N. M. Kayumova


MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI METODIST



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI METODIST
LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI
Lavozim vazifalari:
a) maktabgacha ta'lim muassasasi jamoasi o'quv-tarbiyaviy 
faoliyatiga metodik rahbarlik qilish;
b) barcha yosh guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o'qitish 
dasturlarining bajarilishini ta'minlash va nazorat qilish;
v) tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo'naltirish, nazorat 
qilish, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy 
hamshiralarga zarur metodik yordam ko'rsatish:
g) maktabgacha ta'lim muassasasida metodik kabinet 
ishini tashkil qilish, bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha 
yo'riqnoma-metodik materiallarni umumlashtirish;
571


d] ilg'or tajribalarni o'rganib, tarbiyachilar va tibbiy 
hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qilish, 
tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish maqsadida 
maslahatlar o'tkazish;
e) bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik 
kengash muhokamasiga kiritish, pedagogik kengashlarga 
materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning maqsadli 
ishtirokini ta'minlash;
j) maktabgacha 
ta'lim 
muassasasida 
qabul 
qilingan 
buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish:
z) ota-onalar orasida pedagogik bilimlariing tashviqoti 
bo'yicha hamda maktabgacha ta'lim muassasasida turli yosh 
guruhlar bo'yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta'minlash;
i) ta'lim muassasasi faoliyatiga qo'yilgan sanitariya-gigiyena 
talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi 
qoidalari talablariga rioya qilish;
y) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bola­
lar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi, "Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi to'g'risida'gi va "Bola huquqlarining 
kafolatlari to'g'risida"gi qonunlarini;
b] hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim 
vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni;
v) maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarnining 
rivojlanishiga 
qo'yilgan davlat talablarining; mazmunini, bolalarni maktab 
ta'limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
g) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha 
yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini;
d] maktabgacha ta'limga davlat talablarini bajarilishini 
nazorat qilish shakllari va metodlarini, bolalar hayoti va sog'ligini 
muhofaza qilish qoidalarini;
e) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik 
hujjatlarni, o'quv va tarbiya jarayonida o'qitish texnikaviy 
vositalaridan foydalanish amaliyotini.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin