633
Mu him mu am moning yechim ini topishga yordam
beradi va «Q anday» savoli orqali m uam m o h a! qilinadi
Nazorat qilishning mazmunli tizimini amalga oshirishda
nazorat qilishni olib borish bosqichlari muhim ahamiyat kasb
etadi. Ular quyidagilar:
1) Tekshirish rejasini tuzish va tasdiqlatish;
2)Tekshirishning maqsadi va vazifalari to'g'risida mudirani
ogohlantirish;
3)Ishning borishini xarakterlovchi hujjatlarni o'rganish
(hisobot, akt va hokazo).
4)Muassasa xodimlari bilan suhbat;
5 )Maktabgacha ta'limni boshqarish ishini o'rganish, uning
holatini tahlil qilish;
6) Maktabgacha ta'lim muassasalarming ishni tanlangan
holda tekshirish;
7)
Maktabgacha ta’limni tashkil etish va uni rivojlantirish-
da ijobiy natijalari tajribalarini aniqlash, ularni amalda tatbiq
etish yo'llarin ishlab chiqish, tavsiyanomalar ishlab chiqish;
8} Aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish, ularni yo'qotish
uchun ko'rsatmalar, amalda yordam berish. Jamoada
muhokama qilish;
9]
Tekshirish yakunlari bo'yicha ma'lumotnoma yoki akt
tuzish;
634
10)
Bajarilgan ishlar bo'yicha boshqarma, bo'lim (amaliyot
rahbari oldida hisobot berish).
Nazorat qilishning usul va uslublari
Bu bosqichlarni amalga oshirish maqsadida biz nazorat
qilishning usul va uslublarini o'rganamiz.
Nazorat qilishning asosiy usul va uslublari quyidagilar:
Bolalar hayotini uyushtirish mashg'ulotlari, kun tartibining
turli jarayonlarini kuzatish va tahlil;
Pedagogik va moliyaviy, xo'jalik ish hujjatlarni o'rganish va
tahlil qilish;
Bolalar ishlarini tahlil qilish:
Mudira, tarbiyachilar, ota-onalar va bolalar bilan (ularniig
bilimi, ongi, nutqining rivojlanishini aniqlash maqsadida)
suhbatlashish;
«Pedagogik kengash», «Ishlab chiqarish majlislarida», ota-
onalar kengashlarida ishtirok etish;
Jamoat tashkilotlari vakillari bilan suhbatlashishdan iborat.
Bu usul/uslublarni qo'llash - nazorat qilish turiga, qaysi
guruhda tarbiyaviy jarayonning qaysi qismi yoki muassasa
moliyaviy-xo'jalik ishlarining qaysi tomonlari tekshirishga,
nazoratchi-metodistning mutaxassisligi va ish tajribasiga
bog'liqdir.
Bu ko'p qirrali usularni qo'llash - maktabgacha ta’lim ishini
har tamonlama o'rganishda g'oyat ahamiyatlidir.
Kuzatish usuli - bu pedagogik jarayondagi yutuq va
kamchiliklarni, ishdagi qiyinchiliklarni yo'qotish va ta'lim-
tarbiyaviy ish sifatini o'stirishni ta'minlaydi.
Kuzatish - pedagogik jarayonini, metodik va moliyaviy-
xo'jalik faoliyatining ahvoliga to'g'ri baho beradi va kerakli
xulosalar chiqaradi.
Frontal-yalpi - yangi tekshirish turida bu usul kun davomida
tekshirilayotgan pedagogik jarayonni o'z ichiga oladi, bunda:
rejali, talim-tarbiya ish mazmunini va turli tarbiya ishini
635
muvofiqlashganligi, maishiy hayotda bolalar hayotini va
tarbiyasini tashkil etish, o'quv-tarbiya usul va uslublarini
tashkil etish, bolalarning o'yini, mehnati faoliyatlari kuzatiladi.
Tematik nazorat turida esa kuzatish usuli tanlangan temaga
va uning xarakteriga bog'liqdir. Agar ahvoli kuzatilayotgan
bo'lsa, unda tekshiruvchi mashg'ulotlarini chuqur kuzatadi,
uning dastur mazmuniga, tuzilishiga, metodikasiga chuqur
ahamiyat beradi.
O'yin jarayonini kuzatayotganda diqqatni o'yin turiga, o'yin
uchun sharoit, bolalarning munosabatlariga va tarbiyachining
ofyinga rahbarligiga qaratadi.
Pedagogik ishlarni kuzatishdan aniq, yaqqol tushuncha hosil
qilmasa qo'shimcha yoki takroriy kuzatish o'tkazish kerak.
Tashkiliy-pedagogik faoliyatni kuzatishda:
Mudiraning shu ishni to'g'ri tashkil etganligiga, uning
tarbiyaviy va xo'jalik ishlarini bir tekisda olib borishiga, jamoa
bilan munosabati, tarbiyachi va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar
bilan suhbatning mazmuniga, ota-onalarni qabul qilish
tartibiga qaratish kerak.
Kuzatishda - kuzatilayotgan jarayonning, kun tartibi
jarayonlardagi aniqlilik, kun tartibining buzilishi, bolalarning
bilim darajasini, ularning axloq me’yorlari, tarbiyachining
dastur tinglovchilarini va metodikani egallaganligi va boshqa-
larga ahamiyat berish kerak.
Kuzatish -jarayonida shu narsa ayon bo'ladiki, tarbiyachining
yetarli
darajadagi
mutaxassisligi,
bu
kuzatilayotgan
kunda tarbiyachining tayyorgarligi^ uning ishdagi tajribasi
sayozligi, bolalar jamoasini tashkil eta olmasligi, uning o'ta
hayajonlanishi, tormozlanib qolish namoyon bo'ladi.
Moliyaviy xo'jalik ishdagi kamchiliklar mudiraning tartibsiz,
pala-partish ish yuritishdan ham kelib chiqish mumkin.
Tahlil qilish - tarbiyachi va mudiraga qanday yordam berish
va ulardan qanday qilib talab qilish kerakligini belgilab beradi.
636
Kuzatish turlicha xarakterga ega bo'lib, nazoratchi-
metodist bu jarayonlarni amalga oshirish uchun tekshirish
reja-sxemasini tuzadi.
Dostları ilə paylaş: |