N muradullaev, Q. R. Rahmonov, T. S. Burxonov, N. Sh. Umarov yer monitoringi


Yer monitoringini yuritish prinsiplari



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/34
tarix25.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#135053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Yer monitoringi O‟quv qo‟llanma

Yer monitoringini yuritish prinsiplari. 
Yer monitoringining maqsadi va vazifasi uni yuritishning quyidagi 
prinsiplariga amal qiladi: 
1. 
Har xil ma‟lumotlarni taqqoslash va o‟zaro birikishlik prinsipi. U yagona 
klassifikatorlar, formatlar, normativli-texnikaviy bazaning ma‟lumotlari, koordinat 
va balandlikning yagona davlat tizimi qo‟llanishiga asoslanadi; 
2. 
Monitoring yuritishning uyg‟unligini, texnologiyalar va uslublar birligini 
nazarda tutadigan birlik prinsipi; 
3. 
Yer fondidan foydalanishi va holati yer monitoringining ma‟lumotlariga 
haqiqatga muvofiq kelishi darajasini tavsiflaydigan aniqliq va ishonchlilik prinsipi; 
4. 
Ma‟lumotlarning to‟laligi prinsipi - aniq vazifalarni yechish uchun 
axborotlar to‟la va yetarlicha bo‟lishi zarur; 
5. 
Yer monitoringini yuritishning uzluksiz prinsipi. Yer munosabatlarini 
qayta tuzish jarayonida, mamlakat yer fondining miqdor va sifat tavsifining 
o‟zgarishida uning ayrim toifalari o‟zgarishi yer resurslariga antropogenli 
nagruzkaning ko‟chayishi yer fondini taqsimlash va tarkibida turli xil o‟zgarishlar 
ro‟y beradi. Shuning uchun axborotlarni vaqti-vaqti bilan yoki muntazam yangilab 
turish yo‟li bilan yer monitoringini yuritishning uzluksizligini ta‟minlash zarur. 
Qolgan prinsiplardan yana quyidagilarni ta‟kidlash kerakki, ko‟rgazmali 
prinsipi (harita, atlaslar, sxemalardan foydalanish); foydalanish huquqi prinsipi 
(davlat yoki tijorat sirini tashkil etadigan ma‟lumotlardan tashqari); tejamkorlik va 
samaradorlik prinsipi (yer monitoringi ma‟lumotlarini saqlash va tizimlashtirishni 
olishni 
ta‟minlaydigan 
usullar, 
texnologiyalar, 
uslublarni 
qo‟llash); 
markazlashtirilgan rahbarlik prinsipi (O‟zbekiston Respublikasi miqyosida yagona 
uslub bo‟yicha yagona markazlashgan monitoringini o‟tkazish). 
Yer monitoringini yuritish uchun turli xil tasvirlar, qidirishlar, taftish qilish 
(topografo-geodezik, tuproqning, geobotanikli, agrokimyoviy, meliorativli, shahar 
qurilishi va boshqalar); maxsus kuzatishlar (tog‟lardan ko‟chib yig‟ilgan qor uyumi, 
sel toshqini va boshqalar); kosmik tasvir va kuzatish, balandda uchadigan 
samalyotlar bilan tasvirga tushirish, kuzatish va kichik aviatsiya vositasi yordami 


15 
bilan yer ustidan tasvirga olish va kuzatish; shuningdek fondli ma‟lumotlardan 
foydalanish. 
Balandda uchadigan samalyotlar bilan kosmik tasvirga tushirish va 
kuzatishlarning asosiy vazifasi - global va mintaqa darajasida yer holatini bilib 
olishdir. Kichik aviatsiya yordami bilan mahalliy yer monitoringi va aerokosmikli 
axborotni aniqlash uchun olib boriladi. 
Yer fondini masofali zond bilan tekshirish 2 ta asosiy asbob-uskunalar 
guruhlaridan foydalanish bilan amalga oshiriladi: 
Video va rasm axborot (aerofotoapparatura, ko‟p zonali skaner uskunalari, 
radiolakatorlar, televideniye kanallar va boshqalar); 
Trassali guruxlar asboblari (spektrometr, SVCh va IK -radiometlar va 
boshqalar). 
Yer ustida kuzatish poligonlarda, etalonli uchastkalarda, agrokosmik 
axborotlarni 
ishlab 
tayyorlash 
uchun 
tayanch 
axborotlarni 
to‟plashning 
avtomatlashtirilgan statsionar punktlarida kutaziladi va bu ma‟lumotlarni zond bilan 
masofali tekshirish uslubi bilan olish mumkin bo‟lmaganda yer fondining holati 
to‟g‟risida ma‟lumotlarni olish. 
Yer ustida kuzatishlarni ta‟minlaydigan texnika vositalari majmuasiga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 

yer ustida harakatlanuvchi stansiyalar; 

avtomobillar shosseda yuqori darajada o‟tishi mumkin bo‟lgan va tuproq 
namligini o‟zgarishini kimyoviy taxlili uchun jihozlangan priborlar, shuningdek 
EHM va telemetriyani uzatish; 

qabul qilish moslamasini ta‟minlovchi texnikaviy vositalar majmuasi. 
Arxivlarda (fondlarda) yer monitoringining materiallari to‟planishi va AIS 
bazalarida taqsimlanishi quyidagi sxema bo‟yicha amalga oshiriladi. 
Ma‟muriy tumanlar, shaharlarda yer - suv mulkining tashqi ko‟rinishi 
uchastkalar, ayrim dalalar, yerdan foydalanish va yerga egalik qilish, barcha yer 
fondining holatini tavsiflaydigan mahalliy monitoringining dastlabki ma‟lumotlari 
to‟planadi. 


16 
O‟zbekiston Respublikasining tarkibidagi respublika va viloyatlarda, ularning 
tarkibiga kiradigan tumanlar, shaharlar shuningdek, ayrim ekologik mintaqaviy 
tavsifga ega bo‟lgan ob‟ektlar bo‟yicha hamma ma‟lumotlarni o‟z ichiga olgan 
ma‟lumotlar shakllanadi. O‟zbekiston Respublikasi darajasida, respublikaning 
tarkibidagi mintaqa, landshaft-ekologiya bo‟yicha hamma ma‟lumotlarni o‟z ichiga 
olgan ma‟lumotlar shakllanadi. 
Yer monitoringining shakllangan bazasi va banki foydalanishlari mumkin: 

Davlat va maxalliy boshqarish organlari; 

O‟zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat 
kadastri davlat qo‟mitasi va uning joylardagi bo‟limlari; 

yerdan foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va boshqa muassasalar; 

ayrim fukarolar; 
- yerdan va tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish, atrof muhitni 
muhofaza qilish sohasidagi tashkilotlar va chet el hamda xalqaro tashkilotlar. 
Qoraqalpog‟iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat va mahalliy 
boshqaruv organlari zaruriyatga qarab tezlashtirilgan ma‟lumotlar, bashoratlar, 
mavzuli haritalar tuzib chiqadilar va taqdim etadilar hamda har yili 1 yanvargacha 
“Yergeodezkadastr” davlat qo‟mitasiga mintaqaning yer fondi holati tug‟risida yillik 
hisobot topshiradi. O‟z navbatida “Yergeodezkadastr” davlat qo‟mitasi yer 
monitoringi axborotlarii umumlashtirib, zaruriyatga qarab tezkor ma‟lumotlar, ilmiy 
bashoratlar mavzuli haritalar va atlaslar tuzib chiqadilar va manfaatdor vazirliklar 
hamda idoralarga taqdim etadi. O‟zbekiston Respublikasiga keyingi hisobot yili 
uchun har yili 1 apreldan kechiktirmasdan O‟zbekiston Respublikasining yer 
fondining holati tug‟risida hisobot yuboradi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin