N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə23/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Dars o‘tish qiyin bo‘lgan guruh talabalarning bilim darajasi birbiridan keskin farq qiladigan guruhdir. Shuning uchun bunday guruhlarda bilimdonlar boshqalarga yordam berishiga erishishga, fanni o‘zlashtirishga ko‘maklashadigan metodlarni ko‘proq tanlashga to‘g‘ri keladi.
O‘qituvchi dars metodini tanlar ekan talabalarning faolligi, qiziqishini ham hisobga olishi zarur. Talabalarning qiziqishi past guruhlarda ularning faolligini oshiruvchi, fanni o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi metodlarni qo‘llash zarur. Bunda modellashtiruvchi o‘yin turli qiziqarli mashqlar, konkurslar o‘tkazish, talabalarga individual topshiriqlar berish, aytaylik, biron iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zgarishidan qanday xulosa chiqishi borasidagi fikrlashlar bilan kechadi.
Talabalarning faolligi yuqori guruhlarda ularni o‘z ustida mustaqil ishlashlarini ta’minlovchi, erishgan darajada qotib qolmay, yanada ko‘proq bilishga undovchi metodlarni qo‘llash muhim.
Dars o‘tish metodini tanlashda ta’lim berish muddatini ham hisobga olish zarur. Ma’lumki, vaqt inson uchun eng cheklangan resurs. Shuning uchun talabalarni doimo vaqtdan unumli foydalanishga o‘rgatish zarur. Fanni o‘rganishga umumiy qancha vaqt berilgani, shulardan mavzularga qancha vaqt ajratilganiga qarab, dars o‘tish zarur.
Shubhasiz, dars o‘tish metodlarini tanlashda moddiytexnik baza, o‘qitishning tashkiliy shart sharoitlari ham muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun o‘qituvchi har bir mavzuga ajratilgan vaqtdan kelib chiqib, maqsadga erishish uchun o‘rganilishi zarur bo‘lgan asosiy savollarga ko‘proq vaqt ajratishi, shunga muvofiq dars o‘tish metodini tanlash va uni o‘tkazishni rejalashtirishi zarur.
Dars o‘tish metodini tanlashga ta’sir etadigan yana bir omil darsning shakli va tarkibidir. Albatta, nazariy darsda tanlangan metodni amaliy, darsda ham qo‘llash kutilgan natijani bermaydi. O‘qitish metodini tanlashda guruhdagi talabalar soni ham katta rol o‘ynaydi. Kichik guruhlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan metodlar katta guruhlarda kutilgan natijani bermasligi mumkin, yoki umuman qo‘llash qiyin bo‘ladi.
Dars jarayonida qo‘llaniladigan metodni tanlashda o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasida o‘quv jarayonida shakllanadigan munosabatlarda o‘zaro hamkorlikka diqqat qaratilsa, boshqalarida avtoritarlik ustun. Dars o‘tish metodini tanlashda eng muhim omil bu o‘qituvchining darsga tayyorgarligi darajasidir. Chunki qaysi metodni qo‘llash, qanday qilib dars o‘tish, darsning mazmuni talabalar ongiga yetkazish o‘qituvchiga, uning bilimi, salohiyati, kasbiy ko‘nikmasi, mahoratiga bog‘liq.
Yuzaki qaraganda dars o‘tish metodini tanlash murakkab emas. Ularni qanday qo‘llash uchun o‘qituvchida tajriba bor. Ulardan birortasini tanlasa bo‘ldi, deya fikr yuritamiz. Lekin ko‘rib o‘tganimizdek, dars jarayonini tashkil etishga ko‘plab omillar ta’sir qiladi.
Bundan tashqari real jarayonga kutilmagan holatlar, sabablar ta’sir qilishi mumkinki, uni avvaldan ko‘rib, hisobga olib bo‘lmaydi. Dars o‘tishda samarali metodlarni qo‘llash deganda, mavjud turlituman metodlarni orasidan qabul qilingan mezonlar bo‘yicha mavjud sharoitda eng yuqori natijaga erishiladigan metodlarni qo‘llash tushuniladi. Ular har bir fan, mavzu, savol, guruh uchun turlituman bo‘lishi mumkin.
Dars o‘tish metodlarini tanlashda yangi mavzuni, materialni o‘rganilishi, uni mustahkamlash, mavzuni umumlashtirish va dars jarayoni bosqichlari ham katta rol o‘ynaydi.


5.4. Iqtisodiy fanlarni masofadan o‘qitish metodini qo‘llashning obyektiv asoslari, afzalliklari va muammolari

Taraqqiyot tufayli hayotimizga kompyuter, internetning kirib kelishi, o‘qish, o‘rganishning muhim metodi sifatida masofadan o‘qitishni shakllanishiga, rivojlanib borishiga olib keldi. Yoshlarning chuqur bilim, malaka, ko‘nikmaga ega bo‘lishga ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlangan bilim maskanlarining markazda va yirik shaharlarda joylashgani masofadan o‘qitish tadbirlarining vujudga kelishiga turtki berdi.
Hayotda shunday kategoriyadagi kishilar borki, ular o‘z bilimlarini oshirishga. tinmay izlanishga ehtiyoj sezadilar. Lekin uni amalga oshirish uchun an’anaviy ta’lim tizimi xizmatlaridan foydalanishga imkoniyatlari yo‘q. Ular uchun eng qulayi o‘z xizmat vazifalarini bajargan holda malakalarini oshirishdir. Bunday ehtiyojni masofadan o‘qitish yordamida qondirish mumkin.
Masofadan o‘qitishni qulayligi shundaki, undan barcha aholi qatlamlari foydalanishi mumkin. Masofadan (distansion) o‘qitish talabani mustaqil bilim olishga asoslangan ta’lim jarayonini yangicha tashkil etishdir. Ta’lim olish jarayoni, muhiti shu bilan xarakterlanadiki, bilim olayotganlar o‘qituvchidan vaqt va masofa jihatidan ajralgan holda, uzoqda, lekin telekommunikasiya vositalari yordamida dialog olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Masofadan o‘qitish o‘quv materialini xatlar, topshiriqlar yoki audiovizual vositalar orqali mustaqil o‘rganishdir.
Masofadan o‘qitish o‘ziga xos qator afzalliklarga ega bo‘lib, ular quyidagilardir:

  1. Saboq olayotganlar an’anaviy o‘qishga o‘xshab ma’ruza, seminar darslarga muntazam qatnashmaydilar. Ular o‘rganayotgan fanini, kursini o‘zlashtirishi uchun, mutaxassislik bo‘yicha zarur bilimlarni olishga qancha vaqt zarur bo‘lsa, shuncha o‘qiydi.

  2. O‘qish jarayonini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, kasbiy faoliyat bilan birgalikda olib borish mumkin.

  3. Respublikamizning eng chekka hududlarida yashayotganlar ham yurtimiz va chet ellik eng taniqli professoro‘qituvchi olimlardan saboq olish, jahonning mashhur kutubxonalari fondidagi noyob asarlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Undan tashqari o‘qitish har ikki tomon uchun qulay vaqtda, sur’atda, kelishilgan holda olib borilishi mumkin.

  4. Masofadan o‘qitish keng yoyilgan mamlakatlar tajribasi, hisobkitoblari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy ta’lim tizimiga qaraganda bu 10-50 foiz arzonga tushadi.

Xarajatlarni pasaytirishga o‘quv xonalari, texnik vositalardan samarali foydalanish, o‘quv materiallarini konsentrasiyasi va unifikasiyasi orqali erishiladi. Shubhasiz, ana shu afzalliklarni hisobga olgan holda respublikamizda ham keyingi paytlarda masofadan o‘qitishni yo‘lga qo‘yishga katta e’tibor qaratilmoqda. Lekin masofadan o‘qitishni respublikamiz miqyosida joriy etish biz xohlaganimizdek tezda amalga oshirilishi qiyin. Sababi, qator muammolar mavjudki, ularni yechmay turib, qo‘yilgan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Eng avvalo, masofadan o‘qitishni tashkil etish uchun muvofiq ravishda infratuzilmani yaratishni talab qiladi. Zarur miqdorda dasturlar bilan kompyuterlarga ega bo‘lib, ularni umumiy tarmoqqa ulashni tashkil etish kerak. Masofadan o‘qitish yangi informasion texnologiya, kompyuter, audio, videotexnika, telekommunikasiya vositalari tizimini talab qiladi, uni shakllantirib, xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish lozim.
Virtual axborotdan foydalanmoqchi bo‘lganlar uchun kutubxona fondlari kompakt disklar, muvofiq ravishda kataloglar bilan ta’minlash, ularni umumiy tarmoqqa birlashtirish zarur. O‘quv adabiyotlarining elektron variantlarini kompleks tarzda tayyorlanishiga ahamiyat berish zarur. Fanlar, kurslar bo‘yicha ta’lim mazmuni davlat ta’lim standartlari talablariga mos o‘quv komplekslarini yaratish lozim. Bu holda darslikdar, qo‘llanmalar o‘rganilayotgan fan bo‘yicha masala, mashq, testlar, glossariy, o‘z-o‘zini tekshirish uchun savoljavoblar, ko‘rgazmali qurollar hozirlanishi, o‘quv metodik to‘plamlarning elektron variantlari yaratilishiga ahamiyat berish zarur.
Iqtisodiy fanlarni o‘rganish ancha murakkab bo‘lib, o‘rganuvchidan kuchli iroda va sabr-toqat, tinimsiz izlanishni, o‘z ustida ishlashni talab qiladi.
Ma’lumotlar, dalillar o‘zgarishi qanday natijaga olib kelishi, ular asosida to‘g‘ri xulosa chiqarishni bilish iqtisodiy fanlarning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha bilim olayotgan yoshlar uchun, ayniqsa, iqtisodiy fanlarni, avvalo, iqtisodiyot nazariyasini chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyot nazariyasi, boshqa iqtisodiy fanlarni masofadan o‘qitish uchun zarur elektron o‘quv darsliklari, qo‘llanma, uslubiy adabiyotlar tayyorlaganda buni albatta hisobga olish zarur. Lekin hali ana shu talablarga javob beradigan o‘quv, uslubiy adabiyotlar yaratilganicha yo‘q. Ularni yaratish mashaqqatli mehnatni, vaqtni talab qiladi. Bundan tashqari, masofadan o‘qitish o‘qishni xohlaganlardan o‘z ustida tinimsiz ishlash, o‘z vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, ma’lum darajada boshlang‘ich bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab qiladi. Bunga, albatta, katta miqdordagi mablag‘, vaqt, mehnat zarur.
Qo‘yilgan maqsadni qisqa muddatda amalga oshirish uchun esa, talabalarga dastlabki bilim beruvchi, o‘quv adabiyotlari kompleksini tayyorlovchi professoro‘qituvchilardan boshlab, masofadan o‘qitishni tashkil qilishga mas’ul yuqori boshqaruv bo‘g‘inlari vakillarigacha o‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondashishlari talab qilinadi. Bu yerda yana bir narsani unutmaslik kerakki, talaba bilan o‘qituvchi o‘rtasidagi jonli muloqotni o‘z o‘rni bor, uni hech narsa bosa olmaydi. Masofadan o‘qitish texnologiyasi ko‘p miqdordagi talabalarga mo‘ljallangan. Agarda ularning soni kam bo‘lsa, sarfxarajatlarni oshib ketishiga olib keladi.

Tayanch iboralar: maxsus fanlardan dars o‘tish, turli metodlarni qo‘llash zaruriyati, interaktiv metodlarni qo‘llash, dars o‘tish metodlarini tanlash mezonlari, maxsus fanlarni masofadan o‘qitish metodini qo‘llashning ob'ektiv asoslari, afzalliklari va muammolari

Takrorlash va munozara uchun savollar

  1. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda turli metodlarni qo‘llash zarurligining asosiy sabablari nimada deb o‘ylaysiz?

  2. Axborot qanday tarzda qabul qilinsa, uni eslab qolish darajasi eng yuqori bo‘ladi? Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?

  3. O‘quv jarayonini tashkil qilishda qanday qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin?

  4. Turli metodlarni qo‘llab dars o‘tishning ijobiy tomonlari ko‘pligiga qaramay, nima sababdan hali ham turli interaktiv metodlarni qo‘llash talab darajasida emas?

  5. An’anaviy dars o‘tish metodi bilan talabalarni faolligini oshiruvchi

(interaktiv) metodlar qaysi jihatlari bilan farqlanadi?

  1. Dars o‘tishning asosiy metodlarini sanab bering. Ularni qisqacha tafsilotini ayta olasizmi?

  2. Dars o‘tish metodlarini qanday mezonlarga ko‘ra tanlaganimiz ma’qul?

  3. Dars o‘tish metodlarini tanlash osonmi?




Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin