KARIYES PROFILAKTIKASI
Hozirgi davrgacha kariyes kasalligining kelib chiqish sabablari oxi-
rigacha aniqlanmagan. Kariyesni keltirib chiqaruvchi uchta omil o‘rin
tutadi:
1. Tish karashlari mikroorganizmlari;
2. Shirinliklar;
3. Ftor taqchilligi.
Shu uchta omilga ta’sir ko‘rsatish kariyes intensivligini kamayi-
shiga olib keladi. Kariyes intensivligini kamaytirish uchun tishni ka-
rash lardan tozalash, kunlik taomnomada shirinlikni kamay tirish, ftor
taqchilligini bartaraf etish zarur bo‘ladi.
64
Tayanch iboralar:
Kariyes – tish qattiq to‘qimalarining yemirilishi natijasida za rar-
langan bo‘shliq – kovak hosil bo‘lishi bilan kechadigan kasallik;
Nokariyesli nuqsonlar – tish qattiq to‘qimalarining kariyes tabiati-
ga ega bo‘lmagan kasalliklari;
Gipoplaziya – tish to‘qimalarining rivojlanmasligi bilan xarak ter-
lanadigan nokariyesli nuqson;
Flyuoroz – organizmga me’yordan ortiq ftor elementining kiri shi
oqibatida yuzaga keladigan nokariyesli nuqson;
Patologik yedirilish – tish to‘qimalari yedirilishining tez kechi-
shi;
Ponasimon nuqson – tishning vestibulyar yuzasining bo‘yin qis-
mi da «V» shaklida nuqson paydo bo‘lishi bilan kechadigan no kariyesli
nuqson;
Tishning chiqishi – tishning alveola katagida bo‘shashib qo lishi;
Tishning sinishi – tish butunligining buzilishi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Kariyes deb nimaga aytiladi?
2. Nokariyesli nuqsonlar deganda nimani tushunasiz?
3. Gipoplaziya qanday klinik ko‘rinishga ega?
4. Flyuorozni kelib chiqish sababini bilasizmi?
5. Patologik yedirilishda bemor nimadan shikoyat qiladi?
6. Ponasimon nuqson qanday shaklga ega bo‘ladi?
7. Kariyesni kelib chiqishida qanday faktorlar o‘rin tutadi?
8. Tish chiqishining qanday turlari kuzatiladi?
9. Tish sinishi qanday davolanadi?
10. Kariyes nechta bosqichda kechadi?
11. Dog‘ shaklidagi kariyes qanday davolanadi?
12. Yuza kariyes qanday klinik ko‘rinishga ega?
13. O‘rta kariyesda bemor nimadan shikoyat qiladi?
14. Chuqur kariyes qanday klinik ko‘rinishga ega?
15. Kariyeslar qanday davolanadi?
16. Kariyesni profilaktika qilish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish kerak?
65
VII BOB
PULPITLAR
Pulpit-pulpa to‘qimasining yallig‘lanishi. Pulpaning yallig‘lani shi
unga ta’sir etgan taassurotlar oqibatida kelib chiqadi. Bu ta’sirlar ning
asosini kariyes bo‘shlig‘idagi mikroorganizmlar, ularning tok sinlari,
dentinning organik yemirilishi oqibatida hosil bo‘lgan taassurotlar,
kimyoviy va termik ta’siri ostida kelib chiqadi. Pulpitni keltirib chiqa-
ruvchi sabablarga quyidagilar kiradi:
– Ko‘pincha karyies kovagidagi infeksiyalar dentin kanallari orqa-
li pulpa bo‘shlig‘iga kiradi va natijada yallig‘lanish hosil bo‘ladi.
– Pulpaning gematogen yallig‘lanishi ham kuzatilgan. Masalan
gripp, osteomiyelit va boshqa kasalliklarda.
– Jarohat tishning ma’lum qismi sinishi oqibatida tish bo‘shlig‘i-
ning ochilib qolishi, kariyes kovagiga ishlov berish va shakl lant-
irish jarayonida tish bo‘shlig‘ining ochilib qolishi, tish ga sun’iy
qoplama
lardan metallokeramika qoplamasini qo‘
yish uchun
charx langanda pulpa kamerasining ochilib qolishi.
– Parodontda jarrohlik davo muolajalarini o‘tkazayotganda.
– Kimyoviy moddalar ta’siri ostida (ayrim plomba ashyolari).
– Harorat ta’siri ostida (kariyes kovagiga ishlov berish va sun’iy
qop lama qo‘yish maqsadida tish to‘qimalari charxlanganda).
Pulpitlar tasnifi:
I. O‘tkir pulpitlar.
a) qisman,
b) umumiy.
II. Surunkali pulpitlar.
a) fibroz,
b) gangrenoz,
d) gipertrofik.
III. Surunkali pulpit huruji.
Pulpitlarning har bir turi o‘ziga xos klinik belgilarga ega. Tashxis
subyektiv va obyektiv belgilarga asoslanib aniqlanadi.
66
O‘TKIR PULPITLAR
O‘tkir o‘choqli pulpit. O‘tkir o‘choqli pulpitda bemor qisqa mud-
datli, xurujsimon termik ta’sir tufayli zo‘rayadigan og‘riqdan shi koyat
qiladi. Og‘riqlar orasidagi oraliq davomli. Tunda og‘riqlar zo‘rayadi.
Og‘riqlar mexanik, ximik va termik ta’sirdan zo‘rayadi.Tash qi ko‘rik
o‘zgarishsiz. Bemor og‘rigan tishni aniq ko‘rsatadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida
ko‘rik o‘tkazilganda chuqur kariyes kovagi borligi, zondlaganda pulpa
bo‘shlig‘i yopiq va kovak tubi og‘riqliligi aniqlana di. Sovuq va issiq
ta’sirdan hosil bo‘lgan og‘riq to‘xtamaydi va og‘riqlar 10–20 daqiqa
davom etadi. Pulpitning elektr sezuvchanligi pasaygan bo‘ladi.
O‘tkir umumiy pulpit. O‘tkir umumiy pulpitda bemor o‘z-o‘zi-
dan hosil bo‘luvchi davomli, xurujsimon og‘riqdan shikoyat qiladi.
Og‘ riqlar orasidagi oraliq qisqargan. Og‘riqlar uchlamchi nerv shox-
lari bo‘ylab uzatiladi va natijada bemor bezovta qilayotgan tishni aniq
ko‘rsatib bera olmaydi. Zondlanganda pulpa bo‘shlig‘i yopiq. Termo-
metriya iliqdan og‘riqli bo‘lib sovuq ta’sirdan og‘riqlarning susayishi
kuzatiladi. Pulpaning elektr sezuvchanligi tishning hamma do‘m-
boqlarida pasaygan bo‘ladi. Perkussiya ayrim hollarda og‘riqli. Tunda
og‘riqlar zo‘rayadi.
SURUNKALI PULPITLAR
Surunkali fibroz pulpit. Kasallik anamnezi aniqlanganda bezov-
ta qilayotgan tish, avval o‘tkir pulpitga xos bo‘lgan og‘riqlar bilan
bezovta qilganligi ma’lum bo‘ladi. Surunkali fibroz pulpitda og‘riqlar
mexanik va termik ta’sirlardan hosil bo‘ladi. Zondlanganda chuqur
kariyes kovagi borligi, kariyes kovagi tish bo‘shlig‘i bilan tutashma-
ganligi va aniq zondlanganda bir nuqtada og‘riqli bo‘ lib, qonaydi.
Termometriya sovuq ta’sirdan og‘riqli bo‘lib hosil bo‘l gan og‘riq, avval
sust bo‘lib borgan sari zo‘rayib boradi. EOD o‘tkazilganda pulpaning
sezuvchanligi 20–40 mkA ga teng. Rentge nologik tekshirish ildiz
uchi da suyak to‘qimasining so‘rilishi kuzatiladi.
67
Surunkali gangrenoz pulpit. Surunkali gangrenoz pulpit o‘tkir
pulpit va uzoq davom etgan surunkali fibroz pulpit oqibatida kelib
chi qadi. Bemor termik ta’sirdan ya’ni issiqdan hosil bo‘lgan og‘ riqdan
shikoyat qiladi. Og‘izdan noxush hid keladi. Zondlan gan da kariyes
bo‘sh lig‘i tish bo‘shlig‘i bilan tutashgan va ayrim hollarda tutashmagan
ham bo‘lishi mumkin. Tish bo‘sh lig‘i zondlanganda og‘riq turli chuqur-
likda hosil bo‘ladi, bu esa gang renoz jarayoni ning qay darajada tar qa-
lganligiga bog‘liq. Zondlanganda og‘riq ning yo‘qligi pulpaning nobud
bo‘lganligi bel gisidir. Pulpaning elektr sezuvchanligi pasaygan va
u 40–90 mkA ga teng. Rentgeno grammada ildiz uchi to‘qimalarida
so‘rilish kuzatiladi.
Surunkali gipertrofik pulpit. Surunkali fibroz pulpit oqibatida
kelib chiqadi. Ba’zida qisqa muddatli og‘riq mexanik ta’sirdan va
ayrim holatlarda issiq ovqatdan paydo bo‘lishi mumkin. Bemorlar
mexa nik ta’sir natijasida tishidan o‘sgan to‘qimaning qonashidan shi-
koyat qiladilar. Tishning toj qismi biroz yemirilgan, kariyes kova gi dan
o‘sib chiqqan granulyatsiyali o‘sma ko‘rinib turadi va zond langanda
qonay
di. Agar zondni chuqurroq kirgizsak og‘riqli reaksiya hosil
bo‘ladi.
Surunkali pulpit huruji. Bemor o‘z-o‘zidan hosil bo‘luvchi huruj-
simon og‘riqdan shikoyat qiladi. Og‘riqlar kuchli bo‘lib uchlamchi
nerv shoxlari bo‘ylab irradiatsiya qilinadi. Ayrim hollarda og‘riqlar
simillovchi bo‘lib tishlaganda zo‘rayadi. Kasallik tarixi aniqlanganda
tish, avval pulpitlarning biror bir turi bilan og‘riganligi ma’lum bo‘la-
di. Zondlanganda tish bo‘shlig‘i ochiq, og‘riqli. Pulpaning elektr se-
zuvchanligi pasaygan. Rentgenogrammada tishning ildiz uchida pe-
rio dontal yoriqning kengayganini va suyak to‘qimasining so‘rilishi
kuzatiladi.
PULPITLARNI DAVOLASH
Pulpitlarni davolash. Pulpit kasalligini davolashdan asosiy maq-
sad tishning anatomik va funksional holatini tiklash. Pulpitlarni davo-
lashning barcha usullarini quydagi ko‘rinishda tizimlashtirish mumkin.
68
DAVOLASH USULLARI
PULPA FAOLIYATINI
PULPANI OLIB TASHLASH
SAQLAB QOLISH
(jarrohlik)
TO‘LIQ
QISMAN
TO‘LIQ
QISMAN
(biologik) (vital amputatsiya)
(eksterpatsiya) (devitalizatsiya)
(vital) (devital)
Biologik usulda davolash. Davolashning bu usuli tish pulpa sining
to‘liq saqlanishini va hayotiy faolligini davom ettirishni ta’minlaydi.
Davolash texnikasi klinik belgilarga qarab o‘ziga xos bo‘lishi mum-
kin. Tish kariyes kovagi charxlanayotgan paytda qo‘qqisdan pulpa
bo‘sh lig‘i ochilib qolgan (travmatik pulpit) taqdirda, kariyes kovagiga
so‘lak tushirmaslikka harakat qilish zarur. Tezlik bilan kovakni biror
iliq antiseptik bilan yuvib, quritib jarohatlangan sohaga tarkibida gid-
ro oksi kalsiysi bo‘lgan pastadan qo‘yiladi. Kariyes kovagi suvli dentin
bilan vaq tinchalik berkitiladi. Jarohatlangan tish 5–7 kun mo baynida
bolani bezovta qilmasa, ikkinchi qat novda vaqtinchalik plom bani doi-
miy plomba bilan (18-rasm) almashtiriladi (chuqur karies davosiga
qaralsin).
O‘tkir pulpitda birinchi murojaat payti-
da tish kariyes kovagi birmuncha kengay-
tirilib ochiladi. Kovak tub sathi dagi yum-
shoq dentin 3–4%li dikain
ning suvdagi
erit
masi bilan yoki anes
tezin kristallari
yor damida 2–3 minut mobaynida og‘riqsiz-
lantiriladi. Shun dan keyin kariyes kovagi
18-rasm. Pulpitlarni biologik usulda davolash:
1 – pulpa; 2 – davolovchi taglik; 3 – dentin; 4 –
ajratuvchi taglik; 5 – plomba.
69
tub sathi va devorlaridan jarohatlan gan dentin to‘qi masi qavatma qavat
ko‘chiriladi. Tish koronka bo‘sh lig‘i kichik shar simon bor yordamida
ehti yotkorlik bilan ochi ladi. Bu hol umumiy o‘tkir diffuz pulpitda yal-
lig‘ langan pulpa kova gida yig‘ilgan ekssudatning oqib chiqishini va bir
qadar pulpa to‘qimasida (qo‘yilgan davolovchi plomba ta’sirida) tikla-
nish jara yonlarini ta’minlaydi. Qisman (chega ralangan) o‘tkir pul pit da
koronka bo‘sh lig‘ini ataylab ochish shart emas. Yallig‘lanish nati jasi-
da hosil bo‘lgan pulpa bo‘shlig‘idagi eks sudat shakllanmagan bo‘lib,
anchagina keng ildiz kanallari orqali sizib oqib, pastga tushishi mum-
kin. Yupqa dentin qavati dentin yo‘llari orqali kovakka qo‘yil gan dori
diffuz yo‘li bilan yallig‘langan pulpaga bemalol o‘tib, ta’sir ko‘rsatadi.
Vital amputatsiya usuli. Bu usul pulpaning faqat toj qismini olib
tashlash va ildiz qismidagi pulpani saqlab qolishga asoslangan. Ushbu
usulda davolash uchun ko‘rsatmalar:
1. Shakllanmagan ildizli sut va doimiy tishlarda (asosan oldingi
guruh) kechadigan surunkali fibroz pulpitda;
2. O‘tkir mexanik jarohat natijasida koronka qismi sinib, pulpa
ochilib qolgan hollarda (jarohatdan keyin 48 soat mobaynida).
Davolash quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Og‘riqsizlantirish;
2. Borlarni tez-tez almashtirib, kariyes kovagidagi nekrozga uch-
ragan to‘qimalarni qatlamma-qatlam olib tashlash;
3. Kariyes kovagini antiseptik eritmalar bilan yuvib quritish;
4. Sterillangan bor yordamida pulpa bo‘shlig‘ini ochish va toj qis-
midagi pulpani amputatsiya qilish;
5. Qonni to‘xtatish;
6. Pulpa bo‘shlig‘ining tub qatlamiga tarkibida gidrooksi kalsiysi
bo‘lgan pasta qo‘yib steril paxta ustidan 5–7 kunga suvli dentin bilan
berkitish;
7. 5–7 kun ichida bezovta qilmasa, doimiy plombaga almash tirish.
Vital eksternatsiya usuli. Vital eksternatsiya usuli bilan davolan-
ganda bemor bir marta keladi va pulpani nekroz qiluvchi vosita lardan
foydalanmaydi. Vital eksternatsiya usuli quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Og‘riqsizlantirish. Buning uchun o‘tkazuvchi va infiltratsiya
usul laridan foydalaniladi;
70
2. Kariyes kovagini charxlash, tish bo‘shlig‘ini ochish;
3. Toj qismidagi va ildiz qismidagi pulpani olib tashlash;
4. Ildiz kanaliga mexanik va dorili ishlov berish;
5. Ildiz kanalini plombalash;
6. Doimiy plomba qo‘yish.
Hozirda pulpitlarni davolashda vital eksternatsiya usulidan keng
foydalaniladi.
Divital eksternatsiya usuli. Divital eksternatsiya usulida davo lash
uchun bemor ikki marta keladi va pulpani nekroz qiluvchi vositalardan
foydalaniladi. Ko‘rsatma: o‘tkir umumiy pulpit, surun ka li pulpitlar, su-
run kali pulpit huruji. Qarshi ko‘rsatmalar: ildizi shakllanmagan tishlar,
ildizi so‘rilgan sut tishlar, ildiz kanali yomon o‘tuvchi premolyar va
molyar tishlar.
Pulpani to‘liq olib tashlash nekroz qiluvchi pastalar (mishyakli pas-
ta) qo‘yilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Divital eksternatsiya usuli
quyidagi bosqichlardan iborat:
Birinchi qatnov
1. Og‘riqsizlantirish;
2. Kichik o‘lchamli sharsimon yoki teskari konus shaklli bor yor-
damida tish bo‘shlig‘ini bir nuqtada ochish;
3. Tish bo‘shlig‘ining ochilgan, qonayotgan nuqtasiga mishyak
pastasi, og‘riqsizlantiruvchi suyuqlikka xo‘llangan paxta tamponi bilan
qo‘yish. So‘ng suvli dentin bilan berkitish. Nekroz qiluvchi pasta bir
ildizli tishlarda 24 soatga, ko‘pildizli tishlarda 48 soatga qoldiriladi.
Surunkali gipertrofik pulpitda nekroz qiluvchi pastani 1,5–2 marta
oshirish lozim bo‘ladi.
Ikkinchi qatnov
1. Vaqtinchalik plombani olib tashlash;
2. Kariyes kovagini charxlash tish bo‘shlig‘ini ochish;
3. Nekroz bo‘lgan pulpani olib tashlash;
4. Ildiz kanalida mexanik va dori-darmon bilan ishlov berish;
5. Ildiz kanalini plombalash;
6. Ildiz kanalini to‘liq plombalanganligini rentgenogramma yorda-
mida tekshirish;
7. Doimiy plomba qo‘yib tishning anatomik shaklini tiklash.
71
Hozirgi vaqtda ushbu usul kam qo‘llaniladi.
Divital amputatsiya usuli. Divital amputatsiya usuli o‘tkir umu-
miy pulpit, surunkali pulpitlarni davolashda qo‘llaniladi. Bu usul quyi-
dagi bosqichlardan iborat.
1. Og‘riqsizlantirish;
2. Kariyes kovagini charxlash, tish bo‘shlig‘ini ochish;
3. Toj qismidagi pulpani olib tashlash;
4. Ildiz qismidagi pulpani mumlash. Buning uchun rezorsin forma-
lin eritmasini ildiz kanallariga yuborish va plombalash.
Pulpitlarni davolashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aso-
ratlar.
1. Biologik usul bilan davolashda ko‘rsatmani to‘g‘ri aniqla maslik;
2. Tashxisni noto‘g‘ri aniqlanishi;
3. Ildiz yoki bifurkatsiya sohasi perforatsiyasi;
4. Ildiz kanalida endodontik asbobning sinishi;
5. Ildiz kanali uchun plombani noto‘g‘ri tanlanishi;
6. Ildiz kanalini to‘liq plombalanmasligi;
7. Ildiz kanalini plombalashda plomba ashyosini ildiz uchi teshi-
gidan chiqarib yuborish;
8. Davolashning divitalizatsiya usuli qo‘llanilganda vaqtinchalik
plombani noto‘g‘ri qo‘yilishi sababli tishda og‘riq paydo bo‘lishi;
9. Arsenat kislotasining ortiqcha miqdorda qo‘yilganligi yoki ko‘r-
sa tilgan muddatdan uzoqroq vaqt mobaynida tish kovagida qolishi
oqibatida periodontning yallig‘lanishi.
Tayanch iboralar:
Pulpit – pulpa to‘qimasining yallig‘lanishi;
Vital amputatsiya usuli – pulpaning faqat toj qismini olib tashlash
va ildiz qismidagi pulpani saqlab qolishga asoslangan davolash usuli;
Vital eksternatsiya usuli – bemorning birinchi qatnovida pulpani
nekroz qiluvchi vositalardan foydalanilmasdan to‘liqligicha olishga
asoslangan davolash usuli;
Divital eksternatsiya usuli – pulpani nekroz qiluvchi vositalar dan
foydalanilgan holda, ikki qatnovda davolashga asoslangan usul;
Arsenat kislotasi – nekroz qiluvchi vosita.
Ekssudat – suyuqlik.
72
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Pulpit deb nimaga aytiladi?
2. Pulpitning qanday turlari mavjud?
3. O‘tkir pulpitlarda bemor nimalardan shikoyat qiladi?
4. Surunkali fibroz pulpit chuqur kariyesdan qanday farq qiladi?
5. Surunkali gipertrofik pulpit qanday klinik ko‘rinishga ega?
6. Surunkali pulpitda tashxis qanday aniqlanadi?
7. Pulpitlarni davolashning qanday usullarini bilasiz?
8. Pulpitlarni davolashda qanday asoratlar vujudga kelishi mumkin?
73
VIII BOB
PERIODONTITLAR
Periodont tish katagi devori bilan ildiz yuzasi oralig‘ida joylashgan
biriktiruvchi to‘qima. Periodont jag‘ suyaklari bilan, tishning apikal
teshigi orqali pulpa bilan, alveola katagi qirrasida milk va suyak usti
pardasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashadi. Periodont to‘qimasining
yalig‘lanishini periodontit deyiladi.
PERIODONTITLAR TASNIFI
Periodontitlarni kelib chiqishiga ko‘ra infeksiyali, jarohatli va
kimyoviy turlarga bo‘linadi.
Infeksiyali periodontitni kelib chiqishida streptokokk mikrob lari
asosiy o‘rin tutadi. Mikroblar va chirigan pulpa toksinlari ildiz kanali
yoki milk cho‘ntagi orqali periodontal yoriqqa kelib tushadi. Kamdan-
kam hollarda infeksiya qon va limfa orqali kirib kelishi mumkin
(gripp, tif va boshqalar).
Shikastlanish jarayonida hosil bo‘lgan periodontit tishga bir
zum li shikast (zarb) va bir necha bor ta’sir etuvchi mikro shikastlar
(pri kusni ko‘taruvchi plomba, qoplama), zararli odatlar (qalamni tish
qatorida ushlash, tishlarda mix ushlash) kabi ta’sirlar natijasida paydo
bo‘ladi.
Kimyoviy ta’sirdan kelib chiquvchi periodontit arsenat pasta, for-
malin, fenollar ta’sirida kelib chiqadi. Kasallikning klinik kechi shiga
ko‘ra o‘tkir va surunkali periodontitlar bir biridan farqlanadi.
Yallig‘lanishning joylashishiga ko‘ra ildiz uchi – apikal va ildiz
chetlarga bo‘linadi.
O‘tkir periodontitlar ekssudatiga ko‘ra o‘tkir seroz va o‘tkir yiring -
liliga bo‘linadi. Surunkali ildiz uchi periodontitlari periodont to‘qi-
masini zararlanish xarakteri va darajasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘-
linadi:
1. Surunkali fibroz;
74
2. Surunkali granulatsiyalovchi periodontit;
3. Surunkali granulematoz periodontit.
Surunkali periodontitlar noxush tashqi muhit ta’sirida o‘tkirla shishi
kuzatiladi. Shunga asoslangan holda surunkali periodontit huruji ham
farqlanadi.
O‘TKIR PERIODONTITLAR
O‘tkir ildiz uchi periodontit. Bemor keskin, doimiy chegaralan-
gan og‘riqdan shikoyat qiladi. Og‘riqlarning kuchi qizarish daraja-
si ga, shishning hajmiga va ekssudatga bog‘liq. Kasallikning boshla-
nishida og‘riqlar sust, simillovchi bo‘lib, sababchi tish atro fida bo‘ la-
di. So‘ng og‘riqlar kuchli, irradiatsiyalovchiga ayla nadi. Ko‘pchi lik
av torlarning fikriga ko‘ra bunday og‘riq ekssudatning yiringli forma-
siga o‘tganligidan dalolat beradi. Ildiz uchidagi o‘tkir zaharlanish
2–3 kundan ikki haftagacha davom etadi. O‘tkir perio dontitni shartli
ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin.
Birinchi bosqich. Pulpitni o‘z vaqtida yoki xato davolash oqibatida
kelib chiqadi. Bu bosqich uchun davomli, simillovchi og‘riqlar xarak-
terli. Ayrim hollarda sababchi tishni tishlab bosilganda ham og‘riqlar
paydo bo‘ladi. Sababchi tish atrofidagi milkning holati o‘zgarmaydi.
Vertikal perkussiyada periodontning sezuvchanligi aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda ekssudatlanish jarayoni ortib
bora di. Og‘riqlar doimiy bo‘lib sekin-asta kuchayib boradi. Kasallan-
gan tishni tishlab bosilganda og‘riqlar zo‘rayadi, hatto tilning tegib ke-
b bosilganda og‘riqlar zo‘rayadi, hatto tilning tegib ke-
bosilganda og‘riqlar zo‘rayadi, hatto tilning tegib ke-
tishi ham og‘riqlarni kuchaytiradi. Perkussiya keskin og‘riqli bo‘ladi.
Tish qimirlab qoladi va xuddi o‘sib qolganga o‘xshaydi. Tish atrofidagi
milk qizaradi, shishadi, palpatsiyada tishning ildiz uchi sohasi og‘riqli
bo‘ladi. Pulpa nekrozga uchragani uchun tish termik ta’sirlardan, elektr
taassurotlardan ta’sirlanmaydi.
Ayrim hollarda jag‘ atrofi to‘qimalarida shish kuzatiladi. Infiltrat
yoki abssess hisobiga o‘tuv burma yassilashadi. Bu holda perkussiya
kuchsiz og‘riqli bo‘lib palpatsiya keskin og‘riqga aylanadi. Pal patsiyada
flyuktuatsiya aniqlanishi mumkin. Yiringli ekssudatning yorib chiqishi
natijasida milk va yuz shishlari kichrayadi, og‘riqlar esa susayadi.
75
SURUNKALI PERIODONTITLAR
Surunkali periodontitlarning klinik belgilari o‘tkir periodontit larga
nisbatan birmuncha oz ifodalangan. Shuning uchun solishtir ma tash-
hisni rentgenogrammasiz o‘tkazish o‘ta mushkul.
Surunkali fibroz periodontit. Surunkali fibroz periodontit kli-
nik belgilarsiz kechadi. Bemor og‘riqlarni sezmaydi. Faqatgina ka-
riyes kovagi borligiga, unga ovqat qoldiqlari kirib qolishi va og‘iz dan
noxush hid kelishidan shikoyat qiladi. Surunkali fibroz perio dontit,
avval, davolangan pulput, travmatik artikulyatsiya oqi ba tida kelib chi-
qi shi mumkin. Tish qimirlamaydi, perkussiya, palpatsiya og‘riqsiz,
tish atrofidagi milk o‘zgarishsiz. Zondlanganda tish bo‘sh lig‘i ochiq,
og‘riqsiz bo‘ladi. Surunkali fibroz periodontitga tashxis rentgeno-
gramma asosida o‘tkaziladi. Rentgenogrammada ildiz uchi dagi perio-
dontal yoriqning deformatsiyasi, kengayganligi aniq lanadi (19-rasm).
Suyak to‘qimasining rezorbsiyasi kuzatilmaydi.
Surunkali granulatsiyalovchi periodontit. Periodontitning bu
turida bemor sababchi tish atrofida yoqimsiz sezgi, qichishish, tish-
ga bosganda kuchsiz og‘riqni sezishi mumkin. Og‘riqli sezgi
lar
doimiy emas. Kasal tish atrofidagi milk qizarib, shishadi va yiring li
ekssudatli oqma hosil bo‘lib granulyatsiyalar paydo bo‘ladi. Tish ning
19-rasm. Surunkali fibroz
periodontit.
20-rasm. Surunkali
granulatsiyalovchi periodontit.
76
toj qismi rangi o‘zgargan, tukillatib ko‘rilganda og‘riq siz yoki kuchsiz
og‘riqli bo‘ladi. Zondlanganda tish bo‘sh li g‘i ochiq, og‘riqli. Tish atrofi
to‘qimalar palpatsiyasi og‘riqli. Iyak osti va jag‘ osti limfa tugunlarini
shishishi ham kuzati lishi mum kin. Qol gan su run kali periodontitlarga
nisbatan granulatsiyalanuvchi perio dontitning o‘tkirlashuvi sodir bo‘ lib
turadi. Rentgeno gramma da ildiz uchida suyak to‘qimasining note kis
so‘rilishi kuzatiladi (20 -rasm).
Dostları ilə paylaş: |