N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə17/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Tayanch iboralar: didaktika va metodika, ta’lim berish (didaktika)ning asosiy tamoyillari, o‘qituvchi, dars berish jarayoni, obyektiv va subyektiv tomonlar


Takrorlash va munozara uchun savollar:

  1. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fani nimani o‘rgnadi? Fanning maqsadi va vazifalarini ko‘rsating. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi qanday o‘rin tutadi?

  2. Metodika deganda nimani tushunamiz? Metodlarning obyektiv va subyektiv jihatlarini ta’riflang.

  3. Metodlarga turli jihatdan yondashish nuqtai nazaridan ularni qanday guruhlarga bo‘lish mumkin?

  4. Didaktikaning asosiy prinsiplari (tamoyillari) nimalar? Didaktik sakkizburchak nimani ifodalaydi? Nega olti yoki yettiburchak emas?

  5. Nazariy jihatdan bilim olishning qadam-baqadam modeli nimalarni o‘z ichiga oladi? Ikkita savol va unga javoblar asosida ana shu modelni ifodalashni ko‘rsatadigan test tuzing va uni izohlang.

  6. O‘qitish jarayonining obyektiv va subyektiv jihatlarini ko‘rsating.

  7. Dars jarayonida o‘qituvchining roli, o‘rta maxsus va oliy maktab o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablarni gapirib bering. Sizningcha, o‘qituvchiga yana qanday talablar qo‘yilishi kerak?

  8. O‘qitishning asosiy shakllari va ularning farqini ko‘rsating.


5-MAVZU. IQTISODIY FANLARNI O‘RGANISHDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR VA ULARNI
TANLASH MEZONLARI
Reja:

5.1. Iqtisodiy fanlardan dars o‘tishda turli metodlarni qo‘llash zaruriyati
5.2. Interaktiv metodlarni qo‘llash va o‘quv jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar
5.3. Dars o‘tish metodlarini tanlash mezonlari
5.4. Iqtisodiy fanlarni masofadan o‘qitish metodini qo‘llashning obyektiv asoslari, afzalliklari va muammolari


5.1. Iqtisodiy fanlardan dars o‘tishda turli metodlarni qo‘llash zaruriyati
Hozirgi paytda, avval ta’kidlab o‘tganimizdek, tayyor bilimni o‘zlashtirish asosiy maqsad bo‘lmay, eng asosiysi, talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilish obyektiv zaruriyatga aylandi. Bu maqsadni amalga oshirish esa ko‘p jihatdan dars o‘tish metodlarini tanlashga bog‘liq.
Har qanday fanni o‘rganishda turli metodlar qo‘llaniladi. Buning sababi, birinchidan, dars o‘tishda turli uslublarni qo‘llash uni qiziqarli bo‘lishiga, talabalarni diqqatini o‘tilayotgan darsni o‘zlashtirishga qaratiladi. Bir xil metodda dars o‘tilaverishi talabalarni zeriktiradi. Psixologlar tadqiqotlariga ko‘ra har qanday mohir o‘qituvchi ham bir xil metodni qo‘llab dars berar ekan, aytaylik, ma’ruza o‘qir ekan, talabalar dastlab 20 minut, so‘ngra darsni tugashidan oldin 20 minut ma’ruzani diqqat bilan eshitar, kolgan paytda xayolga berilib ketar ekan.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin