N. M. Kayumova


METODISTNING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

581


METODISTNING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, 
bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy masalalarni 
kollegial ko'rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik 
mahorat maktabi va ilg'or tajriba minbaridir.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Pedagogik kengash 
raisi hisoblanadi.
Pedagogik kengashga quyidagi masalalar: bolalar bilan olib 
boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni 
hal qilish yo'llarini izlash; muassasa ish amaliyotga pedagogika 
fanining yutuqlari va ilg'or pedagoglar tajribasini joriy qilish; 
tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish, ularning 
ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi.
Pedagogik kengash Maktabgacha ta’lim vazirligi, maktab­
gacha ta'lim bo'yicha buyruq, yo'l-yo'riq, nizom va boshqa 
me'yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta'lim muassasasining yillik 
ish rejasini; bolalar sog'ligini mustahkamlash tadbirlarini; har 
bir yosh guruhlari bo'yicha «Ilk qadam» dasturining sifatli 
bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida 
tarbiyachilarning ilg'or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi 
bolalarga ta’lim va tarbiya berishning dolzarb masalalarini, 
tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini 
oshirish masalalarini va maktabgacha ta'lim muassasasi 
faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha 
qatnashchilarni qiziqtiruvchi mavzuning kengligini, dolzarb- 
ligini ta'minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda 
ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va 
faol bo'ladi.
Pedagogik kengash tarkibiga: metodist, tarbiyachilar, 
musiqa rahbari, maktabgacha ta'lim muassasasiga xizmat 
ko'rsatuvchi shifokor, katta hamshirasi, kasaba uyushma, ota- 
onalar qo'mitasining raisi hamda vasiylik kengash raislari 
kiradi. Pedagogik kengash yig'ilishiga jamoat tashkilotlarining
582


vakillari, maktablar o'qituvchilari, maktabgacha ta'lim 
muassasasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi 
mumkin.
Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik 
ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar Pedagogik kengashi 
tomonidan tasdiqlangan reja bo'yicha ishlaydilar.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida kollegial 
organ 
hisoblangan Pedagogik kengashlar tashkil etilib, u pedagogik 
xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha 
ta'limda davlat talablari asosida muvofiqlashtirilgan ta'lim- 
tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Pedagogik kengash maktabgacha ta'lim muassasasidagi 
ta'lim-tarbiya jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi 
doimiy faoliyat ko'rsatadigan organ hisoblanadi.
Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar 
kiradi:
- ta'lim muassasasi pedagogik jamoa faoliyatini yo'naltirish, 
tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka va 
ko'nikmalarini rivojiantirish, "Maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari”ning bajarilishini 
ta'minlash;
- ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini 
oshirishda maqbul lozim-sharoitlar yaratishga doir qarorlar 
qabul qilish;
- pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini 
oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va 
rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;
- pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini 
oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va 
rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;
- pedagogik jamoaning ma’lum yo'nalishlardagi faoliyatini 
tahlil qilish va yakuniy xulosa berish;
- ilg'or pedagoglarning ish tajribalarini o'rganish, 
ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko'rsatish 
ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilash;
583


- "Ustoz-shogird" an'analari, uzluksiz malaka oshirish 
borasida olingan hisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va 
ularning bajarilishini nazorat qilish;
- tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga 
asoslangan ma'naviy-axloqiy hislarni singdirish, bola shaxsini 
shakllantirishda ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni tatbiq etish;
- ta’lim oluvchilarni ma'naviy yuksak, umuminsoniy va 
milliy ruhda, o'z vatani, xalqini ardoqlovchi shaxs sifatida 
tarbiyalash yuzasidan takliflar berish.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin