N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Motivasiya – bu biologik jihatdan insonning irsiy va to‘plangan tajribasi



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə22/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Motivasiya – bu biologik jihatdan insonning irsiy va to‘plangan tajribasi asosida individual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan, undaydigan tuyg‘u. Insonni o‘qishga o‘rganishga ham ana shu tuyg‘u undaydi. O‘qituvchi dars o‘tish metodini tanlar ekan, albatta, o‘quvchi, talabalardagi motivasiya darajasiga e’tibor berish kerak.
Dars o‘tish metodini tanlaganda ta’lim qonuniyatlari va prinsiplarini realizasiya qilishni nazardan qochirmaslik kerak (qonuniyat obyektiv amal qiluvchi hodisalarning muhim aloqadorligi, bog‘lanishlari va ularning qonunlari, qonuniy asosda tabiiy ravishda o‘zo‘zidan kelib chiquvchi muqarrar ish, hodisa va boshqa shu kabilar).
Har bir fanni o‘rganishda dars o‘tish metodlari ta’lim qonuniyatlaridan, didaktik prinsiplardan kelib chiqqan holda tanlanadi.
XV-XVI asrlarda mashhur olimlar bilishning asosiy qonuniyatlariga faqat o‘qitishning emas, balki axloqiy tarbiyalashning ham yetakchi asosi sifatida qaraganlar.
Ijtimoiy-pedagogik qonuniyatlar quyidagilarda ifodalanadi:

    • ta’lim jarayoni jamiyat taraqqiyotini aks ettiradi;

    • ta’lim va tarbiya jarayoni hamda o‘quvchi – talabalar tafakkurini rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog‘langan;

    • o‘qitish va o‘rganish jarayonlari yaxlit ta’lim jarayoni, muayyan ta’lim mazmuni bilan birbirini taqozo etadi va ikki tomonlama qonuniy aloqani tashkil etadi;

    • o‘quvchi, talabani biron-bir faoliyatga o‘rgatish uni shu faoliyatga maqsadga muvofiq jalb etish orqali amalga oshiriladi;

    • o‘qitish maqsadi va o‘quv yurti ta’lim mazmuni, o‘qitish metodlari va shakllari o‘rtasidagi qonuniy bog‘liqlik;

    • o‘quv jarayoni o‘quvchi talaba maqsadining o‘qituvchi maqsadiga muvofiq bo‘lishi tufayli amalga oshadi. Bunda o‘qituvchi faoliyati o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan mazmuniga mos bo‘lishi shart;

    • ta’lim mazmunini o‘zlashtirish sur’ati va puxtaligi, o‘qituvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan o‘quv faoliyatiga, o‘quvchi, talabalarni bilishga bo‘lgan qiziqishini ta’minlash;

    • ularning har tomonlama rivojlanishi, kamol topishi uchun o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan o‘quv jarayoniga qay darajada jalb qilinishi;

    • o‘zlashtirilgan o‘quv materiali mazmunining puxtaligini ta’minlaщda mavzuni to‘liq yoki qisman takrorlash.

O‘quv jarayonida talabalar bilim qonuniyatlaridan qanday foydalanishlari didaktik prinsiplarga amal qilish bilan bog‘liqdir.
Albatta, dars o‘tish metodlarini tanlayotganimizda fanni o‘rganishga qo‘yilgan talablar va fanning mazmuniga alohida ahamiyat berish lozim. Bir fanni o‘zlashtirishda yaxshi natija bergan metod boshqa fanga talabalarni chuqur o‘zlashtirishlari uchun yaxshi yordam bermasligi mumkin. Shuning uchun ham dars o‘tish metodlarini tanlaganda, albatta, fanning xususiyatlariga alohida diqqat qaratish lozim.
Fanni o‘rganishda o‘quv materialining murakkabligi va miqdori ham muhim rol o‘ynaydi. Demak, dars o‘tish metodini tanlashda fanning bu jihatlarini ham hisobga olish lozim. Masalan, oliy o‘quv yurtlarida iqtisodiyot nazariyasi, akademik lisey, kasb-hunar kollejlarida iqtisodiyot asoslari fanini o‘rganishda abstrakt tafakkur nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Buxgalteriya hisobi, tahlil, soliq va boshqa shu kabi fanlarda amaliy metodlar fanni o‘rganishga katta yordam beradi. Demak, metodlarni muvofiq ravishda tanlash lozim.
Dars o‘tishda qanday metodni tanlash o‘rganilayotgan fanga, uning xususiyatlariga, o‘rganiladigan mavzularga bog‘liq. Masalan, statistika fanida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash asosiy rol o‘ynasa, buxgalteriya hisobi fanida esa hujjatlashtirishga asosiy diqqat qaratiladi. Bir mavzuning mazmuni munozarada chuqur o‘zlashtirilsa, ikkinchisiniki, masalamashq yechishda ko‘proq tushunarli bo‘ladi.
Dars jaryonini qanday metod asosida tashkil etishda o‘quvchi talabalarning o‘rtacha bilim darajasi ham muhim rol o‘ynaydi.
Guruhda talabalarning bilim darajasi yuqori bo‘lsa, muvofiq ravishda ijodiy izlanishga undaydigan metodlarni qo‘llash zarur. Bu ularni yanada ko‘proq o‘qishga, izlanishga olib keladi. Bilim darajasi past bo‘lsa, ularga fanning mazmunini o‘zlashtirishga yordam beruvchi metodlarni tanlagan ma’qul.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin