N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə10/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Ikkinchi davr (5060 yillarning o‘rtalari) o‘qitish jarayoniga texnologik yondashuvning tatbiq etilishi bilan xarakterlanadi. Bu yondashuvning nazariy asosi dasturli o‘qitish g‘oyasi hisoblanadi. Uning texnologik asosini o‘quv maqsadlari uchun maxsus mo‘ljallangan audiovizual vositalar (teskari bog‘lanish vositalari, elektron sinflar, lingafon xonalari, trenajyorlar) tashkil etadi. Bu davrda ta’lim texnologiyasi deyilganda muqarrar ravishda oldindan rejalashtirilgan natijaga olib keluvchi pedagogik jarayonning ilmiy tavsifi (vosita va metodlari majmui) tushunila boshlandi. Bu davrda pedagogik texnologiyaning kasbiy kategoriya sifatida e’tirof etilishi, dasturli o‘qitish g‘oyasi (1954 yil) asoslab berildi (muallif B.F.Skinner) va bu hol pedagogik texnologiyadagi ustuvorliklarning o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.
Uchinchi davr pedagogik texnologiyaning pedagogikadagi nazariy bilimlar tarmog‘i sifatida e’tirof etilishi. 70 yillar pedagogik texnologiya bazasi asosining kengayishi bilan xarakterlanadi.
Pedagogik texnologiyaning asosini yaratishda informatika, telekommunikasiya nazariyasi, pedagogika, tizimli tahlil fanlarining yutuqlariga tayanildi. Pedagogik texnologiyaning metodologik asosi o‘zgardi. Og‘zaki o‘qitishdan audiovizual o‘qitishga o‘tildi. Ayniqsa, 1976 yili birinchi shaxsiy kompyuter «APPLE» (olma) yaratilishi (mualliflar: Stiv Jobs va Stiv Uoznik) ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlarga olib keldi.
Hozirgi vaktda pedagogik texnologiyani e’tirof etishning to‘rtinchi davri davom etmoqda. Bugungi kunda pedagogik texnologiya fanlararo bog‘lanishni amalga oshiruvchi jarayon sifatida tan olinmoqda.
1998 yili YUNESKO tashkilotchiligida «XXI asrda oliy ta’lim – yondashuvlar va amaliy tadbirlar» mavzusida o‘tkazilgan jahon anjumani Deklarasiyasi yangi asrda oliy ta’limga bo‘lgan talab misli ko‘rilmagan darajada o‘sib borishi, ya’ni yosh avlodning yangi bilim, g‘oya va ko‘nikmalarni egallashi, ijtimoiymadaniy va iqtisodiy taraqqiyotda uning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini kengroq anglashga intilish kuchayishini ta’kidladi.
Pedagogik texnologiya mohiyati jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi. Chunki har bir texnologiya o‘z xususiy sohasi, metodlari va vositalariga ega. Ma’lum «material» bilan ish ko‘radi. Biroq, pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog‘liq. Bilim olish, ta’lim berish sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik, axborot va boshqa texnologiyalardan ajralib turadi. Uning eng asosiy o‘ziga xos tomoni, uning «materiali» inson.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin