N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə15/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Olingan bilimni yodda saqlash. Bu eslash qobiliyati yoki darsda o‘tilgan, o‘qiganlarni kerak bo‘lganda eslab, yodga tushirish qobiliyati. Bunda avvalgi darslarda o‘tilgan tushuncha, tendensiya, umumlashtirilgan xulosa kabilarni eslab yodga solish ko‘zda tutiladi. U darsning dastlabki maqsadi.

  • Tushunish. Talabalarning darsda eshitganlari, o‘qiganlari, ko‘rganlari ma’nosini tushunishi. Qonunlar, tendensiyalar, tushunchalar, g‘oyalar ma’nosini tushunib, ularning o‘zgarishi nimaga olib kelishini ko‘z o‘ngiga keltira olish qobiliyati. Lekin tushunish uchun avval olingan bilimni yodda saqlash kerak.



















    Baholash













    Sintez













    Tahlil qilish













    Qo‘llash













    Tushunish













    Olingan bilimni yodda saqlash



















    1. Olingan bilimni qo‘llash. Ѓoya, prinsip, konsepsiyalarni yangi vaziyatlarda qo‘llash iqtidori. Bunda eng avvalo bilganlarni yodga tushirib, uni yangi vaziyat bilan taqqoslash kerak.

    2. Tahlil qilish. Bu voqeahodisalarni bo‘laklarga bo‘lish, ular o‘rtasida mantiqiy aloqalarni aniqlashni talab etadi. Tahlil qilish (analiz) iqtisodiy voqelik, jarayonlarni, u yoki bu shaklda induksiya yoki deduksiya uslubini qo‘llashga tayanadi. Tahlil qilish uchun esa olgan bilimni yodga tushirish, muammoga tushunish, uni qo‘llay bilish kerak.

    3. Sintez qilish. Bilim olish va fikrlashning bu bosqichida alohida tarkibiy qismlar va turli manbalardan olingan axborotni bir butun yagona tizimga keltirish qobiliyati namoyon bo‘ladi. Buning uchun yodga tushirish, masalaga tushunish, uni qo‘llay bilish, tahlil qila bilish zarur.

    4. Baholash. Bu bilishning yuqori bosqichi bo‘lib, talabaning qo‘yilgan masalaga o‘z fikri, nuqtai nazarini bildirish qobiliyatini ifodalaydi. Bunda u yoki bu muammoni yechishning turli yo‘llari shakllanadi. Uning qaysi biri to‘g‘ri, samarali, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Odatda, baholash mezonlaridan foydalaniladi. Bu mezon o‘qituvchi tomonidan qo‘yilishi yoki uni talabalarning o‘zi belgilashi mumkin. Baho berish uchun, avvalo olgan bilimni yodga tushirish, masalani tushunish, yangi vaziyatda bilganlarini qo‘llay bilish, tahlil qilish, sintez qilishni bilish kerak. Talabaga berilayotgan topshiriq, ana shu bilishning olti bosqichidan qaysi bosqichiga to‘g‘ri kelishini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy da’vatlar quyidagi so‘zlar hisoblanadi.

    1. Aniqlang, tasvirlang, sanab chiqing, yodga tushiring, ko‘rsating.

    2. Taqqoslang, farqini ko‘rsating, tushuntiring, gapirib bering, misollar bilan izohlang, o‘zgartirib, ifoda qiling.

    3. Qo‘llang, tuzing, namoyish qiling, fikrni davom ettiring, chuqurlashtiring, loyihasini tuzing, ishlab chiqing, yeching.

    4. Tahlil qiling, kategoriyalarga, bo‘laklarga bo‘ling, tasvirlang, farqini ko‘rsating.

    5. Ishlab chiqing, tuzing (yarating), tendensiyani, qonuniyatini aniqlang, umumlashtiring, tavsiya qiling, ta’riflab bering.

    6. Tinglang, yeching, baholang, muhokama qiling.

    Bilishning bosqichlariga ko‘ra talabaning fikrlash doirasi, qobiliyatini hisobga olib, topshiriq, vazifa berish kerak. O‘qitishning turli uslublarini qo‘llashdan asosiy maqsad, talabalar bilimini yuqori bosqichlarga olib chiqishdir. Keyingi boblarda ana shu maqsadga erishish yo‘llari haqida fikr yuritamiz.
    Dars berishning mazmuni shu fanda mujassamlashgan obyektiv reallik bilan aniqlanadi. Metodika (uslubiyat) fanning o‘quv jarayonidagi harakati, rivojlanish shaklidir. Fan bilan uni o‘qitish o‘rtasidagi farq shundaki, fan bevosita obyektiv reallik bo‘lib, uning rivojlanish qonunlarini ifodalash bilan birga, o‘quv predmeti sifatida ana shu jarayonni bevosita tasvirlaydi. Umuman olganda, o‘qitish, ilm berish obyektiv dunyoni bilishni shu fan erishgan yutuqlar darajasiga ko‘taradi. Fan doimo rivojlanib yangi kashfiyotlar, bilimlar bilan boyib boradi. O‘z navbatida, talabalarga bilim berish jarayonida ular ongiga ushbu kashfiyotlar singdirib boriladi.
    Iqtisodiy hayotning yangi qirralari, muammolari ularni yechish yo‘llarini o‘rganish jarayonida beto‘xtov chuqurlashib boradi. O‘quv jarayonida yangi metodlar qo‘llaniladi, yangi o‘quv kurslari kiritiladi. Iqtisodiy fanlardan dars berishni ma’naviy, nazariy tomondan yuqori bosqichga ko‘tarish ko‘p jihatdan ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan o‘quv shakllari, metodlari, talabalarni iqtisodchi olimlarning ishlarini o‘rganishlari darajasiga ham bog‘liq.
    Iqtisodiy savodxonlik talabalarning O‘zbekistonning iqtisodiy hayotida yuz berayotgan voqelikka jamiyat taraqqiyoti va jahon miqyosidagi jarayonlar birligi nuqtai nazaridan qarashni o‘rganishlari bilan bog‘liq. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz iqtisodiy fanlarning rolini nihoyatda oshishiga olib keldi. O‘z navbatida, bu fanlarni o‘qitish zamon talabiga javob berishi zarur. Buning uchun esa har bir o‘qituvchi o‘z ishiga ijodiy yondashishi, o‘z ustida tinimsiz ishlab, izlanishi talab qilinadi.


    4.2. O‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil etuvchi subyekt

    Talabalar mavzuning tub ma’nosini va mohiyatini to‘g‘ri o‘zlashtirishlari uchun o‘qituvchi quyidagi usullarni qo‘llashi tavsiya etiladi:
    1. Muammolar tahlili usuli – Talabalar orasida biror-bir oldindan berilgan matn yoki mavzu haqidagi bilimlar to‘g‘risida «aqliy hujum» usuli qo‘llanilganidan so‘ng mavzu bo‘yicha bilganlariga aloqasi yo‘q qismlarni, ularning bilimlariga qarama-qarshi kelayotgan qismlarni, kutilmagan ma’lumotlar bor bo‘lgan qismlarni va muammoli savol berishlari mumkin bo‘lgan jumboqli qismlarni belgilash so‘raladi.
    2. Yo‘naltirilgan mutolaa fikrlash va bashorat qilish holatlari – Matnni yoki mavzuni bir necha alohida qismchalarga bo‘ling va har bir matn qismi bilan tanishib bo‘lganlaridan so‘ng nima bo‘lishi yoki kuti-lishini talabalardan aniqlang, agar bu biror-bir ma’lumot berilgan matn yoki mavzu bo‘lsa, keyingi bosqichda nimalarni o‘rganishlari mumkinligini oldindan aytib berishlarini (bashorat qilishlarini) ulardan so‘rang.
    3. Ikki qismga bo‘lingan yozuvlar usuli – Daftar varaqlarining o‘rtasiga chiziq tortib, ikkiga bo‘ling. Chap tomonga o‘rganilayotgan matndagi ular uchun juda muhim ko‘ringan qismlarini yozishni so‘rang, o‘ng qismiga esa o‘sha qism haqida talabaning shaxsiy fikrini, u qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, yozishni so‘rang. Ba’zilar buni yozishga tor-tinishlari ham mumkin, shuning uchun ham bunday o‘quvchilarni nazar-dan qochirmaslik lozim.
    4. Talabalar orasidagi o‘zaro dars berish usuli – Biror-bir matnni yoki mavzuni kichik talabalar guruhi tomonidan mutolaa qilib bo‘lin-ganidan so‘ng, biror-bir talabaga uning vaqtincha o‘qituvchi rolini o‘y-nagan holda o‘qib bo‘lingan matn mohiyati haqida sinfdoshlariga bir qancha savollar berishini so‘rang, tushunilmagan joylarini tushuntirish va matnning keyingi qismida nimalar bo‘lishini oldindan aytib berish ham bu mashg‘ulotning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lishi lozim.
    5. Birgalikda o‘rganuvchi guruhlar – Ushbu guruhlar boshqa guruhlarga o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha turli savollar berib, unga javob olishga intilishlari yoki mavzuga oid dolzarb muammolar topib, uni hal qilish vazifasini boshqa guruhlarga yuklashlari mumkin. Masalan, bunda talabalar uchun ma’lum bir rollar berish yoki «muammoli dars» o‘tish taklif qilinishi mumkin. Bunda talabalarni rag‘batlantirish yoki ularga ma’lum darajada baho yoki reyting ballari qo‘yishni tashkil qilish ham ayni maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    6. O‘ylash/fikr almashish/juftliklarda ishlash – Talabalarga o‘tilgan mavzu yoki dars haqida bir qancha muammoli savollar bering va ular-dan bu savollarga beriladigan javoblar haqida yakka tarzda o‘ylab ko‘-rishlarini yoki bu savollar yuzasidan ma’lumot tayyorlab, yozib kelish-larini so‘rang. Keyinchalik ular juftliklarga bo‘lingan holda bir-birlarining javoblarini eshitadilar, solishtiradilar va tanqidiy muhokama qiladilar. Keyin esa ba’zi juftliklar sinfdoshlari oldida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashib, ijodiy ravishda fikr almashadilar.
    7. Yo‘naltiruvchi savollar – Talabalarga fikrlarini mavzu yoki matnning ba’zi asosiy qismlariga qaratadigan yo‘llanma bering va mavzuni o‘rganayotgan davrlarida yo‘naltiruvchi savol yoki ko‘rsatmalar asosida ijodiy ravishda fikrlashlariga erishing (intiling).
    O‘qituvchining o‘z ishiga ijodiy yondashuvi jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar, yangiliklarni tezda ilg‘ay bilishi, fan yangiliklarini o‘rganib, o‘z faoliyatida qo‘llashi bilan ifodalanadi. Buning uchun esa o‘quvchi tezkor axborot bilan ta’minlanishi darkor. Axborotning roli beqiyos o‘sgan davrda kerakli ma’lumotlarsiz iqtisodiy hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish, xulosa chiqarish mumkin emas.
    Axborot to‘plashning asosiy usullari quyidagilar:

    • bibliografiya tizimi;

    • o‘qituvchi va talabalar tomonidan to‘plangan ma’lumotlarni tizimlash;

    • o‘qituvchilar kuchi bilan yangi adabiyotlarga taqrizlar va sharhlar yozish;

    • ilmiy munozaralar tashkil qilish va ilmiy dokladlarni muhokama qilish, internet axborotidan foydalanish va hokazolar.

    Lekin shuni yodda tutish kerak:

      1. Allaqachonlar ko‘pchilik bir fikrga kelgan masalalar, iboralar bo‘yicha qaytadan munozara boshlamaslik;

      2. Me’yordan chiqmaslik, hamma mavzuda albatta munozarali savolni o‘rtaga tashlash shart emas;

      3. U yoki bu muammo, tushuncha haqida boshqalar o‘z fikrlarini aytgach, albatta, munosabat bildirish;

      4. Munozarali savollarni avvalo kafedra yig‘ilishida muhokama qilib, bir fikrga kelish, so‘ngra talabalar muhokamasiga qo‘yish kerak.

    Shu bilan birga, murakkab hodisajarayonlarni asossiz ravishda soddalashtirishga ham urinmaslik kerak. Har bir masalaga bir tomonlama yondashish ham noto‘g‘ri xulosa chiqarishga olib kelishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik zarur.
    Dars o‘tishda o‘qituvchi talabalarning qaysi guruhini mo‘ljalga olishi kerak: bilimdonlarnimi, bilimi o‘rtachalarnimi yoki bilim doirasi pastlarnimi? Bu savolga javob berish uchun har qanday darsda mazmun va shaklni hisobga olish kerak.
    Har qanday ma’ruza mazmunan nazariy jihatdan yuqori darajada, shaklan esa hammaga tushunarli bo‘lishi kerak. Ma’ruzaning hammabopligi avvalo unig shakliga, uslubiga, qanday auditoriyada o‘qilishiga bog‘liq. Ko‘pincha, talabalardan o‘qituvchi zerikarli ma’ruza o‘qiydi, tushunib bo‘lmaydi, degan shikoyatlarni eshitish mumkin. Tajribali pedagoglar buning sababini didaktikaning prinsiplari buzilganida, izchil mantiqning yo‘qligida, gaplarning murakkab tuzilishida, yaxshi misollar tanlanmaganligida, oldingi ma’ruza bilan bog‘lanish yo‘qligida deb ko‘rsatishadi.
    Dars berishning obyektiv hamda subyektiv tomonlari mavjud. Uning obyektiv tomoniga fanning predmeti, shu fanning xususiyatlari, mavzuning mazmuni kirsa, subyektiv tomoniga shu fanni o‘qituvchi tomonidan o‘zlashtirilishi kiradi. Undan tashqari, metodik jihatdan tayyorgarlik darajasi, individual metodik tamoyillar, uslublar va uni o‘quvtarbiya jarayonida qo‘llash ham shu muammoga kiradi.
    O‘quv jarayonini tashkil etish va dars berish uslubini tanlaganda mutaxassis tayyorlash bilan birga, yoshlarga yetuklik, axloqan poklik, vatanparvarlik, baynalmilalchilik ruhini ham singdirish zarurligini yoddan chiqarmaslik kerak.
    O‘qituvchining shaxsi, psixologik sifatlari, nazariy va metodik jihatdan tayyorgarlik darajasi dars berish metodiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bir metodni qo‘llash turli o‘qituvchilar darsida turlicha natija berishi mumkin.
    Dars berish metodlarining samaradorligi haqida fikr yuritilar ekan, o‘qituvchining shaxsiy sifatlaridan uning ilmiyuslubiy tayyorgarligi darajasini ajratib bo‘lmaydi.
    Dars berish jarayon sifatida obyektiv va subyektiv tomonlarning birligidir.
    Dars berishning obyektiv tomoniga o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lmagan, o‘rganilayotgan fanning mazmuni, dars o‘tish tamoyillari kiradi. Subyektiv tomonlariga esa:
    a) o‘qituvchining shu fanni qanday egallagani, bilim darajasi;
    b) o‘qituvchining uslubiy tayyorgarligi, metodikaning qonunqoidalarini qo‘llay bilish mahorati;
    v) har bir o‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida u yoki bu uslubni qo‘llashdagi individual xususiyatlari kiradi.
    Dars berishda pedagog subyektiv omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ko‘p jihatdan talabalarning o‘zlashtirishi o‘qituvchining dars o‘tishda tanlagan metodlariga bog‘liq.
    Har bir o‘qituvchi o‘z qobiliyatini dars berishda namoyon qilib, ma’ruza va nutqida o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatadi. Ma’lum bir mavzuni yoritishda o‘qituvchi o‘zi yaxshi bilgan yoki o‘zining ilmiy izlanishlari bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin shu mavzuga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan savolga ko‘p vaqt ajratib, qolgan savollarni ko‘rib chiqish uchun vaqt yetmay qolishi mumkin. Bu mavzuni bayon qilishda didaktikaning izchillik prinsiplarini buzilishiga olib keladi.
    Shuning uchun dars o‘tishdagi muhim vazifalardan biri, bu – subyektiv omillar, albatta, obyektiv omillarga bo‘ysinishi, aynan shu fanning mazmunini ochib berishga xizmat qilishi kerak. Bunda, albatta, to‘plangan metodik tajriba qo‘l keladi.
    Har bir o‘qituvchi o‘zida quyidagi psixologik sifatlarni hosil qilishga va rivojlantirishga harakat qilishi kerak.

    1. O‘qituvchi aditoriyada o‘zini erkin tutishi dars berish imkoniyatiga ishonishi kerak.

    2. O‘qituvchi gapirib turib, o‘ylashni bilishi kerak. O‘qituvchilik kasbining, mehnatining, mahoratining o‘ziga xosligi ham shunda. Dars berishda fikrlash, o‘ylash va gapirish jarayoni qo‘shilib ketadi. Avval o‘ylab olib, keyin gapirishga fursat bo‘lmaydi.

    3. O‘qituvchining fikrlashi va shu vaqtning o‘zida uni bayon qilishi auditoriyada yuz beradi. Shuning uchun o‘qituvchi unga tikilib turgan ko‘zlardan qo‘rqmasligi zarur. Ularni ta’siridan xoli bo‘lishni o‘rganishi, bilishi kerak. Shu bilan birga, o‘qituvchi auditoriyadagi talabalar bilan o‘zaro bog‘liqlikni yo‘qotmaslikni ham o‘zida tarbiyalashi shart.

    4. O‘qituvchi auditoriyada o‘tirgan talabalarning munosabatini, ulardagi o‘zgarishini to‘g‘ri aniqlashi uchun kuzatuvchilik qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Auditoriyani psixologik holatini (sukunat, shovqin va hokazolar) tez ilg‘ashi zarur.

    O‘qituvchi bir psixologik holatdan boshqa holatga oson o‘ta olishi kerak. O‘qituvchining ishonchli dalillari, ilmiy, asosli mulohazalari, uning fikrlarini talabalarga ta’sirini bir necha marta oshiradi. O‘ziga ishonchi esa keng doiradagi bilimi, o‘z fikrini ilmiy asoslab bera olish qobiliyatiga ega bo‘lishda shakllanadi.
    O‘qituvchi keltirgan misollarida talabalarga mehnatga, jamiyatga, o‘rtoqlariga, jamoaga qanday munosabatda bo‘lish zarurligini anglatishi kerak. Talabalarga ta’sir ko‘rsatish uchun, albatta, o‘qituvchi ular o‘rtasida hurmatga ega bo‘lishi kerak.
    O‘qituvchi (oratorlik) ma’ruza o‘qish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. O‘qituvchida talabalarni o‘z fikriga mahliyo qilish, o‘zini qanday tutishni bilish qobiliyati bo‘lsa, u haqiqiy talant sohibidir. Buyuk faylasuf, «birinchi muallim» Aristotel har bir so‘zni qanday aytishni avval soatlab oynaga qarab, mashq qilgan ekan.
    O‘qituvchining butun faoliyatida samimiylik, o‘ziga ishonch muhim ahamiyatga ega. O‘quvtarbiya faoliyatida qo‘llaniladigan metodlar o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashga qaratilgan. Bu o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida ishchanlik muhitini yaratishda o‘z ifodasini topadi. Bunda talabaning fikri o‘qituvchi bilan birga kechishi yoki ozgina orqada qolishi yoki ozgina oldinga o‘tib ketishi mumkin.
    O‘qituvchi auditoriyani ko‘rishi, his qilishi, u bilan birga ishlashi kerak. Talaba ham, o‘z navbatida, o‘qituvchi uni ko‘rib, nima qilayotganini bilib turishini his qilishi kerak.
    O‘qituvchi darsni zerikarli bo‘lmasligiga harakat qilishi, o‘z ma’ruzasiga talaba ko‘zi bilan ham qarashi lozim. Ana shunda o‘zini kamchiliklari, dars o‘tishda qo‘llayotgan uslubi to‘g‘ri yoki to‘g‘ri emasligini tez ilg‘ab oladi. O‘z ishiga ijodiy yondashish, undan tashqari talabalar hayotini yaxshi bilish, talabalarni qiziqtiradigan masalalarni yechishga yordam beradi.
    Bir so‘z bilan aytganda, metodika o‘qituvchi uchun chuqur, qiziqarli, tushunarli tarzda bilim berish asosidir.
    Hoziri paytda talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilish obyektiv zaruriyatga aylandi.
    Ma’lumki, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, o‘z navbatida, ishchi malakasi, mahoratining yuqori bo‘lishi, mehnat bozori talabiga moslashuvchan, o‘z malakasini oshirishga intiluvchan bo‘lishni talab etadi. Shuning uchun o‘quvchi-talabalarga ham mustaqil izlanish, fikrlash, turli qarashlarni taqqoslash, tahlil qilish, xulosa chiqarishni o‘rgatish lozim bo‘ladi. Buni o‘rgatish, eng avvalo, ta’lim jarayonida amalga oshiriladi.
    Ta’lim tizimi, o‘qitishning shakl va metodlari majmui o‘quv jarayonining obyektiv qonuniyatlari bilan belgilanadigan yagona didaktik kompleksni tashkil etadi. Psixologik nuqtai nazardan qaraganda insonning bilim egallash jarayoni sezish, idrok, xotira va tafakkur tufayli kechadi. Sezish va idrok bilimning dastlabki, eng oddiy bosqichi hisoblanadi. Sezish orqali tashqi dunyo taassurotlari, xususiyatlari bosh miyaga alohidaalohida axborot tarzida berilib aks etadi. Idrokda ana shu taassurotlarning yaxlit obrazi hosil bo‘ladi.
    Demak, idrok sezishga nisbatan murakkab bosqich. Unga odamning yoshi, bilimi, hayotiy tajribasi, nutqi, idrok ob’yektiga munosabati, ruhiy holati va boshqalar ta’sir etadi. Sezgi va idrok asosida odamning ichki dunyosi shakllanib boradi. Xotira idrok etilgan taassurotlarni bosh miyada saqlanib qolishi, keyinchalik qayta tiklanishi hisoblanadi.
    Insonning esda saqlab qolishi tufayli unga qaraganda ham murakkab jarayon tafakkur shakllanadi. Tafakkur deganda shaxsning ma’lum muammo xaqida o‘ylashi, fikr yuritishi tushuniladi. Tafakkur keng va chuqur bilimga asoslanadi. Insonda o‘ylash, fikr yuritish ma’lum bir muammo paydo bo‘lganda, obyektiv zarurat tufayli sodir bo‘ladi. O‘quvchi-talabalarni bilim olish, teran fikrlashga o‘rgatish esa ta’lim jarayonida amalga oshiriladi.
    O‘quv yurtlarida o‘quvchi-talabalarga ta’lim berish jarayonida real hayotda sinab ko‘rilgan hamda o‘zini oqlagan o‘qitish shakllari: ma’ruza, seminar, maslahat, amaliyot darslari, laboratoriya ishlari, o‘quv va ishlab chiqarish praktikasi, kurs ishi va bitiruv malaka ishi, auditoriyadan tashqari mustaqil ishlar, joriy, oraliq, yakuniy baholash, davlat attestasiya komissiyasi imtihoni, turli konkurslar, olimpiadalar va boshqa shakllaridan hamda turli metodlaridan foydalaniladi.
    Ta’lim berish jarayonida o‘qitishning asosiy shakllari: auditoriyada va auditoriyadan tashqarida mashg‘ulot o‘tkazishga bo‘linadi.
    Auditoriyada o‘qishga ma’ruza, seminar darslari, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, maslahat darsi, joriy, oraliq, yakuniy baholash, davlat attestasiya komissiyasining yakuniy baholashi kirsa, auditoriyadan tashqari o‘qishga sayyor darslar, o‘quv anjumanlari, ilmiyamaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, o‘quv ishlab chiqarish amaliyoti, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, auditoriyadan tashqari bajariladigan mustaqil ishlar kiradi.
    Sanab o‘tilgan o‘quvtarbiya shakllarining hech biri universal emas. Biri ikkinchisining o‘rnini bosa olmaydi. Shu bilan birga, ular bir biriga bog‘liq, biri ikkinchisini mantiqiy ketma – ketligini taqozo etadi.
    Ta’lim–tarbiya berishning bir shakli albatta, ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ma’ruza o‘qish, unda muayyan metodni qo‘llash seminar o‘tkazish saviyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi va hokazo.
    Dars o‘tishning shakl va metodlari o‘rtasidagi nisbat o‘zgarib turadi. Yuqori kurslarda seminar darslarining va mustaqil ishlarning roli ortadi. O‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlari talabalarni, bilishning eng yuqori bosqichi baholash darajasigacha ko‘tarilishini ta’minlashdir.
    O‘quv jarayoni o‘zaro bog‘langan, biri ikkinchisini taqozo etuvchi ikki faoliyatni qamrab oladi va ta’lim unga tayanadi:

    1. O‘quv jarayonini boshqarish va tashkil etish bo‘yicha o‘qituvchilarning faoliyati;

    2. Talabalarning o‘quv va bilim olish faoliyati.

    Ta’lim (dars) jarayoni – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining darsga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish borasida avvaldan ko‘zlangan natijaga erishishga qaratilgan faoliyat jarayonidir (jarayon lotincha prosessiv oldinga harakatlanish, o‘zgarish ma’nosini ifodalaydi).

    Yüklə 398,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin