N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə21/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

To‘g‘ridanto‘g‘ri bayon qilish uslubi. Bu model (uslub)da yangi tushunchalar, navbatma-navbat, asta-sekinlik bilan, mantiqiy izchillikda berib boriladi. Bu uslub ko‘proq ma’ruza o‘qiganda qo‘llaniladi.
Guruhlarda juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘linib ishlash. Bu uslubda juftlik yoki kichik guruh bilan birgalikda qo‘yilgan u yoki bu masalani, ma’lum belgilangan vaqt ichida o‘zaro fikr almashish, muloqot qilish orqali yechish ko‘zda tutiladi.
Intervyu – bir yoki bir necha kishilardan axborot olish uchun aniq maqsadga qaratilgan so‘rov (savoljavob) o‘tkaziladi.
Darsni aniq yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) savollar asosida olib borish. Bu uslubda mavzu bo‘yicha aniq yo‘naltirilgan savollar bilan mavzu muhokama qilinadi. O‘qituvchi savoljavob, suhbatni boshqarib turadi.
Modellashtiruvchi amaliy o‘yinlar va mashqlar. Bu uslubda talabalar qatnashadi. Modellashtirishda abstrakt uslublardan foydalanib, real voqelikka iloji boricha yaqinlashtiriladi. Bu uslub oson tushunadigan talabalarga qo‘l keladi. Modellashtiruvchi o‘yinda talabalar o‘zlari belgilangan rollarni bajaradilar. O‘z xatti-harakatlari orqali zarur malaka va ko‘nikmalarni egallashadi.
Referat – baholash nuqtai nazaridan neytral pozisiyada turgan holda mavzu bo‘yicha og‘zaki axborot bo‘lib, u aniq obyektiv, struktura, kitob yoki risolaning mazmunini qisqacha bayon qilish yoki biron mavzu, asar bo‘yicha qisqacha doklad tarzida tayyorlanishi mumkin.
Doklad yoki qisqacha doklad mavzu yoki muammoni tartibga solingan holda tanishtirish yoki baholash tarzida bayon qilinadi.
Masala yoki mashq yechish. O‘tilganlarni nazariy jihatdan yodga tushirib, berilgan topshiriqni bajarish. Nazariy bilimni mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishga qaratiladi.
Tadqiqot metodi. Bu metodda biron muammo yoki gipoteza qo‘yilib, guruh birgalikda tadqiqot o‘tkazadi, mantiqiy xulosa chiqariladi, uni ilgari surilgan gipoteza bilan taqqoslaydi.
«Aqliy shturm» metodi muayyan muammo yechish uchun talabalar o‘rtasiga qo‘yiladi. Unda har bir guruh yoki alohida talabalar tomonidan fikr va mulohazalar bildiriladi. Ular solishtiriladi va xulosa chiqariladi.
Konkurs (tanlov)lar o‘tkazish. Ma’lum bir mavzu yoki muammo bo‘yicha talabalar olgan bilimlarini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi.
Dars o‘tishda boshqa qator metodlar ham mavjud bo‘lib, ularni o‘qituvchi mavzuning mazmuni, guruhning tayyorgarligiga qarab, qo‘llashi mumkin.
Dars berish jarayonida turli metodlarni qo‘llashni hozirgi paytda keng targ‘ib qilinayotganiga qaramay hali kutilgan natijaga erishilgani yo‘q. Buning qator sabablari quyidagicha:

  • dars jarayonini turli metodlar asosida tashkil etish, metodlarni qanday qo‘llash bo‘yicha metodik qo‘llanmalarning yo‘qligi;

  • interaktiv metodlarni qo‘llash bo‘yicha o‘tkaziladigan darslarga tayyorgarlikning ko‘p vaqt va mablag‘ talab qilishi;

  • interaktiv metodlarni keng qo‘llash uchun barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida moddiy bazaning yetarli emasligi;

  • interaktiv metodlarni keng qo‘llab, dars o‘tish o‘qituvchidan chuqur bilim va mahorat talab qilishi;

  • barcha o‘qituvchilarni bunga birday jalb qilishning qiyinligi va hokazolar.

Bundan tashqari, o‘quv jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar va kamchiliklar ham turli metodlarni qo‘llab, dars o‘tishga to‘sqinlik qiladi.
O‘qish jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar:
a) butun o‘quv jarayonini tashkil qilishga tegishli;
b) o‘quv materialining ma’lum bir qismiga tegishli bo‘lishi mumkin. Kamchiliklar esa:

  1. umumiy xarakterga ega bo‘lgan;

  2. o‘quv jarayonidagi individual to‘siqlar;

  3. guruh tufayli kelib chiqqan qiyinchilik;

  4. dars jarayonini tashkil qilishdagi qiyinchiliklar tufayli kelib chiqqan to‘siqlar.

Darsni tashkil qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklar shovqin, dars paytidagi tanaffus, darsni boshqalar tomonidan buzilishi tufayli kelib chiqishi mumkin.
Dars jarayonida qo‘llanishi kerak bo‘lgan texnik vositalar, darslik, zarur o‘quv qurollari yetishmasligi kabilar ham qiyinchiliklar tug‘diradi.
O‘qituvchininig o‘z fanini puxta bilmasligi, fanga doir yangiliklardan xabardor emasligi, o‘zini birorbir aybi bor yoki biror narsa yetishmayotganday tutishi ham dars o‘tishda qiyinchilik tug‘diradi.
Talabalarning darsda o‘zini tuta bilmasligi, o‘zaro raqobatlashuvi, ham dars o‘tkazishga to‘siq bo‘lishi mumkin.
Didaktik xarakterdagi kamchiliklar:

  • o‘qituvchining hukmronlik rolini o‘ynashi;

  • o‘qituvchining o‘zini tuta bilmasligi;

  • o‘qituvchida sabr-toqatning yetishmasligi;

  • xushmuomalalik, xushfe’llikning yetishmasligi;

  • yordam berishga tayyor turishdagi kamchiligi;

  • xayrixoh emasligi, talabalarni ko‘rko‘rona so‘zsiz bo‘ysunishga majbur qilishi kabilardan iborat.

Dars o‘tishda yuz beradigan turli kamchiliklar natijasida talabalarning o‘qishdan ko‘ngli soviydi. Bu individual, ruhiy va intellektual qobiliyati darajasiga nisbatan o‘zlashtirish darajasini tushib ketishida ifodalanadi.
O‘quv jarayonida to‘sqinliklar yuz berganmi yo‘qligini quyidagi mezonlar bo‘yicha aniqlash mumkin: o‘zlashtirish ko‘rsatkichining pasayishi; darsga qatnashish darajasining pasayishi; materialni o‘zlashtirish uchun ajratilgan vaqtda ulgurmaslik.
Demak, dars jarayonini tashkil qilishda o‘qituvchi iloji boricha ana shu kamchiliklar yuz bermasligining oldini olishga harakat qilishi kerak.
Darsda pedagog interaktiv metodlarni qo‘llashi uchun shaxsiy tajriba talab qilinadi. Interaktiv metod va ularni qo‘llash haqida ko‘plab o‘quv, uslubiy adabiyotlarni o‘qish mumkin. Lekin ularni qo‘llash malakasiga esa bevosita ana shu jarayonda o‘zi qatnashibgina ega bo‘lishi, ko‘nikma hosil qilishi mumkin.

5.3. Dars o‘tish metodlarini tanlash mezonlari

O‘qituvchi darsni rejalashtirar ekan, albatta, uni qanday metod asosida o‘tkazish haqida bosh qotiradi. Yuzaki qaraganda, har bir mavzuni xohlagan metodni qo‘llab o‘tkazaversa bo‘ladi, lekin amalda buning iloji yo‘q. Bunga qator obyektiv va subyektiv sabablar, mavjud sharoit salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Psixologiya, pedagogika bo‘yicha o‘quv va ilmiy adabiyotlarda dars o‘tish metodini tanlashga ta’sir qiluvchi juda ko‘p omillar ko‘rsatiladi.
«Metodika prepodavaniya ekonomicheskix dissiplin» kitobi mualliflarining fikricha ta’lim metodini tanlash yoki aniqlashning oltita umumiy shart-sharoitlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Bular;

  1. O‘qitishning qonuniyatlari va tamoyillari;

  2. Fanning mazmuni va o‘rganish metodi, jumladan, uning predmeti va mavzulari;

  3. O‘qitishning maqsadi va vazifalari;

  4. Talabalarning o‘quv imkoniyatlari (yoshi, tayyorgarlik darajasi, guruhning xususiyatlari);

  5. Tashqi sharoitlar (geografik, ishlab chiqarish, atrofmuhit);

  6. O‘qituvchilarning imkoniyatlari.

Turli-tuman omillarning dars o‘tish metodini tanlashdagi o‘rinlarini iyerarxik tarzda joylashtiradigan bo‘lsak, ko‘pchilik psixologlar va pedagog olimlarning fikricha, birinchi o‘rinda ta’limning maqsadi turadi. Aynan dars o‘tish maqsadida biz nimaga erishishimiz lozimligi ifodalanadi, erishishimiz zarur bo‘lgan natija belgilanadi. Ikkinchi o‘rinda ta’limning motivasiya darajasi turadi.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin