N. M. Kayumova


B./B ./B ./ texnologiyasi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

B./B ./B ./ texnologiyasi
Mavzu savollari
Bilaman
Bildim
Bilishni
xohlayman
1. Mudiraga
qo'yiladigan talab lar
2. Tashkiliy
pedagogik jarayon
3. Ma'muriy-xo'jalik ishlari
4. Ta'lim -tarbiyaviy va
m etodik ishlarga rahbarlik
5. N azorat qilish usullari
6. Ota - onalar
jam oatchiligi bilan
ish uslublari
MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI METODISTI, UNING
HUQUQI, VAZIFALARI VA UNGA QO'YILGAN TALABLAR
"Ta'lim to‘g'risida"gi qonunning «Ta’lim tizimini boshqarish» 
nomli 4 bo'limi, 25 moddasida shunlay deyiladi: Ta'lim sohasida 
yagona davlat siyosatini amalga oshirish Davlat boshqaruv 
organlarigarahbarlikqilishta’limnirivojlantiruvchidasturlarni 
ishlab chiqish va amalga oshirish har bir rahbarning bosh 
vazifalaridan biridir. Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizomda 
ham maktabgacha ta'lim muassasalarini boshqarish va kadrlar 
tayyorlash ishlarini amalga oshirish, rahbarning huquq doirasi 
kafolatlari belgilab berilgan. Maktabgacha ta'lim muassasasi 
ustavida har bir maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan 
qabul qilingan ustaviga binoan metodistning ish jarayonida 
huquq va vazifalari aniqlab belgilab beriladi, ya'ni u metodik 
jihatdan kuchli ma'naviy, siyosiy ongi, dunyoqarashi keng
569


tadbirkor, kamida bitta xorijiy tilni biluvchi pedagoglardan 
tayinlanadi. Shuningdek, metodist quyidagilarni bilishi lozim:
- maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy 
ishga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
- «Ilk qadam» dasturining bajarilishini ta'minlaydi va 
kontrol qiladi, ta'lim-tarbiyaviy ishning to'g'ri uyushtirilishi 
uchun javobgar;
- ilg'or pedagogik tajribani o'rganadi, umumlashtiradi va 
tarqatadi, Pedagogik kengashda ko'rib chiqish uchun zarur 
materiallarni tayyorlaydi;
- maktabgacha ta'lim muassasasidagi metodik kabinetning 
ishini tashkil qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik 
qo'llanmalar va o'yinchoqlarni tanlaydi;
- ota-onalar o'rtasida pedagogik bilimlarni targ'ibot qilish, 
turli guruh tarbiyachilari, shuningdek, Maktabgacha ta’lim 
muassasasi va maktab ishida uzviylikni ta'minlash bo'yicha 
ishni uyushtiradi.
O'z hamkasblarining hurmatini qozonishi va ularga o'z 
vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun 
metodist qanday rahbarlik sifatlariga ega bo'lishi lozim.
Metodist faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, 
balki bilimlarni amalda qo'llash ko'nikmasiga ham ega bo'lishi 
zarur.
Tajribali metodistning tashabbuskorligi va ishga ijodiy 
yondoshishi: g'oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga 
muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va 
qobiliyatlarini hisobga olishiga qarab farqlanadi.
Metodist talablarni qo'yishda talabchan va qat’iy bo'lishi 
kerak. Rahbarning o'ziga bo'ysunuvchilar bilan muloqotning 
emotsional-irodaviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik 
uslubining muhim xislatini, talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak 
talabchanlikni sezgirlik, xayrixohlik, odamlarga hurmat bilan 
birga olib borish zarur. Talabchanlik - bu qattiqqo'llik degan gap 
emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan 
ko'ra zarari ko'proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan 
emas, balki zaifligidan dalolat beradi.
570


Maktabgacha ta'lim muassasasi metodistining ta'lim- 
tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi uning obro'si ko'p 
jihatdan pedagoglar jamoaning jipslashganligiga, eng avvalo, 
butun maktabgacha muassasa rahbar yadrosida birlik va 
o'zaro tushunishning mavjudligiga bog'liq bo'ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini 
ta'minlash; 
jamoada 
jamoa 
fikrini, 
tarbiyachilarning 
bir-birlarining 
kamchiliklariga 
tanqidiy 
munosabatini 
shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini 
rag'batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta’minlash 
kabi ijtimoiy-psixologik masalalarni hal qilish metodist uchun 
birlnuncha murakkablik qiladi.
Har bir yosh mutaxassis ishini endi boshlayotgan yosh 
tarbiyachi maslahatlar olib turishi uchun unga tajribaliroq 
murabbiy va obro'liroq tarbiyachini biriktirish lozim.
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik 
bilan bo'lmaydi. Mana shuning uchun ham yosh pedagog 
ishining ilg'or metodlari va usullarini egallashga, o'z bilimlarini 
doimo to'ldirib borishga, erishilganlar bilan cheklanmay, 
tarbiya turlarini egallash ishtiyoqini singdirishga yo'llash 
metodistning vazifasi hisoblanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin