N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə20/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

An’anaviy dars o‘tishda darsning asosiy maqsadi ko‘proq tushuntirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchi bilim beruvchi, o‘quvchitalaba bilim oluvchi rolini bajaradi. Ularni o‘rganilayotgan mavzuni qay darajada o‘zlashtirganlarini nazorat qilish jarayonida bildirgan fikrlariga qarab aniqlanadi.
Pedagoglar, pedagogolimlar dars jarayonida o‘quvchi, talabalar o‘rtasida hamda ular bilan o‘qituvchi orasida yuqori darajada hamkorlik o‘rnatilsa, uni interaktiv hisoblashadi.
Odatda bunday hamkorlik u yoki bu muammoni yechish yo‘llarini fikrlashib topishda, qabul qilingan qarorni qay darajada qo‘llasa bo‘lishini muhokama qilishda o‘rnatiladi. Shunga alohida e’tibor berish kerakki, muhokama jarayoni uni javoblaridan ham muhimroq. Ta’lim interaktiv metodlarining maqsadi bilim berish emas, balki o‘quvchi, talabalarda mustaqil ravishda o‘qish, izlanish, savollarga javob topish, qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishdir.
Dars o‘tishning talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv metodlari ayrim adabiyotlarda noan’anaviy dars o‘tish metodlari deb ham ta’riflanadi. Bu metodlardan avvallari ham foydalanilgan, lekin kamroq e’tibor berilgan. Hozirgi paytda butun dunyoda faol interaktiv metodlarni qo‘llashni dars o‘tishning samarali metodi sifatida tan olinib, keng qo‘llanilmoqda.
Interaktiv metodika o‘zaro hamkorlikning nihoyatda ko‘p usul va turlarini qamrab oladi. Lekin metodik usul qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘quvchi talabalarning tajribalari asosiy ta’lim manbai hisoblanadi. Hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan metodlarning asosiy xususiyati shundaki, unda o‘quvchi, talaba o‘zi uchun nimanidir kashf qiladi.
Interaktiv metodlar «o‘qishga va uqishga» o‘rgatadi. U o‘quvchi-talabalarning nihoyatda katta intellektual potensialidan foydalanish imkonini beradi, ularni o‘quv jarayonida faol qatnashishlarini ta’minlaydi. O‘quv jarayonida nafaqat hamkorlik, balki musobaqa, bellashuv elementlarini ham qo‘llash imkonini beradi.
Interaktiv metodlar talabalarni o‘z fikrini ifodalashi uchun keng imkoniyat yaratib beribgina qolmay, o‘rtoqlarining fikri, asoslari, dalillarini tinglab, o‘z fikridan qaytishi yoki fikrini tamomila o‘zgartirishi mumkin. Interaktiv metodlar boshqalarning fikriga hurmat bilan qarashga, uni sabrtoqat bilan eshitishga ham o‘rgatadi. Auditoriyada hamkorlik muhitini yaratishning real imkoniyatini yaratadi.
O‘qituvchi yaxshi dars berishning tayyor reseptiga emas, balki interaktiv metodlarga asoslangan ta’lim texnologiyasiga ega bo‘lishi kerak. U ijodiy hamkorlikda ishlashga va mas’uliyatli qarorlar qabul qilish uchun tayyor turishga o‘rgatadi.
Ta’limning interaktiv metodlari pedagoglarda:

    • darsda o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otishni ta’minlaydi;

    • o‘quv materialini puxta o‘zlashtirish imkonini beradi;

    • o‘quvchi, talabaning tahliliy fikrlashini rivojlantiradi;

    • barcha o‘quvchi, talabalarni o‘quv jarayoniga tortish, faolligini oshirish uchun sharoit yaratadi;

    • guruhda ko‘ngildagidek ijobiy psixologik iqlim, muhit yaratadi. Dars o‘tish metodlari turlicha bo‘lib, ulardan ayrimlari quyidagilar:


Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin