N muradullaev, Q. R. Rahmonov, T. S. Burxonov, N. Sh. Umarov yer monitoringi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/34
tarix25.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#135053
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Yer monitoringi O‟quv qo‟llanma

Nazorat savollari 
1. Yer monitoringini o‟tkazishning huquqiy masalalarini tushintirib bering? 
2. Yer monitoringini o‟tkazish uslublari haqida tushincha bering? 
3. Yer monitoringining amaliy masalalari deganda nimalarni bilasiz? 


44 
4. Davlat yer monitoringi xizmat qaysi tartibda amalga oshiriladi. 
5. Yer monitoringini o‟tkazish tamoyillari, ob‟ekti va sub‟ekti. 
6. Yer monitoringini o‟tkazish uslublari yerdan foydalanishda yer holatidagi 
o‟zgarishlar natijasini baholash. 
7. Kuzatish jarayonida matematik modellash. 
 
IV-BOB. AGROSANOAT KOMPLEKSIDA YER MONITORINGINI 
YURITISH XUSUSIYATLARI 
 
1. Qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanish taxlili. 
2. Agrosanoat kompleksida yer monitoringini o’tkazish masalalari. 
3. Yer monitoringini yuritishda salbiy jarayonlar ko’rsatkichlari. 
 
Tayanch so‘zlar: Agrosanoat, er uchastkasi xatlovi, er uchastkasining 
kadastr s'emkasi, er uchastkasi chegarasi ta'rifi, er uchastkasi servituti va himoya 
zonasi, huquqiy hujjatlar, kompleks, korrektirovka. 
Mustaqil O‟zbekiston Respublikasi xalq xo‟jaligini yetakchi tarmoqlaridan 
hisoblangan agrosanoat kompleksi ehtiyojlari uchun ajratilgan yoki ana shu 
maqsadlar uchun belgilab qo‟yilgan yerlardan samarali foydalanishni boshqarish 
umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqadigan muammolardan hisoblanadi. 
Agrosanoat kompleksiga ajratilayotgan kapital mablag‟lar samarasi shu 
tarmoqning asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer resurslari va undan 
foydalanish darajasiga bevosita bog‟liq bo‟ladi. 
Ma‟lumki, 
agrosanoat 
kompleksida 
mehnat 
unumdorligi 
yerlarni 
mahsuldorligiga bog‟liq bo‟lgani uchun bu sohaga bo‟lgan e‟tibor xalq xo‟jaligi 
ahamiyatiga ega. 


45 
Milliy xo‟jalikning agrar sektori juda katta yer resurslari salohiyatiga ega. 
Agrar sektor tarkibidagi yer egaliklarida 29,7 mln ga yoki jami yer resurslari 
maydonining 61% tashkil etadi. Qishloq xo‟jalik maqsadlari uchun ajratilgan 
yerlarning 27,4 mln gektari yoki 92,1 % qishloq xo‟jalik yer turlariga kiradi. 
Shundan 4,2 mln gektari haydalma yerlar, 370 ming ga ko‟p yillik daraxtzorlar, 22,8 
mln ga yaylov va pichanzorlar, 72 ming ga partov yerlardan iborat. Jami 
sug‟oriladigan yerlar 4,1 mln ga yoki qishloq xo‟jalik yerlarni 9,5 
%ni 
tashkil 
etgan holda respublikada yetishtiriladigan agrar sektor mahsulotlarini 90% dan 
ortig‟i aynan shu yerlar hissasiga to‟g‟ri keladi. O‟zbekiston Respublikasi mustaqil 
davlat sifatida shakllangandan buyon yer resurslaridan samarali foydalanishni 
boshqarish (YeRSFB) masalasida juda katta tub burilishlar ro‟y berdi.
O‟tgan 25 yil mobaynida mamlakat yer resurslari toifalarida deyarli katta 
o‟zgarishlar bo‟lmasada, bozor munosobatlariga o‟tish jarayonida iqtisodiyot 
taraqqiyotiga mos holda ko‟p shaklli yer egaligi va yerdan foydalanish tizimiga sobit 
qadamlik bilan o‟tish bosqichlari amalga oshirilmoqda. 
25 yillik muddatni tub islohatlar davri deyish mumkin. Milliy xo‟jalik 
tizimidagi barcha tarmoqlaridagi kabi qishloq xo‟jaligida ham yer resurslaridan 
samarali foydalanishni boshqarish (YeRSFB) bo‟yicha chuqur islohotlar o‟tkazishga 
asosli zamin tayyorlangan. Bu tadbirlarni dastlabki bosqichi qishloq aholisini 
tomorqa yerlariga bo‟lgan extiyojini qondirishdan boshlanib, 1990-1998 yillar 
mobaynida shu maqsadlar uchun 340 ming gektar yer ajratildi. Natijada qisqa davr 
ichida tomorqa yer fondi ikki marta ortgan holda hozirgi kunda 610 ming ga ni 
tashkil etadi. Ikkinchi bosqichda davlat xo‟jaliklari o‟rniga asosan shirkat 
xo‟jaliklari uyushmalari tarkib topdi. Bu jarayon asosan 1993-1994 yillarni o‟z 
ichiga oladi. 
1992 yildan hozirgi davrgacha bo‟lgan muddatda dehqon - fermer 
xo‟jaliklari soni va ularga mos ravishda ekin maydonlari ajratish jarayoni davom 
etib kelmoqda. Hozirgi davrga kelib 21,5 mingdan ziyod fermer xo‟jaliklari faoliyat 
ko‟rsatib kelmoqda. Ularga biriktirilgan yer maydoni 470 ming gektarni tashkil 
qiladi. Dehqon - fermer xo‟jaliklarini ishlab chiqarish faoliyatida va ularning 


46 
yo‟nalishida tub burilishni “Fermer xo‟jaligi to‟g‟risida” (1998 y.) va “Dehqon 
xo‟jaligi to‟g‟risida”gi (1998y.) qonunlari Oliy Majlis sessiyasida qabul qilinishi 
hamda ularni hayotga izchil tadbiq etilayotgani bo‟ldi. 1998 yil iyul oyidagi Oliy 
Majlisda qabul qilingan “Qishloq xo‟jalik kooperativi (shirkat uyushmasi) 
to‟g‟risida”gi qonun ham YeRSFBda yangicha bosqichni boshlab berdi. 
Respublikamiz xalq xo‟jaligini ravnaqiga xususan uning agrar sektoridagi 
YeRSFB muammosini hal qilishda “Davlat yer kadastri to‟g‟risida” gi (1998 y.) 
qonun muhim ahamiyat kasb etadi. 
Respublika yer mulk saloxiyati iqtisodiy mintaqalar bo‟yicha bir tekis 
taqsimlanmaganligi, mexnat va suv resurslari mosligidagi tafovo‟tlar va biologik 
zaxiralar bo‟yicha keskin farqlanishi yaqqol seziladi. Bu muammo mintaqalar 
bo‟yicha xalq xo‟jalik tarmoqlarini turli darajada va har xil nisbatda rivojlanganlik 
darajasi bilan keskinlashib kelmoqda. Natijada bir mintaqada yer tanqisligi 
ikkinchisida esa buni aksini kuzatish mumkin. 
Yuqoridagi holatlar ma‟lum ma‟noda agrar sektorda YeRSFBga salbiy ta‟sir 
etib kelmoqda. Agrar sanoat kompleksi tarkibdagi yerlarning 1978-1998 yillar 
mobaynidagi sifat ko‟rsatkichlari bo‟yicha ma‟lumotlar taxlili tuproq hosildorligini 
pasayib borish jarayonini ko‟rsatmokda. 
Tuproqning bonitet balini belgilovchi asosiy omillardan hisoblangan gumus 
qatlamini yemirilish jerayoni YeRSFB da katta salbiy ta‟sir etib kelmokda. 
O‟tgan 20 yil mobaynida tuproq gumus qatlami uchdan bir qismga 
kamaygani kuzatilgan. Tabiiy yaylovlarning katta qismi madaniy -texnik tadbirlarni 
o‟tkazish ehtiyojiga ega. Shuning uchun agrosanoat kompleksi (ASK) tasarrufidagi 
yerlarda YeRSFB ehtiyoji ko‟chayib bormoqda. 
Agrosanoat kompleksining yer fondi qishloq xo‟jaligi va sanoat tarmoqlari 
uchun ajratilgan yer resurslaridan iborat bo‟lib, bular asosan dehqonchilik, 
chorvachilik va sanoat korxonalari egallab turgan yer maydonlarini tashkil qiladi. 
ASK da YeRSFB ning quyidagi muammolarini hal etishga qaratilmog‟i 
lozim: birinchidan, qishloq xo‟jalik mahsulotlarini yetishtirish hajmini orttirgan 
holda maydon birligiga to‟g‟ri keladigan harajatlarni kamaytirish, ikkinchidan, yer 


47 
maydonlarini tejash, uchinchidan, yer mulk salohiyatini muhofaza qilish va uning 
hosildorligini
oshirish, to‟rtinchidan tarmoq ichidagi ixtisosliklar bo‟yicha mutanosib ravishda yer 
taqsimotiga erishish. YeRSFB da yerning ko‟p kirrali foydalanish vazifasini 
inobatga olgan holda uning tabiiy resurs va ishlab chiqarish vositasi sifatida o‟rni 
hamda ahamiyatini hisobga olish zarur. 
ASK da YeRSFB jarayoni yerdan tabiiy resurs sifatida qaralmog‟i lozim. 
Bunda yerdan foydalanish maqsadi asosan aholini oziq-ovqatga va sanoatni xom 
ashyoga bo‟lgan extiyojini qondirishga qaratilgan. Shuning uchun YeRSFB 
jarayonida iqtisodiy qonuniyatlar bilan birga tabiatning tabiiy qonuniyatlarini ham 
hisobga olish zarur. YeRSFB dagi bevosita faoliyat uning vazifasidan kelib chiqqan 
holda tadbirlar ishlab chiqishga qaratilishi zarur. 
Davlat tomonidan ruxsat etilagan vakolat bo‟yicha “Yer resurslari davlat 
qo‟mitasi tomonidan olib boriladigan YeRSFB tadbirlari ishlab chiqiladi va amalga 
oshiriladi. 
YeRSFB keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnologik, yer 
muhofazasi, huquqiy va boshqa tadbirlarni o‟z ichiga oladi. YeRSFB jarayonida 
shu tadbirlarni o‟zaro bog‟liq holda hamda xalq xo‟jalik tarmoqlari ehtiyojiga ham 
mos keladigan har bir yer egasi manfaatlarini hisobga oladigan tadbirlar ishlab 
chiqiladi. Albatta bu tadbirlarni amalga oshirishda YeRSFB ni axborot va 
ma‟lumotlar bilan ta‟minlash darajasiga ko‟p jihatdan bog‟liq bo‟ladi. YeRSFB ni 
zarur ma‟lumotlar bilan ta‟minlash yer kadastri va yer monitoringini ahamiyatini 
orttiradi. 
Qishloq xo‟jaligida yer foydalanish maqsadida tuproq unumdorligi muttasil 
oshirish, yerlarni hosildorligini o‟sishi mahsulot hajmini ko‟payishi va uning 
o‟lchov birligiga to‟g‟ri keladigan harajatlarni kamayishi bilan izohlanadi. Albatta 
bu tadbirlarni yuqorida keltirilgan beshta yo‟nalishning o‟zaro bog‟liqligi va 
mutanosibligi natijasida amalga oshirish mumkin. 
Hozirgi davrda respublikamizda yer resurslaridan intensiv foydalanish 
davlat soliq siyosatini amalga oshirish natijasida xalq xo‟jaligining barcha 


48 
tarmoqlarida kuzatilmoqda. 
Yerdan foydalanish samaradorligi ilmiy asoslangan holda yer 
resurslaridan foydalanishni tashkil qilishga asoslanadi. Tashkiliy tadbirlar 
ob‟ektiv ravishda iqtisodiy qonunlarga bo‟ysingan holda ijobiy samaralar berishi 
mumkin. 
Mustaqil 
O‟zbekiston 
Respublikasida 
bozor 
munosabatlarini 
shakllanishining hozirgi sharoitida agrosanoat kompleksi yer resurslaridan 
samarali foydalanishning tashkil etish mexanizmi “Yer kodeksi” va “Davlat yer 
kadastri” qonunlari asosida ishlab chiqilmoqda. Yer resurslaridan samarali 
foydalanishni boshqarish agrosanoat kompleksida o‟ziga xos xususiyatlarga ega. 
Yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarishning xo‟jalik mexanizmi esa 
bu muammoni bilvosita, ya‟ni agrar munosabatlarni tartibga solish orqali amalga 
oshirishga yordam beradi. 
Yer monitoringi turli xil usullar va uslublar bilan olib boriladi. U o‟z ichiga 
joyida kuzatishni (ekspeditsiyali, statsionarli, maajmuali, biosferali qo‟rikxonalar, 
masofali aerokosmik tasvir) va avtomatlashtirilgan axborot tizimini kiritadi. 
Bu uslublar va kuzatishlar yordami bilan quyidagi salbiy jarayonlar 
aniqlanadi: 

uchastkalar, daromad, yer - suv mulki, yerdan foydalanuvchilar va ayrim 
maydonlariga egalik qilishdagi chegaraning o‟zgarishi va holatini, shu jumladan 
shahardagi barcha uchastkalar qayd etiladi (bu soliq solish uchun zarur); 

tuproq holatining o‟zgarishi (kislotali, degradatsiyasi, ifloslanishi va 
hakozolar); 

geologik muhit, rel‟efi holatining o‟zgarishi (ko‟chkilar, jarliklar, 
o‟pirilishlar, kar‟erlar va hakozolar ustidan nazorat); 

o‟rmon holatining o‟zgarishi; 

hayvonot va o‟simliklar dunyosi holatining o‟zgarishi; 

aholi punktlari yeri holatining gaz va neft kazib olish ob‟ektlari, tozalagich 
inshootlari, zaharli chiqindilar va radioaktiv materiallar va boshqalarni ko‟mish 
joyining o‟zgarishi. 


49 
Masalan, spektorozonali tasvir yordami bilan suv va havo havzalarini va 
tuproqlarning ifloslanishi, o‟simliklar kasallanishi maydonini bilib olish, 
eroziyalarni kuzatish va boshqa hodisalarni qayd qilish mumkin. Bir necha kilometr 
masofagacha o‟rganishga imkon beradigan lazer lokatsionli tasvir atrof-muhitni 
o‟rganish uchun ayniqsa perspektivlidir. 
Kuzatishning fazoli vositalaridan foydalanish bilan zond bilan masofali 
tekshirish ma‟lumotlarning ishlov berish asosida shaharlarning antropogenli 
dalalari va uning tarqalib turgan hududiga ekologik ta‟sirning ma‟lum 
chegarasining tavsifini tuzib chiqish mumkin. 
O‟zbekiston Respublikasi yer monitoringini yuritish paytida salbiy jarayonlar 
ko‟rsatkichlari tizimining va salbiy jarayonlar taxliliga quyidagi ko‟rsatkichlarni 
kiritish zarur : 

tuproq degumifaksiyasi paytida chirindining zaxirasi va tarkibi; 

tuproqning chiziqli eroziyasi paytida jarli tusinli tarmoqlarning qalinligi, 
parchalanishi koeffitsiyenti va boshqalar; 

tuproq eroziyasining yassilik paytida, chirindi gorizontining quvvati, tuproqli 
gorizontallar va boshqalar kamayishi; 

tuproqning kislota ishkorli sharoiti o‟zgargan paytida Rn, gidrolitik 
kislotaligi; 

sho‟rlangan paytida, tuzlar zaxirasi va takibi, ularning kimyoviy tarkibi, 
tuproq profili bo‟yicha taqsimlanishi; 

yo‟l qo‟yilishi mumkin bo‟lgan doirada va ifloslantiruvchilar real 
konsentratsiyasi, pestitsidlar, og‟ir metallar bilan yerni ifloslantirish paytida. 
- ma‟lumotlarining 
to‟planishi, suv havzalarining loyqa bilan ko‟mish 
natijasida yerning ifloslanishi paytida; 

texnogenli faoliyat bilan (foydali qazilmalarni yuzini ochish, kar‟erlar va 
boshqalar) yer buzilishi paytida-organogenli gorizontning quvvati maydonlar 
kamligi va hajmning pasayishi. 

toshloqlik sharoitida maydondan foizda toshloqlik darajasi, gektariga m
2
da 
toshloqligining profili bo‟yicha yoyilishi; 


50 

tuproq sho‟rlangan paytida natriyning almashish tarkibi, almashish asoslari 
summasidan, %; 

tabiiy yem-xashak mulklari degradatsiyasi paytida zaharli o‟simliklar bilan 
ifloslanishi; 

aholi punktlari yerlari holatini taxlil qilish paytida tuproqda, o‟simliklarda, 
suv ostida ifloslantiruvchilar tarkibi, tuproqning sanitarlik holati, geologik 
jarayonlar ko‟rsatkichi (filtratsiya koeffitsentlari, yer osti suvlari tavsifi, 
mustahkamlik tavsifi, zamindagi bosim, kuchlanish miqdori va boshqalar) dalalar 
jismoniy tavsifi (shovqin, tebranish, infratovush, keskinlik, elektromagnitli dala, 
radiatsiyali vaziyat, issiqlik ifloslanishi va boshqalar. Qalinlik va potogentli gruntlar 
maydoni va mikroorganizmlar va boshqalar. 
Shunday qilib, yer monitoringini amalga oshirish natijasida yer fondi bilan 
ro‟y beradigan negativ o‟zgarishlar to‟g‟risida tezkor axborotlar to‟plash amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin