5
avvalo, yerdan oqilona foydalanishga yo‟naltirilgan, ilmiy asoslangan tadbirlar
majmuini ishlab chiqishga izchillik bilan yondoshish va amalda to‟plangan
tajribalarga suyangan holda tashkil etilishi mumkin.
O‟zbekiston Respublikasi 1998 yil 29 apreldagi Oliy Majlis Kengashlarida
qabul qilingan "Yer kodeksi", "Qishloq xo‟jalik kooperativi (shirkati) to‟g‟risida",
"Fermer xo‟jaligi to‟g‟risida", "Dehqon xo‟jaligi to‟g‟risida"gi, 1993 yil 6 maydagi
"Yer solig‟i to‟g‟risida" gi, 1998 yil 30 avgustdagi "Davlat yer kadastri
to‟g‟risida"gi, 2000 yil 31 dekabrdagi ”Davlat yer kadastrlari to‟g‟risida” qonunlari
hamda Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 iyuldagi "O‟zbekiston Respublikasida
Davlat kadastrlarining yagona tizimini yaratish to‟g‟risidagi Nizomini tasdiqlash
to‟g‟risida", 1998 yil 31 dekabrdagi 543-sonli "O‟zbekiston
Respublikasida davlat
yer kadastrini yuritish tartibi to‟g‟risida"gi qarorlari va boshqa qator me‟yoriy
xujjatlar yerlardan foydalanishni tashkil etishga yo‟naltirilgan asosiy davlat tadbiri
hisoblangan yer monitoringiga bo‟lgan munosabatni tubdan o‟zgartirib yubordi.
Natijada yerdan foydalanishda yangi shakllar vujudga keldi hamda yer
uchastkalariga bo‟lgan huquqlar doirasi kengaydi.
Yerni har tomonlama yaxshilash, uning unumdorligini va iqtisodiy
samaradorligini oshirish - bu iqtisodiyot tarmoqlarini, jumladan qishloq xo‟jaligini
yuritishning ilmiy tizimi asoslari va yerdan yuqori mahsuldorlik bilan
foydalanishdir. Yerdan to‟g‟ri foydalanish, zamon va makonda har xil o‟simlik
turlarining ilmiy asoslangan
ketma-ketligini joriy etish, tuproqqa ekologik "toza"
ishlov berish usullarini qo‟llash, o‟g‟itlash, qulay agrotexnik muddatlarda amalga
oshirish, o‟simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, tuproq
eroziyasiga qarshi kurash kabi muayyan elementlar aniq qonunchilik yo‟li bilan
boshqarishni talab qiladi. Bunda ham yer kadastri yer resurslaridan foydalanishni
boshqarishning muhim richagi sifatida namoyon bo‟ladi.
O‟zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 15-moddasiga muvofiq, davlat yer
kadastri yerlarning tabiiy, xo‟jalik va huquqiy tartibi,
ularning toifalari, sifat
ko‟rsatkichlari va qiymati, yer uchastkalarining joylashgan o‟rni va o‟lchamlari
to‟g‟risidagi, yer uchastkalarini yerdan foydalanuvchilarga taqsimlash to‟g‟risidagi
6
zarur, ishonchli ma‟lumotlar va xujjatlar tizimidan iborat.
Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona
foydalanish va uni muhofaza qilish, yer tuzish ishlarini tashkil etish, yer tuzish, yer
uchun to‟lanadigan haq miqdorlarini asoslash xo‟jalik faoliyatiga baho berish
maqsadida O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini,
mahalliy davlat
hokimiyati organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer to‟g‟risidagi
ma‟lumotlar bilan ta‟minlashga mo‟ljallangandir.
Davlat yer kadastri muhim iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega. Uning
ma‟lumotlaridan iqtisodiyot tarmoqlarining turli masalalarini hal qilishda, jumladan
yer solig‟ini joriy etish, yer maydonlariga ijara haqi miqdorlarini belgilash, qishloq
xo‟jalik ekinlari hosildorligini rejalashtirish, yer tuzish va umuman yerdan
foydalanish bilan chambarchas bog‟liq bo‟lgan barcha masalalarni hal qilishda keng
qo‟llaniladi.
Respublikamizda davlat yer kadastrini yuritish Yer resurslari, geodeziya,
kartografiya va davlat kadastri davlat qo‟mitasining tuman, shahar, viloyatlar va
Qoraqalpog‟iston Respublikasidagi xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yerlardan oqilona
foydalanishni tashkil etishda, yer tuzish ishlarini ilmiy
asoslangan holda bajarish yer kadastrining ahamiyatini hisobga olgan holda
mamlakatimizning sug‟oriladigan hududlarida joylashgan qishloq xo‟jalik
korxonalarida yer tuzuvchi mutaxassis lavozimi joriy qilingan. Respublikamizning
qator oliy o‟quv yurtlarida yer kadastri ixtisosligi bo‟yicha bakalavrlar va magistrlar,
o‟rta maxsus kasb-hunar kollejlarida esa maxsus bilimga ega bo‟lgan mutaxassislar
tayyorlanmoqda.
Yer kadastri ilmiy fan sifatida yerni iqtisodiy tarmoqlarda ishlab chiqarish
vositasi ekanligi to‟g‟risidagi ta‟limotga, rivojlanayotgan demokratik jamiyatning
yer munosabatlariga hamda dunyoni bilishning dialektik uslubiyatiga asoslanadi.
Yer kadastrini o‟rganish u bilan chambarchas bog‟langan ilmiy fanlar (iqtisodiyot
nazariyasi, qishloq xo‟jaligi iqtisodi, yer huquqi, yer
tuzish va yer munosabatlari,
yer tuzishning nazariy asoslari, yer tuzishni loyihalash, kartografiya, yer resurslarini
boshqarish, davlat kadastri asoslari, yer monitoringi, tuproqshunoslik, melioratsiya
7
va boshqalar)ning nazariy, uslubiy va amaliy ishlanmalariga tayanadi. Yer resurslari
to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni to‟plash, qayta ishlash va tahlil qilishda matematik,
statistik, geodezik, fotogrammetrik va kartografik uslublaridan foydalaniladi.
Bundan tashqari u kitobxonlarni xorijiy mamlakatlarda yuritilayotgan yer
kadastrining ilg‟or tajribalari bilan tanishtiradi.
Ushbu o‟quv qo‟llanma “Yer tuzish va yer kadastri”, “Geodeziya,
kartografiya va kadastr”, Kasb ta‟limi: “Yer tuzish va yer kadastri” yo‟nalishlari
bo‟yicha bakalavrlar tayyorlash uchun tayyorlangan bo‟lib, davlat ta‟lim
standardlari, namunaviy o‟quv dasturlariga mos holda yozilgan o‟quv qo‟llanma
mamlakatimizda davlat yer kadastrini tashkil etish va yuritishning hozirdagi mavjud
ilg‟or tajribalarini yoritadi. Ushbu kitobdan yuqorida qayd qilingan yo‟nalishlar
o‟quv qo‟llanmadan “Yer tuzish va yer kadastri”
magistratura mutaxassisligi
bo‟yicha tayyorlanayotgan magistrantlar, sohaning ilmiy xodimlari, loyiha
institutlari mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: