N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə18/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Ikkinchidan, talabalarning darsni o‘zlashtirish, bilimni qabul qilish qobiliyatlari har xil bo‘lib, turli uslublarni qo‘llashgina o‘tilayotgan mavzuni talabalar tomonidan nisbatan to‘liq o‘zlashtirishga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bilimni o‘zlashtirish jarayonida mavzuni tezroq anglashga bir xil talabalarga bir uslub yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi.
Uchinchidan, dars o‘tish metodlari talabalarni fikrlash doirasini shakllantirishga yordam beradi.
Shuning uchun ham, barcha pedagoglar talabalarga bilim berishning eng samarali yo‘li, dars o‘tishga turli metodlarni qo‘llash zarur degan fikr tarafdori bo‘lib, aynan qaysi metod qaysi kategoriyadagi talabalar uchun qo‘llanilishi ma’qulligi bo‘yicha esa yagona qolip yo‘q, Jahon pedagogikasi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tahliliy fikr yuritadigan talabalardangina muvaffaqiyat bilan ishlovchi biznesmenlar, siyosiy liderlar (sardorlar), fan arboblari yetishib chiqadi.
Tahliliy fikrlash mustaqil fikrlashdir. Har bir kishining fikr yuritishi individual xarakterga ega bo‘lib, boshqalarnikidan ajralib turadi. Axborot esa tahliliy fikrlashning boshlang‘ich nuqtasidir.
G’arb olimlari tomonidan chop etilgan uslubiy adabiyotlarda bilim berish uslubiga ta’sir etuvchi parametrlarga:
a) har bir talabanig individual xususiyatlari; b) axborotni qayta tiklash qobiliyati;
v) talabalarni birbiriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi, hamkorlik qilish xislatlarini kiritishadi.

  1. Har bir kishining – individual, o‘ziga xos xususiyatlari inson tomonidan axborot qabul qilishda ham ifodalanadi. U boshqa omillar bilan birga uning shaxsiy xususiyatlariga ham chambarchas bog‘liq.

Psixologlar odamlarni introvert va ekstravert guruhlarga bo‘lishadi:
Introvert tipidagi talabalar ko‘proq individual qatnashish ustun dars o‘tish uslublarini yoqtirishadi. Masalan, ma’ruza eshitish, kitob o‘qish, adabiyotlarni konspekt qilish, nazorat ishi, referat, doklad yozish kabilar.
Ekstravert guruhidagi talabalar o‘qitishning faol turlarini, boshqalar bilan hamkorlikda bajariladigan uslublarni yoqtirishadi. Masalan, kichik guruhlarda ishlash, modellashtirilgan o‘yinlar o‘tkazishda qatnashish kabilar.

  1. Insonda olgan axborotni qayta ishlash qobiliyati ham turlicha. Talabalar bilim olish, olgan axborotlarini yodda saqlash, tushunish va qo‘llashda ham birbiridan farq qiladilar. Ba’zi talabalar uchun verbal (so‘zda ifodalangan) axborot, masalan, ma’ruza eshitish yoki radio orqali tinglash yetarli. Boshqalari uchun esa vizual (ko‘rish) axboroti muhim. Ular ko‘rgazmali qurollar: jadval, sxema, grafik. diagramma kabilar orqali mavzuning mazmuniga tez tushunishadi. Uchinchi guruh talabalar uchun kinestetik (o‘zi qatnashuvchi) axborot foydali. Ular o‘qitishning aktiv uslublari, modellashtirilgan o‘yinlarda rol o‘ynash orqali axborotni yaxshi o‘zlashtiradilar.

  2. Talabalar ko‘p narsalarni bir birlaridan o‘rganishadi. Shuning uchun talabalarni bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, hamkorlik qilishga asoslangan dars o‘tish metodlari muhim ahamiyatga ega. Masalan, ba’zilar mustaqil, birinchi bo‘lishga intilishi bilan ajralib turadi. Ular alohida o‘qishni ma’qul ko‘radi. Ularga debat, munozara olib borish, konkurslarga qatnashish yoqadi. Boshqalar yolg‘izlikdan ko‘ra hamkorlikda o‘qishga moyil. Ular uchun kooperasiyalashgan o‘qitish uslublarini qo‘llagan ma’qul. Ba’zi talabalar aniq faktlar, ma’lumotlarni tezroq qabul qiladi. Boshqalari nazariy matematik modellarni yoqtiradi. Ba’zi talabalar ko‘rgazmali rasmlar, diagrammalar orqali, boshqalari munozara qilganda, uchinchilari esa amaliyotda o‘zi bajarishda qatnashsa yaxshiroq, puxtaroq o‘rganadi.

Umuman olganda, ta’lim-tarbiyaning metodlari qotib qolgan emas. Vaqt o‘tishi bilan ular o‘zgaradi. Talabalarni bilim olishi va olgan axborotini qayta ishlashi uchun turli-tuman metodlarni o‘ylab topib, qo‘llash mumkin. Ayniqsa, hozirgi paytda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun juda ko‘p sohalarga bilishning turli usullarini qo‘llash va bilim berishda moslashuvchanlik, rangbarang pedagogik metodlar qo‘llash talab etiladi.
O‘qituvchilarni dars jarayonida turli uslublarni, o‘quv topshiriqlarini qo‘llab, talabalarda bilim olishga ishtiyoq uyg‘otishlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Talabalarning qobiliyatini, ularni individualligini hisobga olgan holda turli metodlarni qo‘llash, albatta, o‘zlashtirish natijasini ko‘taradi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi-talabalarni barkamol, chuqur bilim egasi, mustaqil fikrlaydigan inson bo‘lib shakllanishi faqat individual xususiyatlariga bog‘liq emas. Ta’sir ko‘rsatadigan yana bir muhim omil, ta’lim berish jarayonini tashkil etishdir.
Ta’lim berish jarayonini tashkil etishda esa o‘qitish shakllari va metodlari asosiy rol o‘ynaydi. Ayniqsa, ta’lim metodlarini tanlash katta ahamiyatga ega. O‘quv metodlarini tanlashda esa uning samaradorligini e’tiborga olish zarur.
Pedagog olimlarning tadqiqotlari bo‘yicha o‘qitish jarayonida berilgan axborotni eslab qolish qo‘llanilgan metodlarga ko‘ra quyidagicha ko‘rinishda aks etar ekan (80bet).
Biz ma’ruza, doklad eshitar ekanmiz uning 5 foizini, o‘qigan materiallarimizni 10 foizi, video, rasm, ko‘rgazmalarni ko‘rganimizni 20 foizini, tajribani namoyish qilinganida ko‘rgan va eshitganlarimizni 30 foizini, munozaraga kirishsak, birga muhokama qilganimizni 40 foizini, mashq yechar ekanmiz, o‘qigan, yozgan, gapirganlarimizning 50 foizini eslab qolar ekanmiz. Ishbilarmon o‘yin, loyiha metodi, mustaqil o‘qiganlarimiz, tahlil qilganlarimizni muhokama qilish samarali metod ekan. Buning natijasida talabalar ongida ma’lumotning 75 foizi saqlanib qolar ekan. Lekin, o‘quvamaliy mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning birbirlariga o‘rgatishlari undan ham samaraliroq hisoblanadi, bunda 90 foiz ma’lumot o‘zlashtiriladi.
Insonning esda saqlash xotirasi – biokompyuterdir. Odatda, olingan axborotning juda ko‘pi qisqa muddat yodimizda saqlanadi.


  1. Yüklə 398,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin