III.Yangi mavzu bayoni:
Humo qushi Masha va ayiqni “Matematika saltanatiga” olib keladi. Lekin “Bilimlar mamlakati”ning eshiklari yopiq edi. Darvozani ochish uchun sehrli raqamlarni aytish kerak, qani o’quvchilar eshiklarni ochish uchun sehrli raqamlarni aytib ko’raylik-chi.“Sehrli raqamlar”ni 2 la guruhdagi o’quvchilar aytishadi.
1-guruh 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni o’zbekcha va ingliz tilida aytishadi .
2 –guruh esa 11 dan 20 gacha bo’lgan sonlarni ingliz va o’zbek tilida sanashadi.
1 2 3 4 5 6 7 8 9 -bir xonali sonlar
10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20- ikki xonali sonlar
Masha va ayiq 10 ta zinagacha ko’tarilib sanashda charchab qolishdi. Kelinglar , ularga “Zinama –zina “ o’yini orqali 20 gachacha sanashni o’rgatamiz.
1-guruh 2-guruh
10+1=11 10+6=16
10+2=`12 10+7=17
10+3=13 10+8=18
10+5=15 10+9=19
O’quvchilarga yangi mavzu bayonini sanoq cho’plar yordamida tushuntiraman.
10 dona sanoq cho’pi 1 ta o’nlikni hosil qiladi. Bu 1 o’nlik deb aytiladi. Bir o’nligimizda 10 ta birlik bo’ladi. O’quvchilarga sanoq cho’plari yordamida 11 , 12 ,13 , 14, 15.......sonlarini hosil bo’lishini ko’rsataman.
O’nliklar
|
Birliklar
|
|
1
|
0
|
O’n
|
10
|
|
1
|
1
|
O’n bir
|
11
|
|
1
|
2
|
O’n ikki
|
12
|
|
1
|
3
|
O’n uch
|
13
|
|
1
|
4
|
O’n to’rt
|
14
|
|
1
|
5
|
O’n besh
|
15
|
|
1
|
6
|
O’n olti
|
16
|
|
1
|
7
|
O’n yetti
|
17
|
|
1
|
8
|
O’n sakkiz
|
18
|
|
1
|
9
|
O’n to’qqiz
|
19
|
|
2
|
0
|
yigirma
|
20
|
|
Mashaning ko’zi kitoblarga tushib qolibdi.U shu do’kondan kitob olmoqchi bo’libdi. Do’kondor unga :-Mening test savollarimga javob bera olsang kitobni beraman ,- deydi. U kitobni olishiga biz yordamlashib yuboraylik –chi , bolajonlar.
Test savollari
1. Ayirishning hadlari ko’rsatilgan to’g’ri javobni toping?
A) qo’shiluvchi , qo’shiluvchi , yig’indi
B) Kamayuvchi , ayriluvchi , ayirma
D) ko’paytma
2. Yig’indini toping” 4+6 A) 3 )B) 9 D) 10
Ayirmani toping” 10-3
A) 7 B) 8 D)13
4. Kvadrat berilgan qatorni toping?
A) B) D)
5.Yig’indisi 10 ga teng bo’lgan misolni toping?
A)10-0 B) 7+3 D) 10-4
6.Birinchi qutida 8 ta qalam bor, ikkinchi qutida esa undan 2 ta kam qalam bor. Ikkinchi qutida nechta qalam bor?
A) 5 ta B) 8 ta D) 6 ta
Masha do’kondan 1-sinf matematika kitobini olibdi. Darslikning 96 –sahifasidagi masalani yechishga harakat qilibdi .
” Sotuvchi va Xaridor” o’yini
2-masala
Rahimda 8 ta daftar bor edi, akasi unga yana 2 ta daftar berdi. Rahimning daftarlari nechta bo’ldi?
1-guruh qisqa shart tuzadi.
2- guruh esa masalani doskaga yechadi.
Rahimda -8 ta daftar
Berdi-2 ta daftar
Bo’ldi -? ta
Yech: 8+2= 10 (ta) Javob: 10 ta daftar
“Bilimlar qasri’’ning sport zalida o’quvchilar mashqlar bajarayotgan ekanlar. Kelinglar , o’quvchilar biz ham o’z charchog’imizni chiqarib, dam olish daqiqasi o’tkazamiz.
“Dam olish daqiqasi (Ingliz tilida bo’ladi,sonlar tilga kiradi)
Dostları ilə paylaş: |