O’rnini top” o’yini . Bunda bitta raqam chiqadi. Har bir guruhdan bir o’quvchi chiqib, o’sha sondan oldin va keyin keladigan sonni topadi. Masalan : 12 soni uni oldidagi 11 va 13 sonlari topishi kerak.
Mehmonlarimiz juda och qolgan bo’lsa kerak . Ularni konfet bilan siylamaymizmi? Agar ular oldilaridagi konfetlarni nechta ekanligini topa olishsa , hamma konfetlarni yeyishga ruxsat beramiz.Ularga konfetlarni yeyishi uchun yordam beramizmi?
Ayiqvoyga 7 ta konfet , Mashaga esa 3 ta konfet bor. Ularning konfetlari nechta?
Hammasi bo’lib 10 ta
To’g’ri uni qanday qilib topdik?
guruh masala tuzadi.
guruh esa yechadi. Mehmonlarni konfet bilan siylaymiz.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash O’quvchilarning har 2 la guruhiga ham mustaqil ish beriladi
Mustaqil ish
1-guruh juft sonlarni yozadi. 2-guruh toq sonlarni yozadi
2 4 6 8 10 12 14 1 6 18 20 1 3 5 7 9 11 13 1 5 17 19
Matematik diktant 1 ta o’nlik 4 ta birlik, 2 ta o’nlik 2 ta birlik , 1 ta o’nlik 2 ta birlik , 1 ta o’nlik 9 ta birlik, 1 ta o’nlik, 1 ta o’nlik 5 ta birlik
14, 22,12, 19,10,15
V.O’quvchilarni baholash VI. Darsni yakunlash Bugungi darsimiz sizlarga yoqdimi? Nimasi bilan yoqdi?
“Intervyu” metodi O’quvchilar darsdan nima o’rganganligini , nimasi yoqmaganini aytib beradi.
Mana aziz bolajonlar , bizning qahramonimiz Masha va Ayiqvoy bizning Matematika saltanamizda bo’lib , u yerdan ketgilari kelmay qoldi. Ular o’rmon hayotidan bu tinch , osuda hayotni , bilim o’rganishni afzal bilishdi.
Guruhlar rag’batlantiriladi
Uy ishi.5-misol .Berilgan sonlardan oldin va keyin keladigan sonlarni yozib kelish
XULOSA Xulosa qilib aytganda, mantiqiy tafakkurni shakllantirish boshlang'ich sinflar darslarida innovatsion metodlar imkoniyatlaridan foydalanish uchun har bir tushunchaning mohiyati, mazmuni va uning o'quvchilar amaliy tajribasiga asoslanilishi hamda ko'rgazmalilikning keng yo'lga qo'yilishi, taqqoslash, xulosa chiqarish bilan birga umuman boshqa amallardagi o'xshash qonuniyatlarni taqqoslash asosida keltirib chiqarishga hamda mashq va misollarni yechishni tahlil qilish asosida o'rgatilishi, xatolar ustida ishlash va bularning barchasidan samarali foydalanish asosini tashkil etadi.
Dars mashg’ulotlarida o’quvchilar fikrini va nutqini o’stirish, ahloqiy tarbiyani amalga oshirish hamda o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlari bilan boshka o’quv predmetlari orasida aloxida o’rin tutadi.O’qish darslari jarayonida o’quvchilarning o’qish malakalari takomillashib, to’g’ri, ongli va ifodali o’qish, badiiy asar g’oyasini tushunish qobiliyatlari o’sib boradi.
Boshlang’ich sinf o’qish darslarining har birida o’quvchilar, albatta,
qandaydir yangi bilimga ega bo’ladilar. Ya’ni ilgari bilmagan biror voqea-hodisa haqida tushuncha hosil qiladilar. Shuningdek, o’quvchilarnipg oldingi
darslarda o’rgangan bilimlarini mustahkamlash, sinab ko’rish ishlari xam
bajariladi. Shunga ko’ra, o’qish darslarini yangi bilim berish darsi, o’quvchilar bilimini mustahkamlash darsi yoki sinash darsi, deb ajratish yaramaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: “O‘zbekiston”. - 2017.– 102b.
2. Alixonov S. “Matematika o‘qitish metodikasi” Qayta ishlangan II nashri.
3. Bikboeva N.U. va boshqalar “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”.
4. PISA 2012 Assessment and Analytical Framework (mathematics, reading, science,problem solving and financial literacy.