METODISTNING LIDERLIK VA BOSHQARUV JIHATLARI
Metodist jamoani boshqarishda o'zi shaxsiy namuna bo'lishi
lozim, ya'ni u barcha ishlarni oldida, boshida bo'lib yetakchilik
qiladi. Umuman olganda ko'p adabiyotda «lider» so'zini
«yetakchi» atamasi bilan almashtirish hollari ko'p uchraydi.
O'ylashimizcha, «yetakchi» atamasi «lider»ga xos bo'lgan
psixologik tavsifni to'la ifodalay olmaydi. «Yetakchi» so'zi
guruhgamunosabatsifatida, uning a'zolarigata'siro'tkazuvchiva
maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan ishlatiladi. Yetakchilik
guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali
aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin liderga xos bo'lgan fazilatni
ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni munosabatlar
tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda
liderga xos bo'lgan asosiy jihatlardan yana biri -shaxsning
vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga
olish zarurati tug'iladi. Biron - bir muammoli vaziyatda paydo
bo'lgan qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik
va mohirlik liderga xos fazilatlardir. Muammoni yechish bilan
bog'liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan o'zining
ilg'orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi. Fikrimizcha, o'zbek
tilida aynan shu ikki ibora - «peshqadam» va «yetakchi» so'zlari
majmuasi lider mohiyatini to'la ifodalashi mumkin.
Nazarimizda, «yetakchi» so'zi shaxsningguruhniyetaklashga,
boshchilik qilishga bo'lgan ishtiyoqimavjudligidankelibchiqadi.
«Peshqadam» iborasi esa ma'lum fazilatlarga ega bo'lgan shaxs
ketidan guruhning ergashishini, jamoaning o'z ixtiyoriga ko'ra
o'zi ishongan odam borayotgan yo'lni tanlashini anglatadi.
Aynan shu xolat «lider» iborasiga nisbatan ham ishlatilishi
zarur. Liderning bu xususiyati uning hissiy jozibadorligida,
o'zgalarni o'ziga jalb etish fazilatida namoyon bo'ladi.
Shunday qilib, «lider» so'zini faqat «yetakchi» atamasi bilan
almashtirish liderlik holatining psixologik talqinini tor doiraga
kiritib qo'yadi. Ushbu mulohazadan kelib chiqqan holda
qo'llanmamiz matnida «lider» so'zidan foydalanishni ma'qul
574
deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, «lider» so'zidagi izohiy
ma'noni anglab olish o'zbek kitobxoni uchun tanish holdir.
Liderlik va rahbarlik. Mehnat jamoasidagi har bir xodim
guruhda o'zining mavqeyiga ega. Bu mavqe rasmiy yoki
norasmiy tarzda qo'lga kiritilgan bo'lishi mumkin. Rasmiy
mavqe xodimning mansab pog'onasidagi o'rni va uning
lavozimidan kelib chiquvchi vakolatlari bilan ifodalanadi. Har
qanday xodim o'z hamkasblari bilan o'zaro munosabatda bo'lar
ekan, turli omillar ta'sirida bu munosabatlar hissiy rang ola
boshlaydi.
Hissiyotga asoslangan munosabatlar ikki ko'rinishda -
yoqtirish (simpatiya) va yoqtirmaslik (antipatiya) sifatida
shakllanadi. Shunday xodimlar ham borki, ular o'zining ma’lum
xislatlari bilan jamoaning ko'pchilik a'zolarida simpatiya
uyg'ota oladilar va ular guruhning norasmiy tizimida yuqori
mavqeni egallaydilar. Psixologik talqin bo'yicha, jamoaning
rasmiy tizimida yuqori mavqeni egallovchi xodim rahbar bo'lib
hisoblansa, norasmiy tizimda yuqori mavqeni egallovchi shaxs
esa - liderdir.
Liderlik holati, odatda, guruhning norasmiy munosabatlar
tizimida amalga oshadi. Biron-bir shaxsning lider darajasida tan
olinishi unga hissiy yaqinlikni, uning ish bilan bog'liq bo'lgan
qator fazilatlarini yuqori baholashni va ushbu shaxsning guruh
manfaatlariga e’tiborliligini anglatadi. Lider - guruhning hamma
a'zolari tomonidan tan olingan shaxs. Liderning qadriyatlar
tizimidagi asosiy jihati - guruh manfaatini har narsadan ustun
qo'yish, doimo guruh oldiga qo'yilgan vazifani yechishga
sidqidildan kirishish va bu jarayonda jamoani safarbar eta
olishidir.
Mehnat jamoasidagi lider, awalambor, o'zining ishchanlik
xususiyatlari bilan farqlanib turadi, chunki, u aynan mehnat
faoliyati tufayli boshqalardan ajralib ko'zga tashlana boshlaydi.
Bundan tashqari, lider, guruh manfaatini himoya etar ekan,
kezi kelganda rasmiy munosabatlar tizimiga va rasmiy doiralar
575
manfaatiga ham zid chiqa oladi. Natijada, jamoada rasmiy
rahbar va norasmiy lider o'rtasida ziddiyat paydo bo'lishi
mumkin.
Zamonaviy psixologiya fani, o'z yutuqlari orqali, liderga
xos fazilatlar tabiati va unga erishish yo'1-yo'riqlari haqida
yetarlicha ma'lumot bera oladi. Shu munosabat bilan liderga
xos bo'lgan jihatlarni uch toifaga kiritishimiz mumkin: 1) jamoa
manfaatlariga yo(nalganlik; 2) kasbiy mohirlik, har qanday
muammoli vaziyatda qiyinchilikni o'z bo'yniga olish va ishni
oxirigacha hal etishda tashabbuskor bo'lish; 3] emotsional,
hissiy jalb etuvchanlik xislatlari. Yuqorida sanab o'tilgan
xislatlar majmuasining ketma-ketligi ham o'z mantig'iga ega.
Tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, hissiy jalb etuvchanlik
odatda lider shaxsda juda yorqin ko'zga tashlanishi lozim emas
ekan. Shaxsda bu ko'rsatkichning o'rta me'yorda mavjudligi, uni
liderlik darajasida tan olinishi uchun yetarlidir. Lekin insonga
xos hissiy jozibadorlik ko'rsatkichi pastligi ish yuzasidan
o'tadigan muloqot va muzokaralarga salbiy ta'sir etishi
mumkin, Rahbarning muloqot sirlarini yaxshi bilishi orqali
atrofdagilarda o'zi haqida ijobiy taassurot uyg'ota olishi ushbu
ko'rsatkichni oshirishdagi asosiy vositadir.
Rahbarlik taylnlanuvchi lavozimdir, liderlik esa hamfikrlar
tomonidan ko'tarilgan shaxs mavqeyidir. Agar rahbar va lider
o'rtasidagi farqga e'tibor beradigan bo'lsak, ko'pgina jihatlarni
sanab o'tishimiz mumkin. Masalan, rahbar xodimlarga
ega bo'lsa, Iiderning hamfikr tarafdoshlari mavjud, rahbar
tayinlansa, lider jamoa a'zolari orasidan ajralib chiqadi, rahbar
o'z hokimiyatiga asoslansa, lider obro'siga tayanadi. Rahbar
o'z majburiyati bo'yicha tashkilot manfaatini birinchi o'ringa
qo'yadi va shu xususiyat unga rasmiy tus berib, jamoa oldida
liderga nisbatan uni bir muncha «zaif» holatga qo'yadi.
Hayotda ko'pgina jamoalar uchraydiki, ularda rasmiy rahbar
va lider alohida shaxslardan iboratdir. Bunday jamoa hayotidagi
ko'p vaziyatlarda guruh a’zolari rahbardan ko'ra norasmiy lider
tomonida bo'lishlari ehtimoli kuzatiladi. Jamoadagi rasmiy
576
rahbar va norasmiy liderning o'zaro munosabati doimo qiyin
masalalar doirasiga kiradi. Bunday vaziyatda odatda ko'pchilik
rahbarlar liderni siqib chiqarishga, undan qutulishga intilishlari
kuzatilsa, boshqa bir rahbar bu liderdan foydalanishga,
uni guruh maqsadiga tezroq erishish yo'liga safarbar etishi
mumkin. Rahbarning lider bilan o'zaro til topishi, hamfikr bo'la
olishi, albatta, bo'lajak muvaffaqiyatlar garovidir. Buning uchun
rahbardan ham topqirlik, sabr-toqat va o'z shaxsiy manfaatidan
ustun tura olish qobiliyati kutiladi.
Rasmiy rahbar va guruh lideri turli shaxslardan iborat bo'lsa,
ular o'rtasidagi kelishmovchilik ko'pgina xodimlar tomonidan
ijtimoiy adolatning buzilishi sifatida idrok etiladi. Lider bilan
munosabatni rivojiantirish esa aksincha, guruhdagi kuchlarni
tan olish, oqillik yo'lini tanlash deb baholanadi. Rahbar sezgir
shaxs sifatida nafaqat liderga, balki bunday xislatga ega bo'lgan
har bir guruh a'zosiga alohida diqqat ajrata olishi lozim.
Alohida olingan lider bilan mavjud munosabatni rivojiantirish
orqali guruhning boshqa a'zolari bilan o'zaro ijobiy hislarni
shakllantirish imkoniyati tug'iladi. Shu ma'noda tahlil etilganda,
guruhda norasmiy liderning mavjudligi rasmiy rahbar uchun
guruh a'zolari bilan iliq munosabatni qurishdagi qo'shimcha
ko'prikdir. Lekin hayotda hamma narsa ham o'ylanganday
silliq ketavermaydi va rasmiy rahbar bilan norasmiy lider
manfaatining zidligi, rahbarning iltifotli qadamiga qaramay
norasmiy liderning qaysarligi to'qnash kelishi mumkin. Bu esa
jamoadagi nizo bilan ifodalanadi va bunday hollarni hal etish
yo'l-yo'riqlari haqida jamoadagi nizolar mavzusida batafsil
gapirib o'tiladi.
Liderga xos bo'lgan fazilatlarni shakllantirish bo'yicha
psixologiya fanida qator amaliy tadbirlar mavjud bo'lib, bu
xil dasturlar interfaol ta'lim uslubiga asoslangan amaliy
mashg'ulotlarda o'z aksini topadi. Shaxsning liderlik jihatlarini
rivojlantiruvchi psixologik tadbirlarning metodologik asoslari
bir muncha bahsli bo'lib, bu mavzuning puxta ishlab chiqilzshi
ushbu mashg'ulotlardan olinajak natija samarasini belgilaydi.
577
Yaqin paytgacha psixologiya fanida shaxsning liderlik
xislatlarini shakllantirish bo'yicha «Xislatlar nazariyasi»
degan ta'limot yetakchi bo'lib kelgan. Bu ta'limotga binoan
liderlikni ifodalovchi bir necha xislatlar mavjud va ushbu
xislatlar majmuasi shaxsning o'zgalarga ta'sir etish qobiliyatini
belgilaydi. Ammo aniqlanishicha, xislatlarning shunchaki
majmuasi shaxsni lider darajasiga ko'tara olmaydi va bu
xislatlar soni bir necha o'ntalikdan iborat bo'lishi mumkin. Bu
xislatlarni shakllantirish, ularni shaxs tuzilmasidagi boshqa
tarkibiy jihatlar bilan muvofiqlashtirish va insonning ichki
mazmun-mohiyatiga aylantirish o'ta murakkab masaladir.
Ko'p yillik psixologik tadbirlar bunday yo'lning kammahsul
ekanligini ko'rsatdi.
Shaxsning liderlik imkoniyatini rivojlantirishning zamonaviy
yondashuvlaridan bin, insonda shakllangan qobiliyatga
suyanishni va shu qobiliyatni imkon bergan vaziyatda namoyon
etilishini taqozo etadi. Bundayyondashuv«situativliderlik» deb
atalib, unda lider deb, tan olingan shaxsning umumiy maqsadga
erishish yo'lida muammoli vaziyatda o'z qobiliyatini namoyon
eta olishi tushuniladi. Bu nazariyaga binoan guruh doimo bir
necha liderga ega bo'lishi mumkin va kezi kelganda har bir jamoa
a'zosi muammoli vaziyatni hal etish borasida o'z qobiliyat va
imkoniyatini namoyish eta oladi. Fikrimizcha, samarali foliyat
olib boruvchi rahbar o'z jamoasida aynan shunday muhitni
yaratishi kerakki, har bir xodim zarur vaziyatda o'z imkoniyatini
ishga solish orqali muammoli vaziyatni hal etishda qatnashishi
va boshqaruv jarayonida ishtirok etayotganini his qila olsin.
Buning uchun jamoa har qanday vaziyatni hal etishda chuqur
mas’uliyathis etuvchi va o'z ishiningustalari bo'lgan professional
xodimlarga ega bo'lishi lozim. Shu bilan birga, guruhda doimo
shunday xodimlar topiladiki, ular paydo bo'luvchi ko'pgina
muammoli vaziyatlarni hal eta oluvchi universal qobiliyatga
ega. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, liderlik ko'p jihatdan
shaxs tug'ma qobiliyatlarining yetarli darajada shakllanganligi
bilan xarakterlanadi.
578
Yuqorida aytganimizdek, liderliknning asosiy jihatlaridan
biri - guruh manfaati haqida g'amxo'rlikdir. Shuning uchun
ham liderlik ta'rifidagi asosiy ma'no kasb etuvchi tomonlar bu -
shaxsning ushbu vaziyatni muvaffaqiyatli hal eta olish qobiliyati
va guruh manfaati yo'lidagi jonbozligi deb tushunilishi mumkin.
Shaxsning liderlik imkoniyatini namoyon ettiruvchi yana bir
asosiy tomon - jamoaning talab va istagiga mos kela olishidir.
Turli mehnat jamoalari o'z mas'uliyat darajasidan kelib chiqqan
holda turlicha istaklarni namoyon etadi va hatto, ba'zida jamiyat
manfaatiga to'la mos kelmaslik hollari ham kuzatiladi. Bunday
jamoalarda esa, tabiiyki destruktiv, ya'ni buzg'unchi xulqqa
mos keluvchi liderlar ajralib chiqadi va ular guruhning yashirin
motivlarini namoyon etuvchi o'ziga xos kuchga aylanadi. Misol
tariqasida, o'smirlik davrida namoyon bo'luvchi va xulq og'ishi
bilan xarakterlanuvchi guruhlar va ularning liderini, yoki ba'zi
bir mehnat jamoasida tashkilotni qoloqlikka tortuvchi ijtimoiy
xulq egalaridan iborat guruhlarni eslash mumkin.
Lider va rasmiy rahbarning turli shaxslardan iboratligi va ular
o'rtasidagi ziddiyat haqida yuqorida to'xtalib o'tdik. Shunday
holat ham yuz beradiki, tashkilot manfaatiga zid yo'l tutgan lider
atrofida o'zi kabi hamtovoqlarni to'plashi va o'zining og'uvchi
xulqi bilan nafaqat tashkilot maqsadi,balki rahbarning obro'siga
ham putur yetkazadi. Bunday liderni darhol ishdan bo'shatish
lozim, degan an'anaviy fikr bir qaraganda to'g'ri bo'lsa-da,
lekin ushbu vaziyatdan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish
rahbarning mohir tashkilotchiligidan dalolat beradi. Rahbar o'z
tashkilotidagi mavjud imkoniyatlarni qo'llagan holda norasmiy
liderni nafaqat guruhdan ajratishi, balki unga ma’qul keluvchi
va uning qobiliyatlariga mos keluvchi vazifalarni ham topib
berishi mumkin. Umuman olganda, rahbar uning manfaatlariga
zid bo'lgan har qanday kuchni o'z tomoniga og'dira olishi uning
obro'siga obro' qo'shuvchi va jamoa oldida uning nufuzini
yanada oshiruvchi eng samarali imkoniyatdir.
Dostları ilə paylaş: |