MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI
MUDIRI FAOLIYATI:
- Maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan ishonchnomasiz
faoliyat ko'rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning
manfaatlarini ifodalaydi;
- maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga
berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
- ishonchnomalar beradi;
- bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi;
- maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini ishga qabul
qilish va joy-joyiga qo'yishni amalga oshiradi, rag'batlantiradi,
intizomiy jazo choralarini ko'radi va ular bilan tuzilgan mehnat
lozimnomalarini to'xtatadi;
562
- o'z vakolati doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;
- maktabgacha ta’lim muassasasining ishini takomillash
tirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy
muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish
uchun maktabgacha ta'limni boshqarish yuqori organiga
kiritadi;
- bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishning samarali
tashkil etilishi, o'quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo'jalik faoliyati
ahvoli, moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi va moddiy
boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati jamoat
tashkilotlari bilan hamkorlikda o'z-o'zini boshqaruv asosida
bolalarni . tarbiyalashda yuksak
natijalarga
erishishga
qodir bo'lgan turg'un mehnat jamoasini shakllantiradi;
kadrlarni muntazam takomillashtirib borish, pedagogik va
xizmat ko'rsatish, mehnat samaradorligini oshirish ruhida
tarbiyalaydi, o'z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish
hissini shakllantiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarlari kadrlarning
kasb mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini, umumiy
ta'lim va madaniy darajasini muntazam o'stirib borishga
g'amxo'rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda
va maktabgacha ta'lim muassasasi manfaatlaridan kelib
chiqib, ularni ratsional va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib
turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma'muriyat ruhiy-
pedagogik o'quvchining huquqiy va iqtisodiy o'quv bilan
organik uyg'unlanishini ta'minlaydi; xodimlar malakasini
bevosita maktabgacha ta'lim muassasasida oshirish uchun
lozim-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi;
mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa aralash
fanlardan erishgan yutuqlar haqida axborot beradi.
Ma'muriyat
jamoat
tashkilotlari
bilan
birgalikda
maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini attestatsiyadan
o'tkazish uchun optimal lozim-sharoitlarni ta'minlaydi, ularga
o'z vaqtida zarur metodik yordam ko'rsatadi.
563
e) mudiraning m aktabgacha ta ’lim bo'lim lari, ota-
onalar, jam oat oldidagi hisobdorligi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining mudiri amaldagi
qonunchilik doirasidagi pedagog xodimlari va ma'muriyatini,
ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuvi-
ga chek qo'yuvchi zarur choralar ko'radi. Shuningdek,
jamoaga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik urinishlariga,
uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo'yadi, shu
masalalar bo'yicha tegishli organlarga murojaat qiladi.
Mudira ishonch qog'ozisiz maktabgacha ta'lim muassasasi
nomidanharakatqiladi,barchashirkatvajamoatkorkabinetlari,
muassasalar va tashkilotlarida uning manfaatini himoya
qiladi; kreditlar tarqatadi; lozimnomalar tuzadi, ishonch
qog'ozlarini beradi, banklarda va boshqa hisoblarini ochadi;
maktabgacha ta’lim muassasasi uchun zarur bo'lgan jihozlar
va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korkabinetlardan,
tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd
pulga yoki pul o'tkazish yo'li bilan ijaraga olish va buyurtma
berish huquqiga ega.
Mudira maktabgacha ta'lim muassasasi huquqi doirasida
buyruq chiqaradi, ko'rsatma beradi. Bu buyruq va ko'rsatmalar
maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xodimlari uchun
majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta tibbiy yordam
hamshirasi, xo'jalik mudirining o'z huquqlari doirasida bergan
ko'rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha ta'lim muassasasining shaxsiy tarkibi
quyidagilardan iborat: Ma'muriy guruh (mudir, tarbiyachi-
metodist, xo'jalik mudiri, katta tibbiy yordam hamshirasi),
pedagogika, tibbiy yordam, xizmat ko'rsatish tarmoqlari
xodimlari.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati har bir
tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni berkitadi. Mehnat
jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy
yig'ilishidir.
564
Maktabgacha ta'lim muassasasining umumiy yig'ilishi:
- maktabgacha ta'lim muassasasining Ustavini ko'rib
chiqadi va qabul qiladi;
- maktabgacha ta'lim muassasasi kengashini tuzish zarurini
aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi;
- yillik va istiqbol rejalarni muhokama qiladi, tasdiqlaydi,
uning bajarilishi haqida ma'muriyat hisobotini eshitadi,
pedagogik va xizmat ko'rsatish mehnatining samaradorligini
oshirish yo'llarini belgilaydi;
Jamoa lozimnomasini muhokama qiladi va kasaba uy ushmasi
qo'mitasiga taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: |