Ta’limiy maqsad : O’quvchilar o’nlik sanoq sonlarining hosil bo’lishi haqida , ularning yozilishi haqida bilimga ega bo’ladilar.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilar Vatanparvarlik, mehmondo’stlik, mehribonlik kabi sifatlarni ulug’lashni o’rganadilar. Tejamkorlik , insonparvarlik , estetik ruhda tarbiyalanadilar.
Rivojlantiruvchi maqsad:Birliklar va o’nliklar haqida bilimlari rivojlanadi, og’zaki va yozma nutq malakalari boyib boradi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Zamonaviy, noan’anaviy
Dars uslubi: og’zaki, tushuntirish, ko’rgazmali, aqliy hujum, guruhlarda ishlash,yozma
Dars jihozi: darslik, tarqatmalar, mavzuga mos rasmlar., humo qushi, multfilm qahramonlari
Texnik vosita : proyektor ekran ,slaydlar
Darsning texnologik moduli:
I.Tashkiliy qism (5 daqiqa)
II. O’tilgan mavzuni so’rash (10 daqiqa)
III. Yangi mavzu bayoni (20 daqiqa)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (7 daqiqa)
V.Baholash.Darsni yakunlash (3 daqiqa)
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan ingliz tilida salomlashish
Good morning pupils.
-Good morning teacher.
-How are you today?
-We are fine thanks.
-Who is apsoan today?
------ is apsoan today.
Navbatchi axboroti tinglanadi. Kun yangiliklari bilan tanishtirib o’taman.
Qish fasli va o’zgarishlari haqida so’rayman.
Qish faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
Odamlar va hayvonlar hayotida-chi?
(Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.Slaydlar orqali tushuntiriladi)
Bolalar , hozir darsimiz nima ?
_Matematika.
Darsimizning shiori:
Matematika fanlar ichida shoh ,
Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh.
II. O’tilgan mavzuni so’rash
Bugun biz darsimizni sizlar bilan boshqacha tarzda olib boraman. Hozir men sizlarga ajoyib bir ertak aytib bermoqchiman .
O’qituvchi : “Tun” deydi” bolalar boshlarini parta ustiga qo’yib ko’zlarini yumib ertak tinglaydilar.
Bor ekan –u, yo’q ekan , qadimda emas , hozirgi zamonda podshosi dono va bolajon, xalqi mehribon, yurti tinch , har go’shasida , tuprog’iga cho’p suqsa ham ko’karadigan bir yurt bor ekan. Barchaning bu yurtga havasi kelar ekan. Chunki bu yurtda barcha teng huquqli , barcha bolalar bepul ta’lim olish huhuqiga ega ekanlar-da. Bu yurtning nomi “ Bilimlar mamlakati” deb nomlangan ekan. Bu yurtni ta’rifi yetti iqlimga tarqalibdi. Masha degan qizchaga bu yurtni ko’rish istagi paydo bo’libdi va uydan do’sti ayiq bilan chiqib ketibdi.
Ular yo’lda adashganlarida “Humo “ qushini uchratib qolishibdi.
Masha yo’ldan adashganini va o’zi izlab kelayotgan yurtni topishga yordam berishini so’rabdi.
Humo qushi shu yurtning qushi ekanligini , agar savollarga javob bera olishsa , “Bilimlar mamlakatiga “ olib borishini aytibdi. Kelinglar ,bolalar Masha va ayiqqa savollarga javob berishiga yordam beramiz. ( O’quvchilarga “Kun” deb aytiladi).
Tezkor savollar
1.Vatanimizning nomi nima?
2.O’zbekiston qachon mustaqillikka erishdi?
3.O’zbek alifbosida nechta harf bor?
4. 4 va 5 sonlarining yig’indisi necha bo’ladi?
5.Odobning boshi nima?
6. Unli harflar nechta?
7. Harf birikmalarini ayting?
8.Uy hayvonlariga nimalar kiradi?
9.Vatanimizning poytaxti qaysi shahar?
10.Qo’shishning hadlarini ayting?
Ular yo’lda bolalar qorbo’ron o’ynayotganini ko’rishibdi. Mashaning ham o’ynagisi kelibdi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun “Qorbo’ron “ o’yini o’ynaladi.
( Bunda bolalar bir –biriga matematikadan misol aytib ,qo’lidagi qorni ikkinchi o’quvchiga qarab otadi,u qorni zudlik bilan ushlab javob qaytaradi.)
3+4 ; 5-2 ; 8-4; 7+3; 4+6”.......Aqliy hujum “ o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |