N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə13/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Tayanch iboralar: o‘qituvchi, o‘quv jarayoni, tashkil etuvchi subyekt, ta'lim tizimi, o‘qitishning asosiy shakllari, pedagogik texnologiya, turli jihatdan yondashish, ta'lim texnologiyasi, dars o‘tish metodlari, ta'lim tizimiga yondashuvlar

Takrorlash va munozara uchun savollar

  1. Pedagogik texnologiyani o‘rganish ob’yekti sifatida e’tirof etilishi bosqichlari (davrlari)ni ko‘rsata olasizmi?

  2. Pedagogik texnologiya deganda nimani tushunasiz, unga berilgan qanday ta’riflarni bilasiz?

  3. Pedagogik texnologiyaga berilgan ta’riflarning qanday umumiy tomonlari va farqlari bor?

  4. Ta’lim texnologiyasi bilan metodlarining farqi bormi? Metodlar ta’lim texnologiyasida qanday o‘rin tutadi?

  5. O‘qitishning an’anaviy metodlari bilan noan’anaviy metodlarining qanday farqi bor? Ularning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsata olasizmi?

  6. O‘qitishga (ta’limga) uch xil yondashuvning qiyosiy xarakteristikasiga ko‘ra qanday xulosa chiqarish mumkin?


4-MAVZU. DIDAKTIKA UNING TAMOYILLARI VA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH
Reja:
4.1. Didaktika uning tamoillari

    1. O‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil etuvchi sub’yekt

4.1. Didaktika uning tamoillari


Metodika va didaktika uzviy bog‘liqdir. Metodika deganda bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushunilishini ko‘rib o‘tdik. Bu fan didaktikaning bo‘limidir.
Didaktika (yunondidaklikos o‘qitadigan, o‘rgatadigan) – pedagogikaning bilim olish, ta’lim va tarbiya nazariyasiga oid sohasi. U talabalarning bilim olish, o‘zlashtirish va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoniga xos ta’lim prinsiplari, uslublari va o‘quv jarayonini tashkil qilishga oid hamma masalalarni o‘rganadi.
Didaktika «nima?» va «nima uchun?» o‘qitish kerak degan savollar bilan shug‘ullansa, metodika esa u bilan uzviy bog‘liq holda «qay tarzda?» va «nimalar yordamida o‘qitish?» lozim masalalari bilan shug‘ullanadi.

Didaktika va metodikaning maqsadi: ta’lim berish, o‘qitish, o‘rgatishni amalga oshirishdir.
Didaktika termini dastlab XVII asrda chex pedagogi Ya.A.Kamenskiy tomonidan ishlatilgan. U “Buyuk didaktika” asarida (1657 yil) didaktikaning asosiy masalalarini ishlab chiqqan. XIX asr o‘rtalaridan pedagogikaning alohida sohasi sifatida o‘rganila boshlandi. O‘zbekistonda dastlab jadid maktablarida didaktikaning tamoyillarini ishlab chiqishga harakat qilingan.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda didaktika sohasi avvalgi erishilgan yutuqlarni saqlab qolgani holda yangiliklar bilan boyitilib, yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Mamlakatimizda didaktikaga tarbiyadan alohida holda qaralmaydi. U yoshlarni tarbiyalashdagi umumiy maqsad va vazifalardan kelib chiqadi.
Yoshlarga ta’lim berish jarayoni jamiyat taraqqiyoti, fan-texnika taraqqiyoti, jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi bilan chambarchas bog‘liq. Ta’lim va tarbiyaning mazmuni, maqsadining o‘zgarishi didaktika prinsiplari, uslublari va tashkiliy shakllarining ham o‘zgarishiga, rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Barcha fanlarni o‘rganishda didaktik prinsiplar muhim o‘rin tutadi.
Didaktik prinsiplar dars mazmuni va darsni tashkil etishga tegishlidir. Didaktik tamoyillarga o‘qitish va o‘qish jarayonida qoidalar sifatida rioya qilinishi zarur.
Ular birbiriga bog‘lanib ketadi, quyidagi prinsiplar o‘qitish va o‘qish jarayonini samarali tashkil qilish bo‘yicha qoidalar bo‘lib, ular uzoq vaqt davomidagi tajribaga asoslangan.
Ta’lim berish (didaktika)ning asosiy tamoyillari quyidagilar:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin