-
Ko'p fikrlilikka ochiqko'ngillik bo'lish va uni hurmat qilish.
Har qanday holatda ham qaysi bo'g'inda rahbar bo'lishidan
qat'iy nazar o'zining asosiy majburiyati, ya'ni qo'l ostidagilarni
mazkur talablar negizida ish olib borishni unutmasligi kerak.
Mudira faoliyatining mazmuni:
a)
mudiraning ma'muriy xo'jalik ishlari.
Mudira maktabgacha ta'lim muassasalarning butun
faoliyatiga rahbarlik qilib, u obodonlashtir ish, ko'kalamzorlash-
tirish ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo'yicha xarajatlarni
to'g'ri
taqsimlash, muassasasini boy oziq-ovqat moddalari
bilan ta'minlash, kun tartibini to'g'ri tashkil etish, reja bo'yicha
maktabgacha ta'lim muassasalarni bolalar bilan to'ldirish,
ta'lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchun javobgar, yozgi
sog'lomlashtirish ishlari, taomnoma sifatini vitaminga boy
bo'lgan moddalar bilan ta'minlashi (kamida haftada 2 marta],
xamir ovqatlari (bulochka, pechene],
pedagogik va xizmat
ko'rsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati,
ularning malakasini oshirish ishlari bo'yicha bosh rahbardir.
Mudira bolalar hayotini saqlash, muhofaza qilishi
uchun maktabgacha ta'lim muassasasida to'g'ri
kun tartibi
jarayonlari, lozim-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigiyenik
qoidalarningbajarilishiga, yong'inga qarshi tadbirlar o'tkazadi.
Qishga boy oziq-ovqat va mahsulotlarini g'amlaydi. Vitaminga
boy bo'lgan mevali o'simliklarni o'stiradi. Maktabgacha
ta'lim muassasalar xodimlari o'z vaqtida oylik maosh bilan
ta'minlanadi. Ishchilarning mehnat intizomiga qat'iy rioya
qilishlarini nazorat qiladi. Ish yuritishni qattiq nazorat qiladi.
Bo'sh guruhlarni xodimlar bilan o'z vaqtida ta'minlaydi.
Faol
xodimlarni
rag'batlantiradi.
Maktabgacha
ta’lim
muassasalarda o'tkaziladigan joriy, kapital ta'mirlashga bosh
rahbardir. Moliyaviy-xo'jalik ishlari bo'yicha
javobgar shaxs,
oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha javobgar shaxs, kir yuvuvchi,
bog'bon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik,
haydovchi bilan yakkama-yakka suhbat o'tkazadi. Ularning
ishlari ustidan qat’iy nazorat tashkil etadi.
556
Mudira muassasani kerakli texnikaviy va xo'jalik materialla-
ri bilan muntazam ravishda ta'minlab turish,
binoni jihozlash
bilan (qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlash, binoni o'z
vaqtida ta'mirlash va o'quv-ko'rgazmali qurollari bilan to'ldirib
borishi, turli yosh guruhi uchun dastur - metodik hujjatlarda
tavsiya etilgan. Ularning fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat,
estetik tarbiyalash maqsadida bolalar badiiy adabiyoti va
pedagogik adabiyotlar bilan ta'minlash, bolalar maydonchasini
to'g'ri
rejali jihozlash, kadrlarni joylashtirishda ularni bolalar
bilan ishlash tajribasiga qarab, xodimlarning individual
xususiyatlarini hisobga olishi, shifokor bilan birgalikda tibbiy
yordam ishlarini nazorati va bolalarni tizimli tibbiy yordam
ko'rigidan o'tkazish ishlari kiradi.
Moliyaviy-xo'jalik
va boshqa faoliyati, jamoada ijodiy,
ma'naviy-ruhiy muhit yaratilishi uchun qonunda belgilangan
tartibda shaxsiy javobgardir.
b)
Dostları ilə paylaş: