N avoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi navoiy shahar 5-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ibragimova Shahlo Asad


Matematikaga doir murakkab masalalar yechish



Yüklə 149,34 Kb.
səhifə3/6
tarix27.09.2023
ölçüsü149,34 Kb.
#149359
1   2   3   4   5   6
Boshlang\'ich sinflarda matematik masalalar yechishning ahamiyati va ularga qo\'yiladigan talablar

Matematikaga doir murakkab masalalar yechish

Muammoli masalalarni yechishda faqat savollarga javob berish uchun hisob hisob-kitob qilishning o`zi yetarli emas. Buning uchun matndagi taqqoslash, imkoniyatni, dalillarni isbotlash, qonuniylikni aniqlash kabi masalalarni tahlil etish ham talab etiladi.
1.Muammoli xususiyat berilgan savollarga oid masala va topshiriqlar.
,,Nechta?” degan savolni boshqacha, ,,Yetadim?”, ,,Sig`adimi?”, ,,Joylashdimi?” ,,Qanday oqilona bajarish mumkin?” kabi savollar bilan almashtirish mumkin. Masalan: ,,Sut sog`uvchi oltita sigirdan 12 litrdan sut sog`ib oldi. Bu sut har biri 32 litrli ikki bidonga sig`adimi”
Yechim:
1)12x6=72(l) – 6ta sigirdan
2)32x2=64(l) – 2 bidonda sig`gan.
3)72l>64l
Javob: sut 2 bidonga sig`maydi. Yoki ,,Karton qog`ozdan tomonlari 6x4 sm o`chamli tog`ri to`rtburchak tayyorlanadi. Yomonlari 5 sm bo`lgan kvadrat shaklidagi tuynukni yopish mumkinmi?”
2.Yangi ko`rinishdagi aniq amaliy masalalar.
Ularga qo`yilgan savollardan ham muammoli vaziyat yaratiladi. Mazkur holatda muammoli hisoblangan masalani turli usullar yordamida yechish orqali to`g`ri to`rtburchakning perimetri bilan o`quvchilarni tanishtirish bo`yicha ishni boshlash mumkin. Masaln, ,,Yurli usullar bilan pochta konvertining perimetrini hisoblab chiqing”.
Boshqa bir misol: Ikkinchi sinf darsligida quyidagi mavhum misollarni yechish bilan boshlash tavsiya etiladi. Bunda ikki amalli misollar ko`rsatilganda, qavssiz ifodalarda amallarni bajarish tartibi to`g`risidagi qoidani tanishtirish nazarda tutilgan:
65-21x3; 40-4x7;
27x3-4x2; 10x2+18;
35+6x4.
O`quvchilardan ifodalarda qanday amallar ko`rsatilganini aytib berish so`raladi:
Bunday ifodalarning qiymatini topish uchun amallar tartibi bo`yicha, avvalo, ko`paytirish va bo`lishni, so`ngra qo`shish va ayirishni boshlash lozim ekanligi tushuntiriladi.
Xuddi o`sha material bo`yicha ishni matnli topshiriqni bajarishdan boshlash mumkin. Masalan: ,,Oshxonaga har biri 10 kgdan bo`lgan 2 yashik olma va 18 kg uzum keltirishdi. Oshxonaga jami qancha meva keltirishgan?” Topshiriqni bajarish uchun 10x2+18 ko`rinishdagi ifoda tuziladi va oldin ko`paytirishdagi ifoda tuzildi va oldin ko`paytirish (10x2), keyin qo`shish amali bajarilishi aytib o`tiladi. O`quvchilarga shu kabi masalalarni yechishda avvaliga qo`shish amalini bajarish noto`g`ri ekanligini ko`rgazmali ravishda namoyon etish mumkin.
Ya’ni, avvaliga 2+18 bajarilsa, yashiklarga kilogrammlar qo`shilib noto`gri yechimga olib keladi.
3.Turli usullarda yechish mumkin bo`lgan masalalar.
Agar aynan bitta masalani yechishning turli usullari mavjud bo`lgan, ulardan nisbatan ratsional bo`lganini tanlash muammosi tug`iladi. Masalalarni turli usullarda yechish umumlashtirishga nisbatan qobiliyatni, fikrlash jarayoniga moslashish, oddiylikka intilish, qiyinchiliklarni yengishda tirishqoqlik va qat’iylik kabi matematik fikrlashning zaruriy tarkibiy qismlarini ishlab chiqaradi. Masalan: ,,To`g`ri to`rtburchakning bir tomoni 5 sm, perimetri esa 14 sm ga teng. To`g`ri to`rtburchakning ikkinchi tomonini toping”.
I usul:
1)5+5=10(sm)
2)14-10=4(sm)
3)4:2=2(sm)
II usul:
1)14:2=7(sm)
2)7-5=2(sm)
,,540 tonna ko`mirni uchta mashinada olib tashlash kerak. Agar ularning har biriga 3 tonnadan ko`mir ortilib kuniga 5 marta qatnov bo`lsa, shuncha ko`mirni necha kunda tashish mumkin?”
Ushbu masalani yechishning mumkin bo`lgan usullarini keltiramiz:
I usul:
1)540:3=180(t) – bitta mashina tashish kerak
2)5x3=15(t) – kuniga bitta mashina tashiladi.
3)180:15=12(kun) – hamma ko`mir tashiladi
II usul:
1)5x3=15(t) –kuniga bitta mashina tashiladi
2)15x3=45(t) – har kuni uch ta mashina tashiladi.
3)540:45=12(kun) – hamma ko`mir tashiladi.
III usul:
1)3x3=9(t) – uchta mashina bir marta qatnovda tashiydi.
2)9x5=45(t) – bir kunda uchta m,ashina tashiydi.
3)540:45=12 (kun) – hamma ko`mir tashiladi.
4.Mazmunan bir xil, ammo yechilishi turlicha bo`lgan masalalar.
Bunday masalalarning ko`pchilik qismiga xos xususiyat – bu ularning turli variantlarda yechilishidir. O`quvchilar ko`pqiymatli javobga ega bunday masalalar bilan kundalik hayotda tez-tez duch keladilar. Masalalar, ,,Bir ko`chada 11ta uy joylashgan, boshqasida 13 ta. Ikkita ko`chada jami nechta uy bor?”
5.Sharti yetarli bo`lmagan masalalar.
Bu xildagi masalalarni yechish uchun yetarli bo`lmagan ma’lumotlarni topish kerak. Masalan:
a),,Karim yoz bo`yi…ga osdi” gapidagi nuqtalar o`rniga mos keluvchi o`lchamni qo`ying: 5 sm, 5 dm, 5m”;
b),,o`quvchi kesmalar uzunligini o`lchab, o`lchov birligini yozishni esdan chiqarib qo`ydi, ularni yozing”
Bunday turdagi muammoli masalarni yechish o`quvchilarning bilim doirasi va fikrlash salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Har bir oʹqituvchi oʹz ustida ishlashi, darsni samarali tashkil qilish uchun zamonaviy usullarni tatbiq etishi, bir soʹz bilan aytganda, innovatsion yondashishi bolalarga boshlang‘ich ta’lim-tarbiya berishda juda muhim ahamiyatga egadir.



Darsdan koʹz­langan maqsadga ko‘ra kutilgan natijaga erishilsagina, dars samarali deb hisoblanadi. Oʹquvchining xohishi, qiziqishi va ehtiyojlari­ni inobatga olib, ta’lim markaziga oʹquvchi shaxsini qoʹygan holda, natijasi kafolatlangan darsni tashkil etish uchun dars jarayonini loyihalashtirib olish zarur. Bunda oʹqituvchi, avvalo, darsning texnologik xaritasini tuzib olishi maqsadga muvofiq.Texnologik xari­tada oʹquv jarayonining bosqichlari izchil ketma-ketlikda beriladi. Texnologik xarita orqali dars jarayoni shunday loyihalashtirilishi kerakki, darsdan koʹzlangan maqsadga erishish yoʹllari, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining faoliyati, ulardan kutilayotgan natijalar toʹliq aks ettirilishi lozim.
Quyida oʹqitish rejasini tuzishning har bir bosqichida oʹqituvchining boshqaruv harakatlarini koʹrib chiqamiz.
Maqsadni belgilash – didaktik vazifalarni aniqlash, oʹquv natijalarini shakllantirish. Bu pedagogik faoliyatning asosiy omili boʹlib, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining birgalikdagi faoliyatini umumiy natijaga yoʹnaltiradi.
Tashxis – ta’lim oluvchilarning xususiyatlari va mavjud moddiy-texnik imkoniyatlarni oʹrganish. Bu maqsadni toʹg‘ri yo‘nalti­rish va ularga erishish vositalarini tanlashga imkon beradi.
Bashorat qilish – belgilangan vaqt davomidagi mavjud sharoitlarda pedagogik va oʹquv faoliyati natijalarini oldindan koʹrish.
Loyihalash – oldindagi faoliyat modelini tuzish, belgilangan vaqt davomidagi mavjud sharoitlarda usul va vositalarni tanlash uchun maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, qaytar aloqani o‘rnatish va oʹquv axborotini yetkazish vositasi va yoʹllarini aniqlash.
Rejalashtirish – oldindagi oʹzaro bog‘liq pedagogik va oʹquv faoliyati rejasini ishlab chiqish. U texnologik xarita koʹrinishida rasmiylashtiriladi.
Tashkillashtirish – ta’lim beruvchi tomonidan o‘quvchilarni belgilangan ishga jalb etish, maqsadga erishishda ular bilan hamkorlik qilish.
Axborotli ta’minlash – qaytar aloqani oʹrnatish va oʹquv axborotini yetkazishning usul va vositalarini qoʹllash. Bu yig‘ilgan axborotni oʹquvchilarga yetkazish jarayonini tezlashtirish hamda ular faolligini oshirishga samarali ta’sir koʹrsatadigan rag‘batlantiruvchi omillarni kiritishga imkon beradi.
Nazorat, baholash va oʹzgartirish kiritish – rivojlanish jarayoniga ta’sir koʹrsatadigan rag‘batlantiruvchi omillarni yaratish, pedagogik ta’sir etish obyekti oʹzgarishini muvofiqlash.
Tugallangan jarayon tahlili – dars jarayonidagi yutuq va kam­chiliklarni tahlil qilish, yoʹl qoʹyilgan kamchiliklarning sababini aniqlash va kelgusida bunga yoʹl qoʹymaslik choralarini izlash.
Loyihalashtirilgan dars asosida oʹqituvchi dars jarayonini boshqarish yoʹllarini belgilaydi, shuningdek, oʹquvchilar yangi mavzuni qanday oʹzlashtirganliklarini nazorat qiladi va shu orqali ular faoliyatini baholaydi. Ana shu baholash natijasida bilim berish va bilim olish faoliyatini tekshirib, koʹzlangan maqsad nechogʹli amalga oshganligini aniqlaydi.
Mavzu boʹyicha darsni tashkil qilish quyidagi koʹrinishda boʹladi:
dastlabki ma’lumotlar: dars mavzusi, ajratilgan vaqt, oʹquv­chilar soni;
turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi; oʹquv­chilarning bilim, koʹnikma va malakalarini rivojlantiruvchi, umumlashtiruvchi; oʹquvchilar egallagan bilim, koʹnikma va malakalarni tahlil va nazorat qiluvchi;
koʹrinishi (masalan, muammoli, bahs-munozara, oʹyin-musobaqa, sarguzasht-ertak va boshq.);
tanlangan ta’lim modeli: usullar, shakllar va oʹqitish vositalari;
ta’lim berish sharoiti: maxsus jihozlangan, guruh boʹlib ishlashga mo‘ljallangan xonalar;
monitoring hamda baholashga asoslangan qaytar aloqanioʹrnatishning usul va vositalari: nazorat turi (yozma va og‘zaki), nazorat shakli (tezkor so‘rov, test olish, taqdimot, o‘quv topshiriqlari va boshq.);
oʹquv mashgʹulotining texnologik xaritasi: 1) oʹquv mashgʹuloti bosqichlari va vaqti; 2) ta’lim beruvchi faoliyati; 3) ta’lim oluvchi faoliyati. Bunda taqdim etilayotgan materiallar o‘quv­chilarning yosh xususiyatiga to‘g‘ri keladigan hamda dastur va Davlat ta’lim standarti talablari doirasida bo‘lishi kerak.

Dars: Matematika


Sinf:1-B

Mavzu:11dan 20gacha bo`lgan sonlar.


Dars maqsadi:


  1. Yüklə 149,34 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin