N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


-MAVZU. TA’LIMDA TIZIMLILIK VA TARKIBIY ELEMENTLARI



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə24/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

6-MAVZU. TA’LIMDA TIZIMLILIK VA TARKIBIY ELEMENTLARI
Reja:
6.1. Ma’ruza, uning o‘quv jarayonida tutgan o‘rni va unga qo‘yiladigan asosiy talablar
6.2. O‘qitishning muammoli–izlanish metodlari va ularni qo‘llab ma’ruza o‘qish
6.3. Ta’limning texnologik yondashuviga asoslangan, jadallashtirilgan (jalb qiluvchi, chuqurlashtirilgan) ma’ruza

6.4. Seminar darsi va uning o‘quv jarayonida tutgan o‘rni
6.5. Talabalarga maqsadga yo‘naltirilgan savollar asosida dars o‘tishning tutgan o‘ rni
6.6. Suhbat metodini qo‘llab dars o‘tish

6.1. Ma’ruza, uning o‘quv jarayonida tutgan o‘rni va unga qo‘yiladigan asosiy talablar


Ma’ruza (arabcha, leksiya (lot. lectio) o‘qish) o‘quv materiali, biror masala, mavzu kabilarning izchil, ma’lum bir tizimga solingan bayonidir. Ma’ruza o‘quv jarayonining asosiy bo‘g‘ini, dars o‘tishning asosiy shakllaridan biridir.
Ma’ruza o‘quvchi-talabalar bilan muloqotda bo‘lishning alohida shakli va uni boshqa hech qanday o‘quv shakli bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ma’ruzaning oldiga qo‘yiladigan maqsad har xil bo‘lib, bu maqsad maksimal darajada amalga oshishi uchun, uning funksiyalariga ahamiyat berish kerak. Ma’ruza o‘qitishning quyidagi qator funksiyalarini bajaradi.

  1. Professional ta’lim berish va dunyoqarashni shakllantirish.

  2. Talabalar diqqatini asosiy maqsadga yo‘naltirish. Ma’ruzada talabalarning diqqat-e’tibori o‘quv materialining asosiy mazmuni, qonunqoidalari, ularning nazariy va kelgusidagi amaliyotda, mutaxassislik faoliyatida qanday o‘rin tutishi va ahamiyatiga, uni o‘zlashtirish metodlariga qaratiladi.

  3. Talabalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish. Ularni axloqiy, ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishi, mehnatga munosabati, ijtimoiy-psixologik xislatlarini shakllantirish.

  4. Bilim berish, o‘rganayotgan fan bo‘yicha axborot olish, olgan axboroti asosida xulosa chiqarishga o‘rgatish.

  5. Metodologik ma’ruza jarayonida tadqiqot metodlari taqqoslanadi, qiyoslanadi, ilmiy izlanish tamoyillari aniqlanadi.

  6. Idrok, tafakkurni rivojlantiruvchi – tinglovchilarda bilmaganini bilishga qiziqish uyg‘otadi. Mantiqiy fikrlash va o‘z fikrini asoslashga o‘rgatadi.

Ma’ruzada mavzuning asosiy savollari ketmaketlik asosida yoritiladi. Albatta, ma’ruzaning metodik jihatdan yoritilishi, bayon etilishi qo‘yilgan maqsad, o‘rganilayotgan fanning, mavzuning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ma’ruza faqatgina iqtisodiy rivojlanishning asosiy qonuniyatlarini ochib berish bilan cheklanishi kerak emas, fanning so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda ilmning amaliyotda qanday ahamiyatga ega ekanligini, hayotda real muammolarni yechishdagi ahamiyatini, yechish yo‘llarini ham ko‘rsatishi kerak.
Ma’ruza qanday fandan o‘qilishidan qat’i nazar, ilmiy xarakterga ega bo‘lishi, turli nazariy yo‘nalishlar, ilmiy maktablarning asosiy g‘oyalarini talabalar ongiga yetkazishi va olgan bilimini ishonchga aylantirishi kerak. Har qanday ma’ruzaning eng zarur sharti auditoriya bilan muloqotga kirishishdir. Ma’ruza o‘qish, eng avvalo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Buning uchun birinchi navbatda, ma’ruza mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tanlash hamda ular bilan tanishib chiqish kerak.
Ikkinchidan, fan bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’ruza rejasi va reja bo‘yicha matn tayyorlanishi hamda darsni o‘tkazishda qo‘llaniladigan metodlarni tanlab chiqish, dars jarayonini texnologik tizim sifatida tarkibi, ketma-ketligini aniqlash lozim.
Ma’ruzada darsni uch bosqichga bo‘lish mumkin:

  1. Kirish. Avvalgi ma’ruzada nimalar o‘rganilgan, uning natijasi nimalar bilan bog‘liq, bugungi darsga qanday maqsad qo‘yilyapti? Avvalo dars ilgarigi mavzu bilan bog‘lanadi. Keyin yangi mavzu e’lon qilinadi. Ma’ruza rejasi, mustaqil o‘qish uchun zarur asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati tavsiya etiladi. Mavzuni o‘rganishdagi asosiy termin, tushunchalar, mustaqil ravishda bajariladigan ishlar, topshiriqlar beriladi.

  2. Asosiy bosqich. Bu bosqich ma’ruza rejasiga ko‘ra tanlangan dars o‘tish metodlarini qo‘llagan holda o‘tkaziladi. Tinglovchilarga mo‘ljallangan axborotlar yetkaziladi.

  3. Yakuniy bosqich. Ma’ruzaga yakun yasaladi, qisqacha xulosa chiqariladi. Talabalar diqqati uchun mazkur mavzudagi eng asosiy tushuncha, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, hodisalar ta’kidlanadi. Qo‘yilgan maqsadga qay darajada erishildi, bu tahlil qilib, baholanadi. Bugungi ma’ruzada bajarilgan ish kelgusi faoliyatda qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.

Ma’ruzalarni didaktik vazifasiga qarab:

  • kirish;

  • mavzular bo‘yicha;

  • yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan;

  • tahliliy;

* yakunlovchi ma’ruzalarga bo‘lish mumkin.
Kirish ma’ruzasi ma’lum bir fanni, mavzuni yoki muammoni o‘rganishga bag‘ishlanib, unda ana shu masala, muammolar haqidagi fikrlar, ularning ijobiy tomonlari, kamchiliklari, yechilmagan muammolar ko‘rsatiladi. O‘rganishni boshlangan fanning predmeti, o‘rganish metodlari bo‘yicha ma’ruza kirish ma’ruzasiga tipik misol bo‘la oladi.
Mavzular bo‘yicha ma’ruzalar eng ko‘p o‘qiladigan ma’ruza bo‘lib, unda o‘rganilayotgan mavzuning asosiy mazmuni, amaliyotda sinalgan, qabul qilingan ilmiy qarashlar, mavjud yechimini kutayotgan masalalar bayon qilinadi. Ularni yechishning mavjud yo‘llari ko‘rsatiladi, yangilarini topish tavsiya etiladi.
Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi ma’ruza talabalarga mustaqil ishlashni o‘rgatishga qaratiladi. Unda ko‘proq metodik maslahatlar beriladi. Tavsiya qilinadigan adabiyotlarni mustaqil o‘qish, ular ustida ishlash jarayonida diqqatni qaratish lozim bo‘lgan masalalar ko‘rsatiladi.
Tahliliy ma’ruza u yoki bu muammo, mavzu yoki ma’lum bir tizimga solingan savollarni ma’lum bir mantiqiy aloqadorlikda bayon qilishga qaratiladi. Ko‘pincha oliy o‘quv yurtlarida yakuniy nazorat yoki imtixon attestasiyalar oldidan o‘tkaziladi.
Yakunlovchi ma’ruza ma’lum bir mavzu, muammoni yoki fanni o‘rganib, uning yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi. Muammo yechimlari va fanning predmeti to‘g‘risida asosiy xulosalar bayon etiladi.

6.2. O‘qitishning muammoli–izlanish metodlari va ularni qo‘llab ma’ruza o‘qish

Bugungi kunda metodlarni samarali qo‘llashning muhim mezonlaridan biri muammoli vaziyatni vujudga keltirish, muammoni kun tartibiga qo‘ya bilishdir. Pedagoglarning fikricha, muammoli o‘qitish talabaning mustaqilligini, fikrlash doirasini kengaytirishga olib keladi. Muammoli o‘qitish talabalarni faol bilish jarayoniga undab, tafakkurni ilmiy tadqiqotga yo‘naltiradi.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi. Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo‘lgan ma’lumotlar, bilganlari bilan yangi faktlar, hodisalar o‘rtasida hamda muqobil tanlov zaruriyati vujudga kelishi natijasida qaror qabul qilishning qiyinchiligi oqibatida kelib chiqadigan vaziyatdir.
Muammoli vaziyatning vujudga kelishi talabalarning aqlini peshlaydi.
Muammoning kelib chiqish sabablarini, yechimini topishga undaydi.
Muammoli savol qo‘yib o‘qitish talabalarning bilimlarni ongli va mustahkam o‘zlashtirishiga, bilish faoliyatini jonlashtirishga, ilmiy izlanishga, tadqiqotga chorlaydi. Shuning uchun ham xoh ma’ruza, xoh amaliy mashg‘ulot, seminar bo‘lsin o‘qituvchining muammo qo‘yishi, yoki muammoli vaziyat vujudga keltirishi katta ahamiyatga ega.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda muammolar qo‘yilishi jihatidan quyidagi darajalarga bo‘linadi:

  1. Muammoni o‘qituvchining o‘zi qo‘yadi, uni shakllantiradi, talabalarni uni mustaqil ravishda yechimini topishga, yechish yo‘lini qidirishga yo‘naltiradi.

  2. O‘qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechimini izlaydilar.

  3. O‘qituvchi ma’lum bir muammoni ko‘rsatmaydi, balki unga talabalarni ro‘baro‘ qiladi, ularni mustaqil faoliyatga yo‘naltiradi. Talabalarning o‘zi mustaqil ravishda muammoni anglaydilar, uni shakllantiradilar va yechimini topishga harakat qiladilar.

O‘qituvchi o‘tilayotgan darsning shakli, o‘tilayotgan fan, mavzu va uning xususiyatlariga ko‘ra qanday muammo qo‘yishni, muammoli vaziyat vujudga keltirishni o‘zi hal qiladi.
Mazkur metodning o‘ziga xos jihati talabalar oldiga muammo qo‘yilishidir.

6.3. Ta’limning texnologik yondashuviga asoslangan, jadallashtirilgan (jalb qiluvchi, chuqurlashtirilgan) ma’ruza

Jamiyat taraqqiyoti talabalarni mustaqil, chuqur mushohada yuritib, turli variantlarni taqqoslab, qaror kabul qilishga o‘rgatishni taqozo qiladi. Ana shunday ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradigan dars o‘tish metodlarini qo‘llash zaruriyati katta. Aynan tahliliy (tanqidiy) fikrlashga o‘rgatadigan metodlar talabalarga ana shunday ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi. Qator taniqli pedagoglar shunday fikrlarni bayon etadilar.

    1. Yangi variantdagi uzluksiz ta’lim axborot va g‘oyalarning tushunarli bo‘lishi muammosini qo‘yadi. O‘quvchi, talabalar ana shu axborot, yangi fikr, g‘oyalarni faollik bilan o‘zlashtirgandagina kutilgan yuqori natijaga erishish mumkin.

    2. Talabalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirish uchun turli strategiya va metodlar qo‘llanilgandagina o‘qish jaryoni muvaffaqiyatli bo‘ladi. Ular talabalar uchun o‘quv jarayoni tushunarli, ongliroq bo‘lishini ta’minlaydi.

    3. Talaba, o‘quvchilar o‘z bilimlarini muayyan masalalarni yechishga tatbiq eta olsalargina, ularda bilim va ijodiy fikrlash rivojlanadi.

    4. O‘quvchi, talabalarning oldin egallagan bilimlariga va tajribalariga asoslangan o‘qish mustahkam va yangi axborotni bilganlari bilan bog‘lash imkonini beradi.

    5. O‘qituvchilarning o‘zlari ham fikrlar, g‘oyalar, tajribalarning turli-tumanligini to‘g‘ri tushunishlarigina tahliliy fikrlashni yaxshi natija berishiga olib keladi. Agar bitta javobgina to‘g‘ri degan fikr ustuvorlik qilsa, u holda tahliliy fikrlashga imkon bo‘lmaydi.

    6. O‘qitishning asosiy shakli ma’ruzadir. Lekin an’anaviy ma’ruzaning kamchiliklari bizga ma’lum. TASIS dasturi tadqiqotchilarining natijalariga ko‘ra uning samarasi juda past. Buning sababini tinglovchilarning passivligida deb izohlanadi.

Albatta, buni barcha an’anaviy ma’ruzalarga xos deb bo‘lmaydi. Ma’ruzani mohir ma’ruzachi o‘qiganda:

  • yangi axborot beradi;

  • murakkab nazariy savollarni tushuntiradi, o‘rgatadi, tizimga soladi;

  • muammo, masalalarni yechish jarayonida ijodiy fikrlashga o‘rgatadi;

  • yuzaki qaraganda katta farqi bor turli g‘oyalarni ko‘rsatadi, tahlil qiladi, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni tushuntiradi;

  • bilim olishga undaydi;

  • o‘rganib qolingan fikrlash tarzi va e’tiqodlarni qaytadan qarab chiqishga da’vat qiladi;

  • kelgusida bilim olishga ishtiyoq tug‘diradi.

An’anaviy ma’ruzani bunday tarzda o‘qish hammaning qo‘lidan kelmaydi. Juda ko‘p ma’ruzalar monolog tarzida o‘qiladiki, u tinglovchilarni ma’ruzadan qoniqmasliklariga, uni diqqat bilan eshitmasliklariga olib keladi.
Ana shu kamchilik, ya’ni tinglovchilarni ma’ruzada passiv emas faol qatnashishlarini ta’minlab, kutilayotgan natijalarga erishish uchun metodikani o‘zgartirishga undaydi.
Bunga jadallashgan (jalb qiluvchi, chuqurlashtirilgan, dinamik) ma’ruza orqali erishish mumkin. Jadallashtirilgan ma’ruza tahliliy fikrlash ko‘nikmasini hosil qilish, rivojlantirish, universal asoslarga tayangan holda tayyorlangan ma’ruzaning mukammallashtirilgan, chuqurlashtirilgan variantidir. Jadallashtirilgan ma’ruzani har qanday kattalikdagi guruhda o‘tkazish hamda talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlash mumkin.
Jadallashtirilgan ma’ruzani qo‘llashga zaruriyat, tadqiqot natijasida ishonch hosil qilingan ikki holatdan kelib chiqadi:

  1. Auditoriyaga o‘qituvchi savolni mavzu bo‘yicha ma’ruzani o‘qib bo‘lgach tashlaganiga qaraganda, ma’ruza o‘qigunga qadar berishi talabalarni ma’ruzada bildirilgan fikrlarni yoki materialni yaxshiroq o‘zlashtirishiga olib kelar ekan.

  2. Ma’ruza boshlangandan 15-20 daqiqa o‘tgach talabalarning diqqati susayadi. Demak, metodni o‘zgartirish, talabalarni darsga faol qatnashishga undash zarur.
Buni qanday amalga oshirsa bo‘ladi?

Bu ishni pedagog olimlar ta’lim texnologiyasi asosida amalga oshirilishi mumkinligini ko‘rsatib berishdi. Bunda ma’ruza jarayonida talabalar ham darsga faol qatnashadilar. Dars o‘tkazish hamkorlikka asoslanadi. Ma’ruza o‘qishda qo‘llaniladigan metod va vositalar uzviy savollar bo‘yicha avvaldan loyihalashtirilib, ma’ruza darsining texnologik xaritasida ko‘rsatiladi. U darsning «ssenariy»si bo‘lib, uning asosida dars jarayoni tashkil etiladi. Buning uchun ma’ruza mantiqiy tugallangan qismlarga bo‘linadi. Bu ma’ruzada qo‘yilgan uzviy savollar bo‘ladi. Har bir qism (savol) a) da’vat, b) anglash, tushunish, v) fikrlash, tafakkur bosqichlariga ajratiladi.


  1. Yüklə 398,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin