N. M. Kayumova


PEDAGOGIKA KENGASHI FAOLIYATINI



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

PEDAGOGIKA KENGASHI FAOLIYATINI
TASHKIL ETISH VA UNING ISH MAZMUNI
- Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari Kengashning 
raisi hisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. Pedagogika 
kengashi kotibi jamoa tomonidan bir yil muddatga saylanadi.
- kengash yig'ilishlari o'quv yili avvalidan boshlanib, har 
chorakda bir marta o'tkaziladi. Zaruriyat bo'lgan hollarda 
navbatdan tashqari Pedagogika kengashi o'tkazilishi mumkin.
- kengash a'zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashib, 
ulardan ko'pchiligi yoqlab ovoz bersalar, qaror qabul qilingan 
hisoblanadi. Ovozlar teng bo'lgan taqdirda, Kengash raisining 
qarori hal qiluvchi hisoblanadi.
- navbatdan tashqari chaqirilgan yig'ilishda esa kengash 
a'zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak.
- ovoz berish tartibi kengash yig'ilishida ochiq ovoz berish 
yo'li bilan belgilanadi.
- pedagogika kengashi tarkibiga muassasa shifokori va 
hamshira, kasaba uyushma raisi, ota-onalar (vasiylik kengashi) 
qo'mitasi raisi, mahalla fuqarolar yig'ini a’zolari kirishi 
mumkin.
- kengashni o'tkazish vaqti, joyi va kun tartibi muassasada 
bir oy oldin e'lon qilinadi.
584


- kengashda muhokama etiladigan materiallar doimiy 
hamda vaqtinchalik tashkil topgan guruhlar yoki muassasa 
ma'muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi.
- kengashda muassasaning ish rejasi, malaka oshirish 
rejasining bajarilishi, nazorat turlari bo'yicha o'rganish 
xulosalari, xodimlarning hisobotlari, tarbiyalanuvchilarning 
o'zlashtirishi, muassasaning sanitar-gigiyenik ahvoli va 
tarbiyalanuvchilarning sog'lig'i va muassasa faoliyatining 
boshqa masalalari ko'rib chiqiladi.
- kengash pedagoglarning ilg'or ish tajribalarini o'rganish, 
umumlashtirish va ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam 
uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilaydi.
- kengashda mashg'ulot ishlanmalari, tarbiya jarayonining 
shakl va metodlarini amalga oshirish yo'llari muhokama 
qilinadi, tarbiyalashning ilg'or usullarini joriy etish bo'yicha 
tajriba-sinov ishlarini olib borish, oliy ta'lim institutlari, jamoat 
va nodavlat tashkilotlari, maktab, mahalla bilan hamkorlik 
qilish yo'nalishlarini belgilaydi.
- kengash ta'Iim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik 
jamoaning ma'lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va 
ta'lim samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar 
yaratishga oid yakuniy xulosa chiqaradi va tegishli qaror qabul 
qiladi. Malaka oshirish kursidan qaytgan pedagoglarning 
hisobotlarini tinglaydi.
- kengashda kun tartibidagi masalalarni ko'rishdan oldin 
avvalgi kengashda qabul qilingan qarorlarning ijrosi haqidagi 
masala eshitiladi va ijrosi ta’minlangan har bir masala 
yuzasidan qabul qilingan qarorlar nazoratdan olinadi.
~ kengash kun tartibida ko'rilayotgan har bir masala 
aniq ifodalangan bo'lishi, masalalar o'quv yilining asosiy 
vazifalaridan kelib chiqqan holda kiritilishi lozim. Kengashda 
ko'riladigan masalalar soni uchtadan oshmasligi zarur.
- Kengash qarori ijrosini nazorat qilish muassasa rahbari 
zimmasiga yuklatiladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin