Flyuoroz xastaligi ba’zan emalning eroziyasi shaklida ham na mo-
yon bo‘ladi. Bo‘rsimon rangli emal sathida birmuncha keng va chu qur
jarohatlar paydo bo‘lib, tish yuzasining katta qismini egalla shi mumkin.
Hosil bo‘lgan jarohatlar har xil notekis shakllarga ega bo‘ladi. Emalning
bu xil jarohatlanishi natijasida tishlar kuchli yemiriladi.
Destruksiya shaklida kechuvchi flyuoroz xastaligi. Emalning bu
xil jarohatlanishi, aksariyat hollarda suv tarkibida ftorning me’yordan
13-rasm. Flyuoroz.
53
bir necha marotaba ko‘p bo‘lishi natijasida, shu suv ichiladigan hudud
va tumanlardagina qayd qilinadi. Bunday hollarda tishning nafaqat
emal qavati jarohatlanib qolmay, balki dentin to‘qimasining jarohat-
lanishi ham kuzatiladi. Natijada tish koronkasining shakli o‘zgarishi,
uning kuchli yemirilishi hollari namoyon bo‘ladi. Tish emal qavatining
tusi keskin o‘zgaradi.
Flyuoroz xastaligida bemorlar tishlarining rangi o‘zgarishidan, ba’-
zan ularning yemirilayotganidan shikoyat qilishadi. Flyuoroz xasta-
ligidagi emal rangining o‘zgarishini kariyes va gipoplaziya natijasi-
da sodir bo‘ladigan aynan shu xildagi o‘zgarish lardan farqlay bilish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Solishtirma tashxis. Flyuorozni aniqlashda kariyes kasalligi bilan
solishtirma tashxis o‘tkaziladi. Kariyesda nuqson bitta va bo‘yin qis-
mida joylashgan, flyuorozda esa bir nechta va tishning vestibulyar
yuzasida joylashadi.
Davolash. Davo tadbirlari tish qattiq to‘qimalaridagi o‘zgarishlar-
ning chuqurligiga bog‘liqdir. Jarohatlarning chuqurligi natijasida tish-
larda yemirilishlar, toj qismi shaklining o‘zgarishi sodir bo‘lgan taq-
dirda davo tadbirlari ortopedik usulda olib boriladi. Yengil klinik
belgilar bilan kechuvchi flyuoroz xastaligida terapevtik davo chora-
tadbirlari qo‘llaniladi. Tishlar sathida hosil bo‘lgan dog‘larga kuchsiz
kislotalar eritmasi bilan ishlov berilib, undan keyin minerallashtiruvchi
xususiyatga ega bo‘lgan eritmalar yordamida dog‘lar yo‘qotiladi. Pig-
mentli dog‘larni yo‘qotishda 10% li xlorid, fosfat kislotasini ishla tish
maqsadga muvofiqdir. Fosfat kislotasi kompozit plomba to‘ldirgich-
lar tarkibida alohida shisha idishda bo‘ladi. Flyuorozni davolash va
profilaktika qilish uchun suvdagi ftor miqdorini me’yorga olib kelish
kerak. Hozirgi kunda flyuorozni fotopolimerlar bilan davolanadi.
TISH MILKNI YORIB CHIQQANIDAN SO‘NG HOSIL
BO‘LGAN NUQSONLAR
Patologik yedirilish. Har qanday tish yoshga qarab sekin-asta
yediriladi. Ushbu yedirilishni fiziologik yedirilish deyiladi. Lekin
ayrim hollarda yedirilish tez kechadi va bu yedirilishni patologik yedi-
54
rilish deyiladi. Patologik yedirilish anomaliyali prikuslarda, yomon
odatlar oqibatida, zararli ishlab chiqarish omillari ta’sirida, masalan
havoda kislota parlari ko‘p bo‘lganida sodir bo‘ladi. Tishlar yedirilishi
yuqori va pastki jag‘larni bir-biriga yaqinlashtiradi. Bu esa prikus
balandligining pasayishiga va natijada yuz shaklining o‘zgarishiga olib
keladi. Ayrim hollarda patologik yedirilishda bemor gipersteziyadan
(sezuvchanlik) shikoyat qiladi. Patologik yediri lishni davolash tish
qatorlariga olinadigan yoki olinmaydigan orto pedik protezlar tayorlash,
modda almashinuvini yaxshilash va kalsiy preparatlarini qabul qilishga
qaratiladi, avvalambor, patologik yedirili shni keltirib chiqargan sabab-
chi faktor bartaraf etiladi, gipersteziya davolanadi. Ortoped stomatolog
bilan maslahatlashgan holda prikus balandligi tiklanadi.
Ponasimon nuqson. Ponasimon nuqson o‘rta va katta yoshdagi in-
sonlarda uchraydi. Kasallikning kelib chiqishida mexanik ta’sir muhim
o‘rin tutadi. Tishlarning vestibulyar yuzasining bo‘yin qismida «V»
shaklida nuqson paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ko‘pincha premo-
lyarlarda kuzatiladi. Nuqson yuzasi silliq, yaltiroq, qattiq bo‘ladi. Ka-
sallik sekin, ikkilamchi dentin hosil bo‘lishi bilan kechadi. Shuning
uchun ko‘pincha bemor og‘riqlardan shikoyat qilmaydi. Ayrim hollarda
bemorlar ximik, termik, mexanik ta’sirlardan hosil bo‘lgan qisqa mud-
datli og‘riqdan va albatta kosmetik nuqsondan shikoyat qilishadi (14-
rasm).
14-rasm. Ponasimon nuqson.
55
Solishtirma tashxis. Ponasimon nuqsonni aniqlashda tish qattiq
to‘qi
malari eroziyasi bilan solishtiriladi. Ponasimon nuqson uning
shak li, joylashish o‘rni, og‘riqli sezgilarning yo‘qligi bilan farqli.
Davolash. Davolash kasallikning rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Ka
sallikning boshlang‘ich bosqichlarida remineralizatsiya terapiya-
si o‘tkaziladi. Agar nuqson 2 mm dan katta bo‘lsa kompazit plomba-
lovchi xomashyolar yordamida plombalanadi.
Tish qattiq to‘qimalari eroziyasi. Xastalik tish emalida ba’zan
emal va dentinda hosil bo‘ladi. Tishning vestibulyar yuzasida bo‘yin
qis miga yaqinroq oval, yumaloq, noaniq shaklga ega bo‘lgan nuqson
paydo bo‘ladi.
Eroziya faqat kurak, qoziq va premolyarlarda kuzatiladi. Eroziya
ikkitadan ortiq tishlarda uchraydi. Bemorlar mexanik va termik
ta’sir lardan hosil bo‘ladigan keskin og‘riqdan (gipersteziya) shikoyat
qiladilar. Xastalikning boshlanish shaklida, emal eroziyasida emal-
ning rangi o‘zgarmaydi, silliq, yaltiroq bo‘ladi. Rivojlangan shakl larida
nuqson dentinni ham zararlab, och sariq ayrim hollarda to‘q rangga
ega bo‘ladi. Klinik kechishiga ko‘ra ikki shaklga bo‘linadi: aktiv va
stabil. Kasallikning aktiv shaklida gipersteziya bilan kechuvchi nuqson
paydo bo‘ladi. Stabil shaklida nuqson sekin paydo bo‘ladi, bemor
og‘riqlardan shikoyat qilmaydi.
Solishtirma tashxis . Eroziyani aniqlashda solishtirma tashxis pona-
simon nuqson va yuza kariyes bilan o‘tkaziladi. Kariyesda nuqson tubi
va cheti g‘adir-budur, eroziyada esa aksi silliq bo‘ladi. Ponasimon nuq-
son nuqsonning shakli bilan farq qiladi.
Davolash. Davolash kasallikning kechish shakliga bog‘liq. Kasal-
likning boshlang‘ich bosqichida gipersteziya bartaraf qilina di va remi-
neralizatsiya terapiyasi o‘tkaziladi. Nordon sharbatlar, mevalar iste’mol
qilmaslik tavsiya etiladi. Kasallikning og‘ir forma larida nuq son kom-
pozit plomba xomashyolari bilan plombalanadi.
TISH JAROHATLARI
Tish jarohatlari o‘tkir va surunkali bo‘ladi. O‘tkir jarohat ta’sirida
lat yeyishi, tishning chiqishi va sinishi kuzatiladi.
56
Lat yeyish
Lat yeyishda tish tish qatorlarini jipslashtirilganda va tishlaganda
og‘riydi. Palpatsiya biroz og‘riqli bo‘ladi. Og‘riqlar ayniqsa tish ildizi
sohasidagi o‘tuv burma sohasida, hamda tishni qimirlatilganda kuza-
tiladi. Tishning toj qismining rangi o‘zgarib, pushti tusga kiradi.
Davo lash uchun og‘riqsizlantiriladi, tish bo‘shlig‘i ochiladi, pulpa eks-
terpatsiya qilinib, plombalanadi. Agar tish toj qismining rangi o‘z-
garmasa, pereodontdagi reaksiyani bartaraf qilish maqsadida tishga
bir necha kun «dam» beriladi. Ya’ni shu tishda ovqat luqmasi uzib
olinmaydi, chaynalmaydi.
Tishning chiqishi
Tishning chiqishi deb, uning alveola katagida bo‘shashib qolishiga
aytiladi. Tishning chiqishi to‘liq, to‘liq bo‘lmagan va ezilgan bo‘lishi
mumkin. Tishning to‘liq chiqishida tish pereodontal tolalardan to‘liq
uzilib, alveola katagidan chiqishi oqibatida tishning tushishi kuzatiladi.
To‘liq bo‘lmagan chiqish tish ildizining alveola katagida qisman
nishablanishi va pereodontal tolalarning jarohatlanishi bilan kechadi
(15-rasm). Tish chiqishida bemor tish holatining o‘zgarganligiga,
15-rasm. Yuqori o‘ng markaziy kurak tishning to‘liq chiqishi, chap markaziy
kurak tishning to‘liq bo‘lmagan chiqishi.
57
og‘riq dan va qimirlab qolganligidan shikoyat qiladi. Tishning ezilgan
chiqishida tishni alveola katagidan jag‘ tanasi tomon qisman yoki
to‘liq nishablanganligi va suyak to‘qimasining qisman buzilganligi
kuzatiladi. Tish ildizi atrofidagi suyak to‘qimasining holati muhim
ahamiyatga ega. Agar tish ildizining yarmidan ortiq qismi alveola
katagida saqlanib qolgan bo‘lsa uni saqlab qolishga harakat qilinadi.
Buning uchun, avval og‘riqsizlantiriladi va tishni o‘z o‘rniga to‘g‘ri-
lanadi. So‘ng tish qimirlashining oldini olish, «dam» berish maqsadida
shinalanadi. Shinalangandan so‘ng pulpa holatini aniqlash uchun
EOD qilinadi. Agar EOD u 2–3 mkA ga teng bo‘lsa pulpa faoliyati
saqlangan, 100 mkA ga teng bo‘lsa pulpa nekrozga uchragan bo‘ladi.
Agar pulpa zararlangan bo‘lsa eksterpatsiya qilinadi va plombalanadi.
Tishning sinishi
Tishning sinishi uning toj qismida yoki ildiz qismida sodir bo‘li shi
mumkin. Toj qismi sinishi tish bo‘shlig‘ining berkligi yoki ochiq ligi
bilan kuzatilishi mumkin. Tishning toj qismining sinishi tish bo‘sh-
lig‘ining yopiqligi bilan sodir bo‘lsa tishni kompazit plombalar yorda-
mida tiklanadi. Sinish tish bo‘shlig‘ining ochilishi bilan bog‘liq bo‘lsa
og‘riqsizlantirib, pulpa eksterpatsiya qilinadi va plombalanadi.
Tish ildizi sinishining quyidagi turlari farqlanadi: ko‘ndalang,
bo‘ylama, qiyshiq va parchalangan. Sinish turiga qarab tashxis va
davo turi aniqlanadi. Tashhisni aniqlashda rentgenologik tekshiruv
muhim o‘rin tutadi. Bo‘ylama, qiyshiq va parchalangan sinish turlarini
davolash birmuncha qiyinchilik tug‘diradi va ulardan tayanch sifatida
foydalanib bo‘lmaydi. Ko‘ndalang sinishda sinish yo‘li ildizning turli
qismidan o‘tishi mumkin. Agar sinish yo‘li ildizning 1/4–1/3 qismi
yoki o‘rtasidan o‘tsa depulpatsiya qilinadi, ildiz kanali plombalanadi va
mahsus shtift (o‘zak) yordamida tutashtiriladi.
KARIYES
Kariyes – lotincha so‘z bo‘lib «chirish» degan ma’noni anglatadi.
Kariyes keng tarqalgan kasallik bo‘lib, aholining 95% da uchraydi.
Kariyes murakkab patologik jarayon bo‘lib, bunda tish to‘qimalari tez
58
yoki sekin yemiriladi va tishda zararlangan bo‘shliq – kovak hosil
bo‘la di. Hozirgi vaqtda kariyesning kelib chiqishi haqida bir necha
yuz nazariyalar bor. Kariyesni kelib chiqishida ko‘pgina faktorlar o‘rin
tutadi. Asosiy faktorlarga quyidagilar kiradi:
– og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi;
– ovqat va ovqatlanish rejimi;
– suv tarkibidagi ftorning miqdori;
– so‘lakning tarkibi va hajmi;
– organizimning umumiy holati;
– organizimga bo‘lgan ekstremal ta’sirlar;
– tashqi va ichki muhitdagi endogen va ekzogen faktorlar.
Kariyesning uch xil turi mavjud: anatomik, topografik va klinik.
Anatomik tasnif asosan emal kariyesi, dentin kariyesi, sement kariyes-
dan iborat. Topografik tasnif xastalik chuqurligiga asoslangan bo‘lib
quyidagicha bo‘linadi: dog‘ shaklidagi kariyes, yuza kariyes, o‘rta ka-
riyes va chuqur kariyes (16-rasm).
Klinik kechishi bo‘yicha tez kechuvchi va sekin kechuvchi kari-
yeslar mavjud. Klinik ko‘rinishiga ko‘ra oq va pigmentlangan dog‘lar
(jigarrangdan qong‘ir ranggacha) bo‘ladi. Tekshirishlarda kariyes jadal
kechganda oq, sekin kechganda pigmentlangan bo‘lishi aniq lan gan.
Kariyesni kechishi esa davo rejasini tuzishda katta ahamiyatga ega.
Kariyes kovaklari Blek tasnifiga asosan V ta sinfga bo‘linadi:
I sinf kichik va katta oziq tishlarning fissuralari, tabiiy izlarda
joylashgan kariyes kovaklari;
a
b
d
e
16-rasm. Kariyes bosqichlari:
a – kariyes dog‘ shaklida; b – yuza kariyes; d – o‘rta kariyes; e – chuqur kariyes.
59
II sinf premolyar va molyarlarning kontakt yuzalarda joylashgan
kariyes kovaklari;
III sinf kesuv qirraning butunligi saqlangan qoziq va kesuv tish-
larning kontakt yuzalaridagi kariyes kovagi;
IV sinf kesuv qirra burchagining butunligi buzilgan qoziq va kesuv
tishlarning kontakt yuzasidagi kariyes kovagi;
V sinf tishlarning vestibulyar va oral yuzalarining bo‘yin qismida
joylashgan kariyes kovaklari.
Dog‘ shaklidagi kariyes
Odatda dog‘ shaklidagi kariyesda bemorlar hech qanday subyek tiv
sezgilarni qayd qilmaydilar. Ayrim hollarda bemorlar tishning qama-
shishidan shikoyat qiladilar. Emal demineralizatsiyasi chegara langan
yuza da rangining o‘zgarishi, uni oq, och jigarrang, to‘q jigarrangdan
qon g‘ir tusgacha bo‘lishi kuzatiladi. Kasallik tishning chegaralangan
qismida emal yaltiroqligini yo‘qolishi bilan boshlanadi. Odatda bun-
17-rasm. Blek bo‘yicha kariyes kovaklari tasnifi:
a – I sinf; b – II sinf; d – III sinf; e – IV sinf; f – V sinf.
a
b
d
e
f
60
day o‘zgarishlar tishning bo‘yin qismida joylashadi. Zondlaganda ush-
bu yuza tekis, og‘riqsiz. Vital bo‘yash sinamasida dog‘ ko‘k rangga
bo‘yaladi. EOD da tish pulpasi 2–6 mkAga javob beradi. Transillyumi-
natsiya dog‘ning hajmi va joylashishidan qat’iy nazar aniqlanadi. Dog‘
shaklidagi kariyes flyuoroz va gipoplaziya bilan solishtirma tashxis
o‘tkaziladi.
YUZA KARIYES
Yuza kariyes hosil bo‘lgan dog‘ kariyes o‘rnida destruktiv o‘zga-
rishlar natijasida hosil bo‘ladi. Bemor ximik ta’sirlar shirin, sho‘r,
nordondan hosil bo‘ladigan qisqa muddatli og‘riqdan shikoyat qiladi.
Agar kariyes kovagi tishning bo‘yin qismida joylashgan bo‘lsa
termik ta’sirdan ham og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘rik o‘tkazilib
zondlaganda kichik nuqson aniqlanadi. Nuqson faqat emal qavatida
joylashadi. Elektr sezuvchanlik 2–6 mkA teng bo‘ladi. Yuza kariyesni
aniqlashda gipoplaziya, tish eroziyasi, pona
simon nuqson bilan
solishtirma tashxis o‘tkaziladi.
O‘rta kariyes
O‘rta kariyesda nuqson emal, dentin chegarasidan o‘tib o‘rtacha
chuqurlikka ega bo‘ladi. Aksariyat hollarda bemor og‘riq sezmaydi.
Kamdan-kam hollarda bemor termik, mexanik, ximik ta’sirlardan
paydo bo‘ladigan qisqa muddatli og‘riqdan shikoyat qiladilar. Ko‘rik
o‘tkazilib, zondlaganda o‘rtacha chuqurlikka ega bo‘lgan kariyes
kovagi borligi, kovak tubida yumshagan dentin borligi uchun g‘adir-
budurliligi aniqlanadi. O‘rta kariyesni aniqlashda ponasimon nuqson,
eroziya, surunkali periodontit bilan solishtirma tashxis o‘tka ziladi.
Gipoplaziya, eroziya, ponasimon nuqson belgilari yuqo
rida bayon
etildi. Surunkali pereodontit bilan solishtirma tashxis o‘tkazilganda
quyidagilarga e’tibor beriladi. O‘rta kariyesni charxlaganda sezuv-
chanlik emal dentin chegarasida mavjud. Surun kali periodontitda esa
sezuvchanlik yo‘q. Elektr sezuvchanlik o‘rta kariyesda 2–6 mkA ga,
pereodontitda esa 100 mkA ga teng bo‘ladi.
61
Chuqur kariyes
Chuqur kariyes uchun hamma turdagi ta’sirlardan hosil bo‘la digan
qisqa muddatli og‘riq xosdir. Og‘riq ta’sir etuvchi muolajani olgandan
so‘ng to‘xtaydi. Ko‘rik o‘tkazilib yumshagan dentin bo‘l gan chuqur
kariyes kovagi borligi aniqlaniladi. Zondlanganda kariyes kovagi tubi
og‘riqli, elektr sezuvchanligi 2–6 mkA ga teng, lekin ayrim hollarda
10–12 mkA ga teng bo‘ladi. Chuqur kariyesni aniqlashda o‘rta kariyes,
o‘tkir qisman pulpit va surunkali fibroz pul pit bilan solishtirma tash-
xis o‘tkaziladi. O‘rta kariyes ta’sirlardan hosil bo‘lgan og‘riq bilan,
kovakning chuqurligi bilan farqlanadi. Pul pit lardan og‘riqning o‘z-
o‘zidan paydo bo‘lishi, og‘riqning davo miyligi bilan farqlanadi. Pul-
pitlarda elektr sezuvchanlik 15–20 mkA ga teng bo‘ladi.
Kariyeslarni davolash
Kariyesni davolash mahalliy va umumiy xarakterga ega. Umumiy
xarakterga ega bo‘lgan davolash tadbirlari odam organizmining hi-
moya kuchlarini, to‘qimalar rezistentligini oshirishga qaratilgan. Shu
maqsadda bemorga B, D, E vitaminlar hamda mineral komponentlar
tavsiya etiladi. Masalan, glyukanat kalsiy, fitin.
Mahalliy davo to‘qimalarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga bog‘liq.
Dog‘ shaklidagi kariyesda to‘qimalar charxlanmaydi va dog‘ hosil
bo‘l gan demineralizatsiya bo‘lgan sohaga yo‘qotilgan mineral kompo-
nentlar kiritiladi. Buning uchun remineralizatsiyalovchi eritmalar
apli katsiya qilinadi. Ushbu eritmalarning asosiy komponentini kalsiy,
fosfor, ftor tashkil etadi. Remineralizatsiya terapiyasining effektivligini
vital bo‘yash sinamasini o‘tkazib aniqlanadi. Tarkibida ftor saqlovchi
tish pastalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Tishda kariyes kovagi bo‘lgan tishlarni davolash uchun patologik
o‘zgarish sodir bo‘lgan to‘qimalarni olib tashlanadi.
O‘rta kariyesni davolashda kariyes kovagini charxlab, shakllan tirib,
quritilib, avval taglik so‘ng doimiy plomba qo‘yiladi.
Chuqur kariyesni davolashda kariyes kovagining mikroflorasini
zararsizlantirish pulpaning yallig‘lanishining oldini olish maqsadida
davolovchi malham qo‘yiladi. Davolovchi malham sifatida tarkibida
62
gid rookisid kalsiy bo‘lgan pastalardan foydalaniladi. Davo lovchi mal-
ham dan so‘ng ajratuvchi suvli dentin, fosfat sementli taglik so‘ng doi-
miy plomba bilan tiklanadi.
Yuza, o‘rta va chuqur kariyeslarda albatta patologik o‘zgargan to‘-
qi ma larini olib tashlash kerak bo‘ladi. Buning uchun tish charx lanadi.
Tishni charxlash kariyesni davolashning asosiy bosqichlaridan dir.
Kariyes kovagi sinfidan qat’iy nazar charxlash va kariyes kova gini
shakl lantirish quyidagi bosqichlardan iborat.
1. Zarur bo‘lsa og‘riqsizlantirish.
2. Kariyes kovagini ochish.
3. Kariyes kovagini kengaytirish va nekrotomiya qilish (yum sha-
gan va pigmentlangan dentinni olib tashlash).
4. Kovakni shakllantirish.
Kariyes kovagini charxlashda sog‘lom to‘qimalarni asrash prinsipi-
ga asoslangan holda patologik o‘zgargan to‘qimalarni olib tash lanadi.
5. Kariyes kovagini shakllantirilgandan so‘ng, tishning anatomik
shaklini va funksional holatini tiklash maqsadida plombalanadi.
Plombalash uchun kovakni tayyorlanadi. U quyidagi bosqichlar dan
iborat:
1. Plombalash uchun kerak bo‘lgan asboblarni tayyorlash;
2. Plombalovchi xomashyoni tayyorlash;
3. Plombalanadigan kovakni so‘lakdan himoya qilish;
4. Kovakni quritish;
5. Kovak kontakt yuzada bo‘lsa ajratuvchi matritsa qo‘yish;
6. Plombalovchi xomashyoni tayyorlash;
7. Kovakni qayta quritish;
8. Taglik qo‘yish;
9. Plombalovchi xomashyoni kovakka kiritish;
10. Plombani shakllantirish, silliqlash va sayqal berish;
11. Plombani so‘lakdan izolyatsiya qilish.
Kariyesni davolashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xato
va asoratlar, ularni bartaraf etish
Kariyesni davolashda quyidagi asoratlar kelib chiqishi mumkin.
Ular quyidagilar:
63
1. Tashxis aniqlashdagi xatolik;
2. Kariyes kovagini charxlashda tish bo‘shlig‘ining ehtiyotsizlik
oqibatida ochilishi;
3. Tishning kontakt yuzasini plombalashda matritsadan foyda lan-
maslik natijasida ortiqcha plomba milk so‘rg‘ichini ezib qo‘yishi;
4. Tishlarni plombalashda yon tish bilan kontakt nuqtaning yo‘q
bo‘lishi, tishlarning orasi yoriq bilan ochilib qolishi natijasida milk
so‘r g‘ichi yallig‘laishi;
5. Plombalovchi xomashyoning toksin ta’siri natijasida pulpaning
nekrozi;
6. Plombalashda prikusni ko‘tarib qo‘yish;
7. Kariyes kovagiga ishlov berishda qilingan xato oqibatida pul-
paning kuyishi;
8. Shakllantirilgan kovakka spirt yoki kuchli ta’sir etuvchi mod da
bilan ishlov berishdagi xatolik oqibatida pulpaning yallig‘lanishi;
9. Karies kovagidagi patologik o‘zgargan to‘qimalarni to‘liq olin-
masligi oqibatida ikkilamchi yoki qaytalovchi kariesning kelib chi-
qishi;
10. Karies kovagiga to‘g‘ri shakl berilmaganligi oqibatida plomba-
ning darhol yoki tez muddatda tushib ketishi;
11. Plomba ashyosi, rangi to‘g‘ri tanlanmaganligi oqibatida tish ran-
gining o‘zgarishi.
Dostları ilə paylaş: |