Boshlang\'ich sinflarda matematik masalalar yechishning ahamiyati va ularga qo\'yiladigan talablar
N AVOIY VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI NAVOIY SHAHAR 5-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ibragimova Shahlo Asadovnaning “Boshlang'ich sinflarda matematik masalalar yechishning ahamiyati va ularga qo'yiladigan talablar” mavzusida tayyorlagan
Taqrizchilar: Navoiy shahar 5- umumiy o`rta ta`lim maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Tasheva G.A.
Navoiy shahar 5- umumiy o`rta ta`lim maktab “Boshlang’ich ta’lim” metodbirlashma rahbari Qobilova F. Ushbu metodik tavsiya
________________________________________________________________________________________________________________
Kengashining _______ -yil ______sonli qaroriga muvofiq tasdiqlandi.
KIRISH O`quv metodik majmualarning yangi avlodni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o`rta va o`rta maxsus , kasb –hunar ta`limning davlat standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 187- sonli qarori qabul qilindi. Unga ko`ra, biz o`quvchilarga mavzuga oid bilim, ko`nikma, malaka berish bilan bir qatorga kompitensiyalarni ular ongiga singdirib, u kelajakda shu bilimidan hayotga qaysi sohada foydalana olishini va o`quvchilarning biror sohaga bo`lgan qiziqishini aniqlab uni yana rivojlantirishimizni talab etadi. Ana shundagina bizning yurtimizda ham dasturchilar, olim va muhandislar soni ko`payadi. Shu o`rinda Davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev quyidagi fikrlarini misol keltirsak bo`ladi: “Dunyoda qobiliyatsiz bola bo`lmaydi, biz ana shu qobiliyatni ko`ra olishimiz, tahlil qilib yuksaltirishimiz va shu qatorda o`quvchilari\ning qobiliyatidan kelib chiqqan holda biror bir kasbga yoki hunarga yo`naltira olishimiz bizning eng asosiy vazifamizdir.”O`quvchilarga matematika fani bo`yicha quyidagi kompitensiyalarni o`rgatish zarur: Matematik usullar, matematik tilni aniqlash algoritmi: Mustaqil bilish faoliyati, matematik bilim va uslublarni turli xil manbalarnio`zlashtirish orqali mustahkamlash. Matematik savodxonligi, matematika faninni ilm-fan olamidagi ahamiyatini o`rnini o`quvchilarga yetkaza olishi.Asoslangan matematik tushuncha va atamalarni o`quvchilarga tushuntirib berish. O`quvchilarga turli xil vaziyatlarda matematik bilim va ko`nikmalarni qo`llashga o`rgatish.
Hozirgi paytda maktablarda boshlang’ich sinflarda matematika o'qitishning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo'yicha bilimlar berish bilan birga ularga o'rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo'lishini ta‘minlash, ularni qo'llay olish ko'nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo'llashlari uchun zarur ko'nikma va malakalarni shakllantirish boshlang'ich matematik ta‘limning asosiy vazifalariga aylanishi lozim. Ta'lim mazmuni va o'rganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda o'zaro aloqadorlikda va o'quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan qo'shgan holda o`qitish dolzarb masalalardan hisoblanadi.