N. A. Tashpulatova stomatologik


Surunkali granulematoz periodontit



Yüklə 8,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix22.10.2019
ölçüsü8,96 Mb.
#29404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
stomatologik kasalliklar


Surunkali granulematoz periodontit. Surunkali granulematoz 
periodontitda ko‘pincha og‘riqlar bo‘lmaydi, lekin o‘qtin-o‘qtin yal lig‘-
lanish jarayonining o‘tkirlashuvi sodir bo‘lib turadi. Tish atrofidagi 
shilliq parda o‘zgarishsiz, ayrim hollarda ozgina qizargan bo‘ladi. Tish 
qimirlamaydi, perkussiya, palpatsiya, zondlash og‘riq siz bo‘ladi. Tash-
xis rentgenogramma asosida aniqlanadi. Rentgeno 
grammada ildiz 
uchida suyak to‘qimasining 0,5 mm dan kichik, tekis, aniq chegara-
langan so‘rilishi kuzatiladi. Agar ildiz uchidagi granulemaning hajmi 
0,5 mm 0,8 mm gacha bo‘lsa kistadan dalolat beradi. (21, 22-rasmlar).
21-rasm. Surunkali  
granulematoz periodontit.
22-rasm. Ildiz uchi kistasi.

77
Surunkali periodontitning huruji. Kasallikning klinik ko‘rinishi 
o‘tkir periodontitga o‘xshab ketadi. Bunda bemorda doimiy og‘riq, 
yum shoq to‘qimalar shishishi, limfa tugunlarining kattalashishi, tish-
ning biroz qimirlab qolishi, tish atrofidagi o‘tuv burma paypaslab 
ko‘rilganda og‘riqliligi kuzatiladi. Bemor holsizlanib boshi og‘riydi, 
uyqusi yo‘qoladi, tana harorati ko‘tariladi. Rentgenogrammada surun-
kali periodontitning biror turi aniqlanadi.
PERIODONTITLARNI DAVOLASH
O‘tkir periodontitlarni davolash
O‘tkir periodontitni davolash usuli nafaqat kasallikning klinik ke-
chishiga balki kasallikni keltirib chiqargan sababga ham bog‘liq.
O‘tkir periodontit kimyoviy ta’sir oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa, 
koronka va ildiz qismidagi pulpani olib tashlash lozim. O‘tkir perio-
dontit ildiz kanaliga kislota, ishqor, kuchli antiseptiklarni kiritish oqi-
ba tida kelib chiqqan bo‘lsa, ildiz kanalida teskari ta’sir etuvchi mod-
dalar bilan ishlov berish kerak bo‘ladi. Ildiz kanaliga 3% peri kis 
vodorod, 1:5000 li furatsillin eritmasi, fermentlar (trepsin, ximotrep-
sinlar) bilan ishlov beriladi. Ildiz kanalida 1–2 kunga evgenol, qalam-
pir moyi bilan turunda vaqtinchalik plomba ostida qoldiriladi. Agar 
2 kun ichida tish bezovta qilmasa, perkussiya og‘riqsiz bo‘lsa, ildiz 
kanali ildiz uchigacha plombalanadi va doimiy plomba qo‘yiladi. 
Agar tish 2 kun ichida og‘risa vaqtinchalik plomba olib tashlanadi va 
ildiz kanallariga qaytadan ishlov berilib muolaja takrorlanadi. Bun-
day hollarda periodont yallig‘lanishini samarali davolash uchun fizio-
terapiya usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘tkir periodontitda yallig‘lanish reaksiyasi va ekssudatning orti-
shi natijasida tish atrofidagi shilliq parda qizaradi, shishadi. Bunday 
hollarda turbinali bor mashina yordamida tish bo‘shlig‘i ochiladi va 
ekssudatning oqishini ta’minlash maqsadida tishni ochiq holda qoldi-
rish kerak bo‘ladi. Bemor og‘zini gipertonik eritmalarda chayishi 
va ovqatlanishdan avval tish bo‘shlig‘ini paxtali tampon bilan berki-
tishi kerak bo‘ladi. Bemorning ikkinchi marta kelishida ildiz kanal-

78
lariga mexanik va ximik ishlov berilib, antiseptik vosita bilan vaq tin-
chalik plomba qo‘yiladi. Bemorning uchinchi marta kelishida vaqtin-
chalik plomba olinib, ildiz kanallari plombalanadi va doimiy plomba 
qo‘yiladi.
Shikastlanish ta’sirida kelib chiqqan o‘tkir periodontitni davolash 
ta’sir etuvchi shikastni aniqlash va uni bartaraf etishdan boshlanadi. 
Qolgan davo simptomatik.
Surunkali periodontitlarni davolash
Surunkali periodontitni davolash og‘riqsiz kechadi. Surunkali pe-
rio dontitlarni muvaffaqiyatli davolash uchun ildiz kanallari o‘tuvchan 
bo‘lishi kerak. Surunkali fibroz periodontitda ildiz kanali apikal te-
shikkacha, surunkali granulyatsiyalovchi va granulematoz periodon-
titda ildiz apikal teshigidan oshirib plombalanadi.
Bemorning birinchi kelishida kariyes kovagiga ishlov, shakl berilib, 
pulpa bo‘shlig‘i kengaytirilib, pulpekstraktor yordamida chirigan, par-
chalangan pulpa to‘qimasini ohistalik bilan bosqichma-bosqich chi-
qariladi. Tozalangan ildiz kanali antiseptik modda eritmasi 2% xlora-
min, 0,1% xlorgeksin bilan yuviladi, quritiladi. Ildiz kanalida anti-
septik modda yoki fermentli turunda vaqtinchalik germetik plomba 
ostiga qo‘yiladi.
Bemorning ikkinchi kelishida vaqtinchalik plomba, turunda olib 
tash lanadi. Ildiz kanaliga ximik ishlov berilib quritilgandan so‘ng 
plom balanadi.
Periodontitni davolash jarayonidagi asoratlar
Asoratlar davolash jarayonida va davolangandan so‘ng ham kelib 
chiqishi mumkin. Ildiz kanaliga ximik ishlov berganda (formalin, 
fenol) periodontni ta’sirlash oqibatida og‘riq paydo bo‘ladi. Buni bar-
taraf etish uchun evginol yoki qalampir moyi qoldiriladi yoki kaliy yod 
bilan elektroforez qilinadi.
Tayanch iboralar:
Periodontit – periodont to‘qimasining yalig‘lanishini;

79
Apikal periodontit – yallig‘lanish ildiz uchi qismida joylashsa;
Marginal  periodontit –  yallig‘lanish ildiz milkka yaqin qismida 
joylashsa;
Deformatsiya – shaklning o‘zgarishi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Periodontit deb nimaga aytiladi?
2. Periodontitlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
3. Yallig‘lanishning joylashishiga ko‘ra qanday farqlanadi?
4. Surunkali periodontitlar nechta turga bo‘linadi?
5. O‘tkir periodontitlarda bemor nimadan shikoyat qiladi?
6. Surunkali periodontitlarga tashxis qanday o‘rnatiladi?
7. «O‘sib qolgan» tish simptomida nima sodir bo‘ladi?
8. Qay hollarda ildiz uchi kistasi tashxisi o‘rnatiladi?
9. O‘tkir periodontitlar qanday davolanadi?
10. Surunkali periodontitlarni davolash uchun qanday reja tuziladi?
11. Periodontitni davolash jarayonidagi asoratlarni qanday davolanadi?

80
IX BOB 
PARODONT KASALLIKLARI
Parodont to‘qimasi to‘qimalar kompleksi bo‘lib, quyidagi to‘qima-
lardan tashkil topgan: milk, alveola o‘sig‘i, suyak usti pardasi, perio-
dont to‘qimasi va ildiz sementi. Parodont to‘qimalari bir biri bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lib, anatomik, funksional va genetik jihatdan 
bir butundir. Parodont kasalliklari birmuncha ko‘p tarqalgan kasallik 
bo‘lib bolalarda va kattalarda ham uchraydi. Parodont kasalliklarini 
ko‘pgina stomatolog olimlar o‘rganishgan va o‘z fikrlarini tavsiya 
qilish gan. Parodont kasalliklarining 150 ga yaqin turi bor. Hozir bar-
cha MDH davlatlarida stomatologlari davolaydigan parodont ka-
salliklari xiliga ko‘p jihatdan mos keladigan tasnif 1983-yilda Yerevan 
shahrida bo‘lib o‘tgan stomatologlar plenumida qabul qilingan.
Parodont xastaliklari tasnifi
I. Gingivit – milkning mahalliy va umumiy noxush ta’sirlar osti-
da tish-milk cho‘ntagining butunligi bilan kechuvchi yallig‘lanish 
jarayoni.
Shakllari: kataral, gipertrofik, yarali.
Kechishi: o‘tkir, surunkali, qaytalovchi.
Ko‘lami: chegaralangan, diffuz.
Klinik darajasi: yengil, o‘rta og‘irlikda, og‘ir.
II. Parodontit – periodontal boylam va suyak to‘qimasining buzi-
lishi bilan birgalikda namoyon bo‘luvchi parodont to‘qimasining 
yallig‘lanish jarayoni.
Kechishi: o‘tkir, surunkali, o‘tkirlashuvchi, qaytalanuvchi.
Klinik darajasi: yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir.
Ko‘lami: chegaralangan, diffuz (keng tarqalgan).
III. Parodontoz – parodont to‘qimasining yallig‘lanishsiz distrofik 
jarohatlanishi.
Klinik darajasi: yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir.
Kechishi:  surunkali,  qay ta lovchi.

81
Ko‘lami: tarqalgan (diffuz).
IV. Parodont to‘qima si ning so‘rilishi bilan ke chadigan idiopatik 
kasal liklar
V. Parodontomalar – O‘smalar va o‘smasimon kasalliklar.
Yuqorida bayon qilingan parodont kasalliklarining turlanishi, ular-
ning klinik kechishi va morfologik o‘zgarishlarini baholab, yallig‘la-
nish, distrofik va o‘sma jarayonlarini o‘zida to‘g‘ri aks ettiradi. Xasta-
liklarga bunday nuqtayi nazardan qarash uni to‘g‘ri tushunib, shunga 
yarasha aniq to‘g‘ri ta’sir qiluvchi davo chora-tadbirlarini tanlashda 
muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Xastalikni to‘g‘ri aniqlashda uning ko‘lamidan tashqari, keltirib 
chiqaruvchi shart-sharoitlarni, kasallikning klinik kechishini, daraja-
sini hamda yallig‘lanish jarayonining klinik va morfologik belgilarini 
nazarda tutmoq lozim.
Ushbu ta’rif kasallikning klinik-morfologik jihatini asoslab beradi.
GINGIVITLAR
Gingivit milk sohasida noxush mahalliy va umumiy faktorlar ta’si-
rida vujudga keladi. Tishning aylana boylamlari buzilmagan holda 
kechadi.
Kataral gingivit milk cheti shilliq pardaning qizarishi bilan xa-
rakterlanadi. Ayrim hollarda milk so‘rg‘ichlarining shishishi kuza ti-
ladi. Kataral gingivit chegaralangan va diffuz bo‘lishi mum kin. Bemor 
tishini tozalaganda, milki qonaydi. Ko‘rik vaqtida milk cheti qizargani, 
shishgani kuzatiladi, qonaydi, milk usti karashlari aniqlanadi, pato-
logik cho‘ntak kuzatilmaydi.
Gipertrofik gingivit milk so‘rg‘ichlarining o‘sishi bilan xarakter-
lana di. Kasallik ko‘proq o‘smirlarda va homilador ayollarda kuzati-
ladi. Giper trofik gingivitning ikki xil formasi: granulyatsiyalanuvchi 
va fibroz shakli uchraydi. Bemor tishini tozalayotgan da qonashidan, 
og‘zidan noxush hid kelishidan va milkida yoqimsiz sezgilar sezishi-
dan shikoyat qiladi. Ko‘rik o‘tkazilganda milkning shishgani, qizar-
gani, tekkanda qonashini, soxta klinik cho‘ntak, tish yuzasida qattiq 
tish karashlari borligini ko‘rish mumkin. Kasallik tana haroratining 

82
38°C–39°C ga ko‘tarilishi, holsizlik, bosh og‘rishi bilan boshlanadi. 
Bemor milki shi shadi, og‘riydi, qonaydi, noxush hid keladi (23-rasm). 
Limfa bez lari kattalashadi, palpatsiyada og‘riydi. Milk cheti shil liq 
par dasi nekro zi kuzatiladi. Nekrotik jarayon lunj va bodomcha bezla-
rida ham tarqalishi mumkin.
PARODONTITLAR
Parodontit periodontal boylam va suyak to‘qimasining buzilishi 
bilan birgalikda namoyon bo‘luvchi parodont to‘qimasining yallig‘-
lanish jarayoni.
Parodont to‘qimalarining bunday yalpi yallig‘lanishi anchagina 
og‘ir kechuvchi xastalik bo‘lib, tishlarning tushib ketishiga sabab bo‘li-
shi mumkin.
Parodontit kasalligi uchun quyidagi 5 ta klinik belgi xosdir:
1. Milklar yallig‘lanishi.
2. Tish-milk epitelial pardasi jarohatlanib, uning butunligi buzilishi 
oqibatida klinik yoki parodontal cho‘ntaklar hosil bo‘lishi.
3. Milk usti va milk ostida tish toshlari hosil bo‘lishi.
23-rasm. Gipertrofik gingivit.

83
4. Tishlar orasida joylashgan suyak o‘sig‘ining balandligi, tuzi lishi, 
chegaralarining o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladigan suyak to‘qi ma sining 
destruksiyasi (osteoporoz, suyak to‘qimasining so‘rilishi).
5. Kasallik rivojlanishi oqibatida tishlarning liqillab qolishi yoki 
tushib ketish hollari.
Parodontit xastaligini keltirib chiqaruvchi sabablarning mahalliy 
yoki umumiyligiga qarab, u chegaralangan hamda diffuz bo‘lishi 
mumkin. Kasallikning klinik kechishi surunkali, o‘tkirlashib qay talan-
gan bo‘lib, uning yengil, o‘rtacha og‘irlikda yoki og‘ir xillari bo‘ladi.
Parodontit kasalligi bilan og‘rigan bemorlar milk qonashidan, 
og‘iz da noxush hid paydo bo‘lganligidan, tez-tez tish toshlarining 
hosil bo‘lib turishidan, milklarning shishinqirab qizarganligidan shi-
koyat qilishadi. Shifokor og‘iz bo‘shlig‘ini, tish atrofi to‘qima larini 
nazar dan kechirganda parodontal cho‘ntaklar hosil bo‘lganligi, ularda 
yiringli suyuqlik yig‘ilganligining guvohi bo‘ladi. Yiringli cho‘ntak 
ekssudati tekshirilganda, uning tarkibida kokklar, ipsimon tayoqchalar, 
spiroxetalar, zamburug‘simonlar oilasiga kiruvchi mik ro organizmlar 
borligi aniqlanadi.
Tishlar yizasida hosil bo‘lgan milk usti va milk osti toshlari paro -
dont to‘qimasiga faqatgina bosim ta’sirini ko‘rsatmasdan, ular tarki-
bidagi mikroorganizmlar ishlab chiqargan fermentlar to‘qimadagi 
yallig‘lanish jarayonini chuqurlashtiradi.
Suyak to‘qimasida strukturalar yemirilishi ularning yangi 
dan 
hosil bo‘lish jarayonidan ustun bo‘ladi. Alveolyar suyak to‘qima sidagi 
o‘zgarishlarning chuqurligi xastalikning qay darajadaligiga bog‘liqdir. 
Jarayonning boshlang‘ich davrida alveolyar suyak to‘si g‘i ning cho‘qqi 
sohasida osteoporoz o‘zgarishlar, keyinchalik suyak strukturasining 
tiniqligi buzilib, kortikal plastinka yemirili shi, g‘o vak suyak to‘qi-
masida esa osteoporoz – siyraklashish kuzatiladi.
Xastalikning keyingi davrida tish yon tomonlaridagi kortikal 
suyak plastinkalar yemiriladi, kurak tishlar atrofidagi g‘ovak suyak 
cho‘q qi lari pasayadi, molyar va premolyar tishlar atrof suyagida note-
kis yemirilish vujudga kelishi oqibatida o‘yiq chuqurchalar yuzaga 
keladi. Bu vaqtga kelib cho‘qqi suyagining chegarasi emal sement 
chegarasidan ancha pastda joylashganligi rentgen tasvirida aniqlanadi. 

84
Sog‘lom tishlar atrofida suyak cho‘qqisi emal – sement chegarasida 
yotadi. Suyak to‘qimasining yemirilishi vertikal va gorizontal yo‘na-
lishda kuzatiladi.
Alveolyar suyak to‘qimasining 3 xil darajadasi yemirilishi mavjud.
I darajali yemirilishni – alveolalar orasidagi suyak to‘sig‘i baland-
ligining tish ildizining 1/3 qismida yemirilishi.
II darajali yemirilish – alveolyar suyak to‘sig‘i tish ildizining 2/3 
qismida yemirilishi.
III darajali yemirilish – alveolyar suyak to‘sig‘i tish ildizining 2/3 
qismidan ko‘prog‘ining yemirilishi (24-rasm).
Xastalikni to‘liq bartaraf etish uchun davo chora-tadbirlari barvaqt 
(kasallikning ilk boshlang‘ich davrlaridayoq) boshlanmog‘i lozim. 
Keyingi davrlarda o‘tkazilgan shifo tadbirlari xastalikning kechishini 
to‘xtatib, uning turg‘unligini ta’minlaydi. Parodontit ka salligi diffuz 
tarz da yuz berganda albatta asosiy, umumiy xastalik aniqlanib, davo-
lash ishlari to‘liq olib borilgandagina ko‘ngildagidek natijaga erishiladi.
O‘tkir parodontit. O‘tkir parodontit kamdan-kam hollarda kuza-
tiladi. Xastalik chegaralangan bo‘lib ko‘pincha bitta tish atrofida ku-
za tiladi. Mexanik ta’sirlanish, masalan sun’iy qoplama, plomba, olina-
24-rasm. Parodont to‘qimalarining kasallik bosqichlaridagi ko‘rininshi:
1 – tish karashi; 2 – tishning qattiq karashlari; 3 – milk epiteliysi;  
4 – alveola o‘sig‘i.

85
digan protez o‘tkir parodontitni keltirib chiqaruvchi sabablardir. Bemor 
milkning ushbu sohasida doimiy pulslanuvchi og‘riqdan, qichishish-
dan, qonashidan shikoyat qiladi.
Ko‘rik o‘tkazilganda milkning giperemiyasi, milk so‘rg‘ichining 
shishganligi, klinik cho‘ntak borligi, zondlanganda qonashi va sabab-
chi faktorlar aniqlanadi (25-rasm). Klinik cho‘ntakning chuqurligi har 
xil bo‘lishi mumkin.
Surunkali parodontit. Surunkali parodontitning yengil formasi-
da bemor shikoyat qilmaydi, ayrim hollarda milk sohasida noxush 
sez gi lar, qonashidan shikoyat qiladi. Ko‘rik o‘tkazilganda milkning 
gipere 
miyasi, shishganligi, milk so‘rg‘ichlarining katta 
lash 
ganligi, 
3–4 mm li parodontal cho‘ntakning hosil bo‘lganligi, milk usti va milk 
osti toshlari borligi aniqlanadi. Rentgenogrammada tishlararo to‘siqcha 
suyak plastinkasida o‘zgarish borligi kuzatiladi.
Parodontitning o‘rtacha og‘irlikda kechishida milk tishlarni toza-
lashda qonaydi, vaqti-vaqti bilan chaynash mobaynida og‘riq paydo 
bo‘ ladi, ayrim tishlar qimirlaydi va siljiydi, og‘izdan noxush hid kela di. 
Ko‘rik o‘tkazilganda milk cheti shilliq pardasi yallig‘ langanligi, shish-
gani, milk so‘rg‘ichlarining kattalashganligi, ayrim tishlarning bo‘yin 
qismlari ochilib qolganligini ko‘rish mumkin. Parodontal cho‘n tak ning 
chuqurligi 5 mm gacha bo‘lib zondlangan da qonaydi.
25-rasm. Parodontit.

86
Rentgenogrammada tishlararo to‘siqcha milk plastinkasining tish 
ildizining 1/3 dan 1/2 gacha yemirilganligini kuzatish mumkin.
Parodontitning og‘ir kechishida bemor ovqat luqmasini chaynash 
vaqtida og‘riq va qonash paydo bo‘lganligi uchun chaynashda qiynala-
yotganligidan, tishlarining qimirlashi, og‘zidan noxush hid kelishidan 
shikoyat qiladi. Ko‘rik o‘tkazilganda milk shilliq pardasining gipe-
remiyasi, shishganligi, chuqur parodontal cho‘ntak borligi, tishlarni II–
III darajali qimirlashi, tishlarning bo‘yin va ildiz qismlarining ochilib 
qolganligi kuzatiladi. Milk cheti bosilganda yiringli ekssudat ajralib 
chiqadi. Rentgenogrammada – tishlararo to‘siqcha suyak plastinkasi-
ning ildiz uzunligining 1/2 dan 2/3 gacha yemirilganligi kuzatiladi. 
Parodontitning ushbu formasida milk usti va milk osti toshlari ko‘p 
bo‘ladi.
Parodontitlarni davolash. Parodontitni davolash kasallikning qan-
day kechishiga, klinik va patologik cho‘ntakning chuqurligiga bog‘liq. 
Parodontitning yengil formasini davolash uchun bemorda 3–4 marta 
muolaja o‘tkaziladi. Bemorning birinchi marotaba kelishida tishlar 
tish karashlaridan tozalanadi va tishlarni to‘g‘ri tozalash usullariga 
o‘rgatiladi.
Bemorning keyingi kelishida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holati tek-
shiriladi, antiseptik ishlov berilgandan so‘ng tish karashlari, milk usti 
va milk osti toshlari tozalanadi. Muolajaning so‘nggida milk shilliq 
pardasiga dori vositalari bilan ishlov beriladi.
Bemorning uchinchi bor kelishida ham og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik 
holati tekshiriladi. Og‘izga 1% li vodorod perikisi eritmasi bilan ishlov 
berilgandan so‘ng granulyatsiyalangan to‘qima qolgan tish toshlari 
toza lanadi. Antibiotiklar bilan ishlov beriladi, agar tishlar qimirlab 
qolgan bo‘lsa, tishlarni taxtakachlash uchun ortoped stomatolog tav-
siyasi olinadi va lozim bo‘lsa taxtakachlanadi.
Bemorga 4–6 oydan so‘ng stomatolog ko‘rigiga tashrif buyurish 
tavsiya etiladi.
Parodontitning og‘ir kechishida davolash rejasi tuziladi: jarroh sto-
matolog tavsiyasiga ko‘ra olinishi lozim bo‘lgan tishlar olinadi, milk 
usti, milk osti toshlari va granulyatsiyalangan to‘qimalardan tozala-
nadi. Antiseptik ishlov berib, davolovchi malhamlar qo‘yiladi. Yallig‘-

87
lanish kamaygandan so‘ng ortopedik davo qo‘llaniladi. Har bir bemor 
og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi qoidalariga mukammal rioya qilishi kerak 
bo‘ladi.
PARODONTOZ
Parodontoz – parodont to‘qimasining yallig‘lanishsiz distrofik 
xastaligi. Parodontozda parodontal cho‘ntaklar hosil bo‘lmaydi (26-
rasm). Parodontoz sekin kechadi.
Yengil kechuvchi parodontozda bemor vaqti-vaqti bilan hosil 
bo‘luvchi qichishish va noxush sezgilardan shikoyat qiladi. Shilliq 
parda och pushti rangda bo‘lib tishning sementi ko‘rinib qoladi.
O‘rtacha og‘irlikda kechuvchi parodontozda bemor termik, mexa-
nik, ximik ta’sirlar natijasidan bir zumlik og‘riq paydo bo‘lishidan 
shikoyat qiladi. Milkning shilliq pardasi och pushti rangda, tishlarning 
bo‘yin qismlari ochilib qolgan, tishlarning klinik koronkasi uzaygan, 
klinik cho‘ntaklar yo‘q bo‘ladi.
Og‘ir kechuvchi parodontozda bemor termik ta’sirlardan tez o‘tib 
ketuvchi og‘riqdan va ayrim hollarda giperesteziyadan shikoyat qiladi. 
Ko‘rik vaqtida tish bo‘ynining birmuncha qismi ochilib qolganligi 
aniqlanadi. Tishlar qimirlaydi.
26-rasm. Parodontoz.

88
Rentgenogrammada tishlararo plastinkaning bir tekis yemirilgan-
ligini ko‘rish mumkin, bu ko‘rinish parodontoz uchun xarakterli hisob-
lanadi.
Davolash. Parodontozni kompleks davolash lozim bo‘ladi. Buning 
uchun umumiy va mahalliy davolash kerak. Umumiy davo bemor 
orga nizmida regeneratsiya va qon aylanishni yaxshilashga qaratilgan 
bo‘lishi kerak. Mahalliy davo ta’sirlovchi faktorlarni bartaraf etish, 
tish toshlarini tozalash, shinalash, remineralizatsiya terapiyasini o‘tka-
zishga qaratilgan bo‘ladi.
PARODONT TO‘QIMASINING NEOPLASTIK 
YALLIG‘LANISHI
Parodont to‘qimasining neoplastik yallig‘lanishi parodontoliz pa-
ro dont to‘qimasida distrofik va yallig‘lanish jarayonlarini namo yon 
qiladigan va doimo diffuz tarzda kechadigan parodont xastali gi dir. 
Parodont to‘qimasining og‘ir va juda tez sur’atlar bilan kechadi gan 
bu kasalligi ko‘p hollarda organizmdagi tug‘ma sindromlar ning yo‘l-
do shi tarzida yuzaga keladi. Parodontoliz xastaligida milk larning u 
yoki bu xil yallig‘lanishi bilan bir qatorda, chuqur paro dontal cho‘n-
tak lar, alveolar suyak o‘sig‘ining distrofik yemirilishi oldin sut tishlari 
sohasida, keyinchalik esa kasallikning uzluksiz davom etishi natija-
sida doimiy tishlar sohasida kuzatiladi. Xastalik shiddatli ravish da 
rivoj lanib, tez orada tishlarning erta tushib keti shiga olib keladi. Kli-
nik kechishining sur’ati barcha tishlarda bir xil bo‘lmasligi mumkin. 
Bu hol har xil guruh tishlar ildizini o‘rab turuvchi alveolyar suyak 
to‘qi masining anatomik tuzilishi va yoshga qarab uning struk turasi-
ning o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Bundan tash qari tishlarga o‘z faoliyati 
paytida tushadigan bosimning turli ligi va mahalliy noxush ta’sir qila-
digan sabablarning mavjudligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Parodontoliz kasalligi bolalarda qandli diabet, tug‘ma neytrope-
niya, immunologik tanqislik, Daun xastaligi, keratodermiya va sklero-
dermiya kabi kasalliklarda kuzatiladi.

89
Tayanch iboralar:
Gingivit – milkning mahalliy va umumiy noxush ta’sirlar ostida 
tish-milk cho‘ntagining butunligi bilan kechuvchi yallig‘lanish ja-
rayoni;
Parodontit – periodontal boylam, suyak to‘qimasi buzilishi va 
milk ning yallig‘lanishi bilan kechuvchi kasallik;
Parodontoz – parodont to‘qimasining yallig‘lanishsiz distrofik ja-
ro hatlanishi;
Parodontomalar – o‘smalar va o‘smasimon kasalliklar;
Parodontal cho‘ntaklar – tish-milk epitelial pardasi jarohat lanib, 
uning butunligi buzilishi oqibatida chontakning hosil bo‘lishi;
Osteoporoz – suyak to‘qimasining siyraklashishi;
Shinalash – tishlarni ligature simlar yoki mahsus protezlar yorda-
mida tutashtirish;
Remineralizatsiya terapiyasi – minerallarga boyitish.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Parodont qanday tuzilishga ega?
2. Parodont kasalliklari qanday ta’riflanadi?
3. Gingivit deganda nimani tushunasiz?
4. Parodontit qanday tasniflanadi?
5. Parodontitga qanday klinik belgilar xos?
6. Parodontit qanday davo rejasiga ega?
7. Parodontozda bemor nimalardan shikoyat qiladi?
8. Tish qimirlashining nechta darajasi bor?
9. Parodont to‘qimasining neoplastik yallig‘lanishi qanday namoyon bo‘ladi?
10. Alveolar suyak to‘qimasining necha xil darajadagi yemirilishi farqlanadi?

90
Yüklə 8,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin