N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə16/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

O‘quvchi-talabalarning fanni o‘rganishlarida nazariy va amaliy darslar bilan bir qatorda maslahat darslari ham muhim o‘rin tutadi. O‘quv jarayonini tashkil qilishda, ayniqsa, seminar, amaliyot darslarini ko‘ngildagidek o‘tishini ta’minlashda maslahat darslarining o‘z o‘rni bor.
Maslahat darslari guruhiy va individual tarzda o‘tkazilishi mumkin. Guruhiy maslahat darslarini semestr yakunida yoki murakkab mavzuni muhokama qilishda o‘tkazish yoki guruhning talabi bilan, aytaylik, yangi o‘quv adabiyotini o‘rganish, munozarali muammolarni hal etish uchun tashkil etish mumkin.
Maslahat darsining asosiy qismi individual tarzda o‘tkazilib, u ixtiyoriy ravishda tashkil etiladi. Talabalar qayerda maslahat darsidan zarur yordam olsalar, o‘sha yerda maslahat darsiga bajonidil qatnashishadi. Aynan maslahat darslarida talabalar adabiyotlarni konspekt qilish, mustaqil o‘qishni tashkil etish masalalari bo‘yicha hamda o‘zlari uchun qiyin bo‘lgan boshqa savollarga javob olishadi. O‘qituvchi maslahat darsida faqat talabaning savoliga javob berish bilangina qanoatlanib qolmay, balki qoloq talabalar bilan ishlashga e’tibor qaratishi lozim. Maslahat darsi qayerda, qachon, qanday mavzuda o‘tishini talabalarga yetkazish kerak.
Individual maslahat darsi o‘qituvchining o‘quvchi, talabani yaqindan bilishiga, uning ichki dunyosi, psixologik xususiyatlarini to‘laroq his qilishiga yordam beradi. Unda o‘quvchitalaba faqatgina axborotga ega bo‘lib qolmay, fan bo‘yicha har tomonlama maslahat oladi. Shuning uchun ham fanni chuqur o‘zlashtirishga, izlanishga, uning qiziqishini kengaytirishga yordam beradi.
Talabalarni amaliyot bilan yaqindan tanishishida sayyor darslarning roli katta. Bunday dars o‘rganilayotgan soha bo‘yicha korxona, tashkilot, muassasalarda o‘tkaziladi. U yerda ishlayotgan mutaxassislar o‘quvchi talabalarni ish jarayoni bilan tanishtirib, dars o‘tadilar. Natijada, talabalar amaliyot bilan yaqindan tanishadilar.
Elektron darsliklar yaratilishi bilan hayotga masofadan o‘qitish kirib keldi. Uning o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari bor. O‘qitishning bunday shakli qanday rivojlanishini kelajak ko‘rsatadi.



Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin