8
Monitoring bo‟yicha (Nayrobi, 1979y.) birinchi hukumatlararo kengashda
monitoringni oldindan tayyorlab qo‟yilgan dastur bilan muvofiqlikda makonda va
vaqt bo‟yicha ma‟lum maqsadlar bilan tabiiy muhit atrofini bir yoki ko‟proq
unsurlarini takroriy kuzatish tizimi deb atash qabul qilingan.
Monitoring maqsadi-tabiatni muhofaza qilish faoliyati va ekologik xavf-
xatarsizlikni boshqarishning axborot bilan ta‟minlashdir.
O‟zbekiston Respublikasida hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yerlardan
foydalanish darajasini oshirish va yerdan olinadigan mahsulot miqdorini ko‟paytirish
maqsadida yer monitoringini tashkil etish muhim hisoblanadi.
O‟zbekiston Respublikasida joriy etilayotgan yer monitoringi barcha yer
fondining mavjud holati to‟g‟risida,
uni baholash, o‟z vaqtida sifat va miqdor
o‟zgarishlarini aniqlash, yerdan foydalanishda ro‟y berishi mumkin bo‟lgan salbiy
oqibatlarni bartaraf qilish bo‟yicha kuzatuvlar tizimini o‟z ichiga oladi.
Yer monitoringi yer tarkibidagi o‟zgarishlarni o‟z vaqtida aniqlash, yerlarga
baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer
fondining holatini va sifatini kuzatib turish tizimidan iborat.
Yer monitoringi - tabiiy muhit holati monitoringining asosiy qismlaridan biri
bo‟lib va shu bilan birga boshqa tabiiy muhit monitoringining asosi bo‟lib
hisoblanadi. Davlat yer kadastrini yuritishni,
yerdan foydalanishni, yer tuzish, yer
fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini
amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilish organlarini axborot bilan ta‟minlash yer
monitoringi asosida amalga oshiriladi.
Yer monitoringi - yerlarda nazorat o‟tkazish, yerlarni himoya qilish va
yerlardan samarali foydalanish uchun umumiy kuzatuv ishlarini amalga oshiruvchi
tadbir hisoblanadi. Yer monitoringini o‟tkazish, yerlarni rekultivatsiya qilish tartibi
va nazorat o‟tkazish turlari va usullarini yagoni tizim asosida, davlat tomonidan
tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi.
Yer monitoringining mazmuni yer fondi holatini maxsus tashkil etilgan
muntazam kuzatishlar (suratga olish, tekshirish va qidiruv)dan
quyidagilar
o‟zgarishlarini aniqlash, baholash va prognozlashdan iboratdir:
9
-
yerga egalik qilish, yerdan foydalanish, ekinzorlar, dalalar, uchastkalar,
manzara ekologiya komplekslarining holati;
-
yerlar unumdorligining o‟zgarishiga, ularning tanazzuli va destruksiyasi
(aridizatsiya va cho‟llanishi, suv, irrigatsiya va shamol eroziyasi, chirindi miqdori
o‟zgarishi, tuproq tarkibining o‟zgarishi, ohakliligi, begona o‟t bosganligi,
yerlarning
pestitsidlar, og‟ir metallar, radionulidlar va boshqa toksik moddalar,
sanoat, maishiy va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi)ga ta‟sir qiluvchi jarayonlar
(omillar);
-
tabiiy ozuqabop o‟tlar qoplami holatining o‟zgarishi (o‟simliklar tarkibi,
tuzilishi, hosildorligi, sifati va to‟yimliligining o‟zgarishi) bilan bog‟liq jarayonlar;
-
daryolar qirg‟oqlarining, Orol dengizi, ko‟llar, suv omborlari, irrigatsiya va
gidrotexnika ishnootlarining holati;
-
jarliklar va upqonlar, o‟pirilishlar, sel oqimlari, zilzilalar, suv toshqinlari
"degishlar", karst, yer cho‟kishi boshqa ekzogen
va endogen jarayonlar va
antropotexnogen hodisalar tufayli paydo bo‟lgan jarayonlar;
-
aholi yashash joylari, neft va gaz qazib olish, tozalash inshootlari,
go‟ngxonalar, axlatxonalar yonilg‟i-moylash materiallari, o‟g‟itlar, zaharli
ximikatlar omborlari, toksik sanoat chiqindilari va radioaktiv materiallar ko‟milgan
joylar, shuningdek boshqa sanoat ob‟ektlari yerlarining holati.
Yer monitoringi O‟zbekiston Respublikasi
Yer resurslari, geodeziya,
kartografiya va davlat kadastri davlat qo‟mitasi va O‟zbekiston Respublikasi davlat
tabiatni muhofaza qilish qo‟mitasi tomonidan O‟zbekiston Respublikasi Qishloq va
suv xo‟jaligi
vazirligi, O‟zbekiston Respublikasi Davlat arxitekturasi va qurilish
qo‟mitasi,
O‟zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Maxkamasi
huzuridagi
gidrometerologiya bosh boshqarmasi, O‟zbekiston Respublikasi Davlat biologiya va
mineral resurslar qo‟mitasi, O‟zbekiston Respublikasining boshqa manfaatdor
vazirliklari va idorlari ishtirokida amalga oshiriladi. Vazirliklar va idoralar
faoliyatini muvofiqlashtirish, yer monitoringi ma‟lumotlarini umumlashtirish
O‟zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri
davlat qo‟mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
10
Vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish, yer monitoringi
ma‟lumotlarini
umumlashtirish
O‟zbekiston Respublikasining Yer resurslari,
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‟mitasi tomonidan amalga
oshiriladi.
O‟zbekiston
Respublikasi
yer
monitoringining
asosiy
vazifalari
quyidagilardan iborat:
-
yer fondi holati o‟zgarishlarini o‟z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar
tizimini tashkil etish va amalga oshirish, ularni baholash, salbiy jarayonlarni
prognozlash hamda ularning oldini olish va bartaraf etish bo‟yicha tavsiyalar ishlab
chiqish;
-
davlat yer kadastri yuritilishini, yerdan foydalanishni,
yer tuzishni, yer
fondidan maqsadli va oqilona foydalanish, yerlarni muhofaza qilish va yer
resurslarini davlat tomonidan boshqarishga doir boshqa funksiyalar ustidan davlat
nazoratini axborot bilan ta‟minlash.
Yer monitoringi uzluksiz olib boriladigan davlat tadbirlari tizimiga kirishini
hisobga olgan holda birinchi bosqichda tashkiliy boshqaruv ishlarini amalga
oshirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bunda quydagi vazifalarni amalga
oshirish ko‟zda tutiladi:
-
yer monitoringini ilmiy-uslubiy ko‟rsatkichlarini ishlab chiqish;
-
xuquqiy va me‟yoriy asosiy ko‟rsatkichlar tizimini yaratish;
-
yer monitoringi talablariga mos bo‟lgan mintaqaviy hududlarni aniqlash
(iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik sharoitlarni hisobga olgan holda);
-
yer monitoringi bo‟yicha axborotlar tizimini tashkiliy
boshqaruv jixatdan
aniqlash:
-
yer monitoringini o‟tkazishning zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: