N avoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi navoiy shahar 5-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ibragimova Shahlo Asad


Boshlang'ich sinflarda matematik masalalar yechishning ahamiyati va ularga qo'yiladigan talablar



Yüklə 149,34 Kb.
səhifə2/6
tarix27.09.2023
ölçüsü149,34 Kb.
#149359
1   2   3   4   5   6
Boshlang\'ich sinflarda matematik masalalar yechishning ahamiyati va ularga qo\'yiladigan talablar

Boshlang'ich sinflarda matematik masalalar yechishning ahamiyati va ularga qo'yiladigan talablar
Matematik masalalar yechish matematika o`qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o`zlashtirishni tasavvur ham etib bo`lmaydi. Matematikada masalalar yechish nazariyasi amaliyotga tadbiq qilishning muhim yo`lidir. Masalalar yechish boshlang’ich sinflarda o`rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o`zlashtirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi va o`quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o`stirishda muhim rol o`ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degani so`z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qo`llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani yechish bilan amalga oshadi. Masala ustida ishlash uning mazmunini o`zlashtirishdan boshlanadi. O`quvchilar hali o`qish malakasiga ega bo`lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o`qituvchi o`qib beradigan masala matnini tinglashga shartning muhim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o`rganish kerak. Shundan keyin masala shartini yaxshiroq o`zlashtirish maqsadida, har bir o`quvchi masala matnini tinglashi va masalani mustaqil o`qib chiqishi zarur. Buning uchun ularga masalani oldin ovoz chiqarmay o`qishni so`ngra esa tovush chiqarib ifodali o`qishni taklif qilish kerak. O`quvchilar yechilayotgan masalada nima ma‘lum, nima noma‘lumligini, masala shartidan nima kelib chiqishini, qanday arfimetik amallar yordamida qanday tartibda masala savoliga javob topish mumkinligini aniq va ravshan tushunishga o`rganishlari kerak. O`quvchilar har bir amalni nega tanlaganliklarini anglay olishlari, masala bo`yicha ifoda yoki tenglama tuzib olishlari, uni yecha olishlari, savolga javob berib yechimning to`g’riligini tekshirib olishlari lozim. Agar berilgan masala o`zining murakkabligi bilan sinfda yechilgan masalalarga mos yoki o`xshasa u holda o`quvchilarga taklif qilingan masalaning yechilish yo`lini mustaqil topishga o`rgatish kerak. Shu maqsadda o`quvchilar masalalar yechishga yaqinlashishning eng sodda umumiy usullarini egallashlari lozim.
O`n ichida bajariladigan sodda masalalar yechishni o`qitish metodikasi bo`yicha mashq qildirish jarayonida o'quvchilar sodda masalalarni yechishda ko`rgazmali qo`llanmalarni qo`llash malakalarini egallashadi. Bu yerda qo`shish va ayirishdan tashqari ko`paytirishga va bo`lishga, bir xil qo`shiluvchilarni yig’indisini topishga, teng bo`laklarga bo`lishga, sonni bir necha marta orttirish va kamaytirishga, sonlarni qisqa taqqoslashga, amallarning noma‘lum komponentini topishga doir har xil sodda masalalar, shuningdek har xil ko`rinishdagi murakkab masalalar keltirish usuli bilan yechiladigan masalalar, ikkita ko`paytmaning yig’indisini topishga doir va bunga teskari masalalar yig’indisini songa ko`paytirish va bo`lishga keltiriladigan masalalar ko`rib chiqiladi.
Masala ustida ishlash uning mazmunini o`zlashtirishdan boshlanadi. Masala mazmunini yaxshi tushunish uchun o`quvchilarning har biriga uning matnini eshittiribgina qolmay, balki uni mustaqil o`qib chiqishlari aytish ham kerak. Agar masala sharti bosh qotiradigan bo`lsa o`quvchilarga masala mazmunini mustaqil o`ylab ko`rishlari uchun bir-uch daqiqa vaqt berish maqsadga muvofiqdir. Masala matni ustida ishlaganda o`quvchilarning diqqat e‘tiborini avvalo masala matnidagi har bir so`z va har bir son mazmuniga qaratish lozim. Masalada tasvirlanayotgan manzarani, joyni tasavvur qilishiga yordam berish kerak, masala matni ustida og’zaki ishlagandan keyin masala mazmunini matematik atamalar tiliga o`tkazish va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv (sxema, chizma, jadval) shakllarida ifodalash kerak. O`quvchilarda ikkinchi sinfda birinchi sinfdagi kabi yangi masalalar bilan tanishtirishda yoki murakkab masalarni yechishda to`la predmet ko`rsatmalikdan sekin-asta to`liq bo`lmagan ko`rsatmalikka o`tiladi. Masala sharti murakkab berilganlar orasidagi bog’lanishlarni tahlil qilish qiyin bo`lganda, shunigdek yangi tipdagi masalalarni yechishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sodda masalani yechishda amal tanlash masalasiga to`xtalib o`tamiz. Bu malaka 1-sinfdan shakllantirib boriladi, o`quvchilarni 2-sinfda shakllantirish yana davom ettiriladi. Sodda masalalarni arifmetik va algebrik usul bilan yechish mumkin. Sodda masala arifmetik usul bilan yechilganda ifoda tuzib uning qiymati topiladi. Masalan: Ahmad bir kuni kitobning 15 betini o`qidi, 2-kuni esa birinchi kuniga qaraganda ikki marta ko`p o`qidi. Ahmad ikkinchi kuni kitobning necha betini o`qidi. Masalaning yechilishini bunday yozish mumkin: 15x2=30 (bet). 
Javob: Ahmad ikkinchi kuni 30 bet kitob o`qigan. Masala yechimini tekshirish to`g’ri yoki noto'g’riligini aniqlashdan iboratdir. Boshlang’ich sinflarda tekshirishning quyidagi usulidan foydalaniladi:
Masalalarning shartlari bilan topilgan javoblar orasida moslik o`rnatish. Bu usul bilan o`quvchilar birinchi sinfdan boshlab tanishtiriladi, shu usul 2-sinfda davom ettiriladi. Masalan: Vali 12 ta baliq Ahmad esa unga qaraganda 2 marta kam baliq tutdi: ikkalasi birgalikda qancha baliq tutishgan. Echish: 12+(12:2)=12+6=18 ta (baliq). Tekshirish: masalaning shartiga ko`ra Vali Ahmadga qaraganda 2 marta ko`p baliq tutgan.
1-sinf matematika darsida boshlanishida rasm ko`rinishida masala bajarib boriladi. Qisqa yozuv asosida ham masalalar ko`plab uchratish mumkin.
Masalan: 6-bet 5-masala
Bor edi- 18 kg anjir
Sotildi – 10 kg anjir
Qoldi - ? kg
Yechish: 18-10=8 (kg) anjir
Javob : Qoldi 8 kg anjir.
Sxema,teskari masala va masala yechimlarini taqqoslashni ham uchratish mumkin. 2-sinf 91- bet 3-masala.
O`quvchilarga masala bajarish jarayonida avval masala to`liq tushuntirilib, hayot bilan bog`laniladi. Bundan maqsad o`quvchilar ongiga masala tasavvuri erishiladi. Masala bajarish vaqtida o`quvchilarni qiziqtirish uchun ertaklar olamiga ham sayohat qilamiz.
87-bet 5- masalani misol qilamiz. “Sholg`om “ertagi asosida 1-masala
B
uvijonimizdan 6 ta rediskani 3 ta teng qismga bo`lib bog`lashni va har bir bog`lamda nechtadan rediska borligini aniqlab berishini so`raymiz. Buvijonimiz masalani javobini to`g`ri topsalar, dehqon bobomizga yordamga bora oladi. Buvijonimizga yordam beramiz.
Yechish: 6:3=2(ta) rediska
Javob:Har qaysi bog`lamda 2 tadan rediska bor.
Endi navbat nabiraga keldi. Nabira ham bobosiga yordam beradi. 6 ta rediska 3 tadan qilib bog`lasa, nechta bog`lam hosil bo`ladi.
Yechish: 6:3=2 ( ta) bog`lam
Javob: 2 ta bog`lam hosil bo`ldi.
Ular boboga yordamga borishdi. Ammo kamchilik bo`lganlari uchun sholg`omni yerdan sug`ura olisha olmadi. Boshqalarni ham yordamga chaqiramiz. Shunday qilib darslikdagi masalalar navbat bilan bajariladi. “Sholg`om” ertagi qahramonlari birma –bir bajarishadi va sholg`omni yerdan sug`urib olishadi. Dars qiziq va tushunarli bo`ladi.
Shart va savol masalaning asosiy elementidir. Sodda va murakkab masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rejalashtirishning foydali vositasi bo`lib odatda o`z ichiga yashirin ma`nolarni oladi. Masala yechish orqali o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishadi.

  • Masalani tinglash o`rganish va uni mustaqil o`qiy olish.

  • Masalada ma`lumdan noma`lumni ajratish va mulohaza yuritish.

  • Masalani qisqa yozish.

  • Masala rejasini tuzish.

  • Masala yechimini tekshira olish.

  • Masala bajarishda ham o`quvchilar bilan interfaol o`yinlar orqali bajarish lozim. “Choy ich”, “Kim chaqqon”, “Moychechak”, “Nima yo`qqolib qoldi” didaktik o`yinlardan foydalaniladi.

“Choy ich” o`yini orqali dars ham juda qiziqarli tashkil qilinadi.Guruhlar orqali bajariladi. Savol javob orqali guiruhlar o`z bilimlarini mustahkamlashishadi.Bu o`yin orqali o`zbekona yondashiladi.
Xulosa qilib aytganda, mantiqiy tafakkurni shakllantirish boshlang'ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallarni shakllantirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun har bir tushunchaning mohiyati, mazmuni va uning o'quvchilar amaliy tajribasiga asoslanilishi hamda ko'rgazmalilikning keng yo'lga qo'yilishi, taqqoslash, xulosa chiqarish bilan birga umuman boshqa amallardagi o'xshash qonuniyatlarni taqqoslash asosida keltirib chiqarishga hamda mashq va misollarni yechishni tahlil qilish asosida o'rgatilishi, xatolar ustida ishlash va bularning barchasidan samarali foydalanish asosini tashkil etadi.

Yüklə 149,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin