N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə25/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Da’vat bosqichi. Unda o‘qituvchi ma’ruzani boshlar ekan, talabalar diqqatini ma’ruzani eshitishga jalb qiladi. Turli metodlarni qo‘llab, ularni ma’ruzada faol qatnashishga chorlaydi. Dastlab talabalar mazkur mavzu bo‘yicha nimalarni bilishlari aniqlanadi. Ana shu bilimga dars jarayonida yangi bilimlar qo‘shilishi kerak. Shuning uchun talabalarga tezda bajariladigan turli topshiriqlar beriladi. Savol qo‘yib, aqliy hujum metodini qo‘llash orqali talabalar uchun ma’lum, o‘rgangan bilimlarini aniqlashni;

  • qo‘yilgan savolni juftlikda muhokama qilish o‘z fikrlarini aytish;

  • avvalgi ma’ruzada o‘rganilgan tushunchalar mazmunini gapirib berishni taklif qilish orqali amalga oshirish mumkin. Bunga 34 daqiqa vaqt ajratiladi.

  1. Navbatdagi bosqich mazmunni tushunish, anglashdan iborat. Unda 15-20 daqiqa davomida ma’ruza qilinadi. Bu bosqichning asosiy vazifasi talabalarning yangi materialni tushunishlarini ta’minlashdir. Bunda o‘qituvchi talabalarga turli savollar bilan murojat etadi, masalan:

  1. Sizning uchun hozir eshitganlaringizning qay biri yangilik bo‘ldi?

  2. Eshitganlaringiz bo‘yicha sizning fikringiz qanday?

  3. Sizda eng katta taassurot qoldirgan nima? – kabilar.

3. Tafakkur bosqichida olingan bilimlar mustahkamlanadi. O‘rganilayotgan masala bo‘yicha talabalarning o‘z tushunchalari shakllanadi. Ma’ruza eshitgach, ularning bilimlari kengayib, mustaqil fikrlaydilar, o‘z fikrlarini eshitganlari bilan taqqoslaydilar. Bu bosqichda talabalarga fikrlarini tahlil qilishga qaratilgan topshiriqlar beriladi. Ular turlicha bo‘lishi mumkin.
«Bu haqda siz nima deb o‘ylaysiz?» «O‘zingiz bilganlar bilan yangi olgan axborotingiz qay darajada bog‘landi?» yoki «Yangi g‘oyalar bilan sizning qarashlaringiz qanday o‘zgardi?» va hokazo tarzidagi savollar berish yoki test yechish, so‘rov kartasini to‘ldirish, 10 daqiqa esse yozishni mashq qilish va shunga o‘xshash topshiriqlar berish mumkin.
Keyingi savollar yoki qismlar ham xuddi shunday uch bosqichga bo‘linib ma’ruza o‘qiladi yoki muhokama qilinayotgan savol bo‘yicha ma’ruza matni tarqatilib, talabalar insert metodi yordamida matnni o‘qib, tahlil qilib o‘z fikrlarini bildiradilar. Matnni o‘qish bosqichi uyga vazifa qilib topshirilib, dars paytida faqat savolni muhokama qilish mumkin. Bu o‘qituvchi dars jarayonini qanday tashkil etishga qaror qilishiga bog‘liq.

6.4. Seminar darsi va uning o‘quv jarayonida tutgan o‘rni


Ma’ruza bilan birgalikda amaliy mashg‘ulot ham o‘quv jarayonining muhim shakllariga kiradi. U ta’lim, tarbiya berish hamda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash funksiyasini bajaradi. Amaliy mashg‘ulot termini pedagogikaga oid adabiyotlarda tor va keng ma’noda talqin etiladi. Amaliy mashg‘ulot keng ma’noda seminar (uning barcha turlari), mashq, laboratoriya ishini umumiy holda ifodalanishidir. Seminar amaliy mashg‘ulotning shakllaridan biri bo‘lib:

  • ma’ruzada bayon qilingan nazariy qonun-qoidalarni mustahkamlash;

  • fan bo‘yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;

  • talabalarni ilmiy tadqiqot, bilish qobiliyatlarini o‘stirish vazifalarini bajaradi.

Seminar darsi talabalarni bilim olishlari, uni puxta o‘zlashtirishlari va olgan bilimlarini kelgusida real hayotda qo‘llashni o‘rganishlarida alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun ham, seminar darsini qiziqarli, talabalarni faol qatnashishlarini ta’minlaydigan metodlarni qo‘llab, o‘tish muhim ahamiyatga ega.
Ma’ruzada odatda bayon qilish yetakchi rol o‘ynaydi. Talabalar ma’ruza tinglashda passiv rol o‘ynaydilar. Seminar darsida esa talabalar faol bo‘lishadi. Darsda turli metodlarni qo‘llab, ularning faolligini ta’minlash imkoniyati keng.
Ma’ruza darsi monolog tarzida bayon qilinsa, seminar darsi dialog asosida olib boriladi. Odatda, seminar darsida talabalarning bilimi, o‘z ustida ishlash darajasi aniqlanadi, nazorat qilinadi.
Seminar (lot. seminariym – manba, ko‘chma ma’noda maktab ) – o‘quv amaliy mashg‘ulot shakllaridan biri. Asosan oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy to‘garak, anjumanlarda qo‘llaniladi.
Ta’limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bo‘lgan. Keyinchalik G’arbiy Yevropa universitetlarida rivojlantirilgan. Bu universitetlarda seminar talabaning adabiyotlar, manba ustida ishlashi vazifasini o‘tagan. XX asr boshlaridan seminar darslari talabalarning umumiy ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, ularni muayyan fan tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol o‘ynay boshlagan.
Seminarning asosan uch turi bor:

  1. O‘rganilayotgan fan yoki kursni chuqur o‘rganishga yordam beradigan seminar darslari.

  2. Ayrim muammo, asosiy yoki muhim mavzuni o‘rganish uchun o‘tkaziladigan seminarlar.

  3. Tadqiqot xarakteridagi seminarlar.

O‘quv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida o‘rin tutadi. Seminar o‘quv jarayonining talabalar bilimlarini mustahkamlashni ta’minlovchi, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi shaklidir. Seminar mashg‘ulotlarining maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimni real hayotda qo‘llashga o‘rgatishdir.
Buning uchun talaba olgan axborotlarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o‘tkazish, taqqoslash, xulosa chiqarishni bilishi kerak. Seminar darsining oldiga qo‘yilgan bosh maqsadga erishish uchun dars oldiga qo‘yilgan qator vazifalarni amalga oshirish kerak. Bu vazifalar seminar darslari bajaradigan funksiyalarda o‘z ifodasini topadi.
Seminar darsi quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • talabalarga professional ta’lim berish va tarbiyalash;

  • mustaqil ishlash malakasini o‘stirish;

  • mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;

  • nutqini o‘stirish, ilmiy munozaralar olib borishga o‘rgatish;

  • mustaqil fikr yuritish va o‘z fikrini o‘rtoqlashishga o‘rgatish;

  • o‘rtoqlari fikrini tanqidiy baholashga o‘rgatish;

  • talabalar bilimini nazorat qilish va baholash;

  • nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash.

Inson xotirasi – bu bizning biokompyuterdir. Odatda, yangi axborotni qabul qilar ekanmiz, avvalgi axborot qisman xotiradan ko‘tariladi. Axborotlar nihoyatda xilmaxil bo‘lib, inson har kuni o‘z hayotida qabul qiladigan axborotlar miqdori, ularni turlicha qabul qilinishi, xotirada saqlanib qolishi jihatidan birbiridan farq qiladi. Psixologlarning fikricha, olingan axborot, chizmada tasvirlangandek, go‘yoki filtrdan o‘tib, saralanib, ma’lum bir jihatlari bilan ajralib turadiganlari xotirada saqlanar ekan.
Seminar darsini o‘tkazishda qo‘llanadigan uslublar turlituman bo‘lib, u yoki bu uslubni tanlash, o‘rganilayotgan fanning xususiyatiga; o‘tilayotgan mavzuga, seminar darsiga qo‘yilgan maksadga, tanlangan uslubni qo‘llash imkoniyatiga bog‘liq.
Hozirgi paytda iqtisodiy fanlarni o‘rganishda nisbatan keng qo‘llaniladigan uslublardan: ekspress savol–javob, savollar tizimiga asoslangan muhokama, seminar mashg‘uloti rejasi bo‘yicha atroflicha suhbat, modellashtiruvchi o‘yin, doklad va referatlarni muhokama qilish, masala, mashq, test yechish va ularning natijasini muhokama qilish, munozara va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Seminar mavzui ma’ruza mavzusi bilan bir xil bo‘lishi shart emas. Ba’zan mavzudagi ayrim savollar ma’ruzada ko‘rib chiqilsa, ayrimlarini seminarda muhokama qilish mumkin. Hozirgi paytda ma’ruzada ko‘rilgan mavzu albatta, seminarda ham muhokama qilinadi. Lekin ma’lum sharoitda seminar darsi va uning mavzusiga boshqacha yondashish mumkin. Aytaylik, adabiyotlar, axborot manbalari mavjud bo‘lsa, seminarda mustaqil o‘rganilgan mavzuni muhokama qilish mumkin.
Seminar darsini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni sinchkovlik bilan o‘rganish zarur. Adabiyotlarni o‘rganish dars jarayonida talabalarning diqqatini qaratish lozim bo‘lgan masalalarni alohida ajratish, mavzuni qaysi usul asosida o‘rganishni rejalashtirish va darsga tayyorlanish imkonini beradi.
Savollarni murakkablashtirish hamda savollar tizimiga o‘tish orqali mavzu mazmunini chuqur o‘zlashtirish mumkin. Bu esa savolni muhokama qilish jarayonida vujudga kelgan muammoli vaziyatni o‘rganib, uni yechish imkoniyatini beradi. Masalan, iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima? degan savol qo‘yilgan. Bu holda talaba iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh muammosi – resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish muammosi – deb javob berishi mumkin.
Ana shu savolni aytaylik, quyidagicha savollar tizimi asosida ilgari surish mumkin: Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima? Nima sababdan buni bosh muammo deb ataymiz? Sizningcha, iqtisodiyotda yana qanday muammolar bor? tarzida berish mumkin. Ana shu savollar tizimiga javob berish jarayonida talabalar iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish ekanligini, bunga sabab, iqtisodiyotdagi barcha masalalarni qamrab olishi ekanligi oydinlashadi. Ularga misol qilib, tanlash muammosini, har bir uy xo‘jaligi, firma, davlat o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va unga erishish muammosini va hokazolarni ko‘rsatish mumkinki, ularning barchasi resurslarning cheklanganligi bilan bog‘liq.
Mavzuni o‘rganishni chuqurlashtirishga savol shaklini o‘zgartirish, uni murakkablashtirish orqali ham erishish mumkin.
Talabalarning mavzuni, u yoki bu kategoriyani qay darajada tushunganlarini sinash va puxtaroq tushunishlariga yordam berish uchun javoblarni ular bilan birgalikda muhokama qilish asosida mini test o‘tkazish mumkin.
Seminardarsning iqtidorni namoyon etadigan, nutq so‘zlash, boshqalar fikriga tanqidiy qarashni talab etadigan uslublaridan biri – munozaradir. Bunday usul bilan dars o‘tish o‘qituvchidan katta tayyorgarlik ko‘rish, mahoratni talab qiladi. Umuman olganda, seminar darsi turli metodlar asosida olib borilar ekan, u qiziqarli, barcha talabalarni faol qatnashishga, demak, darsga qunt bilan tayyorlanib kelishga undaydi.

6.5. Talabalarga maqsadga yo‘naltirilgan savollar asosida dars o‘tishning tutgan o‘ rni


Dars o‘tishda eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlardan biri darsni talabalar diqqati, fikrini jamlovchi, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga qaratilgan savollar asosida olib borishdir.
Iqticodiy fanlar bo‘yicha seminar darslarida atroflicha suhbat yoki aniq maqsadga yo‘naltirilgan savoljavob asosida dars o‘tish keng qo‘llaniladi.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin