N muradullaev, Q. R. Rahmonov, T. S. Burxonov, N. Sh. Umarov yer monitoringi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/34
tarix25.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#135053
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Yer monitoringi O‟quv qo‟llanma

Agroekologik monitoring 
Qishloq xo‟jaligida ekologik muammolarga qiziqishning o‟sishi agroekologik 
monitoringni tashkil etish to‟g‟risidagi masalani kun tartibiga qo‟ydi. Bu 
monitoring qishloq xo‟jaligi korxonalari, tashkilotlar va fuqarolar yerlarida salbiy 
jarayonlarni bartaraf etish va oldini olish, nazorat qilish, ularni muhofaza qilishni 
ta‟minlash maqsadida tuproq holatini muntazam uzoq muddatli kuzatishdir. 
Agroekologik monitoringning asosiy maqsadi tabiiy va iqlim resurslaridan 
maksimal foydalanishning, tuproq qoplamining muhim vazifalarini himoya qilish, 
tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish asosida agrotsenozlar ekologik 
muvozanatini va samaradorligini yaratish uslublarini ishlab chiqishdir. U 
tuproqning antropogen o‟zgarishlarini aniqlashga yo‟naltirilgan, pirovardida u inson 
salomatligiga ziyon yetkazishi mumkin. 
Agroekologik 
monitoringning 
roli 
shundan 
iboratki, 
atmosferada, 
gidrosferada, biosfaradagi barcha o‟zgarishlar tuproq unumdorligiga, xususiyatiga 
va tarkibiga muqarrar aks ettiriladi. 
O‟zbekiston Respublikasining yer fondi umumiy maydonidan qishloq 
xo‟jaligida foydalaniladigan yerlar 22,5 mln.ga, shulardan 3,7 mln.ga ekinzor 
hisoblanadi. 


75 
Qishloq xo‟jaligi yerlarining sifat holati O‟zbekistonnning ko‟pgina 
mintaqalarida qoniqarsiz ahvolda. 
Yer munosabatlarini isloh qilish natijasida qishloq xo‟jaligi korxonalari 
yerlari tomorqa yerlarga ajratish, fermer va boshqa xo‟jaliklar tashkil etish ishlari 
amalga oshirilmoqda, xususiy yordamchi xo‟jalik, polizchilik, dala hovli qurish 
uchun aholining ehtiyoji qondirilmoqda, qishloq aholi punktlari yerlari 
kengaymoqda, yerlarni qayta taqsimlash ishlariga zarurat tug‟ildi. 
Shu bilan birga, yer islohatini o‟tkazish paytida yerlar saqlanishi va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish masalalari yechiladi. 
Asosiy salbiy omillar, ularning ta‟siri ostida hozirgi zamon yerdan 
foydalanishi shakllanadi, ular quyidagilardan iborat: 
1. 
Yerlarni, ularning sifat ko‟rsatkichlarini hisobga olmasdan, faol qishloq 
xo‟jaligida foydalanishga jalb qilishi; 
2. 
Sanoat va qishloq xo‟jaligi ishlab chiqarishining salbiy ta‟sir ko‟rsatishi 
(qishloq xo‟jaligi yerlari ifloslanishi); 
3. 
Qishlok xo‟jaligi korxonalari keng qamrovli yer tuzish ishlarini o‟tkazish 
vaqtida tabiiy landshaftning xususiyatini hisobga olinmasligi; 
4. 
Yer resurslaridan oqilona foydalanish va tuproq unumdorligini muhofaza 
qilishda iqtisodiy rag‟batlantirishning yo‟qligi; 
5. 
Agrosanoat majmuasida xo‟jalik yuritishning iqtisodiy mexanizmi 
takomillashmaganligi, yer resurslarini ekspluatatsiya qilish vaqtida buzilishlarga 
yerdan foydalanuvchilarning ma‟sulyatsizligi, hisobga olishning ishonchli emasligi, 
yer mulk holati ustidan nazoratning yo‟qligi. 
Shu munosabat bilan agroekologik monitoringning vazifalari quyidagilardan 
iborat: 

agroekologik tizim holatining o‟zgarishi ustidan keng ilmiy kuzatishni tashkil 
qilish; 

barcha asosiy blok - komponentlari ishlab chiqishini tavsiflaydigan majburiy
ko‟rsatkichlar to‟plami o‟rnatilishi bo‟yicha ob‟ektiv, muntazam va tezkor 
axborotlar olish; 


76 

olingan axborotlarni baholash; 

yaqin va uzoq kelajakda agrotsenoza holati o‟zgarishining prognozi; 

barcha 
darajada 
maslahatlar, tavsiyalar, qarorlar berish, favqulotda 
vaziyatlarda ogohlantirish va ulardan 
chiqish yo‟llarini ko‟rsatish. 
Agroekologik monitoring O‟zbekiston Respublikasining Kishloq va suv 
xo‟jaligi vazirligi va O‟zbekiston Respublikasi Yer resurslari Davlat qo‟mitasi 
tomonidan yer monitoringi olib boriladi. 
Ular o‟z ichiga quyidagilarni oladi: 

tuproq 
holatini, ular unumdorligining miqdor va sifat ko‟rsatkichlarini 
muntazam kuzatish; 

tuproq holatining o‟zgarishlarini prognozlash va baholash; 

agroekologik monitoringning yaxlit holga keltirilgan mintaqa xizmatlarini 
ishlab chiqish (5 - jadval). 
5-jadval 
Majmuali tuproq monitoringining mazmuni (tarkibi) 
Maqsad 
Vazifalar 
Ob‟ektlar 
Tuproq 
xususiyatini, 
ulardan foydala- 
nishning turli 
Ko‟rinishi 
vaqtida noxush 
O‟zgarishlarni 
oldindan bilish 
Eroziya oqibatida tuproqning 
o‟rtacha yillik talofati 
o‟simliklar oziqasining 
asosiy unsurlari mintaqa 
tahchilligini bilib olish 
tuproq ishqori va kislotaligi 
o‟zgarishi ustidan nazorat, 
sho‟rlanish tartibi ustidan 
nazorat, global ifloslanish 
nazorati, mahalliy 
ifloslanish nazorati. 
Eng asosiy tuproq-iqlim 
zonalari, eroziyasi xavfli 
tuproqlar hududi 
foydalanadigan 
tuproqlar, sho‟r - suv 
melioratsiyasi 
rejalashtirilgan yoki 
amaldagi haydalanadigan 
tuproqlar sanoat 
korxonalari to‟plagan 
zonalar tuprog‟i 


77 
Qishloq xo‟jaligi 
ekinlari 
ostidagi yilning 
mavsumlari 
bo‟yicha tuproq 
holatining nazorati 
Namligi ustidan nazorat, 
harakati ustidan nazorat, suv- 
jismoniy xususiyati ifodasi, 
o‟simliklar ozuqasi unsurlash 
tarkibining nazorati. 
Muhim qishloq xo‟jaligi 
ekinlarini uzoq vaqt 
intensiv eqiladigan 
hududlardagi tayanch 
tarkiblar tuprog‟i 
Agroekologik monitoringini tashkillashtirish havo yoki suv monitoringiga 
nisbatan ancha murakkabdir. 
Tuproq yer sathining tizimida qobiqlardan biri rolini o‟ynaydi. Bu tizimda 
bevosita ekologik ahamiyatga ega bo‟lgan talay global vazifalarni bajaradi, ya‟ni 
organizmlar yashaydigan muhitda shu jumladan inson ham. 
Tuproqning - bu sayyoraning «terisi»dir. Litosferaning ekzogen omillari 
behat intensiv ta‟sir ko‟rsatishidan himoya qiladi va muvofiq ravishda haroba 
bo‟lishidan ham. 
Tuproqni ifloslantiruvchi moddalarni asta sekin to‟plab beradi, shu bilan 
birga boshqa tabiiy vujudga kelishlardan himoya qiladi. U yer osti suvlarini 
kimyoviy ifloslanishdan himoya qiladi. 
Tuproq shuningdek kam harakatchan va yetishib bo‟lmaydigan o‟simliklar 
shakllanishi ko‟pgina birikmalarni birlashtiradi. Shu bilan o‟simliklar mahsulotiga 
og‟ir metallar yoki boshqa unsurlar va moddalar tushushidan himoya qiladi. Biroq 
bu kimyoviy vazifasini bajara borib tuproqning o‟zi asta sekin ifloslanishiga duchor 
bo‟ladi. Ma‟lum bosqichda shunday darajaga erishishi mumkinki tuproq qoplami 
yo qishloq xo‟jaligida foydalanishga yoroqsiz bo‟lib qoladi yoki batamom harob 
bo‟lgan tuproq qatlamini tiklashga o‟n yillab, hatto yuz yillab vaqt talab qiladi. 
Texnika vositalar yordamida rekultivatsiya bo‟yicha ishlar juda katta harajat talab 
qiladi. 
Tuproq hissasining noxush o‟zgarishi nafaqat inson faoliyatining natijasi 
tufayli ro‟y beradi balki shu bilan birga tuproq vujudga keladigan oddiy tabiiy 


78 
omillar ta‟siri ostida tabiiy yo‟l bilan shakllanadi. Masalan, tuproq sho‟rlanishiga 
noto‟gri sug‟orish oqibati bo‟lsa shu bilan birgalikda zamin yerlari yaqin 
joylashgan yerdan tuzlarni tabiiy olib chiqib ketish jarayoni hamdir. 
Tuproq monitoringini tashkillashtirish boshqa muhit monitoringiga 
qaraganda ancha murakkabdir. Masalan suv yoki havo monitoringi sabablari 
quyidagicha: 

Tuproq-tekshirishning murakkab ob‟ektidir, chunki u biokos badanini 
ifodalaydi va u qonun, tirik tabiat va ma‟danlar podshohligida yashaydi; 

Tuproq-ko‟pfazali, geterogenli ochiq tizimdir, bu yerda qattiq fazalar, tuproq 
eritmalari, tuproq hovasi, o‟simliklar ildizlari, jonli organizmlar ishtiroki bilan 
kimyoviy o‟zaro ta‟sir ko‟rsatishlar ro‟y beradi; 

Tuproqni ifloslanlantiruvchi xavfli kimyoviy unsurlari, tog‟ jinslari va 
tuproqlardan tashkil topuvchi, tabiiydir. Ular tuproqqa tabiiy va antropogenli 
manbalardan tushadi. Monitoringning vazifasi esa antropogen tashkil etuvchisi 
ta‟sir ko‟rsatish usulini baholashdan iboratdir. 
Tabiat muhiti ifloslanishi umumdavlat nazorati xizmatining dasturi bilan 
muvofiqlikda haydaladigan yer tuproqlarida hamma joyija muntazam organik 
tabiatni pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa ifloslantiruvchi moddalar qoldiqlari 
tarkibini aniqlashni nazarda tutadi. 
Tuproqqa oid monitoring samarali bo‟lishligi uchun uch xil darajada 
o‟tkazish zarur: 
1. 
O‟simlik qoplami holatining monitoringi (o‟simliklar ortidan nazorat). 
2. 
Tuproq holatining monitoringi (mexanik va morfologik ko‟rsatkichlar 
bahosi). 
3. 
Tuproq ifloslanishining monitoringi (kimyoviy tahlil). 
Hozirgi paytda nazorat asosan tuproq ifloslanishi ko‟rsatkichlari ustidan 
amalga oshirilmoqda. Mahalliy va global ifloslanishi sinovdan o‟tayotgan tuproqlar 
holatining kuzatilishi olib borilmoqda. Suv va havodan ko‟ra ko‟proq konservativ 
bo‟lgan tizim tuproq ifloslanishiga samarali qarshilik ko‟rsatishga qodirdir. 
(yerning tirik organizmlari har yili 350 mlrd.t. organiq moddalardan foydalanadilar 


79 
va to‟la parchalab tashlaydilar). 
Tuproq holatini baholashda ekologik ko‟ngilsizliklarning asosiy mezoni 
tuproqning jismoniy degradatsiyasi, kimyoviy va biologik ifloslanish 
ko‟rsatkichlari bo‟lib hisoblanadi va quyidagi ko‟rsatkichlar orqali aniqlanadi: 

qishloq xo‟jaligi aborotidan chiqarilgan yerlar maydoni; 

yer qobig‟i chiqindilari yo‟qotilishi; 

zamin suvlari darajasining ko‟tarilishi; 

radoiaktiv ifloslanish; 

PDK kimyoviy moddalar (xavflilik darajasini hisobga olish bilan) 
ko‟tarilishi; 

Mikrob massasining faollik darajasining kamayishi; 

Fitotoksikligi (biotestlashtirish ma‟lumotlari bo‟yicha). 
Qo‟shimcha ko‟rsatkichlar sifatida qishloq xo‟jaligi mahsuloti ifloslanganlik 
darajasi singari ko‟rsatkichlardan foydalaniladi. 
Tarkibida 
pestitsidlar 
mavjud 
bo‟lgan 
tuproqlar 
keskin 
me‟yorlashtirishga duchor bo‟lishadilar. (6 - jadval) 
6-jadval 
Tuproqda pestitsidlar konsentratsiyasi ruxsat berilgan chegarasi 
Pestitsidning nomi 
Tuproqning PDK 
IT/kg 
Limitlashtirilgan 
ko‟rsatkich 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin