91
oshiriladi.
YeRSFB keng kamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnologik, yer
muhofazasi, huquqiy va boshqa tadbirlarni uz ichiga oladi. YeRSFB jarayonida shu
tadbirlarni o‟zaro bog‟liq holda hamda xalq xo‟jalik tormoklari extiyojiga ham mos
keladigan har bir yer egasi manfaatlarini hisobga oladigan tadbirlar ishlab chiqiladi.
Albatta bu tadbirlarni amalga oshirishda YeRSFB ni axborot va ma‟lumotlar bilan
ta‟minlash darajasiga ko‟p jaxatdan bog‟liq bo‟ladi. YeRSFB ni zarur ma‟lumotlar
bilan ta‟minlash yer kadastri va yer monitoringini ahamiyatini orttiradi.
Qishloq xo‟jaligida yer foydalanish maqsadida tuproq unumdorligi muttasil
oshirish, yerlarni hosildorligini usishi maxsulot xajmini ko‟payishi va uning ulchov
birligiga to‟g‟ri keladigan harajatlarni kamayishi bilan izohlanadi. Albatta bu
tadbirlarni yuqorida keltirilgan beshta yo‟nalishning o‟zaro bog‟liqligi va
muttanosibligi natijasida amalga oshirish mumkin.
Hozirgi davrda Respublikamizda yer resurslaridan intensiv foydalanish
davlat soliq siyosatini amalga oshirish natijasida xalq xo‟jaligining barcha
sohalarida kuzatilmoqda.
Yerdan foydalanish samaradorligi ilmiy asoslangan holda yer resurslaridan
foydalanishni tashkil qilishga asoslanadi. Tashkiliy tadbirlar ob‟ektiv ravishda
iqtisodiy qonunlarga buysingan holda ijobiy samaralar berishi mumkin.
Mustakil O‟zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini shakllanishining
xozirgi sharoitida agrosanoat kompleksi yer resurslaridan samarali foydalanishning
tashkil etish mexanizmi “Yer kodeksi” va “Davlat yer kadastri” qonunlari asosida
ishlab chikilmokda. Yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish agrosanoat
kompleksida uziga xos xususiyatlarga ega. Yer resurslaridan samarali foydalanishni
boshqarishning xo‟jalik mexanizmi esa bu muammoni bilvosita, ya‟ni agrar
munosabatlarni tartibga solish orkali amalga oshirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: