bu turini boshdan oxirigacha to'liq kuzatib chiqish kerak
bo'ladi.
Har qanday tekshiruv agarda mudira qabul qilgan ko'rsatma,
tavsiya qarorlarning ijrosini tekshirib bormasa, ijobiy samara
bermaydi. Ijroni muntazam nazorat qilib borish kishilarni
intizomga odatlantiradi.
Muntazam nazorat - bu faqat ilgari ay tilgan ko'rsatma va tak-
liflarning ijrosini tekshirishgina emas, balki guruhda ma’lum
vaqt bo'lagida qilingan ishlarni solishtirib ko'rish hamdir,
Masalan: o'quv yilining boshida bolalarning mashg'ulotlardagi
tafakkur faoliyatlarining faolligini tekshirish tarbiyachilar
muammoli xarakterdagi savol va vaziyatlardan kam
foydalanishlarini bolalarda mustaqillik hamda fikrlarning
tanqidiyligini yetarlicha rivojlantirmasliklari va shu kabilarni
ko'rsatadi. Bu kamchiliklar sabablarini pedagoglar jamoasida
birgalikda muhokama qilib va ularni bartaraf qilish yo'llarini
belgilab, mudira yarim yildan so'ng boshlang'ich ma'lumotlarni
yangi mashg'ulotlar bilan solishtirib yana tekshiradi.
Nazoratning yuqorida ko'rsatib o'tilgan tur va shakllarning
amalga oshirilishi mudiraga guruhlarda ta’lim-tarbiyaviy
pedagogik jarayonlarni yo'lga qo'yilganligini o'rganish, o'z
intilishini tarbiyachilarga murakkab ishlarida yordam berishga
aniqroq yo'llash imkonini beradi. Mudira yuqoridagi tekshirish
usullaridan foydalanib, maktabgacha ta'lim muassasasi ishiga
to'liq rahbarlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: